Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
113
FONETIK USLUBIYAT MASALALARI
F. F. Usmanov
Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti, f.f.d.
Z. Gʻ. Toʻlanova
Andijon davlat pedagogika instituti talabasi
Annotasiya. Mazkur maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, uning
asosiy tushunchalari va stilistik funksiyalari yoritilgan. Muallif fonetik
stilistikaning nutq tovushlari orqali ta’sirchanlikni oshirishdagi rolini tahlil qiladi.
Unli va undosh tovushlarning takrorlanishi, alliteratsiya, assonans, tovushga
taqlid kabi usullar orqali nutqqa emotsional va ekspressiv tus berilishi ko‘rsatib
o‘tilgan. Ayniqsa, she’riy nutqda fonetik vositalarning ahamiyati alohida
ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada fonetik ekspressiya usullari – unli cho‘zilishi,
kuchli talaffuz, undoshni ikkilantirish, ohang va urg‘u o‘zgarishi kabilar misollar
bilan tushuntirilgan. Nutqdagi intonatsiya, pauza, ritm va temp kabi
supersegmental elementlarning fonostilistik tahliliga ham o‘rin beriladi. Maqola
fonetik-stilistik vositalarning badiiy, notiqlik, jurnalistik va boshqa nutq
uslublaridagi ifodaviy imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: fonetik uslubiyat, fonetik stilistika, ekspressivlik, nutq
tovushlari, alliteratsiya, assonans, intonatsiya, urg‘u, ritm, suprasegmental birlik,
fonetik ekspressiya, ohang, stilistik vosita, emotsional ta’sir, talaffuz.
ПРОБЛЕМЫ ФОНЕТИЧЕСКОЙ СТИЛИСТИКИ
Ф. Ф. Усманов
доцент АГПИ, д.ф.н.
З. Г. Туланова
Студент АГПИ
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
114
Аннотация. В данной статье освещены теоретические основы
фонетической стилистики, её основные понятия и стилистические
функции. Автор анализирует роль фонетической стилистики в повышении
выразительности речи за счёт речевых звуков. Показано, как такие приёмы,
как повторение гласных и согласных звуков, аллитерация, ассонанс и
звукоподражание, придают речи эмоциональность и экспрессивность.
Особое внимание уделено значению фонетических средств в поэтической
речи. Также в статье рассматриваются способы фонетической экспрессии
— удлинение гласных, усиленное произношение, удвоение согласных,
изменение интонации и ударения, с приведением примеров. Отмечена роль
супрасегментных элементов, таких как интонация, пауза, ритм и темп, в
фонетико-стилистическом анализе. Работа способствует глубокому
изучению выразительных возможностей фонетико-стилистических
средств в художественном, ораторском, публицистическом и других стилях
речи.
Ключевые слова: фонетическая методология, фонетическая
стилистика,
звуки
речи,
аллитерация,
интонация,
ударение,
супрасегментальная единица, фонетическая экспрессия, мелодика,
стилистическая фигура, эмоциональное воздействие, произношение.
PROBLEMS OF PHONETIC STYLISTICS
F.F.Usmanov
Associate Professor at Andijan State Pedagogical Institute, DSc
Z.G.Tolanova
Student of the Andijan State Pedagogical Institute
Abstract. This article explores the theoretical foundations of phonetic
stylistics, its key concepts, and stylistic functions. The author analyzes how
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
115
phonetic stylistics enhances the expressiveness of speech through the use of speech
sounds. It demonstrates how techniques such as repetition of vowels and
consonants, alliteration, assonance, and sound imitation contribute to the
emotional and expressive coloring of speech. Special emphasis is placed on the
importance of phonetic tools in poetic language. The article also discusses methods
of phonetic expression—lengthening of vowels, strong pronunciation, consonant
doubling, changes in intonation and stress – supported with examples. The role of
suprasegmental elements such as intonation, pause, rhythm, and tempo in
phonostylistic analysis is also highlighted. The study contributes to the in-depth
exploration of expressive capabilities of phonetic-stylistic devices in artistic,
oratorical, journalistic, and other speech styles.
Keywords: phonetic methodology, phonetic stylistics, expressions, speeches,
alliteration, rhythm, supression, phonetic expression, tone, emotional impact,
pronunciation.
Ma’lumki, fonetika nutq tovushlari va nutq o’rganlarining tovush hosil qilish
paytidagi harakati, holati, tovush o’zgarishi qonuniyatlatini, uning intonatsiyasi
kabi masalalarni tekshiradi. Fonetik stilistika esa tovushlarning bir-biriga
bog’lanishining ekspressiv-stilistik imkoniyatlarini, ya’ni nutq tovushlarining
tilning ta’sirchan vositasi bo’lib xizmat qila olish usullari va qonuniyatlarini
o’rganadi. Fonetik stilistika nutqning ta’sirchanligini oshirish vositasi sifatida nutq
tovushlarining stilistik imkoniyatlarini tekshiradi. Nutqda tovush va ohangdan
foydalanish, ta’sirchanlikni kuchaytirish turlari xilma-xildir. Nutqni emotsional va
ifodali qilishda alliteratsiya, assonans va tovush takrorlashining rang-barang
ko’rinishlari muhim rol o’ynaydi. Narsa va jonivorlarning tovushlariga taqlid qilish
hodisasidan ham stilistikada fikrni bo’rttirib ifodalash va unga ekspressiv tus berish
uchun keng foydalaniladi. Nutqni hushohang qilishning bunday usullarini proza
asarlarida, maqol va matallarda, hatto xalq ertaklari va dostonlarining nasriy yo’l
bilan yozilgan o’rinlarida ham uchratish mumkin. Unli va undosh tovushlarning
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
116
fonetik jihatdan uyg’unlashib, takrorlanib kelishi nutqni ohangli va ta’sirchan
qiladi. Til faktini esda saqlab qolishni osonlashtiradi. Nutqni ohangdor qilishning
xilma-xil shakllari va usullari o’z tabiati va mohiyati bilan asosan sheriy nutqqa
xosdir. Poetik nutq ohang jihatdan ma’lum tartibga solingan. his-tuyg’u ifodasi
sifatida vujudga kelgan. Hayajonli ritmik nutqdir. Poeziyada nutqni ohang jihatdan
ma’lum tartibga soluvchi, tanituvchi, bildiruvchi vositalarni (masalan, ritm, qofiya,
radif, bandlarni) keng qo’llash xarakterlidir. Shuning uchun she’r tuzilishi fonetik
stilistikaning maxsus sohasi sifatida alohida ajralib turadi. Shunday qilib, Fonetik
uslubiyatning Fonetik ekspressiya bilan hamkorlikda ish olib borishi yuzasidan
qaralganda tildagi ayrim vositalarning oʻz vazifasidan tashqari uslubiy-ekspressiv
vazifalari ham mavjud boʻlib, foydalanish jihatidan ularning oʻrnini toʻgʻri
belgilash muhim sanaladi. Bunda tildagi ana shunday vositalarning ahamiyatini
aniqlash zarur boʻladi.
Mohiyat va vazifa e’tibori bilan intonatsiya va to’xtam fonetik vosita emas,
balki uslubiy vositadir. Lekin ular nutq hodisasi sifatida talaffuz bilan, tilning
tovush tomoni bilan zich bog’langanligi tufayli fonetikada o’rganiladi. Uslubiy
ekspressiya nuqtai nazaridan til fonetik vosita materiallaridan adabiy orfografik
normalardan «chetga chiqib» foydalanish muhimdir. Adabiy orfoepik normalar
doirasida yoziladigan so’zlar talaffuzidagi o’zgalik va, umuman, tovushlarning
kombinator va pozitsion o’zgarishlari ekspressiya hosil qilmaydi. Ular faqat
so’zlashuv-og’zaki nutq uslubiga xosligi bilan ajralib turadi, xolos
Fonetik ekspressiya hosil qiluvchi vositalar, asosan, quyidagilardan iborat:
a)unlini choʻzish. Maʼlum bir soʻzdagi unlini choʻzish orqali soʻzlovchi
mazkur unli ishtirok etgan soʻzning maʼnosini boʻrttiradi, diqqatni shunga jalb
qiladi, nutq paytida shu soʻzga qoʻshimcha maʼno yuklaydi va shu bilan
ekspressiya hosil qiladi:
Koʻoʻoʻoʻp
yaxshi, keeeeng xona, shiriin ovqat;
b)unlini kuchli talaffuz qilish bilan. Bunda soʻzlovchi oʻz nutqida keskinlik
tusini beradi, fikrning qatʼiy va ishonchli ekaniga ishora qiladi, aniqlanuvchining
1
Iminov M, Nu’monov T,Boboxonova D. “O’zbek tili uslubiyati masalalari”. ”Namangan”
nashriyoti.2007-yil.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
117
boshqa shu turdan ajralib turishini taʼkidlaydi va shunday qilib, butun gapga
qoʻshimcha vazifa yuklaydi:
sizni
ancha kutdim, tez kel, darrov
joʻna
;
c)undoshni ikkilantirish bilan soʻzlovchi fikr obyektiga nisbatan oʻzining
munosabatini, his-tuygʻularini ifoda etadi, maʼno kuchaytirishga intiladi, undoshi
ikkilangan soʻzga diqqatni jalb etadi: ...
hammasiga sen muttaham aybdorsan,
xo‘rrozlik qilma, mazza qilib oʻtirdik;
d)ohang orqali gap mazmuni oʻzgarishidan tashqari piching, kesatiq, jerkish,
achinish, koyish, shodlik, quvonch kabilarni ifoda etadi. Demak, intonatsiya
maʼnoni kuchaytirish, boʻrttirishga xizmat qiladi.
Ha, bu kishining xotini mayiz
yemagan! Saida. – Nima deysiz? Qalandarov. – Oʻzlari biladilar!;
e)urgʻu oʻz oʻrnida kelganda ekspressiya hosil qilmaydi, lekin oʻrni
almashganda maʼlum bir uslubiy vaʼzifa bajaradi.
Fonostilistikada ishlab chiqilayotgan boshqa muammolar majmuasi
quyidagicha tavsiflanadi: “Gapning intonatsiya tarkibidagi oʻzgarishlarni
uzatilayotgan emotsional va modal maʼnolarga qarab oʻrganish va hokazo.
Intonatsion tuzilmani bunday tadqiq qilish quyidagilarni nazarda tutadi. Yakuniy
maqsad, hissiy yoki modal o’ziga xos xususiyatlarni tanlash, shuningdek,
o’rganilayotgan nutq turi uchun eng tipik akustik parametrlarning tavsifi”.
Fonetik uslublarni o’rganishda odatda ikkita sath ajralib turadi:
• segmental – nutq tovushlarining fonetik xususiyatlarini va ularning
birikmalarini o’rganish (tovushli matnlarni mikrosegmentatsiya qilish asosida);
• supersegmental – melodik o’ziga xoslik, dinamika, temp, pauza, ritm,
aksentuatsiyani o’rganish (tovushli matnlarni makrosegmentatsiyaga asoslangan).
Fono-stilistik tahlil qilinadigan matnlarning stilistik spektri juda xilma-xildir.
Bunga jurnalistik, ilmiy, notiqlik, badiiy, biznes, neytral va boshqalar kiradi
Tovushli nutqni amalga oshiradi. Bizning ishimizda tovushli matnning asosiy
bo’linmalari sifatida quyidagilar ko’rib chiqiladi: a) ritmik tuzilma (RT), bitta
markazlashtirilgan urg’u mavjudligi bilan birlashtirilgan bo’g’inlarning minimal
2
https://www.scibd.com/document/620073330/9
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
118
guruhi sifatida tushuniladi . (“Ritmik tuzilish” atamasi (“fonetik so’z” bilan
bog’liq atamadan farqli o’laroq) berilgan birlik ritm birliklari tizimiga tegishli
ekanligini ta’kidlaydi va uni tizimli ravishda tashkil etilgan tovush va bo’g’in
majmuasi sifatida ifodalaydi; b)sintagma, “nutq -fikr jarayonida yagona semantik
yaxlitlikni ifodalovchi fonetik birlik”. Ko’pgina fonetiklar ta’kidlaydilar.
Sintagma bir vaqtning o‘zida semantik va formal reja birligi bo‘lib,
intonatsion-semantik birlik hosil qilish qobiliyati uning asosiy xususiyatlaridan
biri sifatida qaraladi
Demak, fonetik uslubiyat – bu tilning fonetik vositalari orqali nutqning
ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim soha hisoblanadi. Unli va
undosh tovushlarning uyg‘unligi, intonatsiya, urg‘u, ritm, pauza va boshqa fonetik
elementlarning nutqqa emotsional tus berishdagi roli misollar bilan asoslangan.
Ayniqsa, she’riy va badiiy matnlarda tovush vositalari orqali ifoda kuchini oshirish
imkoniyatlari alohida e’tiborga loyiqdir. Fonetika va stilistikaning o‘zaro
uyg‘unligi asosida fonetik uslubiyat tahlilida segmental va suprasegmental
birliklarning har biri o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, fonetik
uslubiyatni o‘rganish, tilda mavjud tovush vositalarining stilistik qiymatini to‘g‘ri
belgilash va ulardan samarali foydalanish adabiy nutqning ta’sirchanligini
oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Iminov М., Nu’monov Т., Boboxonova D. O’zbek tili uslubiyati
masalalari. – Namangan: «Namangan» nashriyoti, 2007.
2. https://www. scribd. com/document/620073330/9
3. Xaitov N. Tovush hodisalari va ularning stilistik vosita sifatidagi ifodasi.
– Toshkent: Fan, 1998.
4. Joʻrayev M. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining fonetikasi. – Toshkent:
Oʻqituvchi, 1992.
3
Xaitov N.Tovush hodisalari va ularning stilistik vosita sifatidagi ifodasi. Toshkent:Fan,1998.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
119
5. Joʻrayev M. Fonetik stilistika masalalari. – Toshkent: Fan, 2003.
6. Usmanov F.F. Linguocultural competence as the means of identifying
images in fixed similes // Theoretical & Applied Science. №5 (73). 2019. p. 17-20.
https://www.researchgate.net/publication/368093037_LINGUOCULTURAL_CO
MPETENCE_AS_THE_MEANS_OF_IDENTIFYING_IMAGES_IN_FIXED_S
IMILES