German tilida so‘zlashuvchi hududlarda islomshunoslik fanining shakllanishi va uning siyosiy manfaatlar bilan aloqasi

Abstract

Arabiston yarim orolida Islom dini paydo bo‘lishi arablar uchun o‘ziga xos va muhim ahamiyatga ega hodisa sifatida baholanadi. Qabilaviy hayoti va joylashuvi arablarni siyosiy jihatdan zaiflashtirgan, ularni sivilizatsiyalashgan hududlar ustidan hukmronlik qilish imkoniyatidan mahrum etgandi. Ammo islom dini paydo bo‘lishi arablarni yagona e’tiqod asosida birlashib, mustahkam jamiyatga aylana boshlashiga sabab bo‘ldi. Islom dini arablar hayotida tub burilish yasab, ularni siyosiy va ijtimoiy jihatdan yangi darajaga olib chiqdi. Qur’on nozil qilinganidan keyin arab dunyosi birlashib, yangi imperiya shakllantira oldi. Islom madaniyati paydo bo‘lishi bilan birinchi bor yozma arab madaniyati shakllandi. Islomiy tamaddun arab tilida o‘z aksini topdi va bu til ilm-fan va madaniyat tili sifatida keng tarqaldi. Biroq, Islom dini tarqalgan hududlardagi madaniy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ba’zi hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ham keltirib chiqardi. Islom dini nafaqat diniy hayotga, balki siyosiy va iqtisodiy tizimlarga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi. Arablar islom dini vositasida keng hududlarga tarqalib, o‘z madaniyatlarini boshqa xalqlarga singdira oldilar.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xoldarov , A. (2025). German tilida so‘zlashuvchi hududlarda islomshunoslik fanining shakllanishi va uning siyosiy manfaatlar bilan aloqasi. Social Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(15), 45–47. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/109069
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Arabiston yarim orolida Islom dini paydo bo‘lishi arablar uchun o‘ziga xos va muhim ahamiyatga ega hodisa sifatida baholanadi. Qabilaviy hayoti va joylashuvi arablarni siyosiy jihatdan zaiflashtirgan, ularni sivilizatsiyalashgan hududlar ustidan hukmronlik qilish imkoniyatidan mahrum etgandi. Ammo islom dini paydo bo‘lishi arablarni yagona e’tiqod asosida birlashib, mustahkam jamiyatga aylana boshlashiga sabab bo‘ldi. Islom dini arablar hayotida tub burilish yasab, ularni siyosiy va ijtimoiy jihatdan yangi darajaga olib chiqdi. Qur’on nozil qilinganidan keyin arab dunyosi birlashib, yangi imperiya shakllantira oldi. Islom madaniyati paydo bo‘lishi bilan birinchi bor yozma arab madaniyati shakllandi. Islomiy tamaddun arab tilida o‘z aksini topdi va bu til ilm-fan va madaniyat tili sifatida keng tarqaldi. Biroq, Islom dini tarqalgan hududlardagi madaniy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ba’zi hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ham keltirib chiqardi. Islom dini nafaqat diniy hayotga, balki siyosiy va iqtisodiy tizimlarga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi. Arablar islom dini vositasida keng hududlarga tarqalib, o‘z madaniyatlarini boshqa xalqlarga singdira oldilar.


background image

45

GERMAN TILIDA SO‘ZLASHUVCHI HUDUDLARDA ISLOMSHUNOSLIK

FANINING SHAKLLANISHI VA UNING SIYOSIY MANFAATLAR BILAN

ALOQASI

Xoldarov Akmaljon

Farg‘ona davlat unievrsiteti

Tayanch doktoranti

aaxoldarov95@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15697324

Arabiston yarim orolida Islom dini paydo bo‘lishi arablar uchun o‘ziga xos va muhim

ahamiyatga ega hodisa sifatida baholanadi. Qabilaviy hayoti va joylashuvi arablarni siyosiy

jihatdan zaiflashtirgan, ularni sivilizatsiyalashgan hududlar ustidan hukmronlik qilish
imkoniyatidan mahrum etgandi. Ammo islom dini paydo bo‘lishi arablarni yagona e’tiqod

asosida birlashib, mustahkam jamiyatga aylana boshlashiga sabab bo‘ldi. Islom dini arablar

hayotida tub burilish yasab, ularni siyosiy va ijtimoiy jihatdan yangi darajaga olib chiqdi.
Qur’on nozil qilinganidan keyin arab dunyosi birlashib, yangi imperiya shakllantira oldi. Islom
madaniyati paydo bo‘lishi bilan birinchi bor yozma arab madaniyati shakllandi. Islomiy
tamaddun arab tilida o‘z aksini topdi va bu til ilm-fan va madaniyat tili sifatida keng tarqaldi.

Biroq, Islom dini tarqalgan hududlardagi madaniy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatishi bilan birga,

ba’zi hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ham keltirib chiqardi. Islom dini nafaqat

diniy hayotga, balki siyosiy va iqtisodiy tizimlarga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi.
Arablar islom dini vositasida keng hududlarga tarqalib, o‘z madaniyatlarini boshqa xalqlarga

singdira oldilar.

Bu jarayon tarixiy jihatdan muhim voqea bo‘lib, islomshunoslik fanining rivojlanishiga

ham turtki berdi. Islomshunoslik ilmiy sohasi Qur’on, hadis, fiqh va boshqa diniy fanlarni

o‘rganish bilan bir qatorda, arab madaniyati va uning rivojlanish jarayonlarini ham qamrab
oladi. Bugungi kunda islomshunoslik fani o‘zining keng qamrovi bilan Sharqshunoslik
doirasida alohida o‘rin tutib kelmoqda. Shu bilan birga, arab madaniyati va tarixi ham

islomshunoslikning asosiy tadqiqot yo‘nalishlari qatoriga kiradi. Ilmiy izlanishlar davomida

ko‘plab olimlar islom madaniyati va uning rivojlanish jarayonini chuqur o‘rganishga

kirishdilar. Ular Qur’on tafsiri, hadislar va islom tarixi bilan bog‘liq ko‘plab ilmiy ishlarni

yaratdilar.

Islom va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlarning yangi ming yillikdagi akademik tadqiqotlar

va ilmiy izlanishlar darajasida uchinchi va yakuniy rivojlanishi 2010-yilda sodir bo‘ldi.

Germaniya hukumati beshta Islomshunoslik instituti yoki “Islom ilohiyoti tadqiqotlari”

ataluvchi institutlarini tashkil qilishini e’lon qildi. Bu holat ilmiy xilma-xillikka yana ham
chuqurroq ma’no qo‘shdi.

1

Musulmonlarning Yevropaga kirib kelishi mahallaiy aholini islom dini bilan tanishishi

bilan birgalikda kechdi. Yevropaliklar o’zlari uchun notanish lekin tez rivojlanayotgan dinni
tushunish, u haqida ko’prqo bilimga ega bo’lish maqsadida islom dini muqaddas kitobini
o’rganishga katta qiziqish bildirishdi. Bu borada dastlabki harakatlarni xristian cherkovi va

Papalar boshlab berishdi, albatda ularning harakatlari holislikka asoslanmagan, ular islom
dinining yevropaliklar orasida ommalashishidan havotir bildirib, islom diniga qarshi choralar

1

Islamic Studies in Germany – A cultural bridge between the East and the West Dr. Mohammed

Abdelrahem, al-Azhar University Professor of comparative religion. 2021. 7-bet


background image

46

ko’rishga harakat qilishdi. Cherkov ruhoniylaridan so’ng bu ishga olimlarni jalb etishdi yoki
yevropaliklarni Islom dinini tekshirishga unday olishdi, shu tariqa yangi yo’nalish “Ilohiyot”
paydo bo’ldi.

“Ilohiyot” (theology)

2

atamasi aslida

xristianlikdan kelib chiqqan ibora

bo‘lib, u

akademik ilmiy kontekstdan foydalaniladi va

katolik, evangelist

3

yoki pravoslav Injil

tadqiqotlari

bilan bog‘liq. Yevropada ilohiyot tushunchasi ta’lim tizimida o‘ziga xos ahamiyat

kasb etadi, masalan universitetlarda

“ilohiyot fakultetlari”

deb ataluvchi ko‘plab xristian

ta’lim muassasalari mavjud. Uning arabcha tarjimasi

“lahut”

bo‘lib, bu atama islomiy ilmiy

kontekstda ishlatilmagan. Arab-islom dunyosida bu turdagi ta’lim maskanlari

“Din asoslari

kollejlari”

deb nomlanadi. Germaniyada esa ularga g‘arbiy, xristian madaniyatiga oid nom

berilib, “ilohiyot institutlari” deb atalgan. Bu institutlar e’tiqodga asoslangan ta’lim
muassasalari bo‘lib, u yerda dars beruvchi professorlar ham, talabalar ham musulmon bo‘lishi

talab qilinadi.

Bu ilohiyot institutlarini tashkil etishning maqsadi – nemis musulmon professorlari

orqali musulmon olimlarini tayyorlash bo‘lib, Germaniyaga chetdan, nemis tilini bilmaydigan

va nemis madaniyati, tarixi hamda merosini yetarlicha tushunmaydigan imomlar va
o‘qituvchilarni yollashdan voz kechish edi. Shu masalada Germaniya Federal Ta’lim va
Tadqiqot Vazirligi

(BMBF)

o‘zining rasmiy veb-saytida shunday yozgan:

“Maqsad – e’tiqodga asoslangan maktab darslari uchun islom dini o‘qituvchilarini

tayyorlash va davlat universitet tizimida diniy olimlarni ilmiy tadqiqotlar asosida o‘qitishdir.”

Germaniya ilmiy hamjamiyatida yuzaga kelgan bahs va munozaralar

2012-yilda

maxsus

konferensiyaning tashkil etilishiga olib keldi. Ushbu anjumanga “

Islomshunoslik va ilohiyot

sohasidagi ko‘plab professorlar”

tashrif buyurdi. Konferensiyada

“Islomshunoslik va

Islom ilohiyotining o‘zaro munosabati”

(

Das Verhältnis zVischen IslamVissenschaft und

islamischer Theologie

) mavzusi muhokama qilindi.

Konferensiyada

Gudrun Krämer

4

o‘z nutqida aniq bir savolni o‘rtaga tashladi:

“Islom ilohiyoti bizga Islomshunoslik fanida yo‘q qanday yangi narsalarni taklif

qiladi?”

(

Vas leistet die islamische Theologie, Vas die IslamVissenschaft nicht leistet?

. Bu esa

islom ilohiyoti va islomshunoslik fanlari o‘rtasida katta farq borligiga ishora qiladi. Ilohiyot
fanining o‘rganilishi islomshunoslikning tahlil qilinishiga olib keladimi yoki undagi

mezonlarni isbotlashga yordam beradimi degan savollarni o‘rtaga qo‘yadi.

Yangi jihat shundaki, Islom ilohiyoti institutlari

masjid imomlari

va

maktablarda

islom dini o‘qituvchilari

ni tayyorlash bo‘yicha maxsus dasturlarni joriy etishga majbur

bo‘ldi. Masalan,

Myunster instituti

bu yo‘nalishda ishlay boshladi. Bunday dasturlar ilgari

Orientalistika yoki Islomshunoslik institutlarida mavjud bo‘lmagandi.

2

Ilohiyot – diniy e’tiqod, Xudo, ilohiylik, vahiy va diniy tajribalarni ilmiy asosda o‘rganadigan fan sohasi. U,

asosan, dinning mazmuni, asosiy tushunchalari, axloqiy tamoyillari va inson bilan Xudo o‘rtasidagi

munosabatlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.

3

Evangelist so‘zi yunoncha εὐαγγέλιον (euangelion) – “xushxabar”, “injil” ma’nolaridan kelib chiqqan

bo‘lib, "xushxabar tarqatuvchi", "xristianlik e’tiqodini targ‘ib qiluvchi shaxs" degan ma’noni anglatadi. U

turli kontekstlarda qo‘llaniladi. Xristianlikda evangelist – Xudo kalomini, xususan, Iso Masihning

ta’limotlarini targ‘ib qiluvchi shaxs.

4

Gudrun Krämer – (1953-yil) nemis tarixchisi, sharqshunos va islomshunos olim. U asosan islom tarixi,

zamonaviy musulmon jamiyatlari, siyosiy islom va Yaqin Sharq tarixi bo‘yicha tadqiqotlari bilan

tanilgan.Ish joyi Humboldt Universiteti (Berlin).


background image

47

Shuningdek, Islom ilohiyoti institutlarining zamonaviy ilohiy qarashlar asosida Islomni

talqin qilishi Germaniyaning ilmiy doiralarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu holat ushbu
institutlar tomonidan chop etilgan ko‘plab ilmiy nashrlarda aks etdi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Krämer, Gudrun (2012). Was leistet die islamische Theologie, was die Islamwissenschaft

nicht leistet? In: Das Verhältnis zwischen islamischer Theologie und Islamwissenschaft.
2.

Jokisch, Benjamin (2021). Islamwissenschaft: Globalisierung einer philologischen

Disziplin. In: ZfR 37, S. 204–221.

3.

Khorchide, Mouhanad (2013). Islam ist Barmherzigkeit: Grundzüge einer modernen

Religion. Herder Verlag.
4.

Rohe, Mathias (2016). Das islamische Recht: Geschichte und Gegenwart. München: C.H.

Beck.

5.

Nagel, Tilman (2000). Die islamische Welt bis 1500. München: Oldenbourg Verlag.

6.

Schulze, Reinhard (2011). Islamwissenschaft als Kulturwissenschaft. In: Zeitschrift für

Kulturphilosophie 5(1), S. 55–68.

7.

Kaddor, Lamya (2010). Muslimisch – weiblich – deutsch! Mein Weg zu einem

zeitgemäßen Islam. Piper Verlag.

References

Krämer, Gudrun (2012). Was leistet die islamische Theologie, was die Islamwissenschaft nicht leistet? In: Das Verhältnis zwischen islamischer Theologie und Islamwissenschaft.

Jokisch, Benjamin (2021). Islamwissenschaft: Globalisierung einer philologischen Disziplin. In: ZfR 37, S. 204–221.

Khorchide, Mouhanad (2013). Islam ist Barmherzigkeit: Grundzüge einer modernen Religion. Herder Verlag.

Rohe, Mathias (2016). Das islamische Recht: Geschichte und Gegenwart. München: C.H. Beck.

Nagel, Tilman (2000). Die islamische Welt bis 1500. München: Oldenbourg Verlag.

Schulze, Reinhard (2011). Islamwissenschaft als Kulturwissenschaft. In: Zeitschrift für Kulturphilosophie 5(1), S. 55–68.

Kaddor, Lamya (2010). Muslimisch – weiblich – deutsch! Mein Weg zu einem zeitgemäßen Islam. Piper Verlag.