BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING SOG'LOM TURMUSH TARZI BORASIDAGI BILIM VA KO'NIKMALARINI BAHOLASH MEZONLARI

Abstract

Jahon hamjamiyatidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot, shuningdek, kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni shu bosqichi betakror o’ziga xos xususiyatga egaki, bunda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, taffakur, yangi iformatsion va pedagogik texnologiyalar hal qiluvchi rol o’ynaydi.Yoshlarni mustaqil, ijodiy fikrlash imkoniyatlarini ishga solish tufayli ular kelgusida vujudga kelish ehtimoli mavjud muamolarni ijobiy hal qilishi orqali, rivojlangan ilg’or texnologiyali davlatlar qatorida munosib o’rin egallashga hissa qo’shishlari mumkin.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
54-55

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ibragimova , N. . (2025). BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING SOG’LOM TURMUSH TARZI BORASIDAGI BILIM VA KO’NIKMALARINI BAHOLASH MEZONLARI. Applied Sciences in the Modern World: Problems and Solutions, 4(12), 54–55. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/135298
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Jahon hamjamiyatidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot, shuningdek, kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni shu bosqichi betakror o’ziga xos xususiyatga egaki, bunda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, taffakur, yangi iformatsion va pedagogik texnologiyalar hal qiluvchi rol o’ynaydi.Yoshlarni mustaqil, ijodiy fikrlash imkoniyatlarini ishga solish tufayli ular kelgusida vujudga kelish ehtimoli mavjud muamolarni ijobiy hal qilishi orqali, rivojlangan ilg’or texnologiyali davlatlar qatorida munosib o’rin egallashga hissa qo’shishlari mumkin.


background image


54

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING SOG'LOM TURMUSH TARZI BORASIDAGI

BILIM VA KO'NIKMALARINI BAHOLASH MEZONLARI

Ibragimova Nazokatxon Qaxramonjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti, mustaqil izlanuvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16911396

Jahon hamjamiyatidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot, shuningdek, kishilik jamiyati

taraqqiyotining ayni shu bosqichi betakror o’ziga xos xususiyatga egaki, bunda harbiy qudrat
emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, taffakur, yangi iformatsion va pedagogik
texnologiyalar hal qiluvchi rol o’ynaydi.Yoshlarni mustaqil, ijodiy fikrlash imkoniyatlarini ishga
solish tufayli ular kelgusida vujudga kelish ehtimoli mavjud muamolarni ijobiy hal qilishi orqali,
rivojlangan ilg’or texnologiyali davlatlar qatorida munosib o’rin egallashga hissa qo’shishlari
mumkin. “Ta’lim” to’g’risidagi Qonunni, “Kadrlar tayyorlaash milliy dasturi” ni ijtimoiy
turmushda amalga oshirish jarayonida xalq xo’jaligining barcha jabhalarida “inson omili” ning
ro’li ortib bormoqda. Yuksak qobilyatli mustaqil fikrlovchi mutaxassislarni tayyorlashga talab
kun sayin kuchayib bormoqda, modomiki shunday ekan, iste’dodli yakka shaxslardagina emas,
balki barcha mehnatkashlarning ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish muammosi
zaruratga aylanib kelmoqda. Bunday sharoitda inson va uning intelektual salohiyatiga aloqador
bo’lgan fanlarning ahamiyati tobora ortib borishi, har bir shaxsda namoyon bo’lgan va yashirin
tarzdagi imkoniyatlaridan foydalanish, ularni ro’yobga chiqarish yo’l-yo’riqlarini ilmiy-nazariy
hamda metodologik jihatdan ishlab chiqish ehtiyoji tug’ilmoqda. Jamiyatimiz jadallik bilan
taraqqiy etib iqtisodiy va siyosoy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Ta’lim jarayoniga
mukammallilik, aniqlik, yo’lga solinganlik, tartiblilik, ravonlik, vazminlik alomatlarini berish
orqali uning samaradorligini oshirish va muqobillashtirish yo’llarini izlash borasida pedagog
shaxasida doimo tadqiqotlar olib borilgan. Zamonaviy pedagogikada ham ta’limnining shunday
modellari, unga nisbatan shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ta’limga ishlab chiqarish-
texnologik jarayon, ma’lum sharoitlarida va belgilangan vaqt ichida ko’zlangan ta’lim
maqsadlariga erishishmi kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti oʼsib va rivojlanib

borayotgan hozirgi davrda sogʼlom turmush tarzining ijtimoiy - gigienik mezonlarini aniq
belgilab olishning ahamiyati juda katta. Mamlakatimizda sogʼlom turmush tarzi mafkurasi -
inson salomatligining qonunyatlari va bilimlari majmui emas,balki ,inson salomatligini
mustaxkamlashga boʼlgan qarashlar tizimidan iboratdir. Taʼlim tizimida sogʼlom turmush
tarzini targʼib qilish turli yoʼnalishlarda izchillik bilan, muayyan dastur asosida, aniq
yoʼnalishlarda olib borilishi lozim. Xususan, bu avvalo oliy pedagogik taʼlim jarayonida
talabalarga sogʼlom turmush tarziga oid muayyan tibbiy va gigienik bilimlar berish, ularda
sogʼlom turmush tarzini saqlashning inson tanasi takomiliga taʼsiri haqidagi tushunchalarni
shakllantirishga qaratilsa, ikkinchi tomondan, yoshlarda qatʼiy rejim asosida gigienik
qoidalarga amal qilish, oʼzi va yon-atrofdagilarning sogʼligʼini asrashni kundalik odatga
aylantirish koʼnikmalarini tarkib toptirish bilan bevosita aloqadordir. Shuningdek, sogʼlom
turmush tarzi ommaviy axborot vositalari orqali keng targʼib etilishi bilan birga, barcha taʼlim-
tarbiya maskanlari bilan hamjihatlikda maktab, litsey, kollejlarda beriladigan taʼlim-tarbiya
mazmuniga chuqur singdirilmogʼi lozim.

Xulosa: Estetik tarbiya asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom turmush tarziga

yo‘naltirish – bu dolzarb va muhim vazifadir. Estetik tarbiya insonning nafaqat san'at asarlarini


background image


55

idrok etish va baholash qobiliyatini rivojlantiradi, balki uning ma'naviy olamini boyitib,
dunyoqarashiga, xulq-atvoriga va, eng muhimi, sog‘lig‘iga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bo‘lajak
o‘qituvchilar esa jamiyatning kelajagi uchun mas'ul bo‘lgan shaxslardir. Ularning sog‘lom
turmush tarziga rioya qilishi, u borada bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘z navbatida, yosh
avlodni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, ularda sog‘lom odatlarni shakllantirish imkonini
beradi. Ushbu ishda estetik tarbiyaning sog‘lom turmush tarziga ta'siri, bo‘lajak o‘qituvchilarda
sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishning nazariy asoslari va metodologik yondashuvlari, bu
borada jahon tajribasi va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, muammolar
va ularning yechimlari atroflicha tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, estetik tarbiya bo‘lajak
o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A.Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild).Toshkent.

«NAVRO‘Z» nashriyoti, 2017
2.

Бердиева Х. Б. Развитие социокультурной компетентности у будущих учителей

начальных классов //Педагогическое образование и наука. - 2020. - №. 1. - С. 128-131.
3.

Бердиева Х. Б., Бердиева Н. У. Проблемы развития социокультурной

компетентности у школьников начальных классов //Евразийское Научное
Объединение. - 2019. - №. 12-5. - С. 408-410.

References

A.Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild).Toshkent. «NAVRO‘Z» nashriyoti, 2017

Бердиева Х. Б. Развитие социокультурной компетентности у будущих учителей начальных классов //Педагогическое образование и наука. - 2020. - №. 1. - С. 128-131.

Бердиева Х. Б., Бердиева Н. У. Проблемы развития социокультурной компетентности у школьников начальных классов //Евразийское Научное Объединение. - 2019. - №. 12-5. - С. 408-410.