Mualliflar

  • Ikramova Feruza Xayrullayevna
  • Imomova Mohidil Furqat qizi

Muallif tarjimai holi

  • Ikramova Feruza Xayrullayevna

     (Toshkent Davlat Transport Universiteti Avtomobil yo`llarini qidiruv va loyihalash kafedrasi dotsenti)

  • Imomova Mohidil Furqat qizi

     (Toshkent Davlat Transport  Universiteti  YMAE-7r guruhi talabasi)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90656

Kalit so‘zlar:

Keywords: My comrades Republic Ghafur Ghulam revolutionary ideals Kalit so‘zlar: Undoshlarim Jumhuriyat “Sharq haqiqati” “Chig‘atoy”.Do‘stlar yaxshilarni avaylab saqlang! “Salom” degan so‘zning salmog‘in oqlang. O‘lganda yuz soat yig‘lab turgandan Uni tirigida bir soat yo‘qlang!

Annotasiya

    Annotation: maqolada dramaturg, adabiyotshunos olim, tanqidchi, publitsist, tarjimon, noshir, murabbiy, jamoat arbobi shuning bilan birga otashnafas shoir Maqsud Shayxzodaning ayrim she’rlari haqida fikr va mulohazalar berilgan.

Annotatsiya: the article gives opinions and comments on some poems of the playwright, literary scholar, critic, publicist, translator, publisher, coach, public figure as well as the fiery poet Maqsud Shaykhzoda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

101

MAQSUD SHAYXZODA SHE’RIYATIGA BIR NAZAR

Ikramova Feruza Xayrullayevna

(Toshkent Davlat Transport Universiteti Avtomobil yo`llarini qidiruv va

loyihalash kafedrasi dotsenti)

feruza.ikromova71@gmail.com

Imomova Mohidil Furqat qizi

(Toshkent Davlat Transport Universiteti YMAE-7r guruhi talabasi)

mohidilimomova05@gmail.com

Annotation: maqolada dramaturg, adabiyotshunos olim, tanqidchi,

publitsist, tarjimon, noshir, murabbiy, jamoat arbobi shuning bilan birga

otashnafas shoir Maqsud Shayxzodaning ayrim she’rlari haqida fikr va

mulohazalar berilgan.

Keywords: My comrades, Republic, Ghafur Ghulam, revolutionary ideals,

"Truth of the East", "Chigatay".

Annotatsiya: the article gives opinions and comments on some poems of the

playwright, literary scholar, critic, publicist, translator, publisher, coach, public

figure as well as the fiery poet Maqsud Shaykhzoda.

Kalit so‘zlar: Undoshlarim, Jumhuriyat, “Sharq haqiqati”,

“Chig‘atoy”.Do‘stlar, yaxshilarni avaylab saqlang!

“Salom” degan so‘zning salmog‘in oqlang.

O‘lganda yuz soat yig‘lab turgandan, Uni

tirigida bir soat yo‘qlang!

(“Yaxshilar qadri”)

O‘zbekiston xalq shoiri Turob To‘la: “Ulug‘ insonlar yulduzlar yanglig‘

yonib dunyoga keladilar. Butun umrlari mobaynida yonib va dunyoni yoritib


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

102

yashaydilar. Yonib turib so‘nadilar. Ammo, ular nuri vafotlaridan keyin ham uzoq

yillar mobaynida taralib, kishilar qalbi va shuuriga ma’rifat va ma’naviyat

yog‘dularini, ezgulikning kamalak ranglarini tarqatib turadi. Maqsud Shayxzoda

o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining shunday o‘lmas siymolardan biri edi.

Bunday siymolar o‘lmaydilar, ular biz bilan, kelgusi avlodlar bilan yashashda

davom etadilar”.

Ha, haqiqatdan ham bu ta’rif Maqsud Shayxzoda siymosiga berilgan

buyuk bahodir.

Maqsud Shayxzoda nafaqat dramaturg, adabiyotshunos olim, tanqidchi,

publitsist, tarjimon, noshir, murabbiy, jamoat arbobi shuning bilan birga

otashnafas shoir hamdir. Maqsud Shayxzodaning dastlabki she’riy to‘plami

1932yilda “Loyiq soqchi” nomi bilan nashr etilgan. 1932-yilda “O‘n she’r”, 1933-

yilda “Undoshlarim”, 1934-yilda

“Uchinchi kitob”,1935-yilda “Jumhuriyat” “O‘n ikki”, 1937-yilda “Yangi

devon”, 1942-yilda “Kurash nechun”, 1943-yilda “Ko‘ngil deydiki…”, 1947-yilda

“O‘n besh yilning daftari”, 1948-yilda “Yurt she’rlari”, 1949-yilda “Olqishlarim”,

1961-yilda “Yillar va yo‘llar”, 1964-yilda “She’rlar” va boshqa she’riy to‘plamlari

nashr etilgan.

Ozarbayjon xalq yozuvchisi Mirzo Ibrohimov

Maqsud Shayxzoda haqida

shunday deydi: “O‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalari – G‘afur G‘ulom va

Oybek kabi otashnafas san’atkorlar safida ijod qilgan Maqsud Shayxzoda zuvalasi

she’riyat shu’lasi bilan yorilgan kuychi edi. Uning asarlarida buyuk inqilobiy

ideallar, jo‘shqin vatanparvarlik tuyg‘ulari, chinakam ijodiy hissiyotlar bilan

yashagan yoniq qalbning gulduros aks sadosi mujassam topgan”.

Shayxzodaning

dastlabki ijodiga nazar tashlasak, qisman elliginchi yillardagi ayrim she’rlarida

ozarbayjon she’riyatiga xos ohanglar ustuvorlik qilgan. Ammo Shayxzoda o‘zbek

mumtoz va zamonaviy she’riyatining tili va uslubini egallagani sayin uning

she’rlarida o‘zbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol

munosabatda bo‘lishga intilib, xalq va mamlakat hayotida ro‘y bergan muhim


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

103

voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga

alohida e’tibor berdi Shayxzoda she’riy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda

qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o‘tmishga teran nazar tashlab, undagi

zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga

yangi badiiy hayot bag‘ishladi. U umrining so‘nggi yillarida Beruniy to‘g‘risida

so‘nggi sahna asarini yozdi. Shayxzoda xalqimizning yana bir ulug‘ farzandi

Mirzo Ulug‘bek haqidagi fojeasini yozishga kirishdi. Dastlab buyuk olim va

sarkarda, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haqidagi tarixiy manbalarni sinchiklab

o‘rgandi. 1960 yil tarixiy drama yozib tugallandi va 1961 yil sahna yuzini ko‘rdi.

Dramadagi rollarni davrning eng mashhur aktyorlari o‘ynagan edi. Bu drama

Shayxzodaga misli ko‘rilmagan shuhrat keltirgan edi.

Shoir ijodiy biografiyasida “Toshkentnoma” dostoni alohida o‘rin tutadi.

Bu asarni unga eng og‘ir kunlarida boshpana va panoh bo‘lgan shahri azimga

bo‘lgan muhabbati o‘laroq yaratilgan desak yanglishmagan bo‘lamiz Ijod

karvonining uzoq yo‘lini – Aziz yo‘ldoshlar-la o‘toldim, yurdim. Yo‘q, men

taqdirimdan emasman xafa, Shoirlik unvoni baxtimdan tuhfa!... Ko‘chat

ko‘chib kelib ekilgan tuproq Uning vatanidir deyish to‘g‘riroq.

Bu shahar she’rimning tiniq

chashmasi. Yashadim o‘ttiz yil

bunda chamasi.

Maqsud Shayxzoda “xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang,

ozodlik va do‘stlik, baxt va alam, yurtning go‘zal manzaralari va insonning

ma’naviy jamoli mening qalamimga oshno, dilimga mazmun bo‘lib keldi” deb

ta’kidlagan edi. Shoirning bu fazilatlari, eng avvalo, hayotdagi, voqelikdagi va

odamlarimizning ruhiy olamidagi o‘zgarishlar, holatlarni ifodalashga qodir yangi,

betakror obrazlaridir. Shoir she’rlaridagi obrazlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan

bo‘lib, insoniyat tarixi yaxlitdir va doim olg‘a qarab harakat qiladi, bu insoniyat

karvonini – kemani to‘xtatib bo‘lmaydi, u insoniyat orzusi – baxt-saodat manzili

sari harakat qiladi. Shoirning o‘zi “Inson umri cheklangan muhlatli daftar”, demak


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

104

bu daftarni foydali, ezgu ishlar – “yozuvlar” bilan to‘ldirish lozim deydi.

“Qo‘llar” she’rida qo‘llarda insonning borlig‘ini, uning ichki olamining

muhrini ko‘radi. Uningcha, “g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh qo‘llar” ham “ayovsiz,

yovuz, go‘r kabi sovuq, tanbal” qo‘llar ham bor, qisqasi, har bir qo‘l

“yurakning navkarlaridir”, yurak neni buyursa, qo‘l shuni ijro etadi.

Bu qo‘llar, qo‘llar,

Qo‘llarni qaysi bir ta’rif

ma’qullar? Daraxt belgilaydi

ko‘lankasini,

Qo‘llar

ham

qo‘llaydi o‘z egasini,

Buyruqni bajarmoq qo‘l

hunaridir, Ha, qo‘llar –

yurakning navkarlaridir.

Maqsud Shayxzoda hayotining so‘nggi yillarida e’lon qilgan tarjimai holida

shunday so‘zlarni yozgan: “Men agar kitobxonlarimga, hali alifboni egallamasdan

oldin she’r yaratganman, deb aytsam, ular balki mening bu gapimni yo hazil, yoki

kinoyaviy ma’noda bir mubolag‘adur, deb talqin qilishlari mumkin. Ammo bu

chin gap. Mening otam rahmatlik (o‘z zamonasining ilg‘or ziyolisi, doktor) odatda

bolalarga she’r o‘qib berar va keyin ayrim so‘zlarni aytib berib, shu so‘zga mos

qofiya topishni bizlardan talab qilar edi. Qofiya ham vazn ohangiga qulog‘im

o‘rganib ketib, men besh 6 yasharligimda 8 - 10 misradan iborat bir masal

to‘qiganim esimda. Albatta, muayyan fikr va syujetdan holi bo‘lgan bu “masal”

bo‘ri bilan olmaxon haqida to‘qilgan edi. Har qalay, she’rga muhabbat umrimning

ilk yillaridan boshlab qonimga, qalbimga, fikrimga singib ketganini jur’at bilan

ayta olaman”. Demak, Maqsud Shayxzodadagi she’riy iste’dod kurtaklari

yoshligidan una boshlagan. “Sharq haqiqati” gazetasida qisqa muddat ishlaganiga

qaramay, u xuddi shu davrda o‘zbek tilini qunt bilan o‘rganadi. Uning 1929 yili

o‘zbek tilida yozilgan birinchi she’ri “Traktor” sarlavhasi bilan gazeta sahifalarida


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

105

e’lon qilindi. U shu vaqtdan boshlab umrining so‘nggi soniyasiga qadar o‘zbek

adabiyotining ravnaqi yo‘lida ter to‘kib, adabiyotimiz xazinasini o‘ziga xos

shayxona jo‘shqin she’r va dostonlar, drama va tarjimalar, publitsistik va adabiy-

tanqidiy maqolalar bilan boyitdi.

Maqsud Shayxzoda Hamid Olimjon, Oybek, G‘afur G‘ulom, Uyg‘un,

Yashin, Abdulla Qahhor kabi o‘z do‘stlari, safdoshlari ijodini o‘z she’rlarida madh

etdi. Ayniqsa do‘sti G‘afur G‘ulomning o‘limi uni juda kuchli g‘amga cho‘ktirdi

va G‘afur G‘ulomga atab “G‘afurga xat” nomli she’rini yozdi. Yo‘q, o‘rtoqjon,

yo‘q, do‘stim, shoiri a’zam, “Chig‘atoy”da ko‘milib ketmading hech ham.

Adresingni

angladim,

adresing

ma’lum:

Adresing

yuraklarning aynan to‘rida.

She’rga qo‘l tegizma, yo‘qol, ey o‘lim!

Shoirning soyasidir yotgan go‘rida.

G‘afur, bayting zarb bo‘lib

million dilga So‘zing ko‘char

masaldek tillardan-tilga.

Maqsud Shayxzoda va G‘afur G‘ulom o‘rtasidagi inoq do‘stlik

munosabatlarini shu misralaridan ham anglasa bo‘ladi. Nafaqat bu she’rda balki

bir necha she’rlarida G‘afur G‘ulom nomini yodga oladi, bu bilan u chin ma’noda

haqiqiy do‘st jonkuyar insondir. G‘afur G‘ulom bilan birgalikdagi qirq yillik

qadrdonligi, birga chekkan zahmatlariyu, quvonchlarini she’rga soladi.

“Xayr!” demay ketganing ne deganing u?

“Tez qayturman bemuhlat!” deganingmi u?

“O‘lim asli o‘tkinchi bir hodisa-yu,

Hayot mangu bir holat!”

deganingmi u? Qaydan seni

qidiray, adresing qayer?

Kimdan seni so‘rayin?


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

106

Odamlar ne der? Mangu elda

esdalik bo‘lsin deb mendan,

Borib yetgay bu xatim

senga

daf’atan.

Oh,

qardoshim, og‘ajon, piri

barkamol, Qirq yillik bir

daftardir xotira, xayol.

Eh-he, ne-ne kunlarni

kechirdik birga, Nahot, ular

barchasi cho‘kdi qabrga?

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, ikki buyuk xalqning - o‘zbek va

ozarbayjon xalqlarining ulug‘ shoiri, dramaturgi, adabiyotshunos olimi va

tarjimoni Maqsud Shayxzodaning “...qimmatbaho duru gavharlar bilan to‘la oltin

sandig‘i...” avlodlar xotirasida abadiy yashaydi. Zero, yurtboshimiz

ta’kidlaganidek:

Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va

mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni

mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni

ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi”.

Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy

Majlisga Murojaatnomasi.Toshkent. O‘zbekiston nashriyoti. 25.01.2020

2.

Naim Karimov. Maqsud Shayxzoda. Ma’rifiy-biografik roman

“SHarq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Bosh tahririyati.

Toshkent – 2009 yil.

3.

Ozod Sharaffiddinov. Ijodni anglash baxti.Toshkent 2004 yil

4.

Quronov Dilmurod. “Adabiyot nazariyasi asoslari”. Toshkent –

2018yil.