Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
90
SHOIRNING QALBIDA VATAN SEVGISI
Ikramova Feruza Xayrullayevna
(Toshkent Davlat Transport Universiteti Avtomobil yo`llarini qidiruv va
loyihalash kafedrasi dotsenti)
Imomova Mohidil Furqat qizi
(Toshkent Davlat Transport Universiteti YMAE-7r guruhi talabasi)
Annotasiya: Maqsud Shayxzoda san`at, adabiyot tarix va falsafaga qiziqgan
ko`p qirrali istedod soxibi bo`lgan. Bundan tashqari u mohir tarjimon ham
bo`lgan. Uning yaratgan asarlari manaviy merosimiz va boyligimiz hisoblanadi.
Adibning idodidagi vatanparvarlik motovlari yoritiladi. Unda shoirning qalbining
tub-tubidan jo’sh urib chiqqan vatan tuyg’usi, milliy qadriyatlariga sadoaqat,
tarixiy hotira va ozodlikka intilish ruhi ifodalanadi. Vatanga bo’lgan muhabbat
qanday badiiy ifoda topganini tahlil qilinadi. Shoir ijodi orqali, yurtga bo’lgan
saodoqat, faxr va mas’ulyat hissini uyg’otadi. Ushbu maqolada shoirning oʻzbek
tarjimashunosligi rivojiga qoʻshgan hissasi haqida gap borgan.
Kalit so'zlar: oʻzbek madaniyati, mumtoz tarjima, jahon adabiyoti, sanʼat,
badiiy mahorat.
Maqsud Shayxzoda qondosh ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek
xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida
dong taratgan shoir bo'lib, u 1908 yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli
Oqtosh shahrida tavallud topgan. Otasi Ma’sumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega
shifokor edi. U san’at va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqardi, Oqtosh
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
91
ziyolilari bilan turli masalalarda suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va
Firdavsiy, Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ilk
marotaba ana shu guruhglarda eshitadi va bu muhit unga adabiyotga bo‘lgan
qiziqishini uyg‘otadi. Maqsud Shayxzoda Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach,
1921 yili Boku dorilmualliminiga o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning
Darband, Bo‘ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926 yili Adhem Fayziy
tashkilotiga a’zo etilgan «Milliy firqa» tashkilotiga a’zo bo‘lib, musovotchilar
harakatida faol qatnashgani uchun 1928 yili hibsga olinib, Toshkentga surgun
qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro
hukumati Shayxzodani O‘zbekistonda ham ta’qiblar va tahqirlardan benasib
qoldirgani yo‘q. Muhimi shundaki, Shayxzoda «tole doim erkalamaganiga»
qaramay, umrining oxiriga qadar o‘zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida
faoliyat ko‘rsatdi va O‘zbekiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoldi. Ozarbayjon
naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi,
dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda 1908 yili
Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug‘ilgan. Otasi
Ma’sumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi. Maqsud Shayxzoda san’at
va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqgan. Maqsud Shayxzoda Oqtoshdagi
ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921 yili Boku dorilmuallikka o‘qishga kiradi va uni
tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. U
1926 yili Adhem Fayziy tashkilotiga a’zo etilgan «Milliy firqa» tashkilotiga a’zo
bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani uchun 1928 yili hibsga olinib,
Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab, ijod
qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani O‘zbekistonda ham ta’qiblar va
tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q. Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval
Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil
O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida ishlaydi. 1929 yili yosh shoirning
o‘zbek tilidagi dastlabki she’ri “Sharq haqiqati” gazetasi sahifalarida bosilib
chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi to‘plami “O‘n she’r”,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
92
keyinroq “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935)
kabi to‘plamlari nashr etiladi. “Qo‘llar” she’rida qo‘llarda insonning borlig‘ini,
uning ichki olamining muhrini ko‘radi. Uningcha, “g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh
qo‘llar” ham “ayovsiz, yovuz, go‘r kabi sovuq, tanbal” qo‘llar ham bor, qisqasi,
har bir qo‘l “yurakning navkarlaridir”, yurak neni buyursa, qo‘l shuni ijro etadi deb
ta’riflaydi. Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan
to‘la. Uning she’riy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag‘ishlangan bo‘lmasin,
zamona bilan hamohangdir. Shuning uchun ham shu tipdagi ijodkorning bevosita
publitsistika janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo‘r badiiy janrga ega
bo‘lgan publitsistik maqolalari va nutqlari bu iste’dodli adib ijodining
mazmundorligi va rang-barangligidan yorqin nishonadir. Iste’dodli shoir mohir
tarjimon ham edi. U jahon adabiyoti mumtoz shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga
tarjima qilishda katta xizmat qildi. Jumladan, Shekspirning “Hamlet” va “Romeo
va Juletta” asarlari o‘zbek drama teatrlari sahnasida Shayxzoda tarjimasida
sahnalashtirildi. Pushkin, Lermontov, Bayron she’rlarini o‘zbek o‘quvchisiga ilk
bor taqdim etgan shoirlar avlodi ichida Shayxzoda ham bor. Shoir mahoratining
o‘sishiga, uning jahon adabiyoti klassiklarining asarlarini g‘oyat sevib o‘rgangani,
ularning boy badiiy tajribasini ustalik bilan o‘zlashtirgani ham sabab bo‘ldi. U
G‘arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda o‘zining Vatan
adabiyotini - Sharq she’riyati merosini ham to‘la o‘rgangan edi.
Maqsud Shayxzodani 50-yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa
oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq
qamalganlarning ishi qayta ko‘rildi. Shu tariqa 1955 yili ko‘pgina fidoyi
ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona
azoblari natijasida shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga
qaramay, umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida
yashashga majbur bo‘ldi. Ana shunday og‘ir sharoit va xastalikda ham hayotidan
sira nolimay umrining oxirigacha ijod qilishdan to‘xtamadi. Maqsud Shayxzoda
ijodiy balog‘atidan dalolat beruvchi asarlaridan biri “Toshkentnoma” dostonidir.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
93
Adabiy jamoatchilik o‘z vaqtida bu dostonni shoirning adabiyotimizning yirik
ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham, “Toshkentnoma” Shayxzoda
dostonlari ichida eng barkamoli bo‘lib, unda shoir shaxsiyatining o‘ziga xos
qirralari ancha yorqin namoyon bo‘lgan. Dostondagi o‘ziga xoslik shundaki, asar
yaxlit voqea asosiga qurilgan emas. Shayxzoda ko‘p qirrali iste’dod sohibi bo`lgan.
U she’rlar va dostonlar bilan birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo‘lgan
drammalar ham yaratadi. Shayxzoda umrining so‘ngida yozishga kirishgan, lekin
tugatib ulgurmagan “Beruniy” dramasini hisobga olmaganda, uning “Jaloliddin
Manguberdi” va “Mirzo Ulug‘bek” dramalari allaqachon xalqimizning badiiy
mulkiga aylanib qoldi. Shayxzodaning ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan
“Jaloliddin Manguberdi” (1944) tragediyasida o‘z yurtining ozodligi va
mustaqilligi uchun mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm
shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan
G‘afur G‘ulom o‘sha vaqtda asarga yuqori baho berib: “Asardagi tarixiy
jarayonning haqiqiy mazmuni va uning ichki ma’nosini” hayotiy tarzda ochib
bergan deydi. 1946 yilgacha “Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ayrim parchalar
“Armug‘on” to‘plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida uning bu
asari tilga olinmadi va dunyo yuzini ko‘rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin
ko‘p o’tmay Shayxzoda qamaladi. Bu asarga o‘tmish ideallashtirilgan degan
siyosiy ayb qo‘yiladi. Musodara etilgan buyumlar ichida dramaning qo‘lyozmasi
ham bor edi. Muallif oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar
“yo‘qoldi” degan bahonalar bilan qo‘lyozmani qaytarib bermadilar. Shayxzoda uni
bir necha yil qidirishga majbur bo‘ldi va nihoyat, teatrning sobiq suflyorlaridan
uning bir nusxasini topishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin shunda ham asarning matni
e’lon qilinmay qolaveradi. Taqdirning o‘yinini qarangki, muallif bu asarining chop
etilganini ko‘rmay olamdan ko‘z yumdi. “Jaloliddin Manguberdi”ning to‘la matni
birinchi marta Bokuda ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida
bosilib chiqarildi. Faqatgina 1988 yildagina Jaloliddin Manguberdi” birinchi marta
o‘zbek tilida yozuvchining “Boqiy dunyo” degan kitobida to‘la bosilib chiqarildi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
94
Shayxzodaning yozuvchilik va ijodkorlik zehnining o‘tkirligi yana bir bor
isbotlanadi.
Maqsud Shayxzodaning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan yana bir ulkan hissasi
“Mirzo Ulug‘bek” tragediyasidir. Tragediya 1964 yili yoziladi, o‘sha yili bu asar
Hamza teatri sahnasida qo‘yiladi, keyinchalik uning asosida kinofilm yaratiladi.
Shayxzoda adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib,
oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“,
„Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining
Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon
adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh.Rustaveli, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov,
A.N.Ostrovskiy,
T.G.Shevchenko,
A.P.Chexov
singari
namoyandalariga
bagʻishlangan asarlar yozadi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir,
adabiyotshunos va tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa
qoʻshadi.
Maqsud Shayxzoda uchun Vatan — bu oddiy geografik joy emas, bu muqaddas
tuyg‘u, ma’naviy qadriyat, xalqning ruhi edi. Uning “Vatanga qaytish” va “Yurt
muhabbati” kabi she’rlarida bu tuyg‘ular hayajon bilan ifodalanadi. Shoir Vatanni
ona siymosiga, muqaddas maskanga, najot yo‘liga qiyoslaydi.
Masalan, quyidagi misralarida:
“Bu yurt — onam, men esa farzand,
Ko‘ksimda g‘urur, qalbimda armon…”
Bu satrlar shoirning Vatanni qanday ulug‘laganini, uni tug‘ishgan onasidek
ardoqlaganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, surgundagi hayoti davomida yurt sog‘inchi,
ozodlik orzusi uning ijodida muhim o‘rin egallaydi.
Maqsud Shayxzoda yuksak ilm egasi edi. Ayniqsa, u o‘zbek mumtoz
adabiyotini chuqur bilar edi. 1941 yilda Toshkentda nashr etilgan “Genial shoir”
to‘plami adabiyotshunos olim Shayxzodaning Navoiy ijodiga oid ilmiy
maqolalaridan tashkil topgandir. Navoiy she’riyatining bu chuqur ilmiy tadqiqi
navoiyshunoslikda hamisha alohida o‘rin egallab qoladi. Maqsud Shayxzodaning
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
95
butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to‘la. Uning she’riy, dramatik
asarlari qaysi mavzuga bag‘ishlangan bo‘lmasin, zamona bilan hamohangdir.
Shuning uchun ham ijodkorning shu tipdagi bevosita publitsistika janrida xizmat
qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo‘r badiiy janrga ega bo‘lgan publitsistik
maqolalari va nutqlari ushbu iste’dodli adib ijodining mazmundorligi va rang-
barangligidan yorqin nishonadir. Iste’dodli shoir mohir tarjimon ham edi. U jahon
adabiyoti mumtoz shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda katta
xizmat qiladi. Jumladan, Shekspirning “Hamlet” hamda “Romeo va Juletta”
asarlari o‘zbek drama teatrlari sahnasida Shayxzoda tarjimasida sahnalashtiriladi.
Shoir mahoratining o‘sishiga, uning jahon adabiyotining klassik asarlarini g‘oyat
sevib o‘rgangani, ularning boy badiiy tajribasini ustalik bilan o‘zlashtirgani ham
sabab bo‘ldi. U G‘arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda
o‘zining Vatan adabiyotini - Sharq she’riyati merosini ham to‘la o‘rgangan edi.
Maqsud Shayxzodani 50-yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa
oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq
qamalganlarning ishi qayta ko‘rildi. Shu tariqa 1955 yili ko‘pgina fidoyi
ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona
azoblari natijasida shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga
qaramay, umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida
yashashga majbur bo‘ldi. Ana shunday og‘ir sharoit va xastalikda ham hayotidan
sira nolimay umrining oxirigacha ijod qilishdan to‘xtamadi. Boshidan qanchadan-
qancha musibatli kunlar o‘tgan bo‘lmasin, u hech zorlanmagan. Uning iymon-
e’tiqodi, dunyoqarashi, yuqoridagi misralarda teran bayon qilingan. U hech qachon
alamzadalik bilan yashamadi. Aksincha, unga xiyonat qilgan, uni azob
uqubatlarga, jiddiy xastaliklarga duchor qilganlar haqida hech qayerda, hech narsa
demagan. Chunki uning chinakam, sodiq do‘stlari: Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid
Olimjon, Komil Yashin, Mirtemir, Shukur Burxon hamjihatligida Shayxzoda
o‘zining insoniy fazilatlariga sodiq qolib, doimo xayrixohlik va joshqinlik
xislatlari
bilan yuksalib yashadi. Shayxzodaning adabiy bilim doirasining kengayishi,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
96
ijodini mumtoz jahon yozuvchilarining badiiy tajribasi bilan boyishida tarjimonlik
qobiliyati muhim rol oʻynadi. U Sh.Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan
pahlavon“ (hamkorlikda) eposi, U.Shekspirning sonetlari, A.S.Pushkinning
sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart va Salyeri“ tragediyasi,
M.Yu.Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini, shuningdek, Nizomiy,
Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim
Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat
bilan tarjima qildi. Maqsud Shayxzoda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi
O‘zbekiston Milliy universiteti)da, Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi
Toshkent Davlat pedagogika universiteti)da uzoq yillar davomida o‘zbek adabiyoti
tarixidan o‘qigan ma’ruzalari, maxsus kurslari o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha eng
qimmatli darslar edi. Yozuvchi, adabiy dramaturg, tarjima ustasi, buyuk pedagog,
tilshunos va adabiyotshunos Maqsud Shayxzoda nomidagi oʻquv zali va
ekspozitsiya gʻoyat nozik did va mohiyatan uygʻunlikda tashkil etilganini Shukur
Burxonovdek ulkan sanʼat dargʻasiyu, Jaloliddin Manguberdidek buyuk tarixiy
shaxslar siymolari ham aytib turibdi.
Maqsud Shayxzodaning xalqimiz tarixiga, jumladan, Jaloliddin Manguberdi
taqdiri va kurashiga odilona yondoshganligi, haqiqatni himoya qilganligi
Prezidentimiz Islom Karimov imzosi bilan e’lon qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 sentyabrdagi “Jaloliddin
Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ham yana
bir bor tasdiqlaydi. Shoir 1967-yilning 19-fevralida xastalikdan vafot etadi. Uning
vafotidan so‘ng olti jildlik «Asarlar»i nashr etiladi. Mustaqillik yillarida marhum
Maqsud Shayxzoda ijodi va qilgan xizmatlari haqiqiy qadr topdi.
Bugungi yosh avlod Maqsud Shayxzoda ijodidan o‘ziga kerakli saboqlarni
olishi mumkin:
– Vatanni sevish, himoya qilish;
– Tarixni unutmaslik, ulug‘ ajdodlarga hurmat;
– Ona tiliga sadoqat, adabiyot orqali o‘zlikni anglash.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
97
Shayxzoda nafaqat shoir, balki o‘zbek xalqining uyg‘onishida ruhiy yetakchi
bo‘lgan. Uning tarjimonlik faoliyati ham e’tiborga molik — u Shekspir, Pushkin,
Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy kabi jahonga mashhur adiblarning asarlarini o‘zbek
tiliga tarjima qilgan. Bu bilan u o‘zbek adabiyotini jahon adabiyotiga
yaqinlashtirgan.
Shayxzoda nomi bugun maktablarda, universitetlarda o‘rganiladi. Uning ruhi
hamon yosh ijodkorlarga ilhom bo‘lmoqda. Vatan sevgisi, millatga mehr, xalq
og‘rig‘ini his qilish — bu Shayxzoda maktabining eng asosiy darslaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Boboyev T. “Adabiyotshunoslik asoslari”. Toshkent. 2002. 558 b.
2. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969.
3. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972.
4. Gʻafurov I., Oʻrtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975.
5. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983.
6. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1999.
7. S. Mirvaliyev, R. Shokirova “Oʻzbek adiblari” Gʻafur Gʻulom nomidagi
adabiyot va sanʼat nashriyoti T., 2016.
8. Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) //
Toshkent, „Nihol“, 2008.