34
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING ILMIY-AMALIY ASOSLARI: XORIJ VA
O‘ZBEKISTON MISOLIDA
Ibodullaev Abror Axrorovich
TDIU “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi dotsenti.
PhD. E-mail: abroribodullayev@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15043159
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va strategik rivojlantirish uchun zaruriy shart –
moliyaviy resurslar va ularning faol jalb etilishi hamda to‘g‘ri taqsimlanishi hisoblanadi.
Iqtisodiyot tarmoqlariga moliyaviy resurslar ta’minoti borasida qimmatli qog‘ozlar bozori
(fond bozori)ning o‘rni nihoyatda muhim. Bu borada qimmatli qog‘ozlar bozori, fond birjalari
va ularning tashkil etilishi, xususiyatlari borasida xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar va
mutaxassislarning nazariy qarashlari, fikr-mulohazalarining turlicha ekanligini ko‘ramiz.
Quyida qimmatli qog‘ozlar bozorining ilmiy nazariy asoslari bilan bir qatorda ularning
hozirgi zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda ularning rivojlanish tendensiyalarini turli modellar
orqali o‘rganilgan.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining vujudga kelishi va rivojlanishining nazariy va amaliy
masalalari xorijlik iqtisodchi olimlar, jumladan, Y.Nobuyoshi, Yu Hsing, C.Keller, M.Siegrist,
B.Nejla, L.K.C.Chan, Y.Hamao, J.Lakonishok, F.Sekmen, M.Ezazi, S.Ketabi, S.Hosseini,
S.Jabbarzadeh, B.Kavasi, M.Motavassel, A.Ellul,H.Shin, I.Tonks, Y.Nishimura, Y.Tsutsui,
D.Grigoreva, M.Morozova, U.Sharp, G.Aleksandr, Dj.R.Xiks, Ya.Mirkin, D.Stauffer, D.Sornette,
M.Bartolozzi, D.B.Leinweber, A.W.Thomas kabi olimlarning kabilarning ilmiy ishlarida tadqiq
etilgan.
Xorijlik tadqiqotchi olimlardan B.Nejla Tunis fond birjasining tashkil etilishi, uning
mamlakat iqtisodiyotidagi rolini tahlil etish orqali qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga
solishda fond birjasining ahamiyati va samarasini ilmiy ishlarida aks ettiradi. Uning fikricha,
qimmatli qog‘ozlar bozori – yaxlit shakllangan va “ishonchli” moliyaviy resurslarni jalb etish
uchun tashkil etilgan moliya muasssasasidir”
1
.
Shuningdek, bir qancha xorijlik olimlardan Yu Hsing “Box-Cox” modeli orqali AQShda
qimmatli qog‘ozlar bozorini
2
, D.Stauffer, D.Sornette qimmatli qog‘ozlar bozorining
tashkillashganlik darajasi va uning statistik shaffofligini “Cont-Bouchaud” modeli orqali tahlil
etgan
3
.
1
B.Nejla.Book-to-market equity and size as determinants of returns: evidence from the tunisian stock exchange.
Современная экономика: проблемы, тенденции, перспективы, № 8, 2013. p 45.University of Manouba, ESC (High School
of Business), (Tunisia).
2
Yu Hsing. Impacts of Financial Stock Prices and Exchange Rates on the Demand for Money in Poland.South East European
Journal of Economics and Business. Volume 2 issue 1 04 Mar 2008 . University Hammond, USA
3
D.Stauffer, D.Sornette.Self-organized percolation model for stock market fluctuations. Physica A: Statistical Mechanics and its
Applications. Volume 271, Issues 3–4, 15 September 1999, Pages 496-506.
35
1-jadval
Qimmatli qog‘ozlar bozorining ilmiy-amaliy asoslari yuzasidan xorijlik
olimlarning fikr-mulohazalari
4
Xorijiy iqtisodchi
olimning F.I.Sh.
Qimmatli qog‘ozlar bozori (birja)ga oid nazariy qarashlar,
ilmiy tadqiqot ishlari mazmuni
Y.Nobuyoshi
Qimmatli qog‘ozlar bozorida birjalar asosiy muassasa bo‘lib,
ular yirik investitsion imkoniyatlarni transformatsiyalash
uchun tashkil etilgan moliya institutlari hisoblanadi.
D.Stauffer
Kologne universiteti,
(Germaniya)
Qimmatli qog‘ozlar bozorining tashkillashganlik darajasi va
uning statistik shaffofligini ta’minlash orqali xalqaro moliya
bozorlariga integratsiyalashuvini oshirish mumkin. “Cont-
Bouchaud” modeli asosida bozordagi statistik ko‘rsatkiyalarni
tahlil etib, bozorning kelgusidagi dinamik o‘zgarishida klaster
tuzish, prognozlarni ishlab chiqish bozorni rivojlantirishda
muhim o‘ringa ega.
D.Sornette
Nays-Sofiya Antipolis
universiteti, (Fransiya)
Fuat Sekmen
Sakarya universiteti,
(Turkiya)
Olimning ilmiy tadqiqot ishlarida AQShdagi qimmatli qog‘ozlar
bozorining 28 yillik (1980-2008) faoliyati avtoregressiv
harakatlanuvchi kvadratik modellar orqali tahlil etilgan. Ushbu
bozorga valyuta kurslari o‘zgarishi birjalar faoliyatiga ta’siri
baholangan.
Yu Hsing
Janubiy-Sharqiy Liziana
universiteti, (AQSh)
“Box-Cox” modeli orqali AQShda qimmatli qog‘ozlar bozori
holati va rivojlanish tendensiyalari tahlil etilgan. Olimning
fikricha, qimmatli qog‘ozlar bozori (fond birjalari)
iqtisodiyotning o‘lchov vositasi sifatida kengayib bormoqda,
kelgusida moliyaviy resurslarni ushbu bozor orqali to‘liq jalb
etish ijobiy samaraga olib keladi.
Indiana universiteti,
(AQSh)
Qimmatli qig‘ozlar bozoridagi savdolar birjada tashkillashgan,
holda bo‘ladi. Ushbu bozorlardagi moliyaviy resurslarning
likvidlik darajasi birmuncha yuqori va ishonchli bo‘ladi. Mazkur
bozorda fond birjalari alohida ahamiyatlidir. Birjalar mazkur
bozorlarning asosiy richaglari sifatida tan olinadi.
(Mazkur olimlarning ilmiy ishlarida London fond birjasining
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni va uni rivojlanib borish
tendensiyalari tahlil etilgan)
Xalqaro Hisob-kitoblar
banki - (BIS),
(Shveysariya)
Bristol universiteti,
(Buyuk Britaniya)
M. Bartolozzi,
ya.B. Leinweber,
A.W. Thomas
Adelaide universiteti,
(Avstraliya)
Qimmatli qog‘ozlar bozori – bu iqtisodiy jarayonlariga bevosita
ta’sir qiluvchi murakkab tizim bo‘lib, faoliyati talab va taklif
asosida davriy tebranib turuvchi mexanizmdir. Birja mazkur
bozorda o‘zini o‘zi tartiblashtiruvchi va bozor tebranishini
ta’minlovchi vositadir.
4
Muallif tomonidan tuzilgan.
36
D.Grigoreva
Rossiya Xalqlar
do‘stligi universiteti,
(Rossiya Federatsiyasi)
Qimmatli qog‘ozlar bozori (fond birjasi) moliyaviy resusrlarni
samarali harakatlantiruvchi vosita bo‘lib, Markaziy Osiyo
davlatlarida ushbu bozor boshqa davlatlarga nisbatan
rivojlanishida to‘siqlar mavjud. Bu moliyaviy resusrlarni jalb
etish mexanizmi bilan bog‘liq jarayondir. Inflyatsiya va valyuta
kurslari ham mazkur bozorga sezilarli kuchli ta’sir o‘tkazmoqda.
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, undagi mavjud muammolari
samarali usullar bilan bartaraf etish masalalari respublikamizning yetuk iqtisodchi
olimlaridan bo‘lgan Sh.Shoxa’zamiy, I.Butikov, A.Vaxabov, N.Jumaev, M.Xamidulin, U.Aliev,
X.Akromov, V.Kotov, F.Mirzaev, F.Muxamedov, T.Yadgarov, J.Karimqulov, S.Elmirzaev,
A.Shomirov, Q.Chinqulov, U.Xalikov, X.Xudoyqulov, Sh.Sultonov A.Xo‘jamurodov va
boshqalarning ilmiy ishlarida o‘rin olgan.
Jumladan, respublikamizning iqtisodchi olimlardan I. Butikovning fikricha, qimmatli
qog‘ozlarning bozori – bu qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lish sohasi bo‘lib, unda
qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarini ushbu bitimlar ishtiroklari uchun qimmatli qog‘ozlar
savdosining tashkilotchisi tomonidan belgilangan tadbirlar va shartlar bilan tartibga
solingan
5
”ligini qayd etib o‘tadi.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, qimmatli qog‘ozlar bozori shakllanishida
dastlabki fond birjalarining asosiy xususiyatli jihatlari qimmatli qog‘ozlar muomalasini faol
tashkil etgan holda, ularning aylanuvchanligini ta’minlash uchun savdo maydonini hosil qilish,
deyish mumkin. Bu borada xorijiy va respublikamiz iqtisodchi olimlarining fikrlarini
umumlashtirgan holda, klassik ko‘rinishidagi va hozirgi zamon qimmatli qog‘ozlar bozori –
fond birjalarining asosiy xususiyatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin.
1-rasm. Qimmatli qog‘ozlar bozori – fond birjalarining asosiy xususiyatlari
6
Xulosa sifatida qimmatli qog‘ozlar bozori tarixan birja savdolari asosida shakllanganligi,
iqtisodiy munosabatlarning tobora chuqurlashib, moliyaviy resurslar harakatining
5
I.Butikov. Qimmatli qog‘ozlar bozori. Darslik. – T.: Konsauditinform, 2001. - 70 b.
6
Muallif tomonidan tadqiqotlar natijasida tuzilgan.
1
•Qimmatli qog‘ozlar savdolarini o‘zida markazlashtirib, tom ma’noda ularni uyushtiradi;
2
•Eng maqbul qimmatli qog‘ozlar savdolarga qo‘yiladi;
3
•savdolarga birja muassasalari a’zolari bo‘lgan maxsus ishtirokchilariga (professional
ishtirokichlar) qatnashish huquqi beriladi;
4
•undagi savdolarda savdo qilishning muayyan qoidalari, tartiblari va andozalari
o‘rnatiladi va ushbu qoidalarga amal qilish majburiy hisoblanadi;
5
•birja faoliyatida o‘zini-o‘zi boshqarish xususiyatining birja savdolari a’zolari tomonidan
doimiy amalga oshirilishi samarali hisoblanadi;
6
•global miqyosda qimmatli qog‘ozlarning savdolarini yo‘lga qo‘yish va moliyaviy
resurslarni samarali jalb etish infratuzilmasi jamlanmasi hisoblanadi;
37
jadallashuvi oqibatida qimmatli qog‘ozlar savdo maydonlariga bo‘lgan ehtiyojning ortib
borishi natijasida shakllangan, deyish mumkin.
