Mualliflar

  • Mirzaqosimova Marjona Qodirjon qizi
  • Tojikarimova Mahliyo Erkinjon qizi

Muallif tarjimai holi

  • Mirzaqosimova Marjona Qodirjon qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

  • Tojikarimova Mahliyo Erkinjon qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90533

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: bitiktosh turk yodgorlik qabila tängri tuman Tunyuygu artuqi qoraxitoy enisey. Keywords: inscription Turk monument tribe tengri district Artuqi Karakhitay Yenisei.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada turkiy tillarning qadimgi yozma yodgorligi hisoblanmish Bilga xoqon hamda To‘nyuquq bitiktoshlarining yaratilishiva uning  o‘rganilishi haqida  so‘z  yuritilgan.  Ulardagi  so‘zlar  leksik-morfologik  jihatdan  tahlil   qilingan hamda ularning hozirgi kundagi lug‘aviy ma’nolari o‘rganilgan. Ushbu maqolada Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan so‘zlarning leksik-morfologik tahlili o‘tkazilib, ularning qadimgi turkiy tilning rivojlanishida tutgan o‘rni va ahamiyati ko‘rsatiladi. 

Abstract: This article discusses the creation and study of the Bilga Khagan and Tunyuquq inscriptions, which are considered ancient written monuments of the Turkic languages. The words in them are analyzed lexico-morphologically, and their current lexical meanings are studied. This article conducts a lexical-morphological analysis of words found in the Bilga Khokan and Tunyuquq inscriptions, and shows their role and significance in the development of the ancient Turkic language.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

420

BILGA XOQON VA TO‘NYUQUQ BITIKTOSHLARIDAGI

SO‘ZLARNING LEKSIK- MORFOLOGIK TAHLILI

Mirzaqosimova Marjona Qodirjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

Tojikarimova Mahliyo Erkinjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada turkiy tillarning qadimgi yozma yodgorligi

hisoblanmish Bilga xoqon hamda To‘nyuquq bitiktoshlarining yaratilishiva uning

o‘rganilishi haqida so‘z yuritilgan. Ulardagi so‘zlar leksik-morfologik jihatdan

tahlil qilingan hamda ularning hozirgi kundagi lug‘aviy ma’nolari o‘rganilgan.

Ushbu maqolada Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan

so‘zlarning leksik-morfologik tahlili o‘tkazilib, ularning qadimgi turkiy tilning

rivojlanishida tutgan o‘rni va ahamiyati ko‘rsatiladi.

Kalit so‘zlar: bitiktosh, turk, yodgorlik, qabila, tängri, tuman, Tunyuygu,

artuqi, qoraxitoy, enisey.

Abstract: This article discusses the creation and study of the Bilga Khagan

and Tunyuquq inscriptions, which are considered ancient written monuments of

the Turkic languages. The words in them are analyzed lexico-morphologically, and

their current lexical meanings are studied. This article conducts a lexical-

morphological analysis of words found in the Bilga Khokan and Tunyuquq

inscriptions, and shows their role and significance in the development of the

ancient Turkic language.

Keywords: inscription, Turk, monument, tribe, tengri, district, Tunyuygu,

Artuqi, Karakhitay, Yenisei.

Kirish

.

Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlari - qadimgi turkiy yozma

yodgorliklari bo‘lib, ular Turk xalqining tarixi, madaniyati va tili haqida qimmatli


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

421

ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bitiktoshlardagi so‘zlarning leksik-morfologik

tahlili orqali qadimgi turkiy tilning grammatik tuzilishi, leksik tarkibi va fonetik

xususiyatlarini o‘rganish mumkin.

Bilga xoqon bitiktoshi marmar bitiktosh bo‘lib, Eltarish xoqonning

o‘g‘li, Kulteginning og‘asi asl ismi Xitoy yilnomalarida “Mo‘g‘lon” bo‘lgan Bilga

xoqon sharafiga 735-yilda qo‘yilgan. 734-yilda Bilga xoqonni 50 yoshida o‘z

urug‘laridan biri zaharlab o‘ldiradi. Bu bitiktosh Kulteginnikidan 1 km janubiy-

g‘arbga o‘rnatilgan bo‘lib, ikkovi ham bir vaqtda 1889-yilda rus olimi

N.M.Yadrinsev tomonidan Mo‘g‘ulistonning Kosho Saydam vodiysida Ko‘shkin

Urxun daryosi bo‘yidan topilgan. Bitikning nashri va tarjimalari ham aynan

Kulteginniki bilan bir vaqtda amalga oshirilgan. Yodgorlik matni nemis,

fransuz, ingliz, rus tillariga tarjima qilinib, turk va o‘zbek tillarida tavsif etilgan.

Faqat S.E. Malov alohida lekin boshqa bitiklar bilan birga nashr qilgan.

Bilga xoqonbitiktoshining shakli ham Kulteginniki singari bo‘lib, hajmi undan farq

qiladi.

To‘nyuquq taxminan 645-726-yillar orasida yashagan Turk xoqonligining

davlat arbobi va sarkarda bo‘lgan. Ashida qabilasiga mansub. Turk

zodagonlarining Xitoy imperatori saroyida garov sifatida ushlab turilgan

oʻgʻillaridan biridir. Uning ismi xitoy yilnomalarida Tunyuygu va Yuanchjen

shakllarida uchraydi. U Tabgʻachda tugʻilib, voyaga yetgan. Imperator saroyida

ishonch qozonib, maʼmuriy xizmatga yuborilgan. To‘nyuquq 680-yillarda Turk

xoqonligini Xitoy asoratidan qutqarib, uni yangitdan barpo qilishda Eltarish

xoqonning eng yaqin maslahatchisi boʻlgan. U 3 xoqon: Qutlut Eltarish (680—

691), Qapogʻon (691—716) va Bilga xoqon (716—734) hukmronliklari davrida

bosh vazir va lashkarboshi boʻlgan. Umrining katta qismini xoqonlikni

mustahkamlash, turli qabilalar ahilligini saqlash, tashqi dushmanlarga qarshi

kurash bilan oʻtkazgan.

Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan so‘zlarning leksik

tahlili bir qancha jihatlarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, Bitiktoshlarda


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

422

uchraydigan so‘zlarning asosiy qismi qadimgi turkiy tilning asosiy leksik fondini

tashkil etuvchi so‘zlardir. Masalan, "tengri", "el", "yurt", "xoqan", "qan", "tör" kabi

so‘zlar qadimgi turkiy jamiyatining asosiy tushunchalarini aks ettiradi.

Bitiktoshlardagi so‘zlarning leksik ma'nosi zamonaviy turkiy tildagi ma'no

bilan bir xil yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin. Masalan, "tengri" so‘zi "xudo", "el"

so‘zi "xalq", "yurt" so‘zi "vatan" ma'nolarini bildiradi. Bitiktoshlardagi ba'zi

so‘zlarning ma'nosi zamonaviy turkiy tildagi ma'no bilan farq qilishi mumkin.

Masalan, "qan" so‘zi qadimgi turkiy tilda "qonun", "tör" so‘zi "qonun" ma'nolarini

bildirgan, ammo zamonaviy turkiy tilda "qon" va "to‘r" ma'nolarini bildiradi.

Bitiktoshlardagi so‘zlarni ma'nosiga ko‘ra guruhlash mumkin. Masalan, "tengri",

"tör" so‘zlari diniy tushunchalarni, "el", "yurt" so‘zlari jamiyat va vatan

tushunchalarini aks ettiradi.

Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan so‘zlarning

morfologik tahlili Bitiktoshlardagi so‘zlarning Morfologik jihatidan tahlil

qiladigan bo‘lsak, zamonaviy turkiy tildagi so‘zlarning tuzilishiga o‘xshashdir.

So‘zlar ildiz, qo‘shimcha va yakunlardan tashkil topgan jihatlarni o‘z ichiga oladi.

Bitiktoshlardagi so‘zlarga qo‘shiladigan qo‘shimchalar zamonaviy turkiy tildagi

qo‘shimchalarga o‘xshashdir. Bilga xoqon bitiktoshidagi fe’lga oid so‘zlarni tahlil

davomida qadimgi turkiy tilda ham so‘zlar o‘z ma’nosida va ko‘chma ma’noda

qo‘llanganligini bilib oldik. Ucha bardïso‘zi o‘z ma’nosida uchib ketishni bildirsa,

ko‘chma ma’noda vafot etganlikni, insonlar orasida mavjud emasliknibildiradi.

Tik so‘zi ham tikmoq hamdao‘rnatmoq ma’nolarini anglatadi. Masalan, "-lar",

"-da", "-ni", "-dan" kabi qo‘shimchalar. Bitiktoshlardagi so‘zlar grammatik

kategoriyalarni, masalan, son, zamon, shaxs, holat kabi kategoriyalarni ifodalaydi.

Bitiktoshlardagi ba'zi so‘zlarning morfologik tuzilishi zamonaviy turkiy tildagi

tuzilishdan farq qilishi mumkin. Masalan, "qan" so‘zi qadimgi turkiy tilda "qan"

shaklida ishlatilgan, ammo zamonaviy turkiy tilda "qon" shaklida ishlatiladi.

Bitiktoshlardagi So‘zlarning Til Tarixida Tutgan O‘rniga nazar tashlasak, Bilga

Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchraydigan so‘zlarning leksik-morfologik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

423

tahlili qadimgi turkiy tilning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bitiktoshlardagi

so‘zlar qadimgi turkiy tilning grammatik tuzilishini, leksik tarkibini va fonetik

xususiyatlarini o‘rganishga imkon beradi.

Bilga xoqondagi otlarni tahlil qilar ekanmiz biz uchun tushunarsiz so‘zlar

deyarli kam. Yodgorlikda keltirilgan tängri so‘zi ikki xil ma’noda qo‘llangan.

Ya’ni yaratgan Alloh hamda falak;Yay bolsar, uzä tängri –yoz bo‘lsa, yuqorida

falak;Tängriteg tängri yaratmïsh Turuk Bilga qag‘an sabïm -Tangriday tangri

yaratmish turk Bilga xoqon so‘zim.Bitiktoshda otlardan tashqari sifat, son, fe’l so‘z

turkumi bilan ifodalangan so‘zlar ham mavjud. Yodgorlikda toquz, sekiz, to‘rt,

bes, alti. yeti kabi sonlarni uchratishimiz mumkin. Tartib ko‘rsatgichi -nc bo‘lgan,

biroq birinc o‘rnida ilki, bastinqi so‘zlari, ikkinc o‘rnida esa ikinti, ikindi so‘zlari

qo‘llanganligi bizga ma’lumdir va bitiktoshda•ilki –birinchi(30)•ikin -ikkinchi

(30)•ucunc –uchinchi (30)kabi tartib sonlarni uchratamiz

Xulosa

.

Bilga Xoqon va To‘nyuquq bitiktoshlari qadimgi turkiy tilning boyligi va

xilma-xilligini aks ettiruvchi muhim yodgorliklardir. Bitiktoshlardagi so‘zlarning

leksik-morfologik tahlili qadimgi turkiy tilning rivojlanishini o‘rganish, turkiy

tillar oilasining genetik aloqalarini aniqlash va turkiy madaniyatining tarixini

chuqurlashtirishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdurahmonov, Rustamov –“Qadimgi turkiy til”. Toshkent “O‘qituvchi”

1982

2. N. Rahmonov –“O‘zbek tili tarixi’. O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati

nashriyoti. Toshkent –2009

3. Abdurahmonov, Shukurov, Mahmudov –“O‘zbek tilining tarixiy

grammatikasi”. Toshkent –2008