Mualliflar

  • F. F. Usmanov
  • D.M.Vohidova
  • M.M.Miryoqubova

Muallif tarjimai holi

  • F. F. Usmanov

    Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti, f.f.d.

  • D.M.Vohidova

    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

  • M.M.Miryoqubova

    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90557

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: fonetik uslubiyat fonetik stilistika ekspressivlik nutq tovushlari alliteratsiya assonans intonatsiya urg‘u ritm suprasegmental birlik fonetik ekspressiya ohang stilistik vosita emotsional ta’sir talaffuz. Ключевые слова: фонетическая методология фонетическая стилистика звуки речи аллитерация интонация ударение супрасегментальная единица фонетическая экспрессия мелодика стилистическая фигура эмоциональное воздействие произношение. Keywords: phonetic methodology phonetic stylistics expressions speeches alliteration rhythm supression phonetic expression tone emotional impact pronunciation.

Annotasiya

Annotasiya. Mazkur maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, uning asosiy tushunchalari va stilistik funksiyalari yoritilgan. Muallif fonetik stilistikaning nutq tovushlari orqali ta’sirchanlikni oshirishdagi rolini tahlil qiladi. Unli va undosh tovushlarning takrorlanishi, alliteratsiya, assonans, tovushga taqlid kabi usullar orqali nutqqa emotsional va ekspressiv tus berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ayniqsa, she’riy nutqda fonetik vositalarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi.

Аннотация. В данной статье освещены теоретические основы фонетической стилистики, её основные понятия и стилистические функции. Автор анализирует роль фонетической стилистики в повышении выразительности речи за счёт речевых звуков. Показано, как такие приёмы, как повторение гласных и согласных звуков, аллитерация, ассонанс и звукоподражание, придают речи эмоциональность и экспрессивность.

Abstract. This article explores the theoretical foundations of phonetic stylistics, its key concepts, and stylistic functions. The author analyzes how phonetic stylistics enhances the expressiveness of speech through the use of speech sounds. It demonstrates how techniques such as repetition of vowels and consonants, alliteration, assonance, and sound imitation contribute to the emotional and expressive coloring of speech. Special emphasis is placed on the importance of phonetic tools in poetic language.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

283

FONETIK USLUBIYAT MASALALARI

F. F. Usmanov

Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti, f.f.d.

D.M.Vohidova

Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

M.M.Miryoqubova

Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

Annotasiya. Mazkur maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, uning

asosiy tushunchalari va stilistik funksiyalari yoritilgan. Muallif fonetik

stilistikaning nutq tovushlari orqali ta’sirchanlikni oshirishdagi rolini tahlil qiladi.

Unli va undosh tovushlarning takrorlanishi, alliteratsiya, assonans, tovushga

taqlid kabi usullar orqali nutqqa emotsional va ekspressiv tus berilishi ko‘rsatib

o‘tilgan. Ayniqsa, she’riy nutqda fonetik vositalarning ahamiyati alohida

ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar: fonetik uslubiyat, fonetik stilistika, ekspressivlik, nutq

tovushlari, alliteratsiya, assonans, intonatsiya, urg‘u, ritm, suprasegmental birlik,

fonetik ekspressiya, ohang, stilistik vosita, emotsional ta’sir, talaffuz

.

ПРОБЛЕМЫ ФОНЕТИЧЕСКОЙ СТИЛИСТИКИ

Ф. Ф. Усманов

доцент АГПИ, д.ф.н.

Д.М.Вахидова

Студент АГПИ

М.М.Мирякубова

Студент АГПИ


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

284

Аннотация. В данной статье освещены теоретические основы

фонетической стилистики, её основные понятия и стилистические

функции. Автор анализирует роль фонетической стилистики в повышении

выразительности речи за счёт речевых звуков. Показано, как такие приёмы,

как повторение гласных и согласных звуков, аллитерация, ассонанс и

звукоподражание, придают речи эмоциональность и экспрессивность.

Ключевые слова: фонетическая методология, фонетическая

стилистика,

звуки

речи,

аллитерация,

интонация,

ударение,

супрасегментальная единица, фонетическая экспрессия, мелодика,

стилистическая фигура, эмоциональное воздействие, произношение.

PROBLEMS OF PHONETIC STYLISTICS

F.F.Usmanov

Associate Professor at Andijan State Pedagogical Institute, DSc

D.M.Vohidova

Student of the Andijan State Pedagogical Institute

M.M.Miryoqubova

Student of the Andijan State Pedagogical Institute

Abstract. This article explores the theoretical foundations of phonetic

stylistics, its key concepts, and stylistic functions. The author analyzes how

phonetic stylistics enhances the expressiveness of speech through the use of speech

sounds. It demonstrates how techniques such as repetition of vowels and

consonants, alliteration, assonance, and sound imitation contribute to the

emotional and expressive coloring of speech. Special emphasis is placed on the

importance of phonetic tools in poetic language.

Keywords: phonetic methodology, phonetic stylistics, expressions, speeches,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

285

alliteration, rhythm, supression, phonetic expression, tone, emotional impact,

pronunciation.

Ma’lumki, fonetika nutq tovushlari va nutq o’rganlarining tovush hosil qilish

paytidagi harakati, holati, tovush o’zgarishi qonuniyatlatini, uning intonatsiyasi

kabi masalalarni tekshiradi. Fonetik stilistika esa tovushlarning bir-biriga

bog’lanishining ekspressiv-stilistik imkoniyatlarini, ya’ni nutq tovushlarining

tilning ta’sirchan vositasi bo’lib xizmat qila olish usullari va qonuniyatlarini

o’rganadi. Fonetik stilistika nutqning ta’sirchanligini oshirish vositasi sifatida nutq

tovushlarining stilistik imkoniyatlarini tekshiradi. Nutqda tovush va ohangdan

foydalanish, ta’sirchanlikni kuchaytirish turlari xilma-xildir. Nutqni emotsional va

ifodali qilishda alliteratsiya, assonans va tovush takrorlashining rang-barang

ko’rinishlari muhim rol o’ynaydi. Narsa va jonivorlarning tovushlariga taqlid qilish

hodisasidan ham stilistikada fikrni bo’rttirib ifodalash va unga ekspressiv tus berish

uchun keng foydalaniladi. Nutqni hushohang qilishning bunday usullarini proza

asarlarida, maqol va matallarda, hatto xalq ertaklari va dostonlarining nasriy yo’l

bilan yozilgan o’rinlarida ham uchratish mumkin. Unli va undosh tovushlarning

fonetik jihatdan uyg’unlashib, takrorlanib kelishi nutqni ohangli va ta’sirchan

qiladi. Til faktini esda saqlab qolishni osonlashtiradi. Nutqni ohangdor qilishning

xilma-xil shakllari va usullari o’z tabiati va mohiyati bilan asosan sheriy nutqqa

xosdir. Poetik nutq ohang jihatdan ma’lum tartibga solingan. His-tuyg’u ifodasi

sifatida vujudga kelgan. Hayajonli ritmik nutqdir. Poeziyada nutqni ohang jihatdan

ma’lum tartibga soluvchi, tanituvchi, bildiruvchi vositalarni (masalan, ritm, qofiya,

radif, bandlarni) keng qo’llash xarakterlidir. Shuning uchun she’r tuzilishi fonetik

stilistikaning maxsus sohasi sifatida alohida ajralib turadi. Shunday qilib, Fonetik

uslubiyatning Fonetik ekspressiya bilan hamkorlikda ish olib borishi yuzasidan

qaralganda tildagi ayrim vositalarning oʻz vazifasidan tashqari uslubiy-ekspressiv

vazifalari ham mavjud boʻlib, foydalanish jihatidan ularning oʻrnini toʻgʻri

belgilash muhim sanaladi. Bunda tildagi ana shunday vositalarning ahamiyatini


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

286

aniqlash zarur boʻladi.

Mohiyat va vazifa e’tibori bilan intonatsiya va to’xtam fonetik vosita emas,

balki uslubiy vositadir. Lekin ular nutq hodisasi sifatida talaffuz bilan, tilning

tovush emant bilan zich bog’langanligi tufayli fonetikada o’rganiladi. Uslubiy

ekspressiya nuqtai nazaridan til fonetik vosita materiallaridan adabiy orfografik

normalardan «chetga chiqib» foydalanish muhimdir. Adabiy orfoepik normalar

doirasida yoziladigan so’zlar talaffuzidagi o’zgalik va, umuman, tovushlarning

kombinator va pozitsion o’zgarishlari ekspressiya hosil qilmaydi. Ular faqat

so’zlashuv-og’zaki nutq uslubiga xosligi bilan ajralib turadi, xolos

1

.

Fonetik ekspressiya hosil qiluvchi vositalar, asosan, quyidagilardan iborat:

a)unlini choʻzish. Maʼlum bir soʻzdagi unlini choʻzish orqali soʻzlovchi

mazkur unli ishtirok etgan soʻzning maʼnosini boʻrttiradi, diqqatni shunga jalb

qiladi, nutq paytida shu soʻzga qoʻshimcha maʼno yuklaydi emant bilan

ekspressiya hosil qiladi:

Koʻoʻoʻoʻp

yaxshi, keeeeng xona, shiriin ovqat;

b)unlini kuchli talaffuz qilish bilan. Bunda soʻzlovchi oʻz nutqida keskinlik

tusini beradi, fikrning qatʼiy va ishonchli ekaniga ishora qiladi, aniqlanuvchining

boshqa shu turdan ajralib turishini taʼkidlaydi va shunday qilib, butun gapga

qoʻshimcha vazifa yuklaydi:

sizni

ancha kutdim, tez kel, darrov

joʻna

;

c)undoshni ikkilantirish bilan soʻzlovchi fikr obyektiga nisbatan oʻzining

munosabatini, his-tuygʻularini ifoda etadi, maʼno kuchaytirishga intiladi, undoshi

ikkilangan soʻzga diqqatni jalb etadi: ...

hammasiga sen muttaham aybdorsan,

xo‘rrozlik qilma, mazza qilib oʻtirdik;

d)ohang orqali gap mazmuni oʻzgarishidan tashqari piching, kesatiq, jerkish,

achinish, koyish, shodlik, quvonch kabilarni ifoda etadi. Demak, intonatsiya

maʼnoni kuchaytirish, boʻrttirishga xizmat qiladi.

Ha, bu kishining xotini mayiz

yemagan! Saida. – Nima deysiz? Qalandarov. – Oʻzlari biladilar!;

e)urgʻu oʻz oʻrnida kelganda ekspressiya hosil qilmaydi, lekin oʻrni

almashganda maʼlum bir uslubiy vaʼzifa bajaradi.

1

Iminov M, Nu’monov T,Boboxonova D. “O’zbek tili uslubiyati masalalari”. ”Namangan”

nashriyoti.2007-yil.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

287

Fonostilistikada ishlab chiqilayotgan boshqa muammolar majmuasi

quyidagicha tavsiflanadi: “Gapning intonatsiya tarkibidagi oʻzgarishlarni

uzatilayotgan emotsional va modal maʼnolarga qarab oʻrganish va hokazo.

Intonatsion tuzilmani bunday tadqiq qilish quyidagilarni nazarda tutadi. Yakuniy

maqsad, hissiy yoki modal o’ziga xos xususiyatlarni tanlash, shuningdek,

o’rganilayotgan nutq turi uchun eng tipik akustik parametrlarning tavsifi”.

Fonetik uslublarni o’rganishda odatda ikkita sath ajralib turadi:

• segmental – nutq tovushlarining fonetik xususiyatlarini va ularning

birikmalarini o’rganish (tovushli matnlarni mikrosegmentatsiya qilish asosida);

• supersegmental – melodik o’ziga xoslik, dinamika, temp, pauza, ritm,

aksentuatsiyani o’rganish (tovushli matnlarni makrosegmentatsiyaga asoslangan).

Fono-stilistik tahlil qilinadigan matnlarning stilistik spektri juda xilma-xildir.

Bunga jurnalistik, ilmiy, notiqlik, badiiy, biznes, neytral va boshqalar kiradi

2

.

Tovushli nutqni amalga oshiradi. Bizning ishimizda tovushli matnning asosiy

bo’linmalari sifatida quyidagilar ko’rib chiqiladi: a) ritmik tuzilma (RT), bitta

markazlashtirilgan urg’u mavjudligi bilan birlashtirilgan bo’g’inlarning minimal

guruhi sifatida tushuniladi . (“Ritmik tuzilish” atamasi (“fonetik so’z” bilan

bog’liq atamadan farqli o’laroq) berilgan birlik ritm birliklari tizimiga tegishli

ekanligini ta’kidlaydi va uni tizimli ravishda tashkil etilgan tovush va bo’g’in

majmuasi sifatida ifodalaydi; b)sintagma, “nutq -fikr jarayonida yagona semantik

yaxlitlikni ifodalovchi fonetik birlik”. Ko’pgina fonetiklar ta’kidlaydilar.

Sintagma bir vaqtning o‘zida semantik va formal reja birligi bo‘lib,

intonatsion-semantik birlik hosil qilish qobiliyati uning asosiy xususiyatlaridan

biri sifatida qaraladi

3

.

Demak, fonetik uslubiyat – bu tilning fonetik vositalari orqali nutqning

ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim soha hisoblanadi. Unli va

undosh tovushlarning uyg‘unligi, intonatsiya, urg‘u, ritm, pauza va boshqa fonetik

elementlarning nutqqa emotsional tus berishdagi roli misollar bilan asoslangan.

2

https://www.scibd.com/document/620073330/9

3

Xaitov N.Tovush hodisalari va ularning stilistik vosita sifatidagi ifodasi. Toshkent:Fan,1998.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

288

Ayniqsa, she’riy va badiiy matnlarda tovush vositalari orqali ifoda kuchini oshirish

imkoniyatlari alohida e’tiborga loyiqdir. Fonetika va stilistikaning o‘zaro

uyg‘unligi asosida fonetik uslubiyat tahlilida segmental va suprasegmental

birliklarning har biri o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, fonetik

uslubiyatni o‘rganish, tilda mavjud tovush vositalarining stilistik qiymatini to‘g‘ri

belgilash va ulardan samarali foydalanish adabiy nutqning ta’sirchanligini

oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Iminov М., Nu’monov Т., Boboxonova D. O’zbek tili uslubiyati

masalalari. – Namangan: «Namangan» nashriyoti, 2007.

2. https://www. scribd. com/document/620073330/9

3. Xaitov N. Tovush hodisalari va ularning stilistik vosita sifatidagi ifodasi.

– Toshkent: Fan, 1998.

4. Joʻrayev M. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining fonetikasi. – Toshkent:

Oʻqituvchi, 1992.

5. Joʻrayev M. Fonetik stilistika masalalari. – Toshkent: Fan, 2003.

6. Usmanov F.F. Linguocultural competence as the means of identifying

images in fixed similes // Theoretical & Applied Science. №5 (73). 2019. p. 17-20.

https://www.researchgate.net/publication/368093037_LINGUOCULTURAL_CO

MPETENCE_AS_THE_MEANS_OF_IDENTIFYING_IMAGES_IN_FIXED_S

IMILES