Mualliflar

  • Mirzaqosimova Marjona Qodirjon qizi
  • Abdurasulova Muxlisa

Muallif tarjimai holi

  • Mirzaqosimova Marjona Qodirjon qizi
    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi
  • Abdurasulova Muxlisa
    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90518

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: bitiktosh turk yodgorlik qabila tängri tuman Tunyuygu artuqi qoraxitoy enisey. Keywords: inscription Turk monument tribe tengri district Artuqi Karakhitay Yenisei.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada turkiy tillarning qadimgi yozma yodgorligi hisoblanmish Bilga xoqon hamda To‘nyuquq bitiktoshlarining yaratilishiva uning  o‘rganilishi haqida  so‘z  yuritilgan.  Ulardagi  so‘zlar  leksik-morfologik  jihatdan  tahlil   qilingan hamda ularning hozirgi kundagi lug‘aviy ma’nolari o‘rganilgan. Ushbu maqolada Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan so‘zlarning leksik-morfologik tahlili o‘tkazilib, ularning qadimgi turkiy tilning rivojlanishida tutgan o‘rni va ahamiyati ko‘rsatiladi.   Abstract: This article discusses the creation and study of the Bilga Khagan and Tunyuquq inscriptions, which are considered ancient written monuments of the Turkic languages. The words in them are analyzed lexico-morphologically, and their current lexical meanings are studied. This article conducts a lexical-morphological analysis of words found in the Bilga Khokan and Tunyuquq inscriptions, and shows their role and significance in the development of the ancient Turkic language.

background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

46

BILGA XOQON VA TO‘NYUQUQ BITIKTOSHLARIDAGI

SO‘ZLARNING LEKSIK- MORFOLOGIK TAHLILI

Mirzaqosimova Marjona Qodirjon qizi

Abdurasulova Muxlisa

Andijon davlat pedagogika instituti talabalari

Annotatsiya. Mazkur maqolada turkiy tillarning qadimgi yozma yodgorligi

hisoblanmish Bilga xoqon hamda To‘nyuquq bitiktoshlarining yaratilishiva uning

o‘rganilishi haqida so‘z yuritilgan. Ulardagi so‘zlar leksik-morfologik jihatdan

tahlil qilingan hamda ularning hozirgi kundagi lug‘aviy ma’nolari o‘rganilgan.

Ushbu maqolada Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan

so‘zlarning leksik-morfologik tahlili o‘tkazilib, ularning qadimgi turkiy tilning

rivojlanishida tutgan o‘rni va ahamiyati ko‘rsatiladi.

Kalit so‘zlar: bitiktosh, turk, yodgorlik, qabila, tängri, tuman, Tunyuygu,

artuqi, qoraxitoy, enisey.

Abstract: This article discusses the creation and study of the Bilga Khagan

and Tunyuquq inscriptions, which are considered ancient written monuments of

the Turkic languages. The words in them are analyzed lexico-morphologically, and

their current lexical meanings are studied. This article conducts a lexical-

morphological analysis of words found in the Bilga Khokan and Tunyuquq

inscriptions, and shows their role and significance in the development of the

ancient Turkic language.

Keywords: inscription, Turk, monument, tribe, tengri, district, Tunyuygu,

Artuqi, Karakhitay, Yenisei.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

47

Kirish.

Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlari - qadimgi turkiy yozma

yodgorliklari bo‘lib, ular Turk xalqining tarixi, madaniyati va tili haqida qimmatli

ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bitiktoshlardagi so‘zlarning leksik-morfologik

tahlili orqali qadimgi turkiy tilning grammatik tuzilishi, leksik tarkibi va fonetik

xususiyatlarini o‘rganish mumkin.

Bilga xoqon bitiktoshi marmar bitiktosh bo‘lib, Eltarish xoqonning

o‘g‘li, Kulteginning og‘asi asl ismi Xitoy yilnomalarida “Mo‘g‘lon” bo‘lgan Bilga

xoqon sharafiga 735-yilda qo‘yilgan. 734-yilda Bilga xoqonni 50 yoshida o‘z

urug‘laridan biri zaharlab o‘ldiradi. Bu bitiktosh Kulteginnikidan 1 km janubiy-

g‘arbga o‘rnatilgan bo‘lib, ikkovi ham bir vaqtda 1889-yilda rus olimi

N.M.Yadrinsev tomonidan Mo‘g‘ulistonning Kosho Saydam vodiysida Ko‘shkin

Urxun daryosi bo‘yidan topilgan. Bitikning nashri va tarjimalari ham aynan

Kulteginniki bilan bir vaqtda amalga oshirilgan. Yodgorlik matni nemis,

fransuz, ingliz, rus tillariga tarjima qilinib, turk va o‘zbek tillarida tavsif etilgan.

Faqat S.E. Malov alohida lekin boshqa bitiklar bilan birga nashr qilgan.

Bilga xoqonbitiktoshining shakli ham Kulteginniki singari bo‘lib, hajmi undan farq

qiladi. Bitigning yozilgan va maqbaraning tiklangan sanasi aniq emas. Ba’zi

olimlar u 712 – 716 yillar orasida yozilgan, ayrimlar – 720, boshqa birlari 725 –

726 yillari bitilgan, deya taxmin qiladilar. Hatto ushbu yozuv Kul tigin bitigiga

javob tariqasida bitilgan, degan qarashlar ham bor. Nima bo‘lganda ham, uning

tarixi Bilga xoqon zamoniga boradi. Bu to‘g‘rida bitigning yakunida: “(Ushbu

bitigni) turk Bilga xoqon elida yozdirdim men bilga To‘nyuquq”, deya qayd

etilgan. Muhimi shundaki, tarix bayoni oddiy emas: muallif ko’rgan-

kechirganlarini, o‘zi qatnashgan buyuk ishlarni ta’rif etmoqlik uchun xalq

maqollari, turli badiiy vositalardan unumli foydalangan. Uslub balog‘at darajasida,

nihoyatda go‘zal. Bu belgilari matnning badiiyligini ta’minlaydi. Bunday

uslubning tanlanishiga sabab, asarni o‘qishli qilish, uning badiiy-estetik ta’sirini

oshirish edi. Shuning uchun bitigni tarixiy-badiiy asar sifatida o‘rganish o‘rinlidir.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

48

To‘nyuquq taxminan 645-726-yillar orasida yashagan Turk xoqonligining

davlat arbobi va sarkarda bo‘lgan. Ashida qabilasiga mansub. Turk

zodagonlarining Xitoy imperatori saroyida garov sifatida ushlab turilgan

oʻgʻillaridan biridir. Uning ismi xitoy yilnomalarida Tunyuygu va Yuanchjen

shakllarida uchraydi. U Tabgʻachda tugʻilib, voyaga yetgan. Imperator saroyida

ishonch qozonib, maʼmuriy xizmatga yuborilgan. To‘nyuquq 680-yillarda Turk

xoqonligini Xitoy asoratidan qutqarib, uni yangitdan barpo qilishda Eltarish

xoqonning eng yaqin maslahatchisi boʻlgan. U 3 xoqon: Qutlut Eltarish (680—

691), Qapogʻon (691—716) va Bilga xoqon (716—734) hukmronliklari davrida

bosh vazir va lashkarboshi boʻlgan. Umrining katta qismini xoqonlikni

mustahkamlash, turli qabilalar ahilligini saqlash, tashqi dushmanlarga qarshi

kurash bilan oʻtkazgan.

1

Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan so‘zlarning leksik

tahlili bir qancha jihatlarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, Bitiktoshlarda

uchraydigan so‘zlarning asosiy qismi qadimgi turkiy tilning asosiy leksik fondini

tashkil etuvchi so‘zlardir. Masalan, "tengri", "el", "yurt", "xoqan", "qan", "tör" kabi

so‘zlar qadimgi turkiy jamiyatining asosiy tushunchalarini aks ettiradi.

Bitiktoshlardagi so‘zlarning leksik ma'nosi zamonaviy turkiy tildagi ma'no

bilan bir xil yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin. Masalan, "tengri" so‘zi "xudo", "el"

so‘zi "xalq", "yurt" so‘zi "vatan" ma'nolarini bildiradi. Bitiktoshlardagi ba'zi

so‘zlarning ma'nosi zamonaviy turkiy tildagi ma'no bilan farq qilishi mumkin.

Masalan, "qan" so‘zi qadimgi turkiy tilda "qonun", "tör" so‘zi "qonun" ma'nolarini

bildirgan, ammo zamonaviy turkiy tilda "qon" va "to‘r" ma'nolarini bildiradi.

Bitiktoshlardagi so‘zlarni ma'nosiga ko‘ra guruhlash mumkin. Masalan, "tengri",

"tör" so‘zlari diniy tushunchalarni, "el", "yurt" so‘zlari jamiyat va vatan

tushunchalarini aks ettiradi.

1

Abdurahmonov, Rustamov

–“Qadimgi turkiy til”. Toshkent “O’qituvchi” 1982


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

49

Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan so‘zlar bugungi

davrda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Bitiktoshlardagi so‘zlarning

Morfologik jihatidan tahlil qiladigan bo‘lsak, zamonaviy turkiy tildagi so‘zlarning

tuzilishiga o‘xshashdir. So‘zlar ildiz, qo‘shimcha va yakunlardan tashkil topgan

jihatlarni o‘z ichiga oladi. Bitiktoshlardagi so‘zlarga qo‘shiladigan qo‘shimchalar

zamonaviy turkiy tildagi qo‘shimchalarga o‘xshashdir. Bilga xoqon bitiktoshidagi

fe’lga oid so‘zlarni tahlil davomida qadimgi turkiy tilda ham so‘zlar o‘z ma’nosida

va ko‘chma ma’noda qo‘llanganligini bilib oldik. Ucha bardïso‘zi o‘z ma’nosida

uchib ketishni bildirsa, ko‘chma ma’noda vafot etganlikni, insonlar orasida

mavjud emasliknibildiradi. Tik so‘zi ham tikmoq hamdao‘rnatmoq ma’nolarini

anglatadi. Masalan, "-lar", "-da", "-ni", "-dan" kabi qo‘shimchalar.

Bitiktoshlardagi so‘zlar grammatik kategoriyalarni, masalan, son, zamon, shaxs,

holat kabi kategoriyalarni ifodalaydi. Bitiktoshlardagi ba'zi so‘zlarning morfologik

tuzilishi zamonaviy turkiy tildagi tuzilishdan farq qilishi mumkin. Masalan, "qan"

so‘zi qadimgi turkiy tilda "qan" shaklida ishlatilgan, ammo zamonaviy turkiy tilda

"qon" shaklida ishlatiladi.

2

Bitiktoshlardagi So‘zlarning Til Tarixida Tutgan

O‘rniga nazar tashlasak, Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan

so‘zlarning leksik-morfologik tahlili qadimgi turkiy tilning rivojlanishida muhim

rol o‘ynaydi. Bitiktoshlardagi so‘zlar qadimgi turkiy tilning grammatik tuzilishini,

leksik tarkibini va fonetik xususiyatlarini o‘rganishga imkon beradi. О‘rxun-

Enаsоy оbidаlаri lug‘аviy qаtlаmidа tаnа а’zоlаrini bildiruvchi bir nechtа sо‘zlаr

uchrаydi. Tаnа а’zоlаrini ifоdаlоvchi sо‘zlаrning leksik-semаntik mаzmundаgi

mа’nоlаri yillаr о‘tsа hаmki hech qаndаy о‘zgаrishlаrgа uchrаmаgаnligi kо‘rinаdi.

Mаsаlаn, аdаq-оyоq, kо‘zkо‘z, bаs-bоsh, tize-tizzа, аrqа-оrqа, ich-ichаk, qаn-qоn,

qаsh-qоsh, bоg‘аz-bо‘g‘iz, ter-ter, til-til singаri sо‘zlаrdа hаm kо‘rinib turgаnidek,

аyrim fоnetik о‘zgаrishlаrginа mаvjud xоlоs. Mа’nоviy jihаtdаn deyаrli fаrqlаr

mаvjud emаs.

2

N. Rahmonov

–“O’zbek tili tarixi’. O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent –

2009


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

50

Yodgorlik matni nemis, fransuz, ingliz, rus tillariga tarjima qilinib, turk va

o’zbek tillarida tavsif etilgan.

Bilga xoqondagi otlarni tahlil qilar ekanmiz biz

uchun tushunarsiz so‘zlar deyarli kam. Yodgorlikda keltirilgan tängri so‘zi ikki

xil ma’noda qo‘llangan. Ya’ni yaratgan Alloh hamda falak;Yay bolsar, uzä tängri

–yoz bo‘lsa, yuqorida falak;Tängriteg tängri yaratmïsh Turuk Bilga qag‘an sabïm

-Tangriday tangri yaratmish turk Bilga xoqon so‘zim.Bitiktoshda otlardan tashqari

sifat, son, fe’l so‘z turkumi bilan ifodalangan so‘zlar ham mavjud. Yodgorlikda

toquz, sekiz, to‘rt, bes, alti. yeti kabi sonlarni uchratishimiz mumkin. Tartib

ko‘rsatgichi -nc bo‘lgan, biroq birinc o‘rnida ilki, bastinqi so‘zlari, ikkinc o‘rnida

esa ikinti, ikindi so‘zlari qo‘llanganligi bizga ma’lumdir va bitiktoshda

ilki –

birinchi(30)

ikin -ikkinchi (30)

ucunc –uchinchi (30)kabi tartib sonlarni

uchratamiz

3

Bitiktosh ag’darilib uch bo’lak bo’lgan va Kultegin bitiktoshiga nisbatan

ko’proq nurab, bitigi ham ko’proq zararlangan. Bitik umumiy 80 satrdan iborat

bo’lib:

41 satr - toshning yuz tomoniga;

30 satr - ikki yon tomonga (15 satrdan);

7 satr - orqa, xitoycha yozuv bor tomoniga;

2 satr - toshning taroshlangan ikki qirrasiga bitilgan. Qolgan ikki qirrasidagi

bitik o’chib ketgan, ammo bitiktoshning o’ng yoniga yozilgan. Bilga xoqon

bitiktoshidagi so’zlarni tahlil qilar ekanmiz unda biz uchun ma’nosi

aniq va noaniq so’zlar bisyordir. Masalan: qag’an so’zi xoqon, bilga - dono

ma’nolarini beradi va Bilga xoqon bu dono xoqon demakdir

Xulosa

.

Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlari qadimgi turkiy tilning boyligi va

xilma-xilligini aks ettiruvchi muhim yodgorliklardir. Bitiktoshlardagi so‘zlarning

leksik-morfologik tahlili qadimgi turkiy tilning rivojlanishini o‘rganish, turkiy

tillar oilasining genetik aloqalarini aniqlash va turkiy madaniyatining tarixini

3

Abdurahmonov, Shukurov, Mahmudov

–“O’zbek tilining tarixiy grammatikasi”. Toshkent –

2008


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

51

chuqurlashtirishga imkon beradi.

Bitiglarga, umuman, yozma adabiyotga vatan,

ona-yurt erkinligi, uni yovdan saqlash, xalіni, uning tinchligi yo‘lida kurash

g‘oyasining kiritiluvi adabiyotimiz tarixidagi katta voqeadir.

Bitigga tikilib turib xayol olis o‘tmishga parvoz qiladi. Bir zamonlar bu yer

xoqonlikning gavjum maskanlaridan edi. Unga uzun yo‘lakdan kirib kelingan.

4

Yo‘lakning bir yonida haykal va balballar. Yo‘lakdan o‘tib tabg‘ach xoqonning

bedizchisi(arxitektori) bor iste’dodini ishlatib qurgan ulkan maqbaraga kiriladi.

To‘rda qabr va unga tiklangan ikki bitigtosh. Olis yurtlardan ot-ulovda yo‘l bosib

kelgan ziyoratchilar mangutoshlarga o‘yib bitilgan bitigni qunt bilan o‘qib, undan

saboq olgan; milliy qahramoniga, ulug‘ donishmandga hurmatini bildirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdurahmonov, Rustamov –“Qadimgi turkiy til”. Toshkent “O‘qituvchi”

1982

2. N. Rahmonov –“O‘zbek tili tarixi’. O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati

nashriyoti. Toshkent –2009

3. Abdurahmonov, Shukurov, Mahmudov –“O‘zbek tilining tarixiy

grammatikasi”. Toshkent –2008

4.

Qosimjon Sodiqov, professor

Toshkent – Ulan-bator, 2010 yilning yoz

chillasi.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2012 yil, 2-son

4

Qosimjon Sodiqov, professor

Toshkent

Ulan-bator, 2010 yilning yoz chillasi.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”

gazetasi, 2012 yil, 2-son


Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари