DINNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI, UNING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI

Аннотация

Maqolada dinning tarixiy rivojlanishi va uning jamiyat hayotidagi o‘rni yoritiladi. U diniy e’tiqodlarning madaniyat, axloq va qonunchilikka ta’sirini tushuntiradi. Shuningdek, dinning jamiyatni birlashtirishdagi roli va ba’zan ziddiyatlarga sabab bo‘lishi ham tahlil qilinadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
7-9
29

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sayfutdinova , Y. ., Abdusamadova , G. ., & Ahmedova , D. . (2024). DINNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI, UNING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(14), 7–9. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/52567
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada dinning tarixiy rivojlanishi va uning jamiyat hayotidagi o‘rni yoritiladi. U diniy e’tiqodlarning madaniyat, axloq va qonunchilikka ta’sirini tushuntiradi. Shuningdek, dinning jamiyatni birlashtirishdagi roli va ba’zan ziddiyatlarga sabab bo‘lishi ham tahlil qilinadi.


background image

7

DINNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI, UNING IJTIMOIY MUHITGA

TA’SIRI

Sayfutdinova Yorqinoy Yasharbek qizi

Abdusamadova Gulsanam Bahodir qizi

ADPI Biologiya yo’nalishi 201-guruh talabalari

Ahmedova Dildora Naildjan qizi

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.14293131

Annotatsiya.

Maqolada dinning tarixiy rivojlanishi va uning jamiyat hayotidagi o‘rni

yoritiladi. U diniy e’tiqodlarning madaniyat, axloq va qonunchilikka ta’sirini tushuntiradi.
Shuningdek, dinning jamiyatni birlashtirishdagi roli va ba’zan ziddiyatlarga sabab bo‘lishi
ham tahlil qilinadi.

Abstract:

The article highlights the historical development of religion and its role in

social life. It explains the influence of religious beliefs on culture, morality, and legislation.
Additionally, it analyzes the role of religion in uniting society and its potential to cause
conflicts at times.

Аннотация:

В статье освещается историческое развитие религии и её роль в

общественной жизни. Объясняется влияние религиозных убеждений на культуру,
мораль и законодательство. Кроме того, анализируется роль религии в объединении
общества и её способность иногда становиться причиной конфликтов.

Kalit so‘zlar:

Din, tarixiy rivojlanish, ijtimoiy muhit, axloq, madaniyat, qonunchilik,

birdamlik, konflikt, diniy e’tiqod, jamiyat.

Keywords:

Religion, historical development, social environment, morality, culture,

legislation, unity, conflict, religious belief, society.

Ключевые слова:

Религия, историческое развитие, социальная среда, мораль,

культура, законодательство, единство, конфликт, религиозные убеждения, общество.


Din insoniyat tarixining eng qadimiy va muhim hodisalaridan biridir. Dinning paydo

bo‘lishi tabiiy muhit, insoniyat tafakkuri va madaniy rivojlanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq.
Hozirda Yevropa dunyoqarashi dinga ikkinchi darajali masala sifatida qarasada uni jamiyat
tizimidan butunlay chiqarib yubora olmadi. Ilohiy ta’limotlarga asoslanadigan bo’lsak ma’lum
dinga, yoki ruhiy quvvatga ishonch insonning fitratiga qo’shib yaratilgan. Shunday ekan, ya’ni
dinga e’tiqod qilib yashash real haqiqat ekanini e’tirof etgan holda uni xolis o’rganish va
tadrijiy rivojini hisobga olgan holda tadqiq etish davr talabi sifatida qaralmogi kerak. Din
tushunchasiga olimlar duyoviylik, ilmiylik nuqtainazaridan, din arboblari esa muayyan diniy
talimot asosida yondashishlari bois ushbu tushunchga turli tariflar beriladi. Din asli nima
ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir.
Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. U dastlabki
diniy tasavvurlarning paydo bo’lishidan urug-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bo’lgan
davrda yuz bergan jarayonni hamda jamiyat taraqqiyotida din bilan bogliq bo’lgan barcha
ijtimoiy, hodisalarni, ma’naviy omillarni - mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, diniy
tashkilotlarning talab va tartiblarini o’rganish, taxlil qilishni ko’zda tutadi. Din insonning ruhiy
dunyosi bilan chambarchas bogliq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi.
Shuning uchun ham dinni o’rganish – bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni insoniyatdan,


background image

8

insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din
yo’q bo’lib ketadi» deyilgan gapning aksicha kommunizm xayoliy narsa-yu, din doimiy
ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan. Dinlarni
o‘rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning e’tiqodi, qaysi dinga
mansubligiga qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi
Gresiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri «tarix
otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida
ma’lumotlar keltirgan. Unda dinning tarkibiy qismlari quydagilardan iborat:
- diniy talimot: mazkur din bilan bogliq aqidaviy qarashlar tizimi;
- xudo: ilohiy ong va qudrat sohibi bolgan ongli mavjudot;
- ibodat: mazkur din korsatmalariga muvofiq amalga oshiriladigan marosim, rasm-rusum,
udumlar majmui;
- diniy jamoa: (masjid, cherkov yoki ibodatxona qavmi): mazkur dinga etiqod qiluvchlarni
birlashtiruvchi ijtimoiy institute;
- axloq meyorlari: mazkur din talimotlarida muqaddaslashtirilgan ijtimoiy munosabat
qoidalari.

Din-ijtimoiy xayotning murakkab va ko’pqirrali sohalaridan biri bo’lib, insoniyat

tafakkurining ajralmas bir bo’lagi hamdir. Dinni tadqiqi etish uch yo’nalishda olib boriladi.
Bular: 1) ilohiyot (teologiyaga oid); 2) falsafiy yo’nalishga oid;3) ilmiy qarashlarga oid. Din
tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning
bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda
insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga
ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir. Din muayyan ta’limotlar, his-
tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam,
hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat
paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil
insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din
tushunchasiga olimlar dunyoviylik, ilmiylik nuqtai nazaridan, din arboblari esa muayyan diniy
ta’limot asosida yondashishlari bois ushbu tushunchaga turli ta’riflar berilgan. Umumiy
tarzda, din, (arabcha – e’tiqod, ishonch, lotincha “religio” – diyonat, siginish, “relegere” ortga
qaytish, “religare” – boglamoq) ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanadi. U quyidagi
bosqichlarda rivojlangan: 1. Qadimiy dinlar: Insoniyatning ilk bosqichlarida din tabiat
hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu davrda odamlar yashin, yomg‘ir, quyosh kabi hodisalarga
sig‘inishgan (animizm). Keyinchalik totemizm, fetishizm va boshqa ibtidoiy e’tiqodlar
shakllangan. 2. Politeizm (ko‘pxudolik): Odamlar turli hodisalar va mavhum kuchlarni xudolar
sifatida tasavvur qila boshladilar. Qadimgi Misr, Hindiston, Yunoniston va Rim
madaniyatlarida ko‘pxudolik tizimlari keng tarqalgan edi. 3. Monoteizm (yakkaxudolik):
Dinning rivojlanishining yangi bosqichi yagona Xudoga ishonchni ilgari surdi. Bu davrda
yahudiylik, xristianlik va islom kabi dinlar paydo bo‘ldi. Ushbu dinlar insoniyat madaniy va
ijtimoiy hayotida katta o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. 4. Zamonaviy dinlar va ma’naviy
oqimlar: Bugungi kunda din faqat an’anaviy e’tiqod tizimlari bilan cheklanmaydi. Turli yangi
diniy harakatlar, sekulyar g‘oyalar va ma’naviy oqimlar ham rivojlanmoqda. Islom olamida
ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII
asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni o‘z ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik


background image

9

«maqolot»), VIII -IX asrlardan e’tiboran esa boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan.
Keyingi asrlardan esa «alFiraq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-
Milal» (Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan. «Ad-Diyonot» (Dinlar) yo‘nalishida
yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso anNavbaxtiyning (vaf. 910 y.) «al-Aro’ vad-diyonot»
(E’tiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (vaf. 957 y.) o‘zining «ad-
Diyonot» (Dinlar), Masbihiy (vaf. 1029 y.) «Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti»
(Dinlar va e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning
(vaf. 1048 y.) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin filaqli av marzulatin» (Aqlga
maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham shular
sarasiga kiradi.

Dinning ijtimoiy muhitga ta’siri. Din jamiyat hayotining ko‘plab jabhalariga ta’sir

ko‘rsatadi. Bu ta’sir quyidagi sohalarda namoyon bo‘ladi:
1.

Axloq va odob-axloq me’yorlari: Din ko‘p hollarda axloqiy qadriyatlarning asosini tashkil

etadi. Masalan, halollik, adolat, yaxshilik qilish, zo‘ravonlikdan voz kechish kabi tamoyillar
diniy o‘gitlar bilan mustahkamlanadi.
2.

Madaniyat va san’at: Din musiqadan tortib, me’morchilikka qadar ko‘plab sohalarda

ijodkorlikni ilhomlantirgan. Masalan, masjidlar, ibodatxonalar, ikonalar va diniy musiqalar
bunga misoldir.
3.

Qonunchilik va davlat boshqaruvi: Ko‘plab qadimiy va zamonaviy qonunlar diniy

normalar asosida shakllangan. Islom huquqi (shariat) yoki yahudiylikdagi Talmud qonunlari
bunga misoldir.
4.

Jamiyatdagi ijtimoiy birdamlik: Din odatda jamoalarni birlashtiradi va ular orasida

birdamlikni mustahkamlaydi. Masalan, diniy bayramlar, ibodatlar yoki ziyoratlar insonlarni
yaqinlashtiradi.
5.

Nizo va konfliktlar: Dinning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ba’zida diniy qarashlar

ziddiyati nizolar va ijtimoiy keskinliklarga olib kelishi mumkin. Tarixda din asosidagi urushlar
bunga misol bo‘la oladi.

References:

1.

Muratov D., Alimova M., Karimov J. Dinshunoslik, darslik. Toshkent, «Navro‘z»

nashriyoti, 2019. – 264 b.
2.

Raximdjanov D., Ernazarov O. Dinshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. – T.: «O‘zbekiston

faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. – 304 b.
3.

Rahimjonov.D., IsmatovaN., Xudayberganova.G., Alidjanova.N., Ernazarov.O. Davlat va

din. O‘quv qo‘llanma - Toshkent: Somplex Print, 2019. - 136 b.
4.

Agzamxodjayev S., Rahimjonov D., Muhamedov N., Najmiddinov J. Dunyo dinlari tarixi

(o‘quv qo‘llanma). - Т.: «Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi», 2011.

Библиографические ссылки

Muratov D., Alimova M., Karimov J. Dinshunoslik, darslik. Toshkent, «Navro‘z» nashriyoti, 2019. – 264 b.

Raximdjanov D., Ernazarov O. Dinshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. – T.: «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. – 304 b.

Rahimjonov.D., IsmatovaN., Xudayberganova.G., Alidjanova.N., Ernazarov.O. Davlat va din. O‘quv qo‘llanma - Toshkent: Somplex Print, 2019. - 136 b.

Agzamxodjayev S., Rahimjonov D., Muhamedov N., Najmiddinov J. Dunyo dinlari tarixi (o‘quv qo‘llanma). - Т.: «Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi», 2011.