SUN’IY INTELLEKT TOMONIDAN YARATILGAN MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARIGA NISBATAN SUBYEKTNI BELGILASH MUAMMOLARI

Аннотация

ushbu maqolada hozirgi texnologik rivojlanib borayotgan zamonda sun'iy intellektning mualliflik huquqi bilan o'zaro aloqasi, sun’iy intellekt tomonidan yaratilayotgan mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan huquq subyektini belgilash va muhofazaga olishda mavjud bir qator muammo va kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan eng dolzarb ilmiy yondashuvlar, normalarning asosli tahlil qilish orqali sohadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator nazariy va amaliy takliflar keltirib o‘tilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
86-92
13

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sheraliyeva , Z. . (2025). SUN’IY INTELLEKT TOMONIDAN YARATILGAN MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARIGA NISBATAN SUBYEKTNI BELGILASH MUAMMOLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(14), 86–92. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/106295
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

ushbu maqolada hozirgi texnologik rivojlanib borayotgan zamonda sun'iy intellektning mualliflik huquqi bilan o'zaro aloqasi, sun’iy intellekt tomonidan yaratilayotgan mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan huquq subyektini belgilash va muhofazaga olishda mavjud bir qator muammo va kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan eng dolzarb ilmiy yondashuvlar, normalarning asosli tahlil qilish orqali sohadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator nazariy va amaliy takliflar keltirib o‘tilgan.


background image

86

SUN’IY INTELLEKT TOMONIDAN YARATILGAN MUALLIFLIK HUQUQI

OBYEKTLARIGA NISBATAN SUBYEKTNI BELGILASH MUAMMOLARI

Sheraliyeva Zebiniso Sayfulla qizi

zebinisosheraliyeva2002@gmail.com

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi mutaxassisligi magistranti.

+998914619744

E-mail: zebinisosheraliyeva2002@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15640813

Annotatsiya:

ushbu maqolada hozirgi texnologik rivojlanib borayotgan zamonda sun'iy

intellektning mualliflik huquqi bilan o'zaro aloqasi, sun’iy intellekt tomonidan yaratilayotgan
mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan huquq subyektini belgilash va muhofazaga olishda
mavjud bir qator muammo va kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan eng dolzarb ilmiy
yondashuvlar, normalarning asosli tahlil qilish orqali sohadagi muammolarni bartaraf etish
yuzasidan bir qator nazariy va amaliy takliflar keltirib o‘tilgan.

Kalit so’zlar:

sun’iy intellekt, muallif, huquqlar.

Annotation:

In this article, in the current technologically developing era, the interaction

of artificial intelligence with copyright, the most relevant scientific approaches aimed at
preventing a number of problems and shortcomings in determining also protecting the subject
of rights in relation to copyright objects created by artificial intelligence, a number of
theoretical and practical proposals were made to solve the problems in the field through a
reasonable analysis of the norms.

Key words:

artificial intelligence, author, rights.

Kirish va dolzarbligi.

Sun’iy intellekt jadal rivojlanishi transformatsion texnologiyalarning yangi davrini

boshlab berdi, sanoatni qayta belgilab berdi va jamiyat normalarini qayta shakllantirdi deb
aytishimiz mumkin. Bir necha o‘ng ming yillar davomida bu sohalarda inson omili asosiy
o‘rinda bo‘lgan. Inson shaxs sifatida uning yaratgan ijod asari originallik, kreativlik asosida
huquq layoqatlari bilan himoyalab borilgan. Endilikda esa zamon va texnologiyalar asri jadal
rivojlanishi oqibatida barchasi tubdan o‘zgarishga duch kelmoqda. Hozirgi zamonda sun’iy
intellekt (SI) yaratayotgan asarlar ham xuddi inson yaratgan deb aytish imkonini bizga taqdim
etmoqda. Lekin bizning huquqiy tizim esa hali duch kelmagan muammolaridan biriga ham ayni
shu vaqtda duch keldi deyishimiz ham mumkin bo‘lib qolmoqda. Darhaqiqat, sun’iy intellekt
(SI) egallamagan hech bir tizim qolmadi. Xususan, marketing sohasini ham tobora egallab
bormoqda va yaqin kelajakda ushbu tizimda ham marketologlarga ish qolmasligi haqida
taxminlar ham yo‘q emas.

Sun’iy intellekt shunday tizimki, unda buyruq berish orqali istalgan harakat amalga

oshirilmoqda. Bulardan intellektual mulk obyektlari ham chetda qolgan emas. Xususan,
mavzuga aloqador bo‘lgan intellektual mulk obyekti bo‘lgan asarlarni oladigan bo‘lsak, SI buni
ham uddalay oladi. Masalan, asarlar sifatida rassomchilik namunalari, musiqa, badiiy va
publisistik asarlar hamda turli o‘yinlar yaratishni oladigan bo‘lsak ham sun’iy intellekt bularni
bemalol bajarmoqda. Hattoki, Microsoft asoschisi Bill Geyts Forbes jurnaliga bergan
intervyusida sun’iy intellekt bo‘yicha OpenAI bilan hamkorlik qilish, sun’iy intellektning
mehnat bozori, tibbiyot va boshqa sohalarga ta’siri haqida gapirgan edi. Demak, sun’iy


background image

87

intellektning yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan insonning yangi dahosi deyish mumkin.

Muallif kim?

Fuqarolik Kodeksi 1046-moddasiga asosan,

muallif kim

degan savolga qonuniy ta’rifni

ko‘rishimiz mumkin. Unga ko‘ra, asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ana shu
fuqaro asar muallifi deb e’tirof etiladi. Mualliflik huquqi obyektlari bir shaxs tarafidan ham ikki
va undan ortiq shaxs tarafidan ham yaratilishi mumkin. Agar asar birgalikdagi mehnat
natijasida yaratilsa, hammualliflik yuzaga kelishi mumkin. Fan, adabiyot va san’at asariga
mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi
va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka
rioya etish talab qilinmaydi. Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan
shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi. Asar imzosiz yoki
taxallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha
qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarni chop etgan, asarda ismi yoki nomi
ko‘rsatilgan noshir, agar boshqa dalillar bo‘lmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda
muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash huquqiga
egadir. Bu qoida bunday asar muallifi o‘z shaxsini oshkor etguniga va o‘zining muallif ekanligini
ma’lum qilguniga qadar amalda bo‘ladi

1

. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi

Qonun 10-moddasiga ko‘ra esa asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida
ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi

2

. Muallif

bu o‘z ijodiy faoliyatini asarda namoyish eta olgan shaxsdir. Bu kategoriya eng muhimlaridan
biri hisoblanib, huquqlar kimda vujudga kelishini ko‘rsatuvchi omilligi sabab ham alohida
belgilanishni talab etadi. Muallif uchun hech qanday fuqarolik, til, millat va shunga o‘xshash
alohida talablar mavjud emas. Faqatgina asarni shaxs o‘z ijodiy faoliyati asosida yaratganligi va
asar muhofazaga olinishi uchun uni e’lon qilishi yoxud e’lon qilmasada o‘ziniki ekanligini
ko‘rsata olishi yetarlidir.

Muallifga qanday huquqlar tegishli bo‘ladi?

Mualliflik huquqida subyektlar huquqlari ikki xil: asl va hosilaviy shaklda bo‘ladi. Asarni

yaratgan shaxs uning barcha mulkiy, mutlaq va shaxsiy nomulkiy huquqlariga egalik qilsa,
keyinchalik obyektni begonalashtirish yo‘li bilan hosilaviy tarzda boshqalarga bu huquqlarni
haq evaziga oldi-sotdi qila oladi. Subyekt bu o‘zida barcha huquqlarni jamlovchi yoki ularni
bo‘lib beruvchi shaxs hisoblanadi. Faqat mualliflik huquqida bir qoida mavjudki, unga ko‘ra,
subyektlardan aynan muallif shaxsiy nomulkiy huquqi bo‘lgan muallif deb hisoblanuvchi
xususiyatni bekor qila olmaydi. Fuqarolik Kodeksi 1033-moddasiga ko‘ra, mualliflik huquqi
boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi va berilmaydi. Axir haqiqatan ham bu uning ijodiy fikrlari, uning
ifoda shakli va buni boshqaga berish imkonsiz. Birovning fikrlari meniki degan g‘alati fikrlar
bo‘lishi bilan teng.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek muallif o‘z ijod erkinligi asosida yaratganligi sababli ham

bu huquqlar doimo unga tegishli hisoblanadi. Shuning uchun ham muallif agarda asarni
boshqacha begonalashtirilgan bitim tuzsa ham bu qonuniy tarzda tuzilmagan bitim sifatida o‘z-
o‘zidan haqiqiy emas deb baholanadi. Intellektual faoliyat natijasi muallifining shaxsiy
nomulkiy huquqi — bu mulkiy mazmunga ega bo‘lmagan, ob'ekt yaratuvchisini ijodiy

1 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi,

https://lex.uz/docs/-180552

(kirish vaqti: 13.03.2024)

2 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 20.07.2006 yildagi O‘RQ-42-son

https://lex.uz/ru/docs/-1022944

(kirish

vaqti:13.03.2024)


background image

88

maqomini belgilovchi va ushbu maqomdan kelib chiqadigan huquqlarni mustahkamlashga va
himoya qilishga qaratilgan mutloq huquqlari bo‘lib, u faqat huquq egasiga tegishli va huquq
egasidan begonalashtirilishi mumkin emas

3

.

Mualliflik huquqi obyektlariga mulkiy, mutlaq va shaxsiy nomulkiy huquqlar beriladi.

Fuqarolik Kodeksi 1033-moddasiga ko‘ra, intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu
natijalarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘ladilar. Shaxsiy nomulkiy
huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qat’i nazar, tegishli bo‘ladi va uning intellektual
faoliyat natijalariga bo‘lgan mulkiy huquqlari boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda uning o‘zida
saqlanib qoladi

4

. Shaxsiy huquqlar doimo muallifga tegishli bo‘ladi. Bu huquqlarni

begonalashtirish yoxud boshqaga berish imkonsizdir.

Muallifni mulkiy huquqlari mazmuni intellektual faoliyat natijalaridan uning o‘zi

tomondan foydalanishi, foydalanish huquqini haq asosida o‘tkazish yoki haq asosida
foydalanishga ruxsat berish yoki o‘z huquqlarini boshqa shaxslarga haq asosida berish
vakolatlarida namoyon bo‘ladi

5

. Fuqarolik Kodeksi 1056-moddasiga asosan, muallifga asardan

har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlar tegishlidir. Yuridik
va jismoniy shaxslar, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda ko‘rsatilganidan tashqari
hollarda, asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga
binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan
tuzilgan shartnomaga binoan yoxud ular bo‘lmagan taqdirda, bu tashkilotlarning vazifalari va
majburiyatlarini bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari
mumkin

6

. Shuningdek, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi Qonun 19-

moddasida mulkiy huquqlar tavsifi mavjud hamda asarni takrorlash, sotish, nusxalarini
yaratish, tarqatish, omma oldida ijro etish va boshqa huquqlar mulkiy huquq sirasiga kirishi
hamda bu huquqlar boshqa shaxslarga o‘tkazilishi litsenziya asosida bo‘lishi keltiriladi. Mutlaq
huquq mualliflik huquqining shunday tarkibiy qismiki, unga ko‘ra asarni takrorlash, unga
o‘zgartirish kiritish kabi qismlarini ham o‘z ichiga olib, qisman yoki butunlay begonalashtirilish
xususiyatiga ega.

Sun’iy intellektni muallif deb hisoblash mumkinmi?

Ayrim olimlar sun’iy intellektning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etishmoqda. O.Oqyulov

uni subyekt sifatida emas, balki huquq obyekti deb hisoblaydi, chunki sun’iy intellektning o‘z
irodasi, manfaati va mustaqil ongi yo‘q

7

. Ronal Chandra va Yoga Priastomo ta’kidlashicha, sun’iy

intellektni aqlli ishlaydigan kompyuter dasturlarini o‘rganish va ishlab chiqish sohasi deb
hisoblash mumkin, bu ko‘p jihatdan kompyuter dasturlashning yakuniy maqsadidir

8

. I.V.Ponkin

va A.I.Redkina sun’iy intellekt o‘z xatti-harakatini o‘z-o‘zidan moslashtirish, avtonom tarzda
o‘z-o‘zini chuqur o‘rganish (ma’lum bir sinf yoki undan kengroq muammolarni hal qilish), o‘zini

3

Ў-32 Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик кодексига шарҳ: Илмий шарҳлар. Т 3./Ўзбекистон

Республикаси Адлия вазирлиги. — Тошкент: Baktria press, 2013. 800 б.
4 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi,

https://lex.uz/docs/-180552

(kirish vaqti: 13.03.2024)

5

Ў-32 Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик кодексига шарҳ: Илмий шарҳлар. Т 3./Ўзбекистон

Республикаси Адлия вазирлиги. — Тошкент: Baktria press, 2013. 800 б.

6

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi,

https://lex.uz/docs/-180552

(kirish vaqti: 13.03.2024)

7 Окюлов О. Правовой статус интеллектуальной собственности. Т.: ТГЮИ, Дисс. на соис. уч.степ.
докт.юрид.наук. 2000. С.14,36.
8 Chandra R., Prihastomo Y. Artificial Intelligence Definition: A Review //<https://pdfs.semanticscholar.org/d959 –3 p.
– P.1.


background image

89

va uning quyi tizimlarini yoshartirish qobiliyatiga ega, deb hisoblashadi

9

.

Maria Diazning fikricha, sun'iy intellekt inson ishtirokisiz mustaqil ravishda asar yaratish

qobiliyatiga ega emasligi sababli sun’iy intellekt muallif deb ko‘rilmaydi

10

. S.Gulyamov va

S.Bozarovlar bu borada o‘ziga xos yondashuvni nazarda tutadi. Ularning fikricha, sun’iy
intellekt inson huquqlarini himoya qilishda yordamlashadi, biroq xavfsizlik va shaffoflik
bo‘yicha yagona talablarni belgilovchi mustahkam huquqiy asosga tayanish zarur

11

. Ya’ni bu

bilan xavfsizlikda kamchilik borligi va sun’iy intellektda muallliflik belgilari mavjudligi haqida
gapirishadi. I.Rustambekov esa, internetdagi fuqarolik-huquqiy munosabatning o‘ziga xosligini
bevosita virtual muhit bilan bog‘liqlikda ifodalaydi

12

. Bular shuni ko‘rsatadiki, mualliflik huquqi

sun’iy intellektni muallif deya tan olish ham tan olmaslik ham mavjud. Bu ochiqlik esa intellekt
bozorida tortishuvlar, nizolarga sabab bo‘lmoqda. Lekin sun’iy intellekt ijodiylik va kreativlik
asosida original asar yarat olayotganligiga bugungi kunda guvohmiz va har bir asari xuddi shaxs
yaratgani kabidir.

Insonda ham bolalikdan har bir narsani ko‘rish, tushunish, his qilish, nutqni aniqlash kabi

insoniy sifatlar orqali neyron tizimlari shakllanib boradi. Sun’iy intellektda esa bular alohida
yacheykalarda alohida murakkab algoritmik sistema sifatida joylashtiriladi. Sun’iy intellekt
ham har bir buyruqni tanib olish orqali bajaradi. Uning ma’lumotlar bazasiga kiritilgan bilimlar,
so‘zlarni buyruq beruvchi shaxs unga berganda u bazasidagi bilimlar asosida uni tanib oladi va
unga javob berishi funksiyasini ishga tushiradi. Sun’iy intellekt bazasiga so‘zlar kiritiladi va ular
maxsus sistema orqali ishga tushirilganda so‘zlarni tanish, ularni birlashtirish kabi murakkab
algoritmik hodisani amalga oshiradi. Shu orqali sun’iy neyron orqali intellekt original, kreativ
asar yaratadi va jarayon sun’iy ekanligi sababli ham sun’iy intellektni subyekt deb baholashda
muammolar bor.

Shu mulohazalar jihatidan o‘ylab qarasak, huquqlarni barchasiga birdek berish va muallif

sifatida sun’iy intellektni ham istisno tarzida qabul qilish davri yetib kelgandir. U inson ongli
ravishda o‘ziga taqlid qiluvchi qilib yaratgan intellekti. U ong va aql. Bilimi tayangan va undan
tashqriga hozircha chiqa olmaydigan nisbiy subyekt. Zamon o‘zgarib, o‘tib borgani sayin yangi
subyektlarni (garchi biz uni qabul qilish va subyekt deb atashga o‘rganmagan bo‘lsakda)
qonunchilik tizimiga qo‘shishimiz lozim bo‘lib bormoqda. Huquqlar himoyasi sifatida esa sun’iy
intellektda sug‘urtalash, foydalanuvchilar uchun pullik qilish va ularni hammuallif sifatida
ko‘rish kabi yangi tizimlarni ishlab chiqishimiz ham mumkin.

Sun’iy intellekt asarlariga hammualliflikni belgilash

Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb e’tirof etilishi huquqi)

shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini
yaratgan shaxsgagina tegishli bo‘ladi

13

. Shaxsda ijod erkinligi bo‘lishi zarur, ammo sun’iy

intellekt faqatgina buyruqqa javob beradi. Muallif sifatida doimo shaxs tan olingan. Subyekt

9 Понкин И.В., Редькина А.И. Искусственный интеллект и право интеллектуальной собственности //
Интеллектуальная собственность. авторское право и смежные права. – 2018. – № 2. – С. 35–44. – С. 37–38.
10

Maria

Diaz

“Artificial

Intelligence

and

Copyright”

retrieved

from

https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=ab3340fa-57e5-4145-afe9-110b088c9e36

11 Gulyamov S., Bozarov S. Strategies future prospects of artificial intelligence: world experience.
https://wwwscholarexpress.netVolume-9April-2022. 66-74-б.
12 Рустамбеков И.Р. Интернет тармоғида фуқаролик-ҳуқуқий муносабатларни тартибга солиш: юрид. фан.
докт. дис. ... автореф. –Тошкент: 2017. –13 б.
13 Fuqarolik huquqi. Q.II/M. Abdusalomov, X. Azizov, B.Axmadjonov va boshq.; O'zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi, Toshkent Davlat yuridik instituti. - Toshkent: Adolat, 2007. 882 bet


background image

90

hammualliflik bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Bunda hammuallifda barcha ishtirokchining
ham hissasi va ijodiyligi talab etiladi. Mualliflik huquqida eng muhim subyektlar sirasiga
hammualliflikni kiritish mumkin. Qonunning 12-moddasida ham keltirib o‘tilgan bo‘lib,
hammualliflik uchun ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi ijodiy faoliyati zarur bo‘ladi.
Mualliflik huquqida obyekt shaxsning ijodiy faoliyatiga va ifodaga shakliga asoslangani uchun
ham hammualliflarda ikkalasining ham ijodiyligi va asarda matnda ikkovining ham ichki
kechinma va xarakteristikasi bo‘lishi lozim. Hammualiflikning quyidagi belgilari mavjud: a) ikki
yoki undan ortiq shaxslaming birgalikdagi ijodiy mehnati; b) bunday birgalikdagi faoliyat
natijasida vujudga kelgan asarga nisbatan mualliflik huquqining bunday faoliyatda ishtirok
etgan barcha shaxslarga taalluqli ekanligi; v) jamoa asarining yaratilganligi

14

. Hammuallif har

biri asarni yaratishda qaysidir jihatdan intellektual faoliyat bilan shug‘ullanishi lozim bo‘ladi.
Hammualliflardan har birining ishtirok etish ulushi, xarakteri, hajmi ushbu modda doirasidan
tashqarida qoladi: eng muhimi ular birgalikda intellektual faoliyat bilan shug‘ullanganliklari,
ijodiy mehnat qilganliklari va buning natijasida asar yaratilganligi faktidir

15

. Hammualliflikni

boshqa shaxslarning ishtirokidan to‘laligicha farqlay olishimiz lozim. Masalan, asar yaratilishda
qatnashgan matn teruvchi, bosmalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi, texnik xodimlar,
tarjimonlar va hokazolar. Ular asarda intellektini qo‘shib, biron qismini yozmagan yokida g‘oya
jihatdan ishtirok etmagan.

Hammualliflikni sun’iy intellekt asarlariga taqdim etadigan bo‘lsak, sun’iy intellekt,

dasturchi va foydalanuvchining har birida ushbu ijodkorlik mavjudligi haqidagi g‘oyani
yuqoridagi bo‘limlarda ham keltirib o‘tmoqdamiz. Huquqlar borasida esa, tabiiyki, sun’iy
intellekt bilan alohida kelishib olishning imkoni yo‘q. Shu sababli saytdan foydalanuvchiga
alohida to‘lov joriy qilish hamda shu orqali yaratilgan asarda uni hammuallif deya tan olish
imkoni berish ham asosli fikrlardan biri bo‘lar edi. Shunda sun’iy intellekt va dasturchi
huquqlarni kelishib olish yuzasidan shartnoma ishlab chiqishsa, to‘lovdan so‘ng shartnomaga
rozilik orqali (bu elektron bitim bo‘ladi) asar yaratilish imkoni yuzaga kelishi mumkin.
Hammualliflarda huquqni himoya qilishni ham mualliflarning jonli qismiga qoldiramiz. Sun’iy
intellekt sun’iy ishlab chiqilganligi sababli ham uning huquqlarini nisbatan berish adolatli,
qonuniy va mantiqli bo‘ladi deb hisoblayman.

Xulosa

Ko‘rinib turganidek, har kimda turli asoslar va fikrlar mavjud va bu asosda har bir davlat

o‘z huquqiy tizimini ishlab chiqishi ham lozim hisoblanadi. Har bir sohada bo‘lgani kabi sun’iy
intellektda ham huquq buzilishi holatlari ro‘y beradi va bunda javobgarlikni yuklash uchun
intellektual mulk obyektiga xos huquqlar bilan uning subyektini ham ta’minlab qo‘yish joiz
bo‘ladi. Sun’iy intellekt ham quyida ko’rib chiqamizki, buyruq asosida harakat qilar ekan shu
asosda o‘zida bazasida buyruqni qayta shakllantirib, zaxira sifatida qayta ishlab chiqadi va
keyingi buyruqlarda mukammal foydalanishgacha olib bora oladi. Buni tushuntiradigan
bo‘lsak, u bazaga kiritilgandan tashqari, berilgan buyruqlarni eslab qoladi, qayta sintez asosida
o‘zida saqlab keyingi shunga o‘xshash vaziyatda foydalanadi. Shuningdek, har bir yaratgan asari
originallik darajasida yuqori turadi va buni birgina Rembrand asarining bahosidan ham bilib

14 Fuqarolik huquqi. Q.II/M. Abdusalomov, X. Azizov, B.Axmadjonov va boshq.; O'zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi, Toshkent Davlat yuridik instituti. - Toshkent: Adolat, 2007. 650-b.

15

Ў-32 Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик кодексига шарҳ: Илмий шарҳлар. Т 3./Ўзбекистон

Республикаси Адлия вазирлиги. — Тошкент: Baktria press, 2013. 800 б.


background image

91

olamiz. Shunday ekan, sun’iy intellektga ham qaysidir jihatdan huquqlar berish yoxud huquq
buzilishi oldini olish uchun uni subyekt sifatida ko‘rishimiz dolzarb bo‘lib bormoqda. Huquq
egasi sifatida sun’iy intellektni ko‘ramizmi, uni yaratuvchisinimi yoki buyruq bergan
shaxsnimi? Ushbu savollarga javob berish orqali sun’iy intellekt yaratgan asarlar himoyasi
kimga tegishli ekanligi va qanday huquqlari borligi hamda qanday ularni himoya qila olishini
ko‘rib chiqamiz. Shunda muallif huquqi buzilishini ham oldini olgan bo‘lamiz va bu uchun
huquqiy tartibga solish lozim bo‘ladi. Sun’iy intellektning ahamiyati ortib borayotganini
inobatga olgan holda, u bilan boliq masalalarni huquqiy tartibga solish kelgusi yillarda ham
milliy, ham xalqaro miqyosda kun tartibida bo‘ladi.

Demak, yuqoridagi va butun muhokamalarimizdan kelib chiqib quyidagicha takliflarni

keltirib o‘tamiz:
1.

Sun’iy intellekt asosida yaratilgan asarlarga mualliflik huquqini berish mumkin. Bunda SI

asarlarini hammualliflik asari deb baholashni taklif etaman. Chunki originallik va ijodkorlikni
inkor qilolmaymiz. Bunda huquq egalari bir xil huquq va mavqeda bo‘lishadi. Dasturchi, sun’iy
intellekt va foydalanuvchi yaratgan asarlari uchun birgalikda teng huquqli. Sun’iy intellekt
nomidan uning mulkiy huquqlari kimda bo‘lsa, shu taraf qatnashadi. Shuningdek, agar
dasturchi sun’iy intellektdagi huquqlarni begonalashtirgan bo‘lsa, mulkiy va mutlaq huquqlar
egasi kim bo‘lsa, sun’iy intellektning yaratgan asarlari mualliflik huquqi(mulkiy, nomulkiy,
mutlaq)ni o‘sha subyekt himoyalaydi. Bu sun’iy intellektning benefitsiari hisoblanadi. Muallif
uch shaxs, ya’ni SI yaratuvchisi, foydalanuvchi va SIning o’zi hisoblanib, huquq himoyasida
intellekt nomidan benefitsiar qatnashishini bildiradi;
2.

Hammualliflik yanada qonuniy bo‘lishi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha huquqlar egasi

foydalanuvchiga elektron shartnoma taqdim etadi va unda huquqlar masalasi yoziladi. Shu
asosda rozilik mavjud bo‘lsa, ofertani qabul qilib, to‘lov o‘tkazadi. Bu to‘lov oradagi ishonchni,
xizmatning xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi.
3.

Sun’iy intellektdan foydalanilganda shaxsni identifikatsiya qilish shartnomada taraflar

ma’lumotlarini kiritishga ham yordam beradi.

Xulosada yechim sifatida taklif keltirar ekanmiz bunda originallikdan va kreativlikdan

uzoqlashib bo‘lmasligi, aksinchada mualliflik huquqisiz asarlar ko‘payishi va tatbiq etish doirasi
zamon talablari asosida kengayishini hisobga oldik.


References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

21.12.1995-yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.

2.

29.08.1996-yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.

3.

20.07.2006-yildagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi

Qonun.
4.

Gulyamov S., Bozarov S. Strategies future prospects of artificial intelligence: world

experience.
5.

Окюлов О. Правовой статус интеллектуальной собственности. Т.: ТГЮИ, Дисс.на

соис. уч.степ. докт.юрид.наук. 2000.
6.

Рустамбеков И.Р. Интернет тармоғида фуқаролик-ҳуқуқий муносабатларни


background image

92

тартибга солиш: юрид. фан. докт. дис. ... автореф. –Тошкент: 2017. –13 б.
7.

S.S.Bozarovning “Sun’iy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik” nomli dissertatsiyasi,

8.

Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. Mualliflar jamoasi. O'zbekiston Respublikasida xizmat

ko'rsatgan yurist, prof. O.Oqyulovning umumiy taliriri ostida. - Т.: TDYU nashriyoti. 2017.
9.

Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик кодексига шарҳ: Илмий шарҳлар. Т

3./Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. — Тошкент: Baktria press, 2013. 800 б.
10.

Понкин И.В., Редькина А.И. Искусственный интеллект и право интеллектуальной

собственности // Интеллектуальная собственность. авторское право и смежные права.
– 2018. – № 2. – С. 35–44. – С. 37–38.
11.

Морхат П.М. Правосубъектность искусственного интеллекта в сфере права

интеллектуальной собственности: гражданско-правовые проблемы. Диссертация на
соискание учёной степени доктора юридических наук. Москва, 2018.
12.

Бозоров С. Sun’iy intellekt javobgarligining axloqiy va huquqiy taomillari //Общество и

инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 3. – С. 48-56.
13.

www.lex.uz

14.

www.norma.uz

15.

https://darakchi.uz/oz/119196

16.

https://kun.uz

Библиографические ссылки

12.1995-yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.

08.1996-yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi.

07.2006-yildagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun.

Gulyamov S., Bozarov S. Strategies future prospects of artificial intelligence: world experience.

Окюлов О. Правовой статус интеллектуальной собственности. Т.: ТГЮИ, Дисс.на соис. уч.степ. докт.юрид.наук. 2000.

Рустамбеков И.Р. Интернет тармоғида фуқаролик-ҳуқуқий муносабатларни тартибга солиш: юрид. фан. докт. дис. ... автореф. –Тошкент: 2017. –13 б.

S.S.Bozarovning “Sun’iy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik” nomli dissertatsiyasi,

Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. Mualliflar jamoasi. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yurist, prof. O.Oqyulovning umumiy taliriri ostida. - Т.: TDYU nashriyoti. 2017.

Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик кодексига шарҳ: Илмий шарҳлар. Т 3./Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. — Тошкент: Baktria press, 2013. 800 б.

Понкин И.В., Редькина А.И. Искусственный интеллект и право интеллектуальной собственности // Интеллектуальная собственность. авторское право и смежные права. – 2018. – № 2. – С. 35–44. – С. 37–38.

Морхат П.М. Правосубъектность искусственного интеллекта в сфере права интеллектуальной собственности: гражданско-правовые проблемы. Диссертация на соискание учёной степени доктора юридических наук. Москва, 2018.

Бозоров С. Sun’iy intellekt javobgarligining axloqiy va huquqiy taomillari //Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 3. – С. 48-56.

www.lex.uz

www.norma.uz

https://darakchi.uz/oz/119196

https://kun.uz