8
AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARJIMONNING KASBIY
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI
Mamarajabov Botir Baxodir o‘g‘li
Nizomiy nomidagi TDPU mustaqil tadqiqotchisi, PhD.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15349347
Annotatsiya.
Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarjimonning kasbiy
kompetentligini rivojlantirish mazmuni yoritilgan. Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak
tarjimonning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yondashuvlari tahlili amalga oshirilgan.
Kalit so‘zlar
: Akmeologik yondashuv, bo‘lajak tarjimonlar, kasbiy kompetentlik,
integral sifat, kasbiy muhim xislatlari, kompetentlik, kompetensiya, kasbiy kompetentlik,
bilim, malaka, ko‘nikmalar, qobiliyatlar,
yondashuvlari
Abstract:
The content of developing the professional competence of a future translator
based on the acmeological approach is highlighted. An analysis of approaches to developing
the professional competence of a future translator based on the acmeological approach is
carried out.
Keywords:
Acmeological approach, future translators, professional competence,
integral quality, important professional qualities, competence, competence, professional
competence, knowledge, skills, abilities, approaches
Dunyodagi ilmiy tadqiqot tashkilotlarida bo‘lajak tarjimonlarining kasbiy muloqat
kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonini innovatsion ta’lim
texnologiyalari asosida loyihalashtirish, kasbiy tarjima tayyorgarligini maxsus maqsadlar
uchun
akmeologik
yondashuv
asosida
takomillashtirish,
o‘quv
jarayonida
lingomadaniyatshunoslik
va
madaniyatlararo
kommunikativ
sifatlarni
va
til
kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar amalga oshrilmoqda.Bo‘lajak
tarjimonlarga chet tilini o‘qitish va kasbga tayyorlash infrostrukturasining kasbiy faoliyatiga
alohidor parametrlar doirasida rivojlantirish ta’lim sifatini xalqaro darajaga ko‘tarish, xorijiy
til ko‘nikmalarini rivojlanish darajasini diagnostikasini amalga oshirish, modulli ta’limni
yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy kommunikativlikni faollashtirish, tarjimonlar professionalligini
ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga aloxida e’tibor berilmoqda. Hozirgi dunyoda
kechayotgan integratsiya jarayonlari, xalqaro hamkorlik sohalari kengayishi tubdan yangi,
ko‘pqirrali ijtimoiy-madaniy makonni shakllanishiga olib kelmoqda. Bu sharoitda barcha
sohalarda madaniyatlararo kommunikatsiyani ta’minlash birinchi darajali masalaga
aylanmoqda va bu va bu masalani professional darajada chet tillarni egallagan mutaxassis-
tarjimonlarsiz hal etish mumkin emas. Shu munosabat hozirgi vaqtda akmeologik yondashuv
asosida bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlash masalalari alohida dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Respublikamizda so‘nggi yillarda bo‘lajak tarjimonlarini tayyorlash jarayonini xalqaro
malaka
talablari
asosida
tashkil
etish,
ilg‘or
xorijiy
tajribaga
asoslangan
lingvomadiniyatshunoslik yondashuvi asosida xorijiy tillarda erkin muloqot qila oladigan
mutaxassislar tayyorlash, jaxon sivilizatsiyasi yutuqlaridan keng foydalanishning me’yoriy
asoslari yaratilmoqda va moddiy-texnik bazasi boyitilmoqda. “Xalqaro ta’lim standartlarini
joriy etish va ta’lim sifatini baholash asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyati sifati va
samaradorligini oshirish” ustuvor vazifa etib belgilandi. Natijada, oliy ta’lim muassasalarida
tillarning fanlarga integrallashtirilgan holda o‘rgatish imkoniyati kengaytirildi.
9
Faoliyatli yondashuvi nuqtai nazaridan kasbiy kompetentlik faoliyatda doimo namoyon
bo‘ladi. E. Giddens, P. Burde, P. Shtompka, V.A. Yadov, T.P. Zaslavskaya e’tiroficha, sub’ektning
faoliyati va faolligi jamiyat va shaxsni rivojlantirishga rag‘bat bo‘ladi.Biroq, faoliyatli
yondashuv odamni vizual qabul qilinadigan harakatlardan tashqarida turadigan hamma
narsani ko‘rishga imkon bermaydi. Shu sababli, ba’zi olimlar bu murakkab hodisaga bir
vaqtning o‘zida bir nechta fanlarning imkoniyatlaridan foydalanib yondashadilar. Masalan,
sinergetik yondashuv vakillari G. Xaken, I. Prigojin, Yu. Lotman, S.P. Kapitsa, S.P. Kurdyumov,
G.G. Malinetskiy kasbiy kompetentlikni shaxsning umumlashtirilgan va chuqur shakllangan
fazilatlari, uning olgan bilimlaridan universal foydalanish va qo‘llash qobiliyati hamda kasbiy
faoliyatni amalga oshirish jarayonida ko‘nikmalar sifatida aniqlaydilar[4].
Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan L. Amirova, 3. Bagishayev kasbiy kompetentlikda
o‘z negizida shaxsiy faollikka ega bo‘lgan kasbiy ishbilarmonlik, shaxsning
moslashuvchanligiga asoslangan kasbiy egiluvchanlik, psixologik poydevori ijodiy faoliyat
ko‘rsatish qobiliyati bo‘lgan kasbiy innovatorlik bilan bir qatorda kasbiy mobillik ham
ajratadilar[1].
Kompetentli yondashuv doirasida V.A. Bolotov, J.L. Piter, J. Raven, V.V. Serikov, A.V.
Xutoskoy kasbiy kompetentlikni shaxsning bilim, malaka, qobiliyatlari va uni shakllanayotgan
vaziyatda harakat qilish va yuqori darajadagi noaniqlikka ega bo‘lgan kasbiy vazifalarni hal
etishga tayyorgarligi birligi hamda mehnatning sifatliroq natijasiga erishish qobiliyati va
tayyorligi, kasbga qadriyat sifatida munosabat deb tushunishni taklif etadilar.J. Raven kasbiy
kompetentlik deganda nafaqat bevosita amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlarni, balki
insonning dunyoqarashini, uning tabiat, jamiyat va odamlar haqidagi umumiy g‘oyalarini ham
tushungan [3].
Turli olimlarning tahlil qilingan nuqtai nazarlarini umumlashtirib, quyidagi xulosa qilish
mumkin: kasbiy kompetentlik muayyan sohalarda umumlashtirilgan malaka va bilimlar bilan
uyg‘unlashgan holda faoliyat ko‘rsatish xususiyatiga ega; aniq kasbiy vaziyatda o‘zini adekvat
baholashdan kelib chiqqan holda, shaxsni tanlashni amalga oshirish qobiliyatida namoyon
bo‘ladi. Kompetentli mutaxassis kelajakka intiladi, o‘zgarishlarni oldindan ko‘radi, mustaqil
ta’limga yo‘naltirilgan. Kasbiy kompetentlikning muhim xususiyati shundaki, kompetentlik
hozirgi vaqtda amalga oshiriladi, ammo kelajakka yo‘naltirilgan.
Olimlarning nuqtai nazarini qabul qilgan holda, biz kasbiy kompetentlikni faqat fan
sohasidagi bilimlar bilan cheklamaslikka moyilmiz, bunday yondashuvni juda tor va bir
tomonlama deb hisoblaymiz. Shakllangan holat biz tomondan bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy
kompetentligi tarkibiy qismlarini ajratishda inobatga olinadi.
Ta’kidlash joizki, ilmiy adabiyotida kasbiy kompetentlik tushunchasi bilan bir qatorda
bu atamaga ma’no jihatdan o‘xshash boshqa tushunchalardan ham foydalaniladi. Masalan,
E.M. Borisova, S.G. Vershlovskiy, E.A. Klimov, T.V. Kudryavsev, A.I. Shcherbakov muallifidagi
psixologik-pedagogik adabiyotlarda «shaxsning kasbiy shakllanishi», «kasbiy rivojlanish»
atamalarini uchratish mumkin bu tushunchalar kasbiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar va
qobiliyatlarni integratsiyalash va ro‘yobga chiqarishni, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni,
barqaror kasbiy yo‘nalganlikni rivojlanishini nazarda tutadi [7].
«Tayyorlik» kategoriyasi orqali kompetentlik ham E. Dyurkgeym kabi klassik olim, ham
zamonaviy olimlar, xususan, M.A. Choshanov tomonidan o‘rganilgan.
10
Akmeolog olimlar O.S. Anisimov, E.N. Bogdanov, A.A. Bodalev, A.S. Guseva, A.A. Derkach,
V.G. Zazikin o‘z tadqiqotlarida “professionallik” atamasidan foydalanib, uni yuqori kasbiy
malaka va kompetentlikni, samarali kasbiy ko‘nikma va malakalarning xilma-xilligini, kasbiy
vazifalarni hal etishning zamonaviy usullarini bilishni aks ettiradigan mehnat sub’ektining
sifatli tavsifi deb belgilaydi. Bularning barchasi faoliyatni eng mahsuldorli amalga oshirish
imkonini beradi [4].
Ta’kidlash joizki, kasbiy rivojlanish, kasbiy shakllanish, professionallik tushunchalarini
ko‘rib chiqishda olimlar quyidagi atamalardan foydalanadi: bilim, malaka, ko‘nikma, tajriba,
xususiyatlar, usullarni egallash. Bularning barchasi xodimning kasbiy kompetentligi
tushunchasi bilan qamrab olinishi mumkin.
Shunday qilib, ayon bo‘ldiki, kasbiy kompetentlikka o‘xshash muammolar bilan
insonparvarlik yo‘nalishidagi fanlar tutashgan joyda faol shug‘ullanishmoqda. O.I. Donina, S.V.
Koshchin, T.S. Komarova, T.V. Kudryavseva, N.I. Kalakov, T.I. Rudneva, N.B. Shmeleva, I.S.
Yakimanskaya, L.Ya. Yasyukovaning pedagogika kontekstida shaxsiy-kasbiy rivojlanishning
yaxlitligi va uzluksizligi, kasbiy o‘zini o‘zi belgilash muammolari tadqiq qilingan.
Akmeologiyada insonning professionallik cho‘qqilariga ko‘tarilish sharoitlari va omillari
o‘rganilmoqda, kadrlarning professionalligi va kompetentligi o‘zaro bog‘liqligi jihatlari
aniqlanmoqda ( .
Mutaxassisning kasbiy kompetentligi masalalari G. Moskowitz, R.L. Oxford, R.C.
Scarcella, E.W. Stevick, E. Tarone, J.W. Hunt va boshqalar kabi zamonaviy xorijiy olimlarning
e’tiborini tortadi [2].
AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiyadagi bu muammoning tahlili shuni ko‘rsatadiki,
hozirgi zamon xodimga talablarda e’tibor uning malaka va ma’lumotining rasmiy omillaridan
uning shaxsiy fazilatlarining ijtimoiy qadriyatiga o‘tib bormoqda.
Shunday qilib ayon bo‘ladiki, olimlar kasbiy kompetentlikni ko‘rib chiqishda o‘zaro
muhim deb aniq bilim va ko‘nikmalar hamda psixologik fazilatlarga ega bo‘lishni ham
hisoblashmoqda.
Demak, E.F. Zeyer, V.N.Komisarov, A.K. Markova tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarda
kasbiy kompetentlik haqidagi tushunchamiz ham o‘z aksini topdi. Biz, shuningdek, kasbiy
kompetentlikni mutaxassisning kasbiy faoliyatni amalga oshirishda mustaqil va mas’uliyatli
harakat qilish imkonini beruvchi tegishli bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashi deb
hisoblaymiz. Bunda biz nafaqat kognitiv (bilim), operatsional-texnologik faoliyat, balki aloqa
o‘rnatish, namunaviy kasbiy vazifalarni hal etish, his-tuyg‘ularni nazorat qilish qobiliyatini o‘z
ichiga olgan axloqiy, ijtimoiy va xulq-atvor sohalarini tashkil etuvchi bilim, malaka va
ko‘nikmalarni qaraymiz. Biz akmeologiya g‘oyalaridan foydalanib, yangi bilimlarni mustaqil
olishga, ilg‘or shaxsiy va kasbiy rivojlanishga yo‘naltirilgan malakalarni ham qo‘shamiz.
Shunday qilib, tadqiqotimiz muammosi bo‘yicha ilmiy ishlarni hamda ko‘plab
olimlarning, umuman, kasbiy ta’limning, va, xususan, tarjimonlarning kasbiy tayyorlashning
xususiyatlarini ta’riflovchi nuqtai nazarlarini sharhlash, shuningdek, tarjimonlarni o‘qitish
bo‘yicha fakultetlarning ish tajribasini o‘rganish, tarjimashunoslik kursining normativ
bazalari va dasturlarini solishtirish shuni ko‘rsatdiki, ularda gnoseologik, etnolingvistik,
psixologik va axborot-texnologik komponentlar birligida tarjimonlarning kasbiy
kompetentligini shakllantirilishi nazarda tutilmagan. Bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlash
jarayoni mazkur bosqichda faqat talabalarning nutq faoliyatining asosiy turlarini til va
11
predmetli shakllarida egallashidan iboratdir. Bunday an’anaviy tarzda qo‘yilgan o‘qitish o‘z-
o‘zidan yuqorida bayon etilgan o‘ziga xos fazilatlarga ega kasbiy kompetentli tarjimon
tayyorlashni ta’minlay olmaydi.
Shunday qilib, ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, oliy kasbiy ta’limi maqsadlari
an’anaviy ravishda bitiruvchi egallashi kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar to‘plami
bilan belgilandi. Bugungi kunda bunday yondashuv yetarli emas. Jamiyatga, birinchi
navbatda, ish beruvchiga, ishlab chiqarishga keyinchalik hayotiy faoliyatga kirishishga tayyor,
o‘z oldiga payda bo‘ladigan hayotiy va kasbiy muammolarni amalda hal qilishga qodir
tarjimonlar kerak. Bu esa nafaqat olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarga, balki yangiliklarni
idrok qilish va o‘zlashtirish, ya’ni yangi bilimlarni, kasbiy faoliyatning yangi turlari va
shakllarini, tashkil etish va boshqaruvning yangi usullarini, yangi estetik va madaniy
qadriyatlarni, qobiliyatiga bog‘liq. Bo‘lajak mutaxassisda o‘zgaruvchan kasb muhitiga va ilmiy-
texnik taraqqiyot yutuqlariga moslashish usullarini shakllantirish, ehtiyojlar, yangi, bir
martali bo‘lmagan, doimiy o‘z-o‘zini o‘zi tarbiyalashni o‘zlashtirish va oldindan ko‘ra bilish
malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Demak, bo‘lajak tarjimonlar kasbiy kompetenligini shakllantirishning samarali yo‘llarini
izlash faoliyatli, tizimli, kompetentli, sinergetik, madaniyatshunoslik yondashuvlar
yo‘nalishida olib borilishi lozim.
Shakllantirilgan xulosalar tarjimonlarni zamonaviy sharoitda tayyorlash uchun quyidagi
istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash imkonini beradi. Ular quyidagilardan iborat:
1)
talabalarni oliy o‘quv muassasasida tarjimonlarni o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga
faol jalb etish;
2)
bo‘lajak tarjimonlarni tarjima faoliyatida qo‘llaniladigan ATdan faol foydalangan holda
tayyorlash;
3)
bo‘lajak tarjimonning kasbiy kompeteniligining gnoseologik, etnolingvistik, axborot-
texnologik va psixologik komponentlarini hisobga oluvchi o‘quv-metodik kompleksning
mavjudligi.
Bo‘lajak tarjimonning kasbiy kompeteniligini shakllantirish jarayonini bunday tushunish
tarjima jarayonining mohiyatini juda aniq aks ettiradi, va tarjimani maxsus faoliyat turi
sifatida o‘rgatuvchi nazariyani yaratishga yo‘l ochadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Деркач, А.А. Акмеология - СПб.: Питер, 2003.-256 с.
2.
Деркач, А.А. Методолого-прикладные основы акмеологических исследований -
М., 2000.
3.
Латышев, Л.К. Перевод : теория, практика и методика преподавания : учеб,
пособие для студ. перевод, фак. высш. учеб, заведений - М.: Издательский центр
«Академия», 2003. - 192 с.
4.
Миньяр-Белоручев, Р.К. Последовательный перевод. Теория и методы обучения . -
М.: Воениздат, 1969. - 288 с.
5.
Мирам, Г.Э. Переводные картинки. - К.: Ника-центр, 1999.
12
6.
Робинсон, Д. Как стать переводчиком : введение в теорию и практику перевода :
пер. с англ.. - М.: КУДИЦ-ОБРАЗ, 2005. - 304 с.
7.
Сластении, В.А. Профессионализм педагога: акмеологический подход / Пед.
образование и наука. - 2002. - № 4. - С. 4-9.
8.
Халеева, И.И. Подготовка переводчика как «вторичной языковой личности»
(аудитивный аспект) // Тетради переводчика : науч.-теор. сб. - М., 1999. -Вып. № 24.
