GEOLOGIK JARAYONLAR VA ULARNING YER SHARIDAGI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Annotasiya

Geologik jarayonlar – bu yer sharining tuzilishi, evolyutsiyasi va tabiiy resurslari hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydigan tabiiy hodisalar majmui hisoblanad. Ushbu jarayonlar yer qobig‘ining ichki va tashqi kuchlari ta'sirida sodir bo‘lib, ularning natijasida tog‘ jinslari shakllanadi, foydali qazilmalar konlari paydo bo‘ladi va yer yuzasidagi relyef o‘zgaradi. Maqolamizda geologik jarayonlarning asosiy turlari, ularning xususiyatlari va inson faoliyatiga ta'siri ko‘rib chiqiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
6-7
23

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Axmatov , S. ., & Buronov , O. . (2025). GEOLOGIK JARAYONLAR VA ULARNING YER SHARIDAGI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(5), 6–7. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/78439
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Geologik jarayonlar – bu yer sharining tuzilishi, evolyutsiyasi va tabiiy resurslari hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydigan tabiiy hodisalar majmui hisoblanad. Ushbu jarayonlar yer qobig‘ining ichki va tashqi kuchlari ta'sirida sodir bo‘lib, ularning natijasida tog‘ jinslari shakllanadi, foydali qazilmalar konlari paydo bo‘ladi va yer yuzasidagi relyef o‘zgaradi. Maqolamizda geologik jarayonlarning asosiy turlari, ularning xususiyatlari va inson faoliyatiga ta'siri ko‘rib chiqiladi.


background image


6

GEOLOGIK JARAYONLAR VA ULARNING YER SHARIDAGI

RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Axmatov Sobir Farxod o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik agrotexnologiyalar universteti

Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi assistenti

axmatovsobir17@gmail.com

Buronov Otabek Samandarovich

FQKG23Aguruh 2-kurs talabasi

Buronovotabek064@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15171808

ANNOTATSIYA

Geologik jarayonlar

– bu yer sharining tuzilishi, evolyutsiyasi va tabiiy resurslari hosil

bo‘lishida muhim rol o‘ynaydigan tabiiy hodisalar majmui hisoblanad. Ushbu jarayonlar yer
qobig‘ining ichki va tashqi kuchlari ta'sirida sodir bo‘lib, ularning natijasida tog‘ jinslari
shakllanadi, foydali qazilmalar konlari paydo bo‘ladi va yer yuzasidagi relyef o‘zgaradi.
Maqolamizda geologik jarayonlarning asosiy turlari, ularning xususiyatlari va inson
faoliyatiga ta'siri ko‘rib chiqiladi.

Kalit so’zlar:

Erozya, Sedimentatsiya Zilzila, Nurashtirish, Plattektonika.

1. Geologik Jarayonlar Turlari
Geologik jarayonlar asosan ikki guruhga bo‘linadi: ichki (endogen) va tashqi (ekzogen)

jarayonlar.

1.1. Ichki (Endogen) Jarayonlar
Ichki jarayonlar yer po‘stining chuqur qatlamlarida sodir bo‘ladigan va quyosh

energiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan jarayonlardir. Bu jarayonlar quyidagilarga sabab bo‘ladi:

- Magma faoliyati: Magma eritmasining yer po‘stiga ko‘tarilib, to‘yingan holda

vulqonlarning pайdo bo‘lishiga olib keladi.

- Zilzila: Yer po‘stining harakatlari natijasida zilzilalar sodir bo‘ladi. Zilzilalar yer

sharining ichki qismidagi tektonik kuchlar ta'sirida rivojlanadi.

- Plattektonika: Yer po‘sti plitalari orasidagi harakatlar tufayli yangi tog‘ zinajatlari va

dengiz botiqlari shakllanadi.

Masalan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati joylashgan hududda magmatizm va

tektonik jarayonlar natijasida mis-kunfulori konlari shakllangan.

1.2. Tashqi (Ekzogen) Jarayonlar
Tashqi jarayonlar esa atmosfera, gidrosfera va biosfera ta'sirida sodir bo‘ladi. Bular

quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Eroziya: Shamol, suv va muzlar ta'sirida tog‘ jinslarining parchalanishi va uzoqqa

ko‘chib ketishi.

- Nurashtirish: Atmosfera ta'sirida tog‘ jinslarining kimyoviy o‘zgarishi va yangi

minerallar hosil bo‘lishi.

- Sedimentatsiya: Cho‘kindilar to‘planishi natijasida yangi yotqiziq turlari shakllanadi.
Masalan, cho‘kindi rudalar, shuningdek, neft va gaz konlarining shakllanishida

sedimentatsiya jarayoni katta ahamiyatga ega.

2. Geologik jarayonlar va inson faoliyati
Geologik jarayonlar inson faoliyatiga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
2.1. Ijobiy ta'sirlar


background image


7

- Foydali qazilmalar konlarining shakllanishi: Magmatizm, metamorfizm va gidrotermal

jarayonlar natijasida temir, mis, oltin va boshqa foydali qazilmalar konlari hosil bo‘ladi.

- Tabiiy manbalardan foydalanish: Neft, gaz va suv manbalarining mavjudligi geologik

jarayonlar natijasidir.

2.2. Salbiy ta'sirlar
- Tabiiy ofatlar: Zilzilalar, vulqonlar va sel oqimlari kabi tabiiy ofatlar odamlar hayotiga

xavf soladi.

- Yer sathining deformatsiyasi: Kar’yer ishlarida yoki yer osti konlarini ishlash

jarayonida yuz beradigan cho‘kish va deformatsiyalar infrastruktura ob'ektlariga zarar
etkazishi mumkin.

3. Geologik jarayonlarni o‘rganish ahamiyati

Geologik jarayonlarni o‘rganish orqali quyidagi muammolarni hal qilish imkoniyati

tug‘iladi:

- Foydali qazilmalar konlarini aniqlash va baholash;
- Tabiiy ofatlarning oldini olish va ularga qarshi samarali choralar ishlab chiqish;
- Yer osti suvlari va yer yuzasidagi ekologik muvozanatni saqlash.
Masalan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlash jarayonida geologik

tadqiqotlar yordamida yer osti suvlari va atrof-muhitga ta'siri minimallashtirilgan.

Geologik jarayonlar yer sharining rivojlanishi va inson faoliyati uchun juda muhim

ahamiyatga ega.

Ushbu jarayonlarni o‘rganish va ulardan foydalanish insoniyatga foydali qazilmalar

manbalarini aniqlash, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish va ekologik barqarorlikni saqlash
imkonini beradi.

Shunday ekan, geologiya fanining rivojlanishi va uni amaliyotga tatbiq etish bugungi

kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Yermolov V.A. va boshqalar. "Geologiya". Moskva Davlat Universiteti nashri, 2004.

2.

Galperin A.M. va boshqalar. "Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi". M.Nedra, 1989.

3.

Milnuchuk V.I. "Obshaya geologiya". M.Nedra, 1989.

Bibliografik manbalar

Yermolov V.A. va boshqalar. "Geologiya". Moskva Davlat Universiteti nashri, 2004.

Galperin A.M. va boshqalar. "Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi". M.Nedra, 1989.

Milnuchuk V.I. "Obshaya geologiya". M.Nedra, 1989.