52
ROVIY – SARGUZASHT ADABIYOTINING FALSAFIY KALITI
Dilnoza Xamroyeva Jahongir qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti
ilhomovadilnoza407@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15697630
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sarguzasht adabiyotida roviy obrazining badiiy-falsafiy
funksiyasi tahlil qilinadi. Ahmad A‘zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” asari asosida
roviyning voqealar zanjirini birlashtiruvchi, ramziy qatlamlarni ochib beruvchi va o‘quvchini
real hamda xayoliy olam o‘rtasidagi chegara nuqtasiga olib boruvchi markaziy obraz sifatidagi
roli yoritiladi. Roviyning subyektiv hikoyasi orqali voqealarning faqat tashqi syujeti emas,
balki ularning ichki mantiqiy va falsafiy asoslari ham ochib beriladi. Maqolada roviy
obrazining sarguzasht janriga xos jihatlari, uning ichki kechinmalari, ramzlar bilan ishlashi va
o‘quvchida mustaqil talqin qilish zaruriyatini yuzaga keltiruvchi omil sifatidagi ahamiyati
ko‘rsatib beriladi.
Kalit so‘zlar:
roviy, sarguzasht janri, subyektiv hikoya, ramziy qatlam, “Ro‘yo yoxud
G‘ulistonga safar”, Ahmad A‘zam, falsafiy izlanish.
Аннотация
В данной статье рассматривается художественно-философская функция образа
рассказчика в приключенческой литературе. На примере романа Ахмада Аъзама «Сон,
или Путешествие в Гулистан» анализируется роль рассказчика как центральной
фигуры, объединяющей цепь событий, раскрывающей символические пласты и
проводящей читателя сквозь границу между реальным и воображаемым мирами. Через
субъективный рассказ повествователя раскрываются не только внешние события, но и
их внутренняя логика и философские основы. Особое внимание уделяется тому, как
рассказчик взаимодействует с жанровыми чертами приключенческой литературы,
осмысляет символы и побуждает читателя к самостоятельной интерпретации событий.
Ключевые слова:
рассказчик, жанр приключений, субъективный рассказ,
символический уровень, «Сон, или Путешествие в Гулистан», Ахмад Аъзам,
философский поиск.
Abstract
This article explores the artistic and philosophical function of the narrator figure in
adventure literature. Using Ahmad A’zam’s novel
Dream or Journey to Gulistan
as a case study,
the paper examines the narrator’s role as a central character who connects the chain of events,
unveils symbolic layers, and guides the reader through the threshold between reality and
imagination. Through the narrator’s subjective storytelling, not only the external storyline is
conveyed, but also its internal logic and philosophical depth. The article highlights how the
narrator interacts with the features of the adventure genre, interprets symbolic meanings,
and encourages the reader toward independent reflection.
Keywords:
narrator, adventure genre, subjective narration, symbolic layer,
Dream or
Journey to Gulistan
, Ahmad A’zam, philosophical inquiry.
Badiiy adabiyotda roviy voqealar zanjirini birlashtiruvchi va ularning ichki mantiqiy
rivojini ta'minlovchi kalit shaxs sifatida namoyon bo’ladi. “Adabiyotshunoslik lug’ati”da
roviyga quyidagicha ta’rif beriladi: “ROVIY (ar. - hikoyachi, qissa aytuvchi, xabar, maʼlumot
beruvchi) - epik asarlardagi rivoya subyekti, voqealarni hikoya qilayotgan, ular kechayotgan
53
makon va zamon, ularda ishtirok etayotgan personajlarga oid tafsilotlarni yetkazib, tasvir
predmetiga u yoki bu tarzda munosabat bildirayotgan shaxs.” [1;259] Roviyning o‘ziga xosligi
shundaki, u voqealarni nafaqat guvoh sifatida, balki ularni anglash jarayonida ham ishtirokchi
sifatida kuzatadi. Bu jihat o‘quvchini voqealar mazmunini yanada chuqurroq idrok qilishga
undaydi. Roviy – badiiy asar voqealarini hikoya qiluvchi shaxs yoki ovoz bo‘lib, u o‘quvchini
asar dunyosiga yo‘naltiradi va voqealarni tushunishga yordam beradi.
Sarguzasht adabiyoti inson tabiatidagi yangi, noma‘lum va g‘aroyib voqealarga intilishni
ifoda etuvchi janr ekanligini hisobga olgan holda, ushbu asarlarda roviyning o‘rni alohida
ahamiyatga ega bo‘lib, u nafaqat voqealarni hikoya qiladi, balki asarning ichki falsafiy
qatlamlarini ochib beradi. Sarguzasht asarlarda asosan, sirli yoki xayoliy mamlakatga borib
qolgan roviy voqealarga o’z nuqtayi nazaridan baho beradi. Ahmad A‘zamning “Ro‘yo yoxud
Gulistonga safar” romanida roviy o‘ziga xos sarguzasht qahramoni sifatida namoyon bo‘lib,
sirli dunyo va undagi murakkab munosabatlarni o‘quvchiga yetkazishda asosiy vositachi
bo’ladi. Roviy o‘z tajribalarini hikoya qilish jarayonida o‘quvchini G‘uliston dunyosiga olib
kiradi. U asar voqealarini subyektiv nuqtai nazardan tasvirlab, real va xayoliy elementlarni
uyg‘unlashtiradi. Bu yondashuv orqali o‘quvchi o‘zini voqealar ichida his qiladi. Roviyning
“Keyin vaqt o’tib, o’z ko’zim bilan ko’rganlarimga o’zim ham uncha ishonmay qoldim, yo’q”
[2;5] degan so‘zlari haqiqat va tasavvur o‘rtasidagi chegaralarni yoritadi. Asarda roviy hayrat
bilan shubha tuyg’usini bir vaqtning o‘zida his qiladigan qahramon sifatida tasvirlanadi. O’zi
tushib qolgan mamlakatga qanday borib qolganini isbotlash uchun hayotda uchratgan
g’ayrioddiy voqealardan misol keltiradi. Masalan, ajinalar haqida keltirilgan voqealarni yodga
olish kifoya. “To’g’ri, hayron bo’lishingiz mumkin, chunki bolaligingizda ham, hozir ham
zanjirband ajinani ko’rmagansiz, men ham eshitmagan edim, lekin, aytyapman-ku, muvoziy
dunyodagilarning hammasi bir xil emas, millatida, irqida tafovut deganday, rang-ro’yi,
tuzilishi, tili, shevasi har xil, xuddi shuningdek, yashash tarzi ham bir-biriga o’xshamaydi, juda
ham turfa olam-da bu ham.” [2,188] U G‘uliston xayoliy mamlakatini tahlil qilish davomida
insoniyat va jamiyat o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni yoritadi. Roviyning ichki monologi va
o‘zini tahlil qilish jarayoni orqali o‘quvchi voqealarning haqiqiyligi va ramziy ma‘nosini
anglashga undaladi. “Tupkaning tagidagi yashil burun orollari degan mamlakatchaning
orolchalarigacha bor, lekin G’uliston xaritalarga tushmagan. O’zimizdagi jug’rofiya
bilimdonlariga buni aytgan edim, menga ma’noli qarab qo’ydilar, xolos. Yo’q, birodarlar,
mening aqlim joyida, ularning bunaqa qarab qo’yishlarida nima borligini ham tushunaman,
o’zlari bilmagan narsani so’ragandan keyin xayollariga har narsa kelishi tabiiy. Qancha
kutubxonalarda o’tirdim, qomuslarni varaqladim, talay ilmiy kitoblarni titkiladim, badiiy
asarlarni o’qidim - g’uliylarning hayotiga tegishli biron ishora topilarmikan deb, topolmadim.”
[2,7] Ahmad A‘zam roviyni klassik sarguzasht asarlari qahramonlariga xos elementlar bilan
boyitadi. Roviy “notanish dunyo”ga kirib, u yerda o‘zini anglash va jamiyatni tahlil qilish
yo‘lida o‘ziga xos safarga chiqadi. Bu safar davomida G‘uliston hayoti orqali insonning
erkinlikka bo‘lgan intilishi va jamiyatdagi cheklovlarning ramziy talqinlari ochib beriladi.
Roviy o‘z ichki kechinmalarini hikoya qilish orqali o‘quvchiga inson va jamiyat o‘rtasidagi
munosabatlarni chuqurroq anglash imkonini beradi. Asar davomida u o‘z hayoti va G‘uliston
jamiyati haqida tahliliy mulohazalar yuritadi. Bu jarayon o‘quvchini falsafiy izlanishlarga
yetaklaydi. Asarda roviy ramzlarni ochish va ularning yashirin ma‘nosini yoritishda muhim
rol o‘ynaydi. U nafaqat voqealarni hikoya qiladi, balki ularning falsafiy talqinini ham taqdim
54
etadi. Zanjir ramzining jamiyatdagi tartib va inson ruhiyatidagi ozodlikka intilish bilan bog‘liq
talqini roviy orqali o‘quvchiga yetkaziladi.
Roviy zanjirning o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ramziy ahamiyatini ham ochib beradi.
Roviy asarning faqat hikoya qiluvchisi emas, balki voqealarni o‘zicha tahlil qiluvchi va falsafiy
xulosalar chiqaruvchi shaxsdir. Uning shaxsiy kechinmalari va ichki izlanishlari asarning
ramziy qatlamlarini yanada boyitadi. G‘uliston voqealarining bog‘lanmagan tasvirlari va
roviyning parokanda tahlillari o‘quvchini voqealar mazmunini o‘zicha izohlashga undaydi.
“G’ulistonga kelib, g’uliylar orasida yashab, hatto g’uliya qizning muhabbatiga erishib ham
ulardan biriga aylanmaganim sababi – o’zimni asrab yurishim, goh tilimda, lekin doim dilimda
kalima qaytarib, o’zimni asraganim, eng asosiysi, mustahkam qalqonim eshonbobo otam
orqali Yassaviy singari bobolarimning ruhi qo’llaganida deb bilaman. Chuqur ketgan
tomirlarini unutmagan odam kam bo’lmasligiga aminman” [2,218]
Ahmad A‘zamning “Ro‘yo yoxud Gulistonga safar” asarida roviy markaziy rol o‘ynab,
o‘quvchini falsafiy va ramziy qatlamlarga boy safarga yetaklaydi. Roviyning subyektiv
hikoyasi orqali o‘quvchi voqealarning ma‘nosini mustaqil anglash imkoniga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, roviy nafaqat voqealar zanjirini bog‘lovchi, balki asarning falsafiy va ramziy
jihatlarini ochib beruvchi muhim qahramon sifatida asarning asosiy mazmunini boyitishga
xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Quronov D., Mamajonov Z.,Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug’ati. Akademnashr.
Toshkent. – 2013.
2.
A’zam A. Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.
3.
Вулис А. 3. В мире приключений. Поэтика жанра. - Москва.: Советский писатель,
1986.
4.
Хотамов Н. Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча
изоҳли луғати. Тошкент. Ўқитувчи.- 1983.
