106
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI HUZURIDAGI FATVO
MARKAZINING OILA MASALALARINI TARTIBGA SOLUVCHI FATVOLAR
TAHLILI
Fayzullayeva Muyassar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Mirodil Xaydarov
Ilmiy rahbar Islomshunoslik fanlari
bo‘yicha falsafa doktori dotsent (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15201025
Annotatsiya:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi fatvo markazi faoliyatini
o‘rganish va mustaqillik yillarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi faoliyati va
rivojlanish tendensiyalari Fatvo markazi tomonidan chiqarilayotgan oila masalasiga doir
fatvolar har bir oilalarni tinchligiga kata hissa qo‘shmoqda. Oila har bir jamiyat va davlatning
ajralmas qismi hisoblanadi.Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta,
mustahkam, farovon bo‘ladi.Islom dinimizda hossatan muqaddas Qur’oni Karim va hadisi
nabaviylarda ham uning muqaddas ekanligi ta’kidlangan. Shu sababdan uning tinch va
osoyishta ekanligi avvalo kelajak avlod farzandlarimizning istiqbollari uchun muhim
hisoblanadi.
Kalit so‘zlar.
Islom, fatvo, idora, oila, taloq, ajrim, er-xotin, sunnat,Qur’on Karim,
farovon, kelajak, farzand, tinch, osoyishta, din, halol, pok, nikoh, xulq, tarbiya, er, xotin, kafoat,
tenglik, ilm, Buxoriy,Farobiy, Xorazmiy, iymon, juft, millat, nasab, zurriyot, muqaddas, rahbar,
kafoat, tenglik.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni
paytda bu erda 20 ga yaqin ulamo xizmat qiladi, Markaz xodimlari mo‘min-musulmon
xalqimiz diniy ehtiyojini ta’minlash maqsadida bugungi kundagi muhim mavzular yuzasidan
fatvolar ishlab chiqish, fuqarolarni bevosita qabul qilish va Koll-markazda telefon orqali kelib
tushgan savollarga javob berish, OAVlarida chiqishlar qilish kabi vazifalar bilan
shug‘illanishadi. Tashrif davomida talabalar Fatvo markazining zamonaviy Koll-markazi
mutaxassislari tomonidan bu erda har kuni o‘rtacha 200-250 ta, 1 oyda esa 6-8 ming ta
savolga javob berilishi, Ramazon va Qurbon hayiti kunlari bu miqdor keskin oshib ketishi bois
24/7 uzluksiz qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish tartibiga o‘tilishi haqida so‘zlab berildi
1
.
Bo‘lim xodimlari mo‘min-musulmonlar hayotiga, toat-ibodatlariga doir dolzarb
masalalar yechimini topish, shar’iy fatvolar chiqarish bilan shug‘ullanadi. Musulmonlarning
ibodatlar va diniy ahkomlar, nikoh, taloq, bay’, halol va harom kabi masalalar yuzasidan qilgan
murojaatlarini atroflicha o‘rganib, tegishli fatvolar beradi. Bo‘limning keyingi yillarda
chiqargan bir talay fatvolari ibodatlarni shar’iy tartibga solish, turli bid'at va isroflarga chek
qo‘yish, ixtiloflar va orinsiz bahs-munozaralariga barham berishga qaratildi. Bulardan “Shariy
nikohdan o‘tish odoblari”, “Musibat yetgan xonadonlarga ta’ziya bildirish va ba’zi marosimlar
odobi”, “Talogga oid ayrim masalalar haqida”, “Muborak haj ibodatini ado etish bilan boglig
masalalar to‘g‘risida” kabi fatvolar musulmonlar hayotida sezilarli vogea bo‘ldi. Ayniqsa,
islomiy aqidamiz sofligini saqlash, turli ixtiloflarga barham berish maqsadida chiqarilgan “Din
1
Shayx Abdulaziz Mansur “ O‘zbekiston musulmonlari idorasi” T: Movarounahr nashriyoti, 2014 B - 21
107
niqobi ostidagi dinbuzarlar”, “Juma namozi va ehtiyoti peshin haqida”, “Tasavvuf pirlariga qo‘l
berishdagi ba’zi noto‘g‘ri aqidalar”, “Tasavvuf haqida” kabi fatvolar musulmonlar birligini,
jamiyat osoyishtaligini ta’minlashda juda foydali bo‘ldi.
Bo‘lim juma mav’izalari uchun dolzarb mavzularda tezislar tayyorlab, respublika
masjidlariga yetkazib beradi. Ushbu tezislar to‘planib, har yili alohida kitob holida chop
ettiriladi. Ushbu bo‘limga turli yillarda Salohiddin Muhiddinov, Fozil qori Sobirov, Abdulaziz
Mansur, Kimsanboy Abdurahmonov,
Mustafoqul Qorayev, Abdug‘ani Ismoilov, Abdulhamid Tursunov rahbar bo‘lishgan.
Hozir bo‘limni Homidjon Ishmatbekov boshqaryapti
2
.
Oila islom dinida muqaddas maskan, bu maskan esa asosiy talim va tarbiya makonidir.
Alloh taolo Islomda Qur’oni Karim orqali bandalarining hayotini nizomga, tartibga solib
qo‘ygan. Buning yo‘l-yo‘rig’ini ko‘rsatish uchun muallim qilib Payg’ambar alahissalomni
yuborgan. Islomda oila ibodat darajasiga ko‘tarilgan. Oiladagi otaning bolalarga o‘zi na’muna
bo‘lib ko‘rsatib berayotgan ibrati, ona esa ularning ta’lim va tarbiyalari uchun eng muhim
hisoblanuvchi shaxsdir, doda-buvilarning o‘gitlari esa milliy qadriyatimizga bo‘lgan
munosabat, halollik, mehr va oqibat avloddan avlodga o‘tib keladi.Oilaning tinchligi,
farovonligi sog’lom muhit va boshqa barcha milliy qadriyatlarimiz negizida yuzaga kelgan
jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo‘ladi. Sababi bunday oilalarda dunyo qarashi
keng, manaviy barkamol inson voyaga yetadi. Er xotinning madaniyatli bo‘lishini va
farzandlarni yaxshi tarbiya qilishini talab qilishga haqlidir.Ayol kishi ham o‘ziga mos ilmlarni
o‘rganish huquqiga ega. Ayol kishi farzandlarini go‘zal tarbiya qilishi uchun o‘zida ham ilm
bo‘lishi kerak, shunday oqila ayollarning farzandlari biz o‘ylagandek Imom Buxori, Farobiy,
Xorazmiy, Temuriy kabi ulug’ inson bo‘lishlari mumkin. Qachonki mo‘min-musulmon banda
Allohning shariatida ko‘rsatgan odoblari, qoidalari va hadlariga amal qilsa, shunda oila
mustahkam bo‘ladi.
2012 yilga “Mustahkam oila yili” deb nom berilishi inson , oila va jamiyat ravnaqi yo‘lida
qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Oilaning tayanch nuqta ekani konstitutsiyada belgilangan:
“Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga
ega “. (14-bob,63-modda).
3
Dunyoda jamiki mavjudot borki, Alloh taolo ularning barchasini juft qilib yaratgan.
Insoniyat olami, hayvonot olami, nabotot olamidan tortib boshqa barcha jonli va jonsiz
narsalarning har biri juft qilib yaratganligi bugungi kunda ilmiy isbotini tokan haqiqatdir.
Qur’oni Karimda ham bunga dalil sifatida oyatlar bor :
َنوُرَّكَذَت ْمُكَّلَعَل ِنْيَج ْو َز اَنْقَلَخ ٍءْيَش ِ لُك نِمَو
“Va Biz har bir narsani juft yaratdik. Shoyad, eslasangizlar” (Zariyat surasi, 49-oyat),
oyati bilan barcha narsalarning jufti borligi ta’kidlangan.
4
Rum” surasining 21-oyatida shunday bayon qilinadi:
َنوُرَّكَفَتَي ٍم ْوَق ِ ل ٍتاَي َلَ َكِل ََٰذ يِف َّنِإ ًةَمْحَرَو ًةَّدَوَّم مُكَنْيَب َل َعَجَو اَهْيَلِإ اوُنُكْسَتِ ل اًجاَو ْزَأ ْمُكِسُفنَأ ْنِ م مُكَل َقَلَخ ْنَأ ِهِتاَيآ ْنِم ََ
“Uning oyatlaridan (yana biri) sizlar taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar
yaratgani va o‘rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur
qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir”.
2
Shayx Abdulaziz Mansur “ O‘zbekiston musulmonlari idorasi” T: Movarounahr nashriyoti, 2014 B - 29
3
Oila yoki oila boshqarish tartiblari / A. Fitrat; tarjimon va izohlar muallifi Sh. Vohidov; mas'ul maharrir H. Boltaboyev.
— Toshkent: Cho'lpon nomidagi NMIU, 2013 — B – 7 .
4
Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –T.: Toshkent islom universiteti, 2004.
108
Abdurauf Fitrat shunday deydi: “Har bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki
intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi,
mamlakat va millat ham shuncha kuchli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va
johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa
shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”
5
Ibn Obidin yozadilar: “Dunyoda ham, oxiratda ham inson bilan davom etadigan ikkita
robita bor. Birinchisi - inson qalbidagi iymoni. Iymon salomat bo‘lsa, bu dunyoda ham
jannatda ham birga bo‘ladi. Ikkinchisi – o‘zining halol-pok oilasi. Bandaning bu dunyodagi
halol-pok oilaviy hayoti jannatlarda ham davom etadi. Qolgan barcha narsasi joy-joyida
qoladi”.
Imom Shofeiydan boshqa barcha ulamolarimiz nikohni ibodat deganlar. Ular Alloh va
Payg’ambar alayhissalom amr qilgan ish ibodat bo‘ladi, nikoh ayni shunday ishlardandir
deyishadi.
Nikoh tufayli oila, deb atalgan muhtasham oshyon quriladi. Undan er-xotin, ulardan
paydo bo‘lgan o‘g’il-qizlar birga, bir vatanda yashaydilar. Ular orasidagi qarimdoshlik
aloqalari alohida mano va mustahkamlik kasb etadi. Shundoq yo‘l bilan oila nomli kichik bir
jamiyat paydo bo‘ladi. Nikoh oila qurishning bundan boshqa foydalari ham juda ko‘p. Shunday
ekan Islomda nikoh qattiq targ’ib qilinadi.
“Kafoat” – tenglik barobarlik degan ma’noni anglatadi. Islom huquqida esa
nikohlanayotgan tomonlarning, to‘g’rirog’i erning ayolga teng yoki mos bo‘ lishiga aytiladi.
Nikohda tenglik quyidagi olti narsada namoyon bo‘ladi: nasl-nasab, din, ozodlik, boylik, hunar
va dindorlik. Bu shartlar nisbiydir. Shuningdek, u asosan erda bo‘lishi lozim bo‘lgan
shartlardir. Chunki u yerda ko‘rsatilgan shartlar itimoiy tabaQalanish yoki boshqa mezonlar
asosida kelib chiqadigan shartlar bo‘lib, jamiyatning o‘zi ushbu mezonlarni belgilab beradi.
Nikohda nasabdagi kafoat e’tiborga olinadi. Qurayshliklarning ba’zilari ba’zilariga
tengdirlar. Arablaring ba’zilari ba’zilariga tengdirlar. Ajamlarda Islom e’tibor qilinadi. Ota-
onasi islomda bo‘lgan ota-onasi islomdagiga tengdir. Otasi islomda bo‘lgan ota-onasi unda
bo‘lganga emas. O‘zi musulmon bo‘lgan otasi ham musulmonga teng emas. Hurlik ham xuddi
Islomga o‘xshaydi. Diyonatliligiga qarab ham bo‘ladi. Fosiq solih kishining qiziga teng bo‘la
olmaydi. Molu mulkiga qarab ham bo ‘ladi. Aslida, tenglik dinga qarab bo‘ladi.
Musulmonlarning barchasi bir-birlariga tengdirlar. Folima binti Qays (r.a) Quraysh
qabilasidan bo‘lsa ham Usoma ibn Zaydga - asli qul bo‘lgan kishiga tekkanlar. Bu ish
Rasululloh (sav) ning maslahatlari bilan bo‘lgan bilan bo‘lgan. Abdurohman ibn Avf (r.a)ning
singillari bint ibn Raboh (r.a) bilan turmush qurganlar. Ammo jumhuri ulamolar nikohdagi
kafoat - (tenglika dindan boshqa, nikoh ayblaridan salomat bo‘lish, hurriyat, nasab va o‘xshash
narsalarni ham qo‘shadilar. Chunki, odatda ushbu omillarga e’tibor bermaslik ko‘ pgina
oilalarning buzilishiga sabab bo‘ ladi. Lekin taraflar rozi bo‘lsa, nikoh joiz bo 'laveradi.
6
Musulmonlarda jufti halol tanlashda uning soliha, dindor, yaxshi xulqli bo‘lishi asosiy
mezon sanaladi. Abu Hurayra (r.a) dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (s.a.v.): “Ayol to‘rt
narsasi: moli, naslu nasabi, jamoli va dini uchun nikohlanadi. Bas, sen dindorini tanla, omon
bo‘lgur ”, deganlar (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyati).
5
Oila yoki oila boshqarish tartiblari / A. Fitrat; tarjimon va izohlar muallifi Sh. Vohidov; mas'ul maharrir H. Boltaboyev.
— Toshkent: Cho'lpon nomidagi NMIU, 2013 — .B – 51
6
Burxonuddin Margʻinoniy. Hidoya, I-jild, Nikoh kitobi: –T.: Adolat, 2002 B – 215
109
Fatvo - Islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy va ijtimoiy masalalar
hukmini bayon qilishdir. Islomning dastlabki davrida Payg‘ambarimiz s.a.v sahobalar, ayniqsa,
dastlabki to‘rt xalifa (choryorlar) ning turli diniy masalalar yuzasidan bergan bayonlari,
shuningdek, ularning fiqhga doir chiqargan hukmlari fatvo deb aytilgan. Fatvo halol va xarom,
savob va gunoh kabi masalalar bilan bog‘lik bo‘lgani sababli uning masuliyati va javobgarligi
juda kattadir. Islomda fatvo masalasi o‘ta masuliyatli va ahamiyatga molik ish hisoblanadi.
Zotan fatvo ishiga Alloh taloning o‘zi mutasaddi bo‘lgan.
O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi huzuridagi Fatvo berish markazi shu mavzuga oid
fatvosi: ONLAYN TARZDA SHAR’IY NIKOH O‘QISH JOIZMI?
Zamonamizning taniqli ulamolari va nufuzli fatvo uyushmalari ushbu masalani
atroflicha o‘rganib chiqib, unga shar’iy asoslarga tayanib javob berganlar. Jumladan, Iroq fatvo
va da’vat ishlari bo‘yicha ulamolar Kengashi hamda Alloma Vahba Zuhayliy, Mustafo Zarqo
kabi bir qator ulamolar onlayn tarzda o‘qilgan nikoh o‘qitish aldov va shariatni oyoq osti
qilish xavfi bo‘lmagan taqdirda shar’an joiz hisoblanadi, deganlar (Manba: “Majallatu al-fiqhil
Islamiy”2-juz, 867-888 betlar).
Shuningdek, Islom Fiqhi akademiyasi Ulamolar Kengashi, Saudiya arabistoni Podshohligi
doimiy Fatvo qo‘mitasi, Pokistonning “Dorul ulum” Islom universiteti Ulamolar Kengashi
hamda Alloma Muhammad Yusuf Bannuriy, Muhammad Taqiy Usmoniy kabi ko‘plab
zamonamiz ulamolari onlayn tarzda o‘qilgan nikoh ma’lum shar’iy shartlar topilmaganligi
sababli joizmas, deya fatvo e’lon qilganlar (Manbalar: “Islom fiqhi akademiyasining birinchi
davra Qarorlari to‘plami”ning 10-beti, “Fatavoyi dorul ulum” 3-juz, 558-559 betlari, “Fatvoyi
Usmoniy” 2-juz, 204-bet).
Shuni ham ta’kidlash kerakki, hanafiy mazhabi ulamolari qadimdan iyjob va qabulning
ham bir nechta shartlari mavjudligini, shulardan biri u bitta makonda sodir bo‘lishi lozimligini
ta’kidlashgan. Alloma Alouddin Kosoniy rahimahulloh ushbu shart haqida jumladan shunday
deganlar:
سلجم يف لوبقلاو باجيلإا نوكي نأ وهو نيرضاح نادقاعلا ناك اذإ سلجملا داحتا وهف دقعلا ناكم ىلإ عجري يذلا امأو
،حاكنلا دقعني لا سلجملا فلتخا ول ىتح دحاو
ya’ni: “Nikoh aqdining o‘rniga tegishli bo‘lgan shartiga kelsak, u ikki nikohlanuvchi
(ya’ni, kilin-kuyov)ning bir majlisda hozir bo‘lishidir. Iyjob (ya’ni, taklif) va qabul bir majlisda
bo‘lishi lozim. Agar majlis boshqa-boshqa bo‘lsa nikoh bog‘lanmaydi” (“Badoi’us-sanoi’”
kitobi).
Alloma Haskafiy rahimahulloh ham bu masalada shunday degan:
نيرضاح ول سلجملا داحتا :لوبقلاو باجيلإا طئارش نمو
ya’ni: “Iyjob va qabulning shartlaridan yana biri ikki nikohlanuvchi bir majlisda ishtirok
etib, makonning bir bo‘lishidir” (“Durrul muxtor” kitobi).
Alloma Ibn Obidiyn ushbu masalani Bahr kitobidan naql qilib, quyidagicha izohlaydilar:
نايشمي امهو ادقع ولو ... ؛باجيلإا لطب رخآ لمعب لغتشا وأ رخلَا ماقف امهدحأ بجوأ ولف ،دقعني مل سلجملا فلتخا ولف
دحاو ناكم مكح يف ةنيفسلا نلأ ؛يأ .ـها .زاج ةرئاس ةنيفس ىلع ناك نإو ،زوجي لا ةبادلا ىلع ناريسي وأ
ya’ni “Nikohda majlis boshqa-boshqa bo‘lsa nikoh aqdi bog‘lanmaydi. Agar
nikohlanuvchilardan biri iyjob qilsa ikkinchisi o‘rnidan turib ketsa yoki boshqa ish bilan
mashg‘ul bo‘lib ketsa iyjob botil bo‘ladi... Agar yurib ketayotgan hollarida yoki ulovda
ketayotgan hollarida nikoh o‘qilsa ham joiz bo‘lmaydi. Agar bir kemada ketishayotgan bo‘lsa
bunda joiz bo‘ladi. Chunki kema bir makon hukmida bo‘ladi” (“Raddul muhtor” kitobi).
110
Ushbu fiqhiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, shar’iy nikoh aqdi paytida
nikohlanuvchilar va guvohlar bir majlisda bo‘lishi zarur. Bu bilan telefon, internet yoxud
boshqa zamonaviy aloqa vositalari orqali nikoh shar’an joiz bo‘lmasligi borasidagi
ulamolarning fatvolari dalil jihatdan ustun ekanini ko‘rsatadi. Qolaversa, hozirgi kunda
nikohdan turli aldov yo‘llarida foydalanish holatlari kuzatilmasligiga hech kim kafolat bera
olmaydi.
XULOSA
Har qanday jamiyatda ham oila ijtimoiy taraqqiyot manbai va axloqiy tarbiya o‘chog’i
bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat ulug’lari oilani nafaqat jamiyat, balki davlatchilik
asoslarining qurilishida ham ilk maktab deb bilganlar. Milliy taraqqiyotga yuz tutgan mustaqil
yurtimizda komil insonni tarbiyalash va huquqiy davlatchilik asoslariga poydevor qurisdir.
Har bir inson oila muhitida kamolga yetar ekan, oilaning barqarorligi, mustahkamligi va
farovonligi jamiyat taraqqiyotining eng asosiy shartlaridandir.
Muqaddas islom ta’limotida oila mustahkamligi borasida ko‘rsatmalar kelgan. Qur’oni
Karimning bir qancha oyatlarida oila va uning ahamiyati haqida marhamatlar bor. Islom
dinida oilga katta e’tibor berilib, uni qanday tashkil qilish, oila a’zolarining huquqlari
farzandlar tarbiyasi uning a’zolari o‘rtasida chiqadigan kelishmovchiliklarni muolaja qilish,
umuman, oilaviy hayotning barcha masalalariga javob toppish mumkin. Shu sababdan oila
mustahkamligi yurt tinchligi demakdir. Farzandlarning kamolga yetishida ota-onaning roli
katta. Oila sababli insonlarda mehr-muhabbat uyg’onadi , bir-birlariga nisbatan oqibatli
bo‘lishadi. Islom dinida ham eng muqaddas dargoh oila ekanligi aytiladi. Qur’oni Karimning
bir qancha oyatlarida oila haqida aytiladi. Qur’oni Karimda oila masalasini yoritilishi
payg’ambarlar nabiylarningmisollari orqali ham ko‘rishimiz mumkin, shu bila birga oila
to‘g’risida uni qanday tadbir qilish va boshqa ko‘pgina masalalarda hadislar kelgan, bu ikki
muqaddas manbalarda oila butun insoniyatning borligi butunligi tavsiflanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. –T.: Maʼnaviyat, 2000.
2.
Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –T.: Toshkent islom universiteti, 2004.
3.
Burxonuddin Margʻinoniy. Hidoya, I-jild, Nikoh kitobi: –T.: Adolat, 2002.
4.
Islom odoblari ensiklopediyasi. –T.: Hilol-Nashr, 2019.
5.
https://hidoyat.uz/49437
6.
Oybek Neʼmatulloh, Ilhomjon Murod Ali. “Islomda oila” muammo va yechimlar. –T.:
Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2019.
7.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar. – Toshkent: Hilol-
nashr, 2022.
8.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul-fiqh. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2011.
9.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Baxtiyor oila” – Toshkent: Hilol-nashr, 2022.
10.
Xaydarov M. Zamonaviy fiqhiy masalalar/ o‘quv qo‘lanma. – Toshkent: Tafakkur
nashriyoti, 2024.
11.
12.
https://islamqa.info/ar/answers/105531.
https://www.springermedizin.de/analytical-review-of-contemporary-fatwas-in-
resolving-biomedical/15711720
14.
