Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
98
MAQSUD SHAYXZODANING “TOSHKENTNOMA” DOSTONI
HAQIDA
Ikramova Feruza Xayrullayevna
(Toshkent Davlat Transport Universiteti Avtomobil yo`llarini qidiruv va
loyihalash kafedrasi dotsenti)
Imomova Mohidil Furqat qizi
(Toshkent Davlat Transport Universiteti YMAE-7r guruhi talabasi)
Annotatsiya: Ushbu maqolada Maqsud Shayxzodaning eng go’zal va o’ziga
xos asarlaridan biri bo’lgan “Toshkentnoma” dostoni to’g’risida keltirilgan.
Shayxzodaning ijodi aynan Toshkentda dunyoga kelgan. Shu yurtda uning o’zi ijod
qilib, shu yurtda vafot etgan. Qisqa 59 yil umr ko’rgan bo’lsa-da, havas qilarlik
ijod qilgan Shayxzodaning yashagan yurti haqida yozilgan “Toshkentnoma”
barcha ijodkor va kitobxonlarning mehrini qozongan. Ushbu asar darsliklarga
ham kiritilgan bo’lib, yana ming yillar yashashiga biz yoshlarning ishonchimiz
komil.
Kalit so’zlar: Toshkentnoma, doston, urush, poytaxt, tinchlik, Salomobod,
ziyoratgoh, turist, falsafiy, tarixiy, adabiy, qadimiy, yetim, bayt, satr, poema
Maqsud Shayxzoda Ozorbayjonda tug’ilgan. O’rta va oliy ta’limni
Ozorbayjonda olgach, bir necha yillaruyerda ishlaydi ham. 1928-yilga kelib esa
vatanini mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblangan va
Toshkentga badarg’a qilingan. O’sha vaqtdan boshlab uning 39 yil davomidagi
hayoti va ijodi Toshkentda davom etadi. Shu davr ichida Toshkentga mehri tushgan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
99
Shayxzoda uyerni ham o’z vatani hisoblaydi. 1957-yilda azim poytaxtimiz
bo’lmish Toshkent haqida teran adabiy, falsafiy, tarixiy va ehtirosli tuyg’ularga
boy bo’lgan “Toshkentnoma” dostonini bitgan.
Dostonda Toshkent shunday go’zal ta’riflanganki, hatto uning ta’rifini
eshitganlar ishonmay, borib ko’rmoqlikni istaydi va uning ta’rifiga shaharni
ko’rgach ishonishadi. Quyosh nuri doim kulib charaqlaydigan yurtimizning suvi,
soyi, soyasi ko’pligi aytilgan. Ammo “Toshkentnoma” dostonida jahonda 2-jahon
urushi bo’lib o’tganiga ko’p o’tmasdan yozilganligi uchun urush haqidagi satrlar
ham o’rin egallagan.
Tinchlik bizga qimmat tushdi,
Erk yo’lida el urushdi.
Xotirlardan chiqmas, evoh,
Og’ir sinov haftalari…
Ushbu satrlarda keltirilgan urush “evoh”lari xalq dardini, ularning urush
davridagi og’ir hayot kechinmalarini, va doston yozilgan vaqtda ham urush
asoratlari bitmagani ochiq-oydin yoritilgan. Lekin doston davomida Toshkent
yengilmasligini, poytaxtimiz shuhrat topganligini tushunib yetamiz. Bunga sabab,
o’zbek xalqining ochiqko’ngil, mehribon, saxiy ekanligini ushbu doston orqali
ham ko’rib olish qiyin emas. Sababi urush yillari qiyin, o’ta og’ir, ocharchilik
tarzda kechgan bo’liahiga qaramay, 14 nafar yetim bola asrab olgan o’zbekistonlik
temirchi Shoaxmad aka va Bahri opaga rahmatlar aytsak arziydi.
Sharqning havo darvozasi bo’lgan Toshkent avvalgi vaqtlarda “Salomobod”
deb atalgan. Qadimiy va ziyoratgoh joylari ko’p va ko’rkam bo’lgani uchun
dunyoning yetti iqlimidan ko’rish uchun turistlar tashrif buyurishgan. Hozirgi
vaqtdagi buning yagona farqi yurtimiz yanada dunyoga tanilgan va turistlarning
soni ancha balanddir.
Azim poytaxtimiz Toshkentning ko’rkam visolini doston eng go’zal va ta’rif
etib bo’lmas so’zlar bilan bitilganidan ham bilib olish mumkin.
Toshkent, sen o’zingsan azim poema,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
100
Seni asrab keldi ona kabi vaqt,
Hech qachon, yo’limni tugatdim,- dema!
Sen mangu shaharsan, kunday bezavol,
Seni ta’rif qilgan dostonchining ham
Baytlari tugashi, bu-amri mahol.
Ushbu satrlarni o’qigan har qanday yurt farzandi Toshkent jamolini ko’rgisi
keladi albattvaq
Dostonda nafaqat Toshkent go’zalligi ta’riflangan, balki unda o’zbek xalqi
odamlari, ochiqyuzliligi, mehribon, mehmondo’stligi, shirin so’zliligi bolajon
xaqlligi ochiq ko’rsatib berilgan. Ta’rif etsa so’z kamligi ham alohida aytib
o’tilgan.
Hozirgi kunda ushbu yurt yanada ko’rkam qiyofa olgan. Yoshlari shijoatli,
ilmga chanqoq. Mehnatkash xalqi, izlanuvchan yoshlar va Shayxzoda shogirdlari
kabi ijodkorlar bilan yurt yanada dunyo yuzini ko’rib, rivojlanib boraveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
—
“Toshkentnoma” , Maqsud Shayxzoda; 1957-yil;
—
Adabiyot (5-sinf). Axmedov S.; Qosimov B.; Qo‘chqorov R.;
Rizayev Sh.
—
https://arboblar.uz