AVTOTRANSPORT VOSITALARINI O‘G‘IRLASH VA OLIB QOCHISH JINOYATLARINING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI

Abstract

Maqolada transport vositasini o‘g‘irlash va olib qochish jinoyatining tushunchalari, jinoiy-huquqiy tasiflari, bu turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik, jinoyat qonunchiligidagi ayrim muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha olimlarning fikrlari ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan bu turdagi jinoyat uchun qonunchilikda belgilangan normadagi ayrim kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
51-59
12

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Jabborov , Z. ., & Yuldoshev , A. . (2025). AVTOTRANSPORT VOSITALARINI O‘G‘IRLASH VA OLIB QOCHISH JINOYATLARINING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI. Social Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(14), 51–59. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/104067
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada transport vositasini o‘g‘irlash va olib qochish jinoyatining tushunchalari, jinoiy-huquqiy tasiflari, bu turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik, jinoyat qonunchiligidagi ayrim muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha olimlarning fikrlari ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan bu turdagi jinoyat uchun qonunchilikda belgilangan normadagi ayrim kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.


background image

51

AVTOTRANSPORT VOSITALARINI O‘G‘IRLASH VA OLIB QOCHISH

JINOYATLARINING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI

Jabborov Zokirjon Qodirjanovich

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi professor

vazifasini bajaruvchi yuridik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.

Yuldoshev Azizbek Shavkat o’g’li

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 324-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15624998

Annotatsiya.

Maqolada transport vositasini o‘g‘irlash va olib qochish jinoyatining

tushunchalari, jinoiy-huquqiy tasiflari, bu turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik,
jinoyat qonunchiligidagi ayrim muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha olimlarning fikrlari
ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mualliflar tomonidan bu turdagi jinoyat uchun
qonunchilikda belgilangan normadagi ayrim kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar
berilgan.

Kalit so‘zlar

Avtomobil, transport vositasi, maxsus avtotransport, o‘zgalar mulki, jinoyat, olib qochish,

o‘g‘irlik, talonchilik, bosqinchilik, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish, jinoyat obyekti, jinoyat
subyekti, xavfsizlik, egalik qilish, aldash, yo‘l harakati, tezkor-qidiruv tadbirlari, ma’lumot,
jinoiy javobgarlik, ichki ishlar organlari bo‘linmalari.

Avtomobil hozirgi kunda aloqani amalga oshirish hamda yuk va odam tashishning

samarali vositasi hisoblanadi. Bu bilan avtotransport aholining turmush darajasi va
farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Dunyoda birinchi o‘g‘irlangan mashina “Peugeot”
mashinasi ekanligi hamma ma’lum haqiqatdir. Biroq, birinchi avtomobilni o‘g‘irlash
holatlarining bir nechta tusmollari mavjud, ular bir-biriga ziddir. Asosiy tusmolga ko‘ra,
“Peugeot” egasi Julian Beronning shaxsiy mexanigi tomonidan o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin
degan tusmol ilgari surilgan. Olib borilgan qidiruvlar davomida mashina tezda topilgan, chunki
o‘sha paytda butun Parij avtoparki eng ko‘pi bilan o‘nta mashinadan iborat bo‘lgan

1

.

Hozirgi kunda avtotransport vositalari ko‘payishi bilan ularning, shuningdek ulardagi

tegishli qismlarining o‘g‘irlanishi va olib qochilishi borgan sari keng tarqalmoqda

2

.

Avtotransport vositalarini o‘g‘irlash va olib qochish katta shaharlarga xos jinoyat turidir.

Bunga shaharlarda avtomobillar va transport vositalarining jadal rivojlanib borish jarayoni,
odamlar hayotida avtomobillar ahamiyatining ortib borishi, ushbu katta qiymatga ega mulkka
jinoiy qiziqishning yuqoriligi sharoit yaratmoqda. Avtotransport vositalarining turli
tajovuzlardan himoyalanmaganligi ayrim hollarda olib qochish uchun urinishni keltirib
chiqarishi mumkin

3

.

O‘zbekiston Respublikasida transport harakatining huquqiy va tashkiliy asoslari, harakat

1

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув

юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари.
Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.

2

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув

юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари.
Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.

3

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала

қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.


background image

52

tartibi va xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi; “Avtomobil transporti
to‘g‘risida”gi 1998-yil 29-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;“Temir yo‘l transporti

to‘g‘risida”gi 1999-yil 15-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; “Yo‘l harakati

xavfsizligi

to‘g‘risida”gi

2013-yil 10-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi VMQ-370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l
harakati qoidalari” va boshqa normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Tadqiqotlar davomida o‘tkazilgan o‘rganishlarning natijasiga ko‘ra, avtomobil yoki

boshqa transport vositasini qonunga xilof ravishda olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlarning
hozirgi kun holati va dinamikasi bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud
jinoiy-huquqiy choralar yetarli emas degan xulosa kelish mumkin.

Ko‘plab taniqli olimlar jinoyat qonunchiligini tartibga solishdagi mavjud bo‘shliqlarni va

avtomobilni yoki boshqa transport vositalarini noqonuniy olib qochish jinoyatini
kvalifikatsiyasini, shuningdek, uni tegishli jinoyatlardan farqlash va olib qochishning indvidual
belgilarini huquqiy baholash masalalarini o‘z ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘rib chiqqanlar, misol
uchun:

D.N.Zaripov,

A.V.Arendarenko, V.S.Chukanov, L.R.Avetisyan, K.P.Ansiferov, A.A.Bogdanov, A.V.Kozun,
V.V.Ivanova, G.N.Borzenkov, G.V.Ishchuk bu turdagi jinoyatlarni sodir etish sabab va
sharoitlarini, jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish borish borasidagi muammolarni ko‘rib
chiqishgan.

Shu bilan birga, ushbu va boshqa ko‘plab mualliflarning ilmiy ishlarida o‘g‘rilikka qarshi

kurash bo‘yicha jinoyat siyosatining umumiy yo‘nalishlari tahlil qilinganiga qaramay, jinoiy-
huquqiy tartibga solish va avtomobil yoki boshqa transport vositasiga qonunga xilof ravishda
egalik qilish jinoyati kvalifikatsiyasining ko‘plab muammolari o‘rganilmagan

4

.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi transport

vositalarini olib qochish jinoyatiga qarshi kurashni ko‘zda tutuvchi eng asosiy huquqiy
manbalardan biridir. Chunki, aynan ushbu qonunda transport vositalarini olib qochish jinoyati
jinoyat sifatida e’tirof etilib qonun chiqaruvchi tomonidan alohida modda bilan belgilangan. O‘z
navbatida Jinoyat kodeksi nafaqat transport vositalarini olib qochish jinoyatiga, balki boshqa
barcha turdagi jinoyatlarga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining asosiy vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini,
jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy
tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Respublika
Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Avtomobil yoki boshqa transport vositalariga noqonuniy egalik qilish o‘g‘irlik sodir etish

maqsadida avtomobilni olib qochish jinoyati o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlar
turkumiga kiradi. Ushbu jinoyatning obyekti o‘zgalar mulki hisoblanadi.

Qonunda transport vositasini olib qochish jinoyati “Transport harakati va undan

foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” turkumiga kiradi. Bu o‘g‘irlik qilish maqsadini
ko‘zlamagan holda transport vositasini qonunga xilof ravishda egallab olishdir. Agar
avtotransport vositasini egallab olishdan ko‘zlangan maqsad uni o‘g‘irlash bo‘lsa, bunday

4

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган шахсларни

аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли
Республика илмий-амалий конференцияси.


background image

53

jinoyat o‘g‘rilik deb ta’riflanadi.

Transport vositalari tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil transporti

to‘g‘risida qonunida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda berilgan.

avtomobil transporti

tarkibiga yuridik va jismoniy shaxslar kiruvchi, iqtisodiyot va

aholining yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni, shu jumladan pochtani avtomobilda tashishga bo‘lgan
ehtiyojlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish-texnologiya majmui;

avtotransport vositalari

yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni

bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar.

Avtotransport vositalari yo‘lovchilar avtotransporti, yuk avtotransporti va maxsus

avtotransport vositalariga bo‘linadi.

Yo‘lovchilar avtotransporti vositalari jumlasiga avtobuslar, mikroavtobuslar, yengil

avtomobillar, yo‘lovchilar tashiladigan tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi. Yuk
avtotransporti vositalari jumlasiga yuk avtomobillari, shatakchi avtomobillar, tirkamalar va
yarim tirkamalar kiradi.

Konstruktiv jihatlariga hamda qay maqsadlarda foydalanilishiga ko‘ra yuk avtotransporti

vositalari umumiy va maxsus transport vositalariga bo‘linadi.

N.Xasanova transport vositalariga quyidagicha ya’ni “Transport vositalariga, jumladan,

temir yo‘l, suv va havo transporti, avtomobil transporti, shuningdek, mototsikl, moped,
velosiped, ot-ulov va shu kabilarni kiritish mumkin. Maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan
transport vositalari jumlasiga yo‘l yotqizish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni
bajarish uchun ixtisoslashtirilgan mashinalar (ekskavatorlar, greyderlar, avtokranlar,
skreperlar, avtoyuklagichlar) kiradi” deb ta’rif bergan. Jumladan, maxsus avtotransport
vositalari jumlasiga turli maxsus ishlarni, ko‘proq notransport ishlarini bajarishga
mo‘ljallangan avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar (o‘t o‘chirish avtomobillari,
kompressor qurilmali avtomobillar, avtokranlar, supurish-sidirish hamda chiqindi tashish
avtomobillari va hokazolar) kiradi.

Yuridik adabiyotlarda transport vositalari deganda yengil va yuk avtomashinalarning

barcha turi, avtobuslar, maxsus mashinalar, traktorlar, trolleybuslar, tramvaylar, dvigatelining
ish hajmi 50 sm

3

dan kam bo‘lmagan mototsikl va motorollerlar, yo‘l qurilishi, qishloq xo‘jaligi

uchun mo‘ljallangan o‘ziyurar mashinalar (ekskavator, buldozer, avtopogruzchik, greyder,
avtokran va boshqalar) tushuniladi deb ko‘rsatib o‘tilgan.

Ma’lumki, transport vositalarini o‘g‘irlash va olib qochish g‘arazli jinoyatlar turkumiga

kiradi. Ularning obyekti fuqarolarning shaxsiy mulkchilik munosabati, jinoiy tajovuzning
predmeti esa shaxsiy yoki davlat mulkining muhim va qimmatli ashyolaridan biri –
avtotransport vositasi hisoblanadi

5

.

Avtotransport vositasini o‘zboshimchalik bilan olib qochishda huquqbuzar shaxs harakat

xavfsizligiga tajovuz qiladi.

Ayni vaqtda mulkchilik huquqi buziladi. Agar olib qochish vaqtida aybdorning qasdi,

shuningdek transport vositasidan boshqa jinoyatlar (yuklarni o‘g‘irlash, talonchilik,
bosqinchilik va boshqalar)da foydalanishga qaratilgan bo‘lsa, huquqbuzarning harakatlari

5

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан

фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини
такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.


background image

54

ushbu jinoyatlar majmui bo‘yicha tavsiflanadi.

Ko‘rib chiqilayotgan harakatning obyektiv tomoni transport vositasiga noqonuniy

egalikda ifodalanadi, bu uning egasining irodasi va roziligiga qarshi vaqtincha foydalanishga
o‘tkazilishini anglatadi. Egalik qilish yashirin, aldash yoki ochiq bo‘lishi mumkin. Bundan
tashqari, ochiq egalik avtomobil egasiga qarshi tahdid yoki zo‘ravonlik foydalanish bilan birga
bo‘lishi mumkin

6

.

Mazkur holatni biz quyidagi misolda ko‘rib chiqishimiz mumkin: “X” ismli yo‘lovchi

sifatida taksida harakatlanib, haydovchining bo‘yniga pichoq tirab va uni belgilangan joyga olib
borishni talab qiladi. Misoldan ko‘rinib turibdiki, "X" o‘z harakatlari bilan taksi haydovchisini
mashinasini tasarruf etish imkoniyatidan mahrum qildi va haqiqiy zo‘ravonlik tahdidi ostida
uning irodasiga qarshi uni ko‘rsatgan yo‘nalishda harakat qilishga majbur qiladi, ya’ni u aslida
transport vositasini egallab oldi. Bizning fikrimizcha, bunday holatda "X" harakatlari
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Amaliyotda ayrim hollarda esa bu kabi holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 164-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Ushbu qonunbuzarlikning kvalifikatsiyasi avtomobilni va boshqa transport vositasini

noqonuniy egalik qilishda maqsad o‘g‘irlik qilish bo‘lmaganligi sababli ba’zi qiyinchiliklarni
keltirib chiqaradi. “O‘g‘irlik maqsadini ko‘zlamay” va “o‘g‘rilik maqsadda” o‘rtasidagi
chegaralarni amalda belgilash ba’zi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Haqiqatan ham bu
jinoyatni isbotlash bilan bog‘liq muammolar hozirda mavjud.

Bu turdagi jinoyatni suyekti to‘g‘risida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, transport vositalarini

olib qochish jinoyatiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini tadqiq qilgan olim
L.G.Shaybazyanning fikricha transport vositasini olib qochish jinoyatining subyekti muassasa,
tashkilot, korxonalarga tegishli transport vositalaridan ruxsatsiz foydalanish, unga egalik qilish
va tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 263, 267-moddalarida nazarda tutilgan

jinoyatlarning subyekti o‘n to‘rt yoshga to‘lgan, to‘lgan shaxs hisoblanadi.

Avtomobil yoki boshqa transport vositasini noqonuniy egalik qilish, olib qochish

jinoyatining qonunchilikdagi ta’rifi, ayniqsa sud va tergov amaliyotiga jinoyatning
kvalifikatsiyasini belgilashda ayrim muammolarni yuzaga kelishiga olib keladi, bu esa olib
qochish jinoyatini tugallanganligini aniqlash bilan bog‘liq noaniq yondashuvlarning paydo
bo‘lishiga olib keladi

7

.

Avtotransportni olib qochish uni o‘g‘irlashga qaraganda kamroq sodir etiladi. Ushbu

jinoyatlarga qarshi kurash tajribasining ko‘rsatishicha, ularning nisbati o‘rtacha 1/3ga to‘g‘ri
keladi. Bizning fikrimizcha, o‘g‘rilik va olib qochishlar asosan yakka foydalanuvchilarning
transport vositalariga nisbatan sodir etiladi, chunki ular davlat va jamoatga qarashli hamda
odatda qo‘riqlanadigan avtokorxonalar (avtobus va taksomotor parklari, avtobazalar,
garajlar)da saqlanadigan davlat va jamoat transportiga qaraganda kamroq himoyalangandir.

Transport vositasining ko‘rinishi jinoiy tajovuz obyekti sifatida uning xususiyatlaridan

kelib chiqadi. Bu avtomobil yoki boshqa transport vositasining narxiga va uning mustaqil

6

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в науке.

–2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.

7

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов

ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.


background image

55

ravishda harakat qilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib, jinoyatchiga jinoyat joyidan tezda
yashirinishga imkon beradi.

Transport vositalarini o‘g‘irlash va olib qochishning yil oylari bo‘yicha taqsimlanishi,

ma’lumotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu jinoyatlarning aksariyati aprel oyidan
sentabr oyigacha sodir etiladi. Mazkur holat shu bilan bog‘liqki, jinoyatchilar odatda transport
vositalarini o‘g‘irlash va yashirishga murakkab tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradilar. Bu esa
qulayroq vaziyat bo‘lishini talab qiladi. Vaziyat esa qishda aksariyat yakka
foydalanuvchilarning transport vositalari konservatsiya holatida bo‘lishi, shuningdek ushbu
vositalarni haydab ketish yoki transportirovka qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar sababli
qiyinlashadi.

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, olib qochishlarning aksariyati soat

18:00dan 24:00gacha, o‘g‘riliklar esa kechqurun 18:00dan ertalab 6:00gacha sodir etiladi. Bu
shu bilan bog‘liqki, kechqurun va tunda ayrim ko‘chalar yaxshi yoritilmaydi va bu vaqtda
ko‘chada fuqarolar kam bo‘ladi. Umuman olganda, jinoyatchilarning transport vositalarini
qonunga xilof tarzda egallab olishda foydalaniladigan usullarini uchga bo‘lish mumkin:

- yopiq garajlardan sodir etish, bunda olib qochuvchilar turli buzish qurollaridan,

masalan, qulflarni buzish uchun turli vositalar, signalizatsiyani olib tashlash uchun skanerlar
va shu kabilardan foydalanadilar;

- ochiq ko‘chalarda sodir etish;
- haydovchilar yoki avtomobil egalari bo‘lgani holda, buning ustiga ko‘pincha ularga

nisbatan kuch ishlatib yoki kuch qo‘llash bilan tahdid qilib sodir etish.

O‘g‘riliklar asosan texnik moslamalardan foydalangan holda sodir etiladi, olib qochish esa

ko‘pincha tamballovchi vositalarni buzish uchun maxsus vositalarni qo‘llamagan holda amalga
oshiriladi. Shu bilan birga, amaliyotda transport vositasi saqlanadigan joyga kirish va uni olib
qochish uchun maxsus tayyorlangan qurollardan foydalangan hollar ham ma’lum, bu
avtomobilga o‘rnatilgan signalizatsiyani elektron tarzda buzish, eshiklarni mustaqil ravishda
(kalitsiz) ochish va dvigatelni ishga tushirishga qodir elektron vositalardir.

Masalan, jinoyatchilar standart qulflar hamda olib qochishga qarshi vositalarning

murakkab bo‘lmagan texnologiyalarini yaxshi o‘rganib va o‘zlashtirib, kalitlarni tanlash yoki
yasash, olib qochishga qarshi vositalarni arralash yoki o‘chirish orqali avtomobil saloniga
osonlik bilan kirib oladilar

8

.

Transport vositalarini olib qochish va keyinchalik ulardan boshqa jinoyatlarda

foydalanish maqsadida transport vositalarini niqoblash chog‘ida jinoyatchilar davlat
raqamlarini deyarli yechmaydilar, bu bilan ular keyinchalik jinoyatning fosh etilishini
qiyinlashtiradilar

9

.

O‘g‘irlangan avtomobillarni esa jinoyatchilar keyinchalik sotish maqsadida ehtiyot

qismlariga ajratib tashlashga harakat qiladilar. Jinoiy faoliyatning eng muhim elementlaridan
biri, kriminologik jihatdan, jinoyatchining shaxsi (jinoyat subyekti) hisoblanadi. Bu shu bilan

8

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган тақдирда дастлабки терговни

тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг
Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024. 95-98 б.

9

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан

фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини
такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.


background image

56

bog‘liqki, gumon qilinuvchilarga xos turli shaxsiy xislatlar ularning jinoyat sodir etish usullarini
tanlashlariga jinoyatga qadar, jinoyat vaqtida va undan keyingi xatti-harakatlariga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Ushbu xususiyatlarni bilish qidiruv tadbirlarini o‘tkazish yo‘nalishini to‘g‘ri
tanlashga, tusmollarni ilgari surishga, ayrim tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish taktikasini
belgilashga imkon beradi.

Avtotransport vositalarini o‘g‘irlash va olib qochish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar

o‘zlarining yosh va kasbga xos xususiyatlariga, o‘ziga xos kriminologik belgilariga ega.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, jinoiy tajovuzlarning har beshtadan bittasi guruh

tomonidan sodir etiladi. Ayni vaqtda olib qochishni yolg‘iz jinoyatchilar ham sodir etishi
mumkin. Odatda (22 % hollarda) o‘g‘irlash va olib qochishlar ikki nafar shaxsdan iborat guruh
tomonidan sodir etiladi. Biroq bu ko‘rsatkich haqiqiy ahvolni unchalik aniq aks ettirmaydi. Gap
shundaki, o‘rganilgan ishlarga ko‘ra mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun 68 % hollarda faqat
bitta gumon qilinuvchi javobgarlikka tortilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra guruh tarkibida (jumladan, kattalar ham bo‘lgan) voyaga

yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ulushi avtotransport vositalarini o‘g‘irlash
va olib qochishlar orasida 40 % dan ortiqni tashkil qiladi.

Mazkur jinoyatlar subyektlarining yosh tarkibi asosan 20-35 yosh. Ushbu jinoyatlarni

sodir etishda ko‘pchilikni ishlamaydigan (70 % dan ortiq) shaxslar tashkil qiladi, ilgari
sudlanganlar esa (ikkala toifadagi jinoyatlar bo‘yicha) 28-30%.

Olib qochishni sodir etish uchun qasd ko‘p hollarda alkogol ta’sirida qarovsiz qoldirilgan

transport vositasini ko‘rganda yuzaga keladi. O‘g‘irlash esa ancha puxta o‘ylab tayyorlanadi.
Aksariyat olib qochuvchilar mahalliy aholi yoki qo‘shni tumanlar aholisi bo‘lib, bu joyni yaxshi
biladilar. Buning ustiga 18% hollarda ayblanuvchilar jabrlanuvchilar bilan tanish bo‘lgan yoxud
ular bilan bir shahar-tumanda yashaganlardir

10

.

Tadqiqotlar davomida olingan ma’lumotlar avtomobilni o‘g‘irlash maqsadisiz olib

qochish faqat mulkka qarshi jinoyat sifatida tavsiflaydi. Misol uchun, L.G.Shaybozyan
tadqiqotiga ko‘ra, faqat 12 % hollarda transport vositasini olib qochish yo‘l harakati qoidalarini
buzish bilan bog‘liq edi; o‘g‘irlangan transport vositasini boshqaradigan shaxslarning atigi 16
% haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan; qonuniy transport vositasini boshqarayotgan
shaxslar tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari darajasi, olib qochilgan transport
vositalarida sodir etilgan bunday hodisalarning ulushidan yuqori

11

.

Bularning barchasi, L.G.Shaybozyanning fikriga ko‘ra, o‘g‘irlashning ijtimoiy mohiyati

aynan yo‘l harakati xavfsizligi emas, balki ushbu jinoyatni sodir etishda zarar ko‘radigan mulkiy
munosabatlar va yo‘l harakati xavfsizligi har doim ham zarar yetkazish xavfi ostida emas degan
xulosaga shubha tug‘diradi.

Avtotransport vositalarini o‘g‘irlash va olib qochishning oldini olishga qaratilgan choralar

orasida texnik xususiyatga ega choralar, jumladan texnik himoya vositalari–transport
vositalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishga to‘sqinlik qiluvchi moslamalar o‘rnatilishini
targ‘ib qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday vositalarning samaradorligi ularning xilma-

10

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в

науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.

11

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш

мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В.
6. – Но 1/С. – Б. 267-277.


background image

57

xilligi bilan bog‘liq, ularning ayrimlari avtomobilga kirish uchun yengib bo‘lmas to‘siq yaratadi,
boshqalari dvigatelni ishga tushirishga to‘sqinlik qiladi, yana boshqalari boshqaruv rulidan
foydalanishga yoki tezlikni o‘zgartirish tizimidan foydalanishga imkon bermaydi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, transport vositalarini o‘g‘irlash va olib qochishning jinoiy-

huquqiy tavsifini aniqlash va puxta o‘rganish bu turdagi jinoyatni oldini olish va fosh etish
bo‘yicha chora-tadbirlarini samarali hajmda maqsadga qaratilgan tarzda tashkil qilishi va
o‘tkazishiga real imkon beradi. Bu esa umuman olganda, ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi
kurashning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

2.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги

Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

4.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

5.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари //

Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //

“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.

Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш

йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.

Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга

хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
10.

Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик

жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг

жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп

моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти


background image

58

тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда

жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.

А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти.

Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган

тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.

А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро

тажриба

ва

ўзбекистон

қонунчилигини

такомиллаштириш

истиқболлари

//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.

Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий

жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.

Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан

боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.

Н.Қ.Усманалиев.

Протсессуал

муддатларнинг

ҳисоблашда

қўлланилувчи

меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни

кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт

//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг

ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик

жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.

Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-

протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.

Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию

общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV
Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты
юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука»,


background image

59

2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
26.

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда

жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.

References

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.

Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари: Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.

Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси.

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар № 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.

А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти. Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024. 95-98 б.

А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.

Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.

Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.

Н.Қ.Усманалиев. Протсессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 31-35.

Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.

Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.