XORAZM VİLOYATİDA ALOQA VOSİTALARİNİNG RİVOJLANİSHİ. (1945-1985-YİLLARDA)

Annotasiya

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida aloqa vositalarining paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi uning  aholi kundalik hayotiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
4-6
15

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Quranboyeva, S. . (2024). XORAZM VİLOYATİDA ALOQA VOSİTALARİNİNG RİVOJLANİSHİ. (1945-1985-YİLLARDA). Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(14), 4–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/52568
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida aloqa vositalarining paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi uning  aholi kundalik hayotiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

4

XORAZM VİLOYATİDA ALOQA VOSİTALARİNİNG RİVOJLANİSHİ.

(1945-1985-YİLLARDA)

Quranboyeva Sevinchoy Maqsud qizi

Urganch davlat universiteti 1-kurs tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14292127

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida aloqa vositalarining paydo bo’lishi

tarixi, rivojlanishi uning aholi kundalik hayotiga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar.

Radio, televideniya, radioto’lqin, teleminora, radiostansiya, telemarkaz,

televizor.


Aloqa vositalari har doim insonlar orasida ma’lumotlar almashishda katta ahamiyatga

ega bo’lgan. Radio va televideniye ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy o‘zgarishlar haqida
ma’lumotlarni tarqatish va targ‘ib qilish, insonning turmush tarzi, qadriyat yo‘nalishlari va
uning dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatish kabi ulkan vazifani bajaruvchidir. Shuningdek, u
madaniy qadriyatlarni ko‘paytirish, saqlash va jamiyatga yetkazish kabi yetakchi vazifalarni
hech o‘zgarmasdan bajaraveradi.

Radio XX asr davomida ommaviy axborot vositalarining shakllanish tarixida muhim

voqea bo‘lib qolgan va axborot uzatish usullarida yetakchi mavqega egadir. Ikkinchi jahon
urushidan keyin aholi hayotida katta o’zgarishlar bo’la boshladi. Aholinng yangi ma’lumotlar
olishga ehtiyoji kuchaydi. Radio tobora xalqning unga bo‘lgan qiziqishini oshira bordi.
Ularning ma’naviy turmushini yaxshilashga mumkin qadar hissa qo‘shdi. Xorazmga radioni
kirib kelishi uni rivojlanishi uzoq tarixga egadir. Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatga
dastlabki radioto‘lqinlar 1931-yilda kirib kelgan. Bu, albatta, radiostansiya emas,
radioto‘lqinlar edi, xolos. Stansiyaning o‘zi hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli
To‘rtko‘l tumanida bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi Atqaru Komiteti
Prezidiumining 1931-yil 17-dekabrdagi Qaroriga asosan To‘rtko‘ldagi radiostansiyaning
birinchi boshlig‘i Gavril Aleksandrovich Lexin bo‘lgan.(1) Xorazm xabarlarini eshittirish esa
1933-1934-yillarda Urganch shahrida kichkina radiostansiya tashkil etilgandan keyin
boshlangan va u kuniga 30 minutni tashkil etgan.

1936-yilda Xorazm okrugida radio qo‘mitasi tuziladi va bu qo‘mita uchun 221.922

so‘mlik smeta tasdiqlanadi. Nihoyat, birinchi eshittirish 15-yanvardan boshlandi. Kundalik
eshittirishlar 2 soatni tashkil etgan va fevral oyidan boshlab mahalliy eshittirishlar 4 soatga
uzaytirilgan. Eshittirishlar dastlab Urganchdan Xivaga tarqatiladi. Xiva orqali esa butun
shaharga beriladi. Radio qisqa muddat ichida xalqning ruhiyatini ko‘taruvchi, ularga shijoat
beruvchi manbaga aylana boshladi. Hukumat aholi ishlaydigan obyektlariga zudlik bilan
ommaviy tarzda ishlaydigan radiolar o‘rnatishga harakat qilgan.

1948-yilga kelib Xorazm viloyatida 10 ta radiostansiya va 4 mingdan ortiq radionuqtalar

aholiga xizmat ko‘rsatgan. Hatto kolxozlarda ham radiostansiyalar qurila boshlagan. Masalan,
Yangiariq rayoni markaziga yaqin bo‘lgan Kaganovich nomli kolxozda kuchli radiostansiyasi
qurilib, 432 ta aholi xonadoniga radio karnaylari o‘tkazilgan. Radiostansiya studiyasidan har
kuni ilg‘or kolxozchilarning tajribalari, ularning mehnat faoliyati haqidagi xabar va yangiliklar
o‘qib eshittirilgan.

(2)

Ikkinchi jahon urushidan keyin radiostansiyalar va radio nuqtalar

qurilishi ko’paytirildi. Masalan; 1952-yilda Xorazm viloyatida 14 ta kolxoz o‘z
radiostansiyasiga ega bo‘lgan. 1955-yilda Xorazm oblastida 49 ta kolxoz radioeshittirish


background image

5

tarmoqlariga ega bo‘lgan, shundan 28 kolxozning o‘z radiostansiyasi mavjud edi.

1951-1955-yillarda Xorazm oblastida radioeshittirish nuqtalari 2,8 barobarga, shu

jumladan, qishloq joylarida 3,8 barobarga ko‘paygan. Kolxoz radiostansiyalarida
radionuqtalar soni 11 marta oshgan. 1960-yillardan keyin radiopriyomniklar nihoyatda
ko‘paydi. Chunki partiya va hukumatning radiopriyomniklardan foydalanganligi uchun soliq
to‘lovi bekor qilindi.1960-yillarga kelib, radiolashtirish rivoj topib, endi u faqat viloyat, tuman
yoki kolxoz markazlarida emas, balki maktablarga ham kirib bordi.

Radio vohada tezlik bilan tarqaldiki, natijada viloyatda yangi katta stansiya qurish

ehtiyoji tug‘ildi. Nihoyat, Xorazmda 1961-yil oktabr oyida RTUM (Radio televizion uzatish
markazi) tashkil topdi. Xorazm RTUM 1961-yilda “Urganch radio televizion uzatish stansiyasi”
deb nomlanib, Xorazm viloyatida birinchi marta balandligi 30 metr bo‘lgan teleminora orqali
6 TVK da ishlovchi “TRSA-56” rusumli Rossiyada ishlab chiqarilgan 100 Vt. quvvatga ega
bo‘lgan teleuzatgich orqali Xorazm viloyati televideniyesi dasturlari va radioeshittirishlari
uzatila boshlandi. 1959-yil may oyida Xorazm oblastidagi rayonlardan tashqari 73 ta kolxoz
o‘z radiostansiyasiga ega bo‘ldi.

(3)

1963-yillarda O‘zbekiston bo‘ylab 1 milliondan ortiq radio

o‘rnatilib uning 80% qismi qishloqlarga to‘g‘ri kelgan. Shu yili Xorazm “radiolashgan viloyat”
deb e’lon qilingan. Chunki viloyatdagi radiotochkalar soni 70 mingtaga yetgan

(4)

.

Radioeshittirish aholini madaniy, siyosiy jihatdan tarbiyalashning kuchli quroli ham

bo‘lib qoldi. Radio sovet kishilarining kundalik turmushiga mahkam singib ketdi, radio
karnayi har bir oilada oddiy narsa bo‘lib qoldi. Xorazm vohasidagi kolxozlarda radiouzel
tashkil qilinishi aholi uchun katta madaniy voqealarning biri bo’ldi. Kolxoz radiouzellari
aholining siyosiy jihatdan tarbiyalashning chunakam qudratli vositasiga aylantirildi. Masalan;
Qo’shko’pir rayon G’azovot qishloq sovetidagi Stalin nomli kolxozda partiya tashkilotining
tashabbusi bilan 300 dan ortiq xonadonga, dalachilik brigadalaridagi shiyponlarga,
chorvachilik fermalariga va kasalxonalarga radio tochkalar o’rnatilgan. Kolxoz partiya
tashkilotining tashabbusi bilan radiouzel orqali qishloq mehnatkashlariga planli ravishda har
kuni ertalab, dam olish paytida va kechqurun mahalliy eshittirishlar tashkil qilingan. Mahalliy
eshittirishda kolxoz rahbarlari, qishloq xo’jalik mutaxasislari va kolxoz ishlab chiqarish
ilg’orlarining chiqishlar qilishgan va o’z tajribalari bilan o’rtoqlashishgan.(5) Xorazm vohasi
aholisi vatanimizning hamma joyida sovet kishilarining fidokorona mehnat qilib erishgan
yutuqlari haqidagi habarlarni ham aynan shu radiodan eshitishgan. Aholi paxta dalalaridagi
shiyponlarga tush payti yig’ilishib radio orqali ilg’or paxtakorlarning, mehanizatorlarning
agranom va kolxoz raislarining so’zlarni tinglashgan. Bu esa aholini mehnatda yangi
yutuqlarni qo’lga kiritishlarida ruhlantirgan.(6)

Xorazm viloyati aholisining hayotiga , kundalik turmush tarziga ijobiy ta’sir ko’rsatgan

yangiliklardan biri bu televideniyaning yaratilishi va aholi hayotiga televizorning kirib kelishi
bo’ldi. Televizorlarning, qo‘lbola antennalarning ko‘payishi telemarkaz qurish zaruriyatini
tug‘dirgan. Juda katta kuch bilan teleminora quriladi, telestansiya jihozlari keltiriladi va
montaj ishlari amalga oshiriladi. Uning yonida bir qavatli 2-3 ta bino qurilib, bir xonasiga ikki
kamerali “Tomson” markali ko‘chma telestansiya o‘rnatiladi (KTS). 1957-yilning 31-dekabr
kuni kunduz soat 12:00 da Xorazm oynayi jahoni ochiladi

.(7)

Tinimsiz mehnat natijasida 1958-

yilning yangi yil bayramini Xorazm aholisi televizor bilan kutib olishadi. Bu teleminora
faqatgina 4 yil faoliyat ko’rsatgan .

1961-yilning 31-dekabrda Xorazm televideniyasi o’z ishini boshladi. Viloyat aholisi buni


background image

6

yaxshi kayfiyat bilan kutib oldi. Ko’rsatuvlar kechqurun soat 18:00 da boshlanib, ’Yangiliklar’,
tabriklar, viloyat partiya qo’mitasi birinchi kotibi Faxriddin Shamsuddinovning voha ahliga
yangi yil tabrigi, O’zbekiston Oliy Soveti raisi Yodgora Nasriddinovaning Xorazm
televideniyesi ishga tushishi munosabati bilan qutlovi va “Mosfilm” kinostudiyasining
mahsuloti “Karnavalnaya noch” badiiy filmi efirga berilgan.(8) Ilg‘or kishilarning bunday
harakatlari xalq orasida teleko‘rsatuvlarga bo‘lgan qiziqishni orttirgan. Xorazm
televideniyesining xizmat doirasini kengaytirish uchun 1962-yilda Urganch teleminorasining
balandligi 60 metrga yetkazildi va birinchi kabel televideniyesi ishga tushirildi.

Xorazm telemarkazining kunlik efirlar hajmi ham oshadi. 1963-yildan boshlab efir hajmi

3 soat, efirga chiqishlar 5 kun qilib belgilanadi. Bu oldingi yillar haftasiga 4 kunni va efir vaqti
2 soatni tashkil etgan

.(9)

1964-yilning yanvar oyida Xorazm TVning eshittirishlar soati oldingi

yillardagidan 155 soatga ko‘paytirilib, uning mavzulari rang-barang janrlarda olib boriladi

.(10)

Mutaxassislarning mashaqqatli mehnatlari bilan 1968-yilning boshlarida Xorazmda
radiotelerele ishga tushirilgan. Bu esa Xorazm aholisiga O‘zbekiston televideniyesi orqali
beriladigan barcha ko‘rsatuvlarni ko‘rish imkonini bergan. Jamiyatda sodir bo‘layotgan turli
xil jarayonlarga qaramasdan Xorazm televideniyesi o‘z taraqqiyotini to‘xtatmagan.

Xorazm viloyatida aloqa vositalarining paydo bo’lishi, rivojlanishi, takomillashishi

zamirida aholining mashaqqatli mehnatlari yotadi. Aloqa vositalarining kirib kelishi viloyatda
aholining madaniy, siyosiy dunyoqarashini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Insonlar nafaqat
yurtimizda bo’layotgan yangiliklar o’zgarishlar haqida balkim dunyoda bo’layotgan siyosiy
habarlardan ham habardor bo’lishdi.

References:

1.

Yusupov I. O’zbekistonda aloqa tizimining taraqqiyoti tarixi. (Xorazm viloyati misolida).-

Buxoro: Durdona nashriyoti, 2022.-37-bet.
2.

Xorazm haqiqati, 1945-yil 7-may. – №89 (7494).

3.

ХорVDА, 251-jamg’, 1-ro’yhat, 1-ish, saqlanish raqami 133. 1-53 varaq.

4.

Xorazm haqiqati, 1963-yil 17-may, – №90, 1-bet.

5.

Xorazm haqiqati, 1955-yil 7-iyun, №111, ( 7516) 2-bet.

6.

Xorazm haqiqati, 1953-yil 4-may, №89, (7494) 2-bet.

7.

Otamurotova A, Begaliyeva M. Radio va televideniye -tafakkur gultoji.-Toshkent: Istiqlol

nashriyoti, 2018, 62-bet.
8.

Masharipov M, Oynai jahon.-Urganch: Xorazm, 2012-76-bet.

9.

O’sha asar-51-bet.

10.

Televizion eshittirishlar programmasi kengaydi. Xorazm haqiqati, 1964yil, 19-yanvar,

№14 (9737), 4-bet.

Bibliografik manbalar

Yusupov I. O’zbekistonda aloqa tizimining taraqqiyoti tarixi. (Xorazm viloyati misolida).-Buxoro: Durdona nashriyoti, 2022.-37-bet.

Xorazm haqiqati, 1945-yil 7-may. – №89 (7494).

ХорVDА, 251-jamg’, 1-ro’yhat, 1-ish, saqlanish raqami 133. 1-53 varaq.

Xorazm haqiqati, 1963-yil 17-may, – №90, 1-bet.

Xorazm haqiqati, 1955-yil 7-iyun, №111, ( 7516) 2-bet.

Xorazm haqiqati, 1953-yil 4-may, №89, (7494) 2-bet.

Otamurotova A, Begaliyeva M. Radio va televideniye -tafakkur gultoji.-Toshkent: Istiqlol nashriyoti, 2018, 62-bet.

Masharipov M, Oynai jahon.-Urganch: Xorazm, 2012-76-bet.

O’sha asar-51-bet.

Televizion eshittirishlar programmasi kengaydi. Xorazm haqiqati, 1964yil, 19-yanvar, №14 (9737), 4-bet.