48
“MAHBUB UL-QULUB” ASARIDA LEKSIK VA KONTEKSTUAL
ANTONIMLARNING IFODALANISHI
Muzaffarov Kamoliddin Abdusalom o‘g‘li
Toshkent amaliy fanlar universiteti
“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi
o‘qituvchisi
kamoliddinmuzaffar0990@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15697365
Annotatsiya
: Ushbu maqolada “Mahbub ul-qulub” asaridagi leksik va kontekstual
antonimiya haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, adibning antonimlar qo‘llash mahorati haqida fikr-
mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
: Antonimiya, antonim, kontekstual antonimiya, tazod, janr, leksema,
fonetika, antonimik juft, kontekst, matn.
THE USE OF LEXICAL AND CONTEXTUAL ANTONYMS IN THE WORK
“MAHBUB UL-QULUB”
Muzaffarov Kamoliddin Abdusalom oʻgʻli
Teacher of the Department of “Uzbek Language and Literature”
Tashkent University of Applied Sciences
kamoliddinmuzaffar0990@gmail.com
Annotation
: This article discusses antonyms and contextual antonyms in Mahbub ul-
qulub, and discusses the author's skill in using antonyms.
Keywords
: Antonymy, antonym, contextual antonymy, contrast, genre, lexeme,
phonetics, antonym pair, context.
O‘zbek tilida antonimlik hodisasi keng tushuncha bo‘lib, butun bir asar mazmunini ochib
berish; asardagi voqealar tizimini aniqroq, ravshanroq ko‘rsatish; biror bir qahramonni,
narsalarni, joylarni ijobiy yoki salbiy sifatlarini ko‘rsatishning eng samarali usulidir. Ayniqsa,
badiiy asarlarda antonimlardan froydalanish. Badiiy asar qiymatini yanada oshiradi.
Antonimlar haqida eng to‘g‘ri ta’rifni buyuk tilshunos olim Shavkat Rahmatillayev o‘zining
“O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati” asarida o‘zing shaxsiy qarashlari orqali bir qancha
xulosalarini bergan: “qarama-qarshi, zid ma’no bildiradigan so‘zlar biri ikkinchisiga nisbatan
antonim deyiladi:
katta-kichik, uzoq-yaqin, chap-o‘ng, sog‘aymoq-kasal bo‘lmoq, muxabbat-
nafrat
kabi
So‘z turkumlari bo‘yicha antonimlar belgi bildiradigan so‘zlar doirasida, ayniqsa, sifat va
ravishlar orasida ko‘p uchraydi
: yaxshi-yomon, baland-past, tor - keng, qattiq yumshoq, tez-
sekin, oz-ko‘p
kabi.[2:7]
Ko‘rinib turganidek antonimlar asosan sifat va ravish so‘z
turkumlarida doirasida yuzaga chiqar ekan. Matnlarda antonimlarning antonimligi ochiq-
oydin ko‘rinib turadi va bu so‘zlar matndan tashqari holatlarda ham leksik antonimiya
vazifasini bajaraveradi. Antonim badiiy adabiyotda qo‘llanilib, tazod janrini yaratish uchun
xizmat qiladi. Alisher Navoiy shu darjada daho ijodkor bo‘lganki, asarlarida har bir so‘zni
shunchaki keltirmay, ularga o‘ziga xos yuklamalarni yuklagan. Alisher Navoiy asarlarida, shu
jumladan “Mahbub ul-qulub” asarida antonimlardan o‘rinli foydalangan. Bu esa asardagi
antonimlarni o‘rganishga
yana bir asos bo‘ladi. “Mahbub ul-qulub” da gap tarkibida
keladigan sof antonimlar. Masalan,
yaxshi-yomon, katta-kichik, ko‘p-oz, vayrona-oshyona,
49
mazlum-zolim, ulug‘-kichkina, rosix-nosix
va h.k. va antonimiyaning tarkibiy qismi bo‘lgan
kontekstual antonimiyani juda ko‘p o‘rinlarda ishlatilgan.
Kontekstual antonimiya o'zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning ma’lum
kontekst ichida so'zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritilishidir.
Buni quyidagi she’riy misralar tahlilida ko'rish mumkin:
Ushoq
qand
oq
tuzga
monand erur,
Va lekin biri
tuz,
biri
qand
erur.
(A.Navoiy)
Bu asar ulug‘ mutafakkir, shoir, yozuvchi Alisher Navoiyning umri oxirida (1500-1501)
yozilgan yirik nasriy asaridir. U muallifning g‘oyat mazmunli va sermashaqqat hayoti
davomida to‘plangan boy tajribasi va xulosalaring yig‘indisidir[1:03] demak, bu asarda tengsiz
adib hayoti davomida ko‘rgan-bilganlarini taqqoslashlar asosida asarga singdirib yuborgan.
Qachonki biz bir narsani tasvirlamoqchi bo‘lsak, uni taqqoslaymiz va zidini keltiramiz. Ana
shunda biz tasvirlayotgan shaxs, narsa-buyum va joyning qadr-qimmati oshadi. Muharrir bu
taqqoslashlarga quyidagicha fikr bildiradi. “Mahbub ul-qulub”da Navoiy bevosita o‘z davridagi
deyarali barcha ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beradi va ularning qay biri yaxshi yoki
yomon, qay biri insoniylikka, xalqqa, mamlakatga foydali yoki ekanligini boshqa asarlariga
qaraganda kengroq, chuqurroq va aniqroq bayon etadi.[1:04] Adib “Mahbub ul-qulub” asarida
she’riy va nasriy yo‘lda ham antonimlardan unumli foydalangan. Quyida esa “Mahbub ul-
qulub” asaridan antonim va kontekstual antonimlardan misollar keltirib o‘tamiz.
Masnaviy:
Ulus
podshohiyu
darveshvash,
Anga
shohliqdin
kelib faqr xash,
Jahondorlarg‘a
sipehr intiboh,
Valiy
ahli
faqr
olida xoqi roh,
Jahon mulki olinda
xoshokcha,
Vale bir ko‘ngul mulqi
aflokcha.
Bori
benavolar navosozi
ul,
Hamul nav’kim, Shoh Abulg‘ozi ul,[1:145-146]
Adib bu masnaviysida antonimlarni kerakli o‘rinda qo‘llagan. Bir necha sinonim so‘zga
bitta antonim qo‘llagan.
Podshohiyu, shohliqdin, jahondorlarga, Valiy-faqr, xoshokcha- aflokcha,
benavolar- navosozi.
Adib asarning “Nomunosib noiblar zikrida” faslida ushbu antonimlardan kerakli
foydalangan. Nima olurda
yolg‘on
anga
chin
o‘rnig‘a va musulmonlarg‘a nuqson anga din
o‘rnig‘a,
yolg‘on
borida anga
chin
demaki mahol va rishvat olurda o‘zga so‘z deb, ammo
ko‘nglida o‘zga xayol.[1:147] Bunda buyuk mutafakkir yolg‘on va chin antonimlari orqali
nomunosib noiblar ko‘nglidagi dil va til boshqaligini oddiy shu ikkita antonim yordamida
tasvirlab berayapti. Asarning
“Zolim va johil va fosiq podshihlar zikrida”
faslida esa kontekstual
antonimlarda keng foydalaniladi. Masalan, Odil podshoh ko‘zgu va bu aning uchasidur. Ul
yoruq, subh
, bu aning
qorong‘u kechasidur
. Zulm aning ko‘nglig‘a marg‘ub va fisq aning xotiriga
mahbub. Mulk buzug‘lig‘idin zamiriga jam’iyat va ulus
parishonlig‘idin
xotirig‘a
amniyat.
Obodlar
aning zulmidin
vayrona
, kabutar toqchalari boyqushg‘a
oshiyona.
Boda seli chun
bazmida to‘g‘yon qilib, ul sel mulk
ma’muralarin vayron qilib
. Suvchi xonasig‘a farsh masjid
ravoqi to‘kulgonidin va ko‘plari boshig‘a xisht mehrob toqi yemrulgonidin. Agar qon to‘kmak
50
anga pesha, kimki joni bor anga andesha. Agar shurbg‘a mash’uf
ko‘y va ko‘cha
musulmonlarg‘a maxuf. Agar fosiq bo‘lsa va bad, af’ol - el irzi va ayolig‘a andin biymu nakol. Va
sitezaro‘y bo‘lsa va xudroy mushfiq Navoiy jonig‘a voy! O‘z noshoyisti o‘z olida xo‘b va el
ma’quli anga mardud va ma’yub.
Ko‘p
xizmat
oz
sahv bila olida nobud va
ko‘p haq
va
rost oz
xato
bila ilayida nomavjud. Xato royi
o‘ng
kelmasa, daxlsizlarga shirkat, balki naqiz
tutqonlarg‘a ziyoda tuhmat. Nosavob xayoli tuz chiqmasa, shirkati yo‘qlarg‘a itob va balki
xabari yo‘qlarga aroda azob. Hayot suyin og‘u desa, musallam tutmog‘on gunahkor va quyosh
nurin qorong‘u
desa, tahsin qilmog‘on tiyra ro‘zgor. O‘z jonibidin qatraning daryocha hurmati
va zarraning bayzacha qiymati. El tarafidin moli olam bir qora puldin kam va fido qilg‘on joni
aziz, oncha yo‘qkim, bir pashiz.
Qora quzg‘unni oq tuyg‘un
desa, qozni yaxshi olur demagan
muqassir.
Yoruq kunni tiyra tun desa
, suho ko‘runadur demagan mudbir. Chin der elga - jon
xatari, xayrg‘a dalolat qilg‘uvchig‘a o‘lum zarari.
Haq
aning qoshida
botil, xiradmand
aning
aqidasida
johil.
Eldin ko‘nglida kiynasi - maxfiy xazinasining dafinasi. Qatl uchun jon bermak
shiori, el molu jonig‘a qasd - shikori. Bu yomon podshohki, bo‘lg‘ay vaziri ham yomon, andoqki,
Fir’avn nayobatida Homon.
Bayt:
Uylakim shoh morg‘a bo‘lg‘ay mumid ham ja’fariy,
Yo vaboyi xalqqa toun ham o‘lg‘ay bir sari.
Tengri mundoq balolarni adam chohidin vujud taxtgohig‘a kelturmasun va
yo‘qluq
zindonidin borlig‘ shahristonig‘a
yetkurmasun.[1:147-148] Bu yerda odil so‘zi fasl nomidagi
uchta so‘zning o‘ziga antonim sifatida qo‘llangan:
Odil-zolim,johil,fosiq
. Bu ham adibning o‘ziga
xos mahorati. Endi yuqoridagi matndagi antonimlarga murojaat qilamiz:
yoruq, subh
so‘zlari
gapning o‘zida
qorong‘u kechasidur
so‘zlariga kontekstual antonim bo‘lib kelgan. Yoki
o‘ng
va
xato
so‘zlari matndan tashqari holatga antonimlik vazifasini bajarmaydi. Lekin Alisher Navoiy
bu so‘zlarni gapda kontekstual antonim sifatida qo‘llagan. Ushbu faslda yana quyidagi
antonimlar keltirilgan:
Obod-vayron, rost-xato, mamura-vayron, haq-botil, qora-quzg‘un-oq
tuyg‘un, yoruk kun-tiyra tun, xiradmand-johil, yo‘qluq zindonidi-borlig‘ shahristoni,
ko‘rinib
turibdiki adib antonimlarni o‘xshatishlar, qiyoslashlar orqali yanada ta’sirchanroq ifodalab,
tilimiz so‘z boyligini yana bir bor aks ettirgan. Bunday jilodor antonimlarni “Mahbub ul-qulub”
asarida juda ko‘plab uchratishimiz mumkin. Ularning ayrimlari sof antonim hisoblansa,
ayrimlari faqatgina shu matn uchun kontekstual antonim hisoblanadi. Quyida asardagi ba’zi
kontekstual antonimlarni tahlilga tortamiz. Odil podshoh haqdin xaloyiqqa rahmatdur va
mamolikka mujibi amniyat va rafohiyat. Quyosh bila abri bahordek qora tufrog‘din gullar
ochar va mulk ahli boshig‘a oltun bila durlar sochar. Fuqaro va notavonlar aning rifq va
madorosidin osuda, zalama va avonlar aning tig‘i siyosatidin farsuda. Hirosatidin qo‘yu qo‘zi
bo‘ri xavfidin emin va siyosatidin musofir ko‘ngli qaroqchi vahmidin mutmain.[1:144] Bu
yerda
fuqaro va notavon, qo‘yu qo‘zi va bo‘ri, musofir va qaroqchi
kontekstual antonim sifatida
kelayapti. Bunda fuqaro va notavon boy va kambag‘al ma’nosini, qo‘y va qo‘zi, musofir va
qaraoqchi yaxshi-yomon ma’nosini ot so‘z turkumi doirasida kontekstual antonimiya
vazifasini bajarayapti. Keyingi matnda eng ko‘zga ko‘rinarli kontekstual antonim sifatida
hamxona va begona leksemalarini olishimiz mumkin. Chunki ushbu so‘zlar yaqqol aynan shu
konteks uchun antonimlik vazifasini bajarayotgani ko‘rinib turibdi. Ya’ni hamxona bu bir
joyda, bitta xonada istiqomat qiladigan shaxs. Begona esa umuman bir-biri haqida ma’lumotga
ega bo‘lmagn shaxsga nisbatan ishlatiladi. Agar ayrim toifadagi odamlarga yaxshilik qilsang
51
unga hamxona ya’ni eng yaxshi inson bo‘lasan. Agar unga foydang tegmay qolsa, unga shuncha
yaxshiligingga qaramay begaona bo‘lsan degan xulosani olamiz.. Keyingi kontekslarimizda
ham, bu misollarimiz davom etadi. Tinch ko‘ngul bila yovg‘on umoch yaxshiroqkim, takalluf va
mashaqqat bila qandiy kuloch. Eski chapon bila forig‘ tufrog‘da o‘lturmoq yaxshiroqkim,
zarbaft xafton kiyib birov olida turmoq.[1:265] Bu konteksda
yovg‘on umoch-qandiy kuloch,
eski chopon-zarbaft xafton
leksemalari antonim bo‘lib kelgan. Bu yerda o‘zingning halol
mehnating bilan yeydigan yovg‘on umoching, boshqalarni ko‘ngliga qarab, ularning oldiga
yaltoqlanib yeydigan eng yaxshi taomdan ming marta yaxshiligini, o‘zing xotirjam kiyadigan
eski choponing “Itni kiyingi oytog‘i” bo‘lib kiyadigan zarbof chopondan yaxshligini tasvirlaydi.
Hozirda keltiriladigan matnimizda
kabutar-boyqush, toqcha-oshiyona
juftliklari ham
kontekstual antonimiya vazifasini bajarmoqda. Chunki kabutar bilan boyqush qushlar
turkumiga mansub bo‘lib, bular asl holatiga antonim bo‘la olmaydi. Bu yerda asosiy
antonimlik ularning yashash tarzida bo‘layapti. Kabutarlar ko‘proq toza, chiroyli obod
joylarda yashasa; boyqushlar esa, asosan, xilvatlarda, vayronalarda yashaydi. Shu jihatdan
ular kontekstual antonim qilib olingan. ...Obodlar aning zulmidin vayrona, kabutar toqchalari
boyqushg‘a oshiyona. Boda seli chun bazmida to‘g‘yon qilib, ul sel mulk ma’muralarin vayron
qilib. Suvchi xonasig‘a farsh masjid ravoqi to‘kulgonidin va ko‘plari boshig‘a xisht mehrob toqi
yemrulgonidin.[1:147]
G‘adru makrda dev alar qoshida gul. Fasodu xiylada shayton alar ollida go‘l. Maloyik alar
qoshida balohat bila ma’yub, shayotin alar ollida hamoqatqa mansub.[1:183] Bu konteksda
dev-gul, shayton- go‘l
so‘zlari kontekstual antonim bo‘lib, Bunda hiylakor,fisqu-fasodga to‘lib
toshgan, har yerda fitna chiqarib yuradigan insonlarning salbiy fe’l-atvori haqida so‘z ketib,
ularning bu makr-hiylalar oldida dev guldek bo‘lib qolishi. Shaytonning shuncha makr-hiylasi
bo‘lishiga qaramasdan bu nayranglar oldida sodda, pokiza bo‘lib qolishi tasvirlangan. Keying
matnimizda ham shayton bilan bog‘liq kontekstual antonim qo‘llanilmoqda:
Haqning
hech
amrig‘a bo‘yun qo‘ymag‘ay va
shayotinning
barcha buyrug‘in bajo keltururdin
to‘ymag‘ay.[1:219] Bu matnimizda
yaratganni amriga buysunmasdan shayton izmida
yuradigan bandalarga so‘z qaratilgan. Bunda Haq va shayton leksemalari kontekstual
antonimiya hodisasini yuzaga keltirayapti. Lekin matndan ayri holatda bu antonim
bo‘laolmaydi. Chunki shaytonni ham Yaratganning maxluqoti, u hech qachon Yaratganga
tenglashtirilmaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Alisher Navoiy asarlariga qay tarafdan
qarasak shu tomondan siz izlagan ma’noni beradi. Bu xoh tilshunoslik bo‘lsin, xoh
adabiyotshunoslik bo‘lsin. Birgina “Mahbub-ul qulub” asarida antonimdan betakror foylangan
bo‘lsa, butun boshli asaralarida ona tilimizga qanday jilo berib, yuksaklikka ko‘targanini
tasavvur qilaversak bo‘ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. “Yangi asr avlodi” 2019.
2.
Alibek Rustamov. Navoiyning badiiy mahorati.-T., Adabiyot va san’at nashriyoti,1979.
3.
Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov. Navoiyshunoslik.
“Tamaddun” nashriyoti, 2018 .
