Авторы

  • Yosinxon Ahmadxonov
    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
  • Mirodil Xaydarov
    Ilmiy rahbar. Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori dotsent (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.73443

Ключевые слова:

Fatvo muftiy haj umra zamonaviy fatvolar shariat fiqh islom huquqi zamonaviy texnologiyalar.

Аннотация

Ushbu maqolada haj va umra ibodatiga doir zamonaviy fatvolar tahlil qilinadi. Islom huquqshunosligining asosiy manbalariga tayanib, zamonaviy ilmiy-texnologik yutuqlar va ijtimoiy sharoitlar nuqtayi nazaridan haj va umra ibodatlariga oid muhim fatvolar o‘rganiladi. Xususan, pandemiya sharoitida haj va umra amallarining o‘zgartirilishi, zamonaviy transport vositalaridan foydalanish, elektron viza va onlayn ro‘yxatdan o‘tish kabi yangi masalalar islom ulamolari tomonidan qanday hal qilinayotgani tahlil qilinadi. Shuningdek, haj va umra amallarini ado etishda qulaylik yaratish maqsadida berilgan fatvolar ham o‘rganiladi. Maqola haj va umra ibodatini bajarishda zamonaviy yondashuvlar va shariat tamoyillari uyg‘unligini yoritib beradi.


background image

88

HAJ VA UMRA IBODATIGA DOIR ZAMONAVIY FATVOLAR

Ahmadxonov Yosinxon Nurulloh o‘g‘li

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Islomshunoslik yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Mirodil Xaydarov

Ilmiy rahbar. Islomshunoslik fanlari

bo‘yicha falsafa doktori dotsent (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15093276

Annotatsiya:

Ushbu maqolada haj va umra ibodatiga doir zamonaviy fatvolar tahlil

qilinadi. Islom huquqshunosligining asosiy manbalariga tayanib, zamonaviy ilmiy-texnologik
yutuqlar va ijtimoiy sharoitlar nuqtayi nazaridan haj va umra ibodatlariga oid muhim fatvolar
o‘rganiladi. Xususan, pandemiya sharoitida haj va umra amallarining o‘zgartirilishi,
zamonaviy transport vositalaridan foydalanish, elektron viza va onlayn ro‘yxatdan o‘tish kabi
yangi masalalar islom ulamolari tomonidan qanday hal qilinayotgani tahlil qilinadi.
Shuningdek, haj va umra amallarini ado etishda qulaylik yaratish maqsadida berilgan fatvolar
ham o‘rganiladi. Maqola haj va umra ibodatini bajarishda zamonaviy yondashuvlar va shariat
tamoyillari uyg‘unligini yoritib beradi.

Kalit so‘zlar:

Fatvo, muftiy, haj, umra, zamonaviy fatvolar, shariat, fiqh, islom huquqi,

zamonaviy texnologiyalar.

Kirish.

Haj va umra ibodatlari islom dinining muhim amallaridan bo‘lib, ularda

musulmonlar uchun buyuk ibratlar va Allohga yaqinlashish vositalari mujassamdir. Haj
islomning besh ruknidan biri bo‘lib, moliyaviy imkoniyati va salomatligi yetarli bo‘lgan har bir
musulmonga farz qilingan. Umra esa sunnat ibodat sifatida yuqori savobga egadir. Ushbu
ibodatlarni shariatga muvofiq va komil suratda bajarish har bir musulmon uchun zarurdir,
chunki bu ibodatlar faqat tashqi harakatlardan iborat bo‘lmay, balki qalbni Allohga
yaqinlashtiruvchi yuksak ma’naviy ozuqa hamdir.

Bugungi kunda O‘zbekistonda haj va umra ibodatlariga bo‘lgan e’tibor oshib bormoqda.

Bu ibodatlarni amalga oshirishni istovchi kishilar soni yildan-yilga ortmoqda. Zamonaviy
texnologiyalar va xizmatlar haj va umra ibodatlarini osonlashtirayotgan bo‘lsa-da, yangi
masalalar ham yuzaga kelmoqda. Masalan, elektron navbat tizimi, transport va mehmonxona
xizmatlari, ibodatlar tartibida texnik vositalardan foydalanish kabi masalalar bo‘yicha
shariatning hukmini aniqlash kerak. Shu bois, haj va umra amallariga zamonaviy sharoitda
yondashish, ularga doir fatvolarni o‘rganish va targ‘ib qilish bugungi kunda juda muhim
ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil

etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

1

qarorida

fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq
ta’minlash, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarning
samaradorligini yanada oshirish choralari belgilab olingan.

Haj va umra ibodatlari hozirda keng ommalashgani sabab, ko‘plab musulmonlar tur

agentliklari orqali ham ushbu ibodatlarni ado etmoqda. Shu bilan birga, ba’zan ilmga
asoslanmagan yoki to‘liq o‘rganilmagan noto‘g‘ri fatvolar sababli ibodatlar to‘laqonli shariat

1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, 07.06.2017 yildagi 364-son.


background image

89

talablariga muvofiq bajarilmayapti. Zamonaviy sharoitlarda yuzaga kelayotgan masalalar –
transport vositalari, mahramlik masalasi yoki kvota tizimi shariat asosida to‘g‘ri hal qilinishi
muhimdir. Chunki bu ibodatlar ham namoz, ro‘za, zakot kabi o‘z tartib qoidalariga ega va
ularni to‘g‘ri bajarilishini talab qiladi. Shu sabab mavzuni chuqur o‘rganish ilmiy va amaliy
ahamiyat kasb etmoqda.

Asosiy qism.

Haj va umra ibodatlari islom dinining muhim ruknlaridan bo‘lib,

musulmonlarning Allohga bo‘lgan sadoqati, taqvosi va itoatining yuksak ifodasi hisoblanadi.
Ushbu ibodatlarning shar’iy asoslari Qur’oni karim oyatlari, Payg‘ambarimiz Muhammad
(s.a.v)ning hadislariga va islom fiqhining turli manbalariga asoslanadi.

Ma’lumki, haj amali – Islom dinimizning besh asosiy farzlaridan biridir. Haj – moliyaviy

va jismoniy ibodat bo‘lib, qodir bo‘lgan mo‘min-musulmon kishi umrida bir marta ado etishi
farzdir.

Lug‘atda “haj” – “hurmatli narsaning ziyoratini qasd qilish”dir.
Shariatimizda “haj” – “belgilangan joylarda, muayyan vaqtlarda maxsus amallarni

bajarish”dir. Haj hijriy sananing to‘qqizinchi yilida farz bo‘ldi. Payg‘ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam o‘ninchi hijriy yilda haj qildilar.

Hajning farzligi Qur’oni karim, sunnati sharif va ijmo‘ bilan sobit bo‘lgan. Haj qilmoqchi

bo‘lgan shaxs balog‘atga yetgan, aqli raso, sog‘lom, safar xarajatlariga qodir, hajga borib
kelguniga qadar o‘z qaramog‘idagilarni nafaqa bilan ta'minlagan bo‘lishi kerak. Yo‘llar ochiq
va bexatar bo‘lishi ham shart qilinadi. Ayol kishiga esa – yuqoridagi shartlar bilan birga eri
yoki biror mahrami hamroh bo‘lishi lozim. Kimda mana shu shartlar topilsa, unga haj farz
bo‘ladi. Qur'oni karimda hajning farzligi haqida shunday deyilgan:

ْسا ِنَم ِتْيَبْلا ُّج ِح ِساهنلا ىَلَع ِ ه ِلِلَّو اًنِمَآ َناَك ُهَلَخَد ْنَمَو َميِهاَرْبِإ ُماَقَم ٌتاَنِ يَب ٌتاَيَآ ِهيِف

ٌّيِنَغ َ هاللَّ هنِإَف َرَفَك ْنَمَو ًلًيِبَس ِهْيَلِإ َعاَطَت

َنيِمَلاَعْلا ِنَع


Ya’ni: “Unda aniq alomatlar – “Maqomi Ibrohim” bordir. Unga (Ka’baga) kirgan kishi

omonda bo‘lur. Yo‘lga qodir bo‘lgan odamlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish (farzi)
bordir. Kimda-kim (buni) inkor etsa, bas, albatta, Alloh olamlardan behojatdir” (Oli Imron
surasi, 97-oyat)

2

.

Haj ibodatining boshqa ibodatlardan bir farqi shuki, u hammaga ham bir paytning o‘zida

farz bo‘lavermaydi, balki ayrim shartlariga muvofiq kelgan musulmonlargagina farzdir. Qodir
bo‘lgan odamlarga Alloh uchun Baytni haj qilish farz. Ulamolar kishiga haj farz bo‘lishi uchun
quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi kerakligini ta’kidlashgan

3

:

1) musulmon bo‘lishi;
2) balog‘atga etgan bo‘lishi;
3) oqil bo‘lishi;
4) hajga qodir bo‘lishi;
5) sog‘-salomat bo‘lishi;
6) hukumat man qilmagan bo‘lishi;

2

Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent:

“Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2012. – B. 282.

3

Shayx Abdulaziz Mansur. “Eng zaruriy fiqhiy masalalar”. – Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa

birlashmasi, 2012. – B. 182.


background image

90

7) yo‘lda omonlik bo‘lishi;
8) ayol kishiga mahrami bo‘lishi;
Kimda ushbu shartlardan birortasi bo‘lmasa, unga haj farz bo‘lmaydi.
Haj – Islomning besh arkonidan biri bo‘lgan ulug‘ rukn, Allohga mahbub ibodatdir. Bu

ibodat Alloh taologa yuzlanish, U Zotning tajalliysi, nurining markazi bo‘lgan maskanda ado
etiladi. Hadisi shariflarda kelishicha, Baytullohi sharif shunday makonga joylashganki, uning
ayni ustida, yettinchi osmonda Baytul Ma’mur, uning ustida esa Alloh taoloning Arshi
joylashgan. Alloh taoloning tavajjuhi, nuri va tajalliyoti dastlab Ka’batullohga nozil bo‘lib,
keyin butun olamga tarqaladi. Shu sababli bu yerga kelish baxtiga musharraf bo‘lgan
musulmonlar uchun ulkan saodat bor.

Hajning farzligini bildiradigan bir qancha hadislar rivoyat qilingan. Jumladan, “Islom

besh narsa ustiga bino qilingan...” (Muttafaqun alayh), hadisida hajning farzligi ochiq bayon
qilingan. Boshqa bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday
buyuradilar:

ُءاَملا ُلِسْغَي امك َبوُنُّذلا ُلِسْغَي هجَحلا هنِإف اوُّجُح

َنَرهدلا

)هنع الله يضر ٍداَرَج ِنْب ِالله ِدْبَع ْنَع يِنارَبهطلا ُماَملإا ُهاَوَر(

Ya’ni:

“Haj qilinglar! Chunki haj xuddi suv kirni yuvgani kabi gunohlarni yuvadi”(Imom

Tabaroniy rivoyati).

Hajda musulmon banda omonlik yurti bo‘lmish Makkai mukarramaga safar qiladi.

Makka – ulug‘, muqaddas shahar. Alloh taolo Qur’oni Karimda uning nomi bilan qasam ichgan.
O‘zining uyi bo‘lmish Ka’baning shu shaharda qaror topishini iroda qilgan.

Haj ulug‘ ruhiy ozuqa beradigan ibodat bo‘lib, unda musulmon bandaning vujudi Alloh

taologa taqvo bilan, Unga toat qilishga azmu qaror bilan, gunohlariga nadomat bilan to‘ladi. Bu
safarda musulmon kishining Allohga, Uning Rasuliga va mo‘min-musulmonlarga bo‘lgan
muhabbati ziyoda bo‘ladi. Dunyoning hamma taraflaridagi din qardoshlariga nisbatan do‘stlik
tuyg‘ulari uyg‘onib, mustahkamlanadi.

Har yili haj va umra qilish uchun safarga chiqadigan minglab musul-monlarimiz o‘zlariga

kerakli kiyim, taom, mablag‘ va boshqa narsalar bilan birga ibodatlarining maqbul bo‘lishi
uchun o‘ta zarur bo‘lgan risola, qo‘llanmalardan olishsa, maqbul ish bo‘lur edi. Shunday
qilishsa, haj ibodatiga kirishar ekanlar, uni qay tartibda ado qilishda, qaysi o‘rinda nima qilish
kerakligini anglashda, haj va umraning farz, vojib, sunnatlarini ajratishda, qayerda qanday
duo va zikrlarni o‘qishda qiynalib qolishmaydi.

Shu bois, har bir musulmon imkoniyati bo‘lsa, haj va umra ibodatlarini ixlos bilan ado

etishi, Allohning roziligini istab, ularni bajarishda shariatga rioya qilishi lozim. Ushbu
ibodatlarning ma’naviy va ruhiy foydalari inson hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning Allohga
bo‘lgan muhabbatini va bandalik mas’uliyatini oshiradi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, haj va umra ibodatlari islom shariatining muhim

ruknlaridan bo‘lib, ularni to‘g‘ri va mukammal bajarish uchun shariat ilmlariga tayanish zarur.
Islom olamida yuzaga kelayotgan turli dolzarb masalalar va zamonaviy sharoitlar haj va umra
ibodatlariga doir fatvolarning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Shu bois, bu ibodatlarga doir
zamonaviy fatvolarni o‘rganish va ularni tadqiq qilishning metodologik asoslarini ishlab
chiqish bugungi kunda dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.

Zamonaviy fatvolarni o‘rganish jarayonida fiqhiy asoslar, fatvo berish usullari, turli

mazhablarning yondashuvlari va yangi sharoitlar bilan bog‘liq muammolar e’tiborga olinadi.


background image

91

Haj va umra ibodatlariga oid zamonaviy fatvolarni o‘rganish jarayonida Qur’oni Karim,
Hadislar, ijmo‘ va qiyos kabi asosiy fiqhiy dalillar ko‘rib chiqiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda,
shariat olimlari tomonidan ishlab chiqilgan fatvo berish usullari, zamon va makon omili va
istihson kabi metodlar asosida tahlil yuritiladi.

Islom huquqshunosligida turli fiqhiy mazhablar mavjud bo‘lib, har bir mazhabning haj

va umra bilan bog‘liq masalalarga yondashuvi farqlanishi mumkin. Zamonaviy fatvolarni
o‘rganish jarayonida Hanafiy, Shofe’iy, Molikiy va Hanbaliy mazhablarining qarashlari,
shuningdek, zamonaviy Islom huquqshunoslarining ijtihodiy qarorlari tahlil qilinadi.

haj va umra ibodatlariga oid zamonaviy fatvolarni o‘rganishning metodologik asoslari

keng qamrovli va chuqur ilmiy tadqiqotni talab qiladi. Bu boradagi tadqiqotlar Qur’oni Karim,
Hadis, ijmo‘ va qiyos kabi asosiy dalillarga tayanishi bilan birga, zamonaviy texnologiyalar,
yangi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, ekologik omillar va xalqaro fatvo berish tamoyillari ham
inobatga olinishi zarur.

Kelajakda haj va umra ibodatlari bo‘yicha fatvolarni yanada rivojlantirish, ularni

zamonaviy sharoitga moslashtirish va yangi ilmiy yondashuvlarni qo‘llash islom
huquqshunosligining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Bu esa musulmonlarning
ibodatlarini to‘g‘ri bajarishlari, shariat me’yorlariga rioya qilishlari hamda zamonaviy
dunyoda shariatga mos hayot kechirishlariga katta hissa qo‘shadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar. – T.: Hilol-

nashr, 2022.
2.

Абдуллатиф Аллоқулов. «Ҳаж ва умра дуолари». –Toshkent: «Hilol Nashr» нашриёти.

2023.
3.

Rahimbergan Sapayev. Haj va umra ibodatining fazilatlari, tartiblari, savoblari, odoblari. –

Toshkent: Matbaachi nashriyoti. 2022.
4.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mo‘minning umra safari. – Toshkent: «Hilol-

Nashr» нашриёт-матбааси. 2024.

Библиографические ссылки

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar. – T.: Hilol-nashr, 2022.

Абдуллатиф Аллоқулов. «Ҳаж ва умра дуолари». –Toshkent: «Hilol Nashr» нашриёти. 2023.

Rahimbergan Sapayev. Haj va umra ibodatining fazilatlari, tartiblari, savoblari, odoblari. – Toshkent: Matbaachi nashriyoti. 2022.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mo‘minning umra safari. – Toshkent: «Hilol-Nashr» нашриёт-матбааси. 2024.