Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
85
MAQSUD SHAYXZODA - O‘ZBEK VA OZARBAYJON
XALQLARINING SERQIRRA IJODKORI
Ikramova Feruza Xayrullayevna
(Toshkent Davlat Transport Universiteti dotsenti)
Imomova Mohidil Furqat qizi
(Toshkent Davlat Transport Universiteti YMAE-7r guruhi talabasi)
Annotatsiya: Maqolada ikki yurt farzandi Maqsud Shayxzoda o‘zbek
adabiyotining yuksalishiga qo‘shgan betakror ijodiyoti, shu bilan birga ikki
xalqning asriy hamkorligi Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy kabi buyuklarning
do‘stligi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Nizomiy Ganjaviy, shoir, dramaturg, adabiyotshunos olim,
tarjimon va pedagog.
Annotation: The article deals with the unique work of Maqsud Shaykhzoda,
a son of the two countries, which contributed to the rise of Uzbek literature, as
well as the centuries-old cooperation between the two peoples and the friendship
of such greats as Nizami Ganjavi and Alisher Navoi.
Keywords: Nizami Ganjavi, poet, playwright, literary scholar, translator and
educator.
Ozarbayjon diyorida tug‘ilib, falakning gardishi bilan o‘zbek tuprog‘iga kelib
qolgan Maqsud Shayxzoda mustabid tuzumning tazyiq va tahdidlariga qaramay,
to‘lib-toshib ijod qilgan, zamonaviy o‘zbek adabiy tili va adabiyoti taraqqiyotiga
bebaho hissa qo‘shgan buyuk ijodkordir. U nafaqat shoir, dramaturg,
adabiyotshunos olim, tarjimon va pedagoggina emas, balki tom ma’noda
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
86
mutafakkir siymo hamdir.
Taqdir shamoli Shayxzodani ko‘hna Toshkentning qaynoq bag‘riga bir
umrga olib kelib tashlagan edi. U shu yerda oila qurdi. Shu yerda o‘zbek xalqi,
xuddi ozarbayjon xalqi singari, bag‘ri keng, mehr-oqibatli, mehnatkash xalq
ekanligini ko‘rdi. Shu yerda o‘zbek tilini mukammal egallab, o‘zbek adibi bo‘ldi,
zabardast shoir, barkamol dramaturg va mutafakkir olim sifatida o‘zbek xalqining
qalbini zabt etdi. Uning nomi o‘zbek adabiyoti tarixiga oltin harflar bilan yozildi.
Maqsud Shayxzoda shunday asarlar yaratdiki, bu asarlar o‘zi bilan birga
insoniyatni ham kelajak sari yetakladi. Shu o‘rinda quyidagi satrlarni keltirib
o‘tishni lozim topdik, chunki bu satrlar shoirdan meros bo‘lib qolgan
qo‘lyozmalarda keltirilmagan ekan. Ulug‘ Temur avlodiman
Xoh bo‘lsam-da ozari,
Tabarrukdir
ziyoratgoh
Menga
uning mozori.
Ulug‘bekning poyin izlab
Zarafshondan
o‘tganman,
Samarqandning
tarixini
Yuragimga bitganman.
Tarix hukm etgan bu
yurt - O‘zbek elin diyori,
Elkasida ulug‘ tarix,
Hech toliqmas madori.
Shoirning oltindan qimmat misralari o‘zbek diyorining Samarqandu
Zarafshoniga uning tarixiga bag‘ishlanadi. Maqsud Shayxzoda o‘zi ozar o‘g‘loni
bo‘lsa ham ulug‘ Temur avlodi ekanligidan faxrlanish tuyg‘usini she’riy bayon
qiladi. Uning “Kurash nechun?” degan she’ri ikkinchi jahon urushi yillari hali
ommaviy safarbarlik e’lon qilinmay turib, ko‘plab ko‘ngillilar o‘z xohishlari bilan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
87
frontga borib jang qilish istaklarini bildirayotganlar uchun yozilgan. Shayxzoda
ham o‘z she’ri bilan frontga yo‘l olgan vatandoshlarining jang maydonlarida nima
uchun kurashajaklarini bunday o‘tli so‘zlar bilan tushuntirishga intildi: Bu kurash
hayotning qonuni uchun,
Bu chorak asrning yakuni
uchun… Pushkinning dostoni,
Tolstoy
uchun,
Vaqtincha
to‘xtagan xolis to‘y uchun...
Bu elning go‘dagi, choli, go‘zali,
Navoiy misrai, Bobur g‘azali,
Dutorning bemalol unlari
uchun, Ijodning muhtasham
kunlari uchun,
Ulug‘bek dahmasi, Xorazm nag‘masi,
Qo‘shiqlar, raqslar... hamma-hammasi...
Kuni kecha xalqning bunyodkorlik ishlaridan rag‘bat olib, tinch turmush
manzaralarini tasvirlagan shoirning nigohi endi urush maydonlarida jon olib, jon
berayotgan jangchilarga qadaldi. Bu jangchilarning qaysi respublika yo, shaharda
tug‘ilgani, qaysi xalq yo, millatga mansubligi uning uchun farqsiz edi. U: “Adolat
tantana qilib, Berlinda dushman ustidan sud bo‘lajagi, tez kunlarda g‘alaba kuni
kelajagi” haqida yozdi.
Ammo, bugun shoirning tarixiy vatani bo‘lmish Ozarbayjonda davom
etayotgan urush aynan “Kurash nechun?” degan savolga qanday javob bera oladi.
Asrlar osha yonma yon qo‘shni bo‘lib yashab kelgan ikki buyuk xalq olib
borayotgan kurashida mantiq ko‘rinmaydi. Bekorga to‘kilayotgan qon, begunoh
odamlar qurbon bo‘layotgani, ayollar beva, bolalar yetim qolayotgani juda
achinarlidir. Shu nuqtai nazarda adibning “Qo‘llar” she’ri yodimga tushadi. Ushbu
she’rni qayta mutolaa qilar ekanman, adib naqadar kishilar ruhiyatini yaxshi
o‘rgangan, ularning fe’l atvorlarini bilgan donishmand ekaniga yana bir bora amin
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
88
bo‘ldim. Inson qo‘llari bilan yaratib, o‘sha qo‘llari bilan vayron qilishi mumkinligi
juda yorqin ifoda qilgan shoir mahoratiga qoyil qolmasdan iloji yo‘q.
Qo‘llar bor
– muloyim, g‘oyat shafqatli, Qo‘llar bor – ayovsiz, yovuz, shiddatli. Qo‘llar bor –
ishyoqmas, lapashang, tanbal, Qo‘llar bor – tezligi bilinar dangal.
Qo‘llar bor – quyilar undan
yaxshilik, Qo‘llar bor – tirnaydi,
yovlik, vahshiylik.
“Siz qaerda o‘qigansiz? Bunday falsafiy fikrlashga qanday erishgansiz? –
degan savollariga javoban Shayxzoda deydi: - Men Ozarbayjon tuprog‘ida
tug‘ilib, o‘zbek diyorida ulg‘ayganman. Ozarbayjon ham, O‘zbekiston ham Sharq
madaniyatining o‘choqlaridan biri. Sharq jahon madaniyatiga Firdavsiy va Jomiy,
Nizomiy va Navoiy singari yuzlab donishmand shoir va olimlarni etkazib bergan.
Sharqda faqat shoirlargina emas, Beruniy va Ibn Sino singari olimlar ham serqirra
iste’dod egalari bo‘lishgan. Ular biror dorilfununda o‘qimagan. Ularning hammasi
mutolaa yo‘li bilan ulkan siymolar bo‘lib yetishishgan”.
Shu o‘rinda aytish joizki, mumtoz adabiyotimiz tarixida Ozarbayjon
adabiyotining buyuk siymolaridan biri shoir Nizomiy Ganjaviy ijodining o‘zbek
adabiyotiga katta ta’sir ko‘rsatganiga guvoh bo‘lamiz. Jumladan, Qutb Xorazmiy
Nizomiy ta’siri ostida o‘zining “Xusrav va Shirin” dostonini yozgani ma’lum.
Shuningdek, o‘zbek adabiyotining mumtoz namoyandalari bo‘lmish Lutfiy,
Xorazmiy, Durbek, Gadoyi, Atoyi, Sakkokiy kabilar ijodida Ozarbayjon
adabiyotining ta’siri seziladi. Haydar Xorazmiy ilk bor Nizomiy Ganjaviyning
“Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) asari ta’sirida o‘zining “Maxzan ul-asror”
asarini yozgani barchamizga ma’lum. Nafaqat o‘zbek, balki butun turkiy xalqlar
adabiyotining buyuk namoyandasi, mutafakkir shoir, olim, davlat va jamoat
arbobi, ilm va adabiyot homiysi bo‘lmish Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviy
an’analarini davom ettirib ilk bor turkiy tilda “Xamsa” dostonini yaratdi. Navoiy
Nizomiydan farqli ravishda o‘z “Xamsa”sini turkiy tilda bitib, bu tilning qudratini
namoyish etdi. Albatta, Navoiy “Xamsa” dostonini yaratar ekan Nizomiy dahosi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
89
oldida, o‘zini ulkan bir sinov turganini his etdi. Dostonlarning har muqaddimasida
Nizomiyni faxr bilan tilga oldi, unga bo‘lgan cheksiz hurmatini, ixlosini bayon
etdi. U Nizomiyni o‘ziga ustoz deb bildi. Navoiy bitgan:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq satrlarini bugun har bir
ozarbayjon va o‘zbek kishisi yoddan biladi desak yanglishmagan
bo‘lamiz.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, XX asrning adog‘ida ulkan imperiya barham
topdi. Har ikki davlat birin-ketin mustaqillikka erishdi. Asriy orzular ushaldi.
Buni, ayniqsa, millat ziyolilari quvonch bilan kutib olishdi. Istiqlol qatag‘on
qilingan shoir va yozuvchilarning, olimlarning badiiy va ilmiy merosini tiklash,
ularni keng targ‘ib qilish imkoniyatini berdi. Ko‘plab noyob durdonalar qayta
tiklandi, xalqqa qaytarildi.
Maqsud Shayxzodadan bizga ulkan meros qoldi. Uning she’riyati
ko‘ngillarni xushnud etishda davom etmoqda, dramalari sahnalarda qo‘yilmoqda,
olti asrki o‘zbek va ozarbayjon adabiy aloqalari tobora mustahkamlanib
bormoqda. Kelgusida ham bu aloqalar davom etishiga va yangi sahifalar
ochilishiga ishonamiz.
Adabiyotlar:
1.
Naim Karimov. Maqsud Shayxzoda. Ma’naviy-biografik roman. – T.:
“Sharq”, 2010.
2.
Olmos Ulvining “Mustaqillik yillarida ozarbayjon-o‘zbek adabiy aloqalari”
O.SHofiev tarjimasi.“Tamaddun nuri” jurnali, 2017-yil 1-son, 62-70-b.
3.
Quronov Dilmurod. “Adabiyot nazariyasi asoslari”. Toshkent – 2018. 248-
b.