69
ABU BAKR AR-ROZIYNING KIMYOGA OID ASARLARI VA ULARNING
SAQLANGAN NUSXALARI
Abdurahimov Javlonbek Bahodirjon oʻgʻli
Fargʻona davlat universiteti 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi ixtisosligi
I bosqich tayanch doktoranti tel: +998901503112
e-mail: abdurahimovjavlonbek11@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14504374
Annotatsiya:
Ushbu tezisda ar-Roziyning kimyo tarixiga oid asarlari, ularning soni va
nomlari, hozirgi kunda saqlanib qolgan “Kitob al-madhal at-ta’limiy”([Alkimyoni] o‘rganishga
kirish kitobi), “Kitob ash-shavohid” (Shohidliklar kitobi), “Kitob al-asror”(“sirlar siri”) va
“Kitob sir al-asror”(“Sirlar siri kitobi”) kitoblari , ular kimlardan tomonidan o‘rganilganligi va
akademik U.I.Karimovning mana shu asarlarni o‘rganishdagi o‘rni to‘g‘risida. Shuningdek,
Roziy asarlarining zamonaviy laboratoriya va kimyo sohasiga qo‘shgan hissasi.
Kalit so‘z va iboralar
: Alkimyo, ar-Roziy, qo‘lyozma, Kitob al-asror, Ruska, Steplton,
Alkimyo san’ati bo‘yicha o‘n ikki kitob (o‘n ikki kitob), Gettingen, Eskurial.
Abdurahimov Javlonbek is the son of Bahodirjon
07.00.02 - Doctoral student of the 1st stage, majoring in the history of science and
technology
of Fergana State University
phone: +998901503112
e-mail: abdurahimovjavlonbek11@gmail.com
Abstract
This thesis discusses the works of al-Razi on the history of chemistry, their number and
names, the currently preserved books "Kitab al-madhal at-ta'limiy" (Introduction to the study
of [alchemy]), "Kitab ash-shahohid" (Book of Witnesses), "Kitab al-asrar" (The Secret of
Secrets) and "Kitab sir al-asrar" (The Book of Secrets), by whom they were studied, and the
role of academician U.I. Karimov in the study of these works. It also discusses the contribution
of al-Razi's works to the modern laboratory and chemistry.
Keywords and phrases
: Alchemy, ar-Razi, manuscript, Kitab al-asrar, Ruska, Stapleton,
Twelve Books on the Art of Alchemy (twelve books), Göttingen, Escurial.
Kirish.
Sharqning buyuk qomusiy olim, tabib va alkimyogari Abu Bakr Muhammad ibn
Zakariyo ar-Roziy (865-925) o‘z hayoti va faoliyati ko‘plab asarlar yozib qoldirgan. Ar-
Roziyning asarlari soni va ularning nomlanishi to‘g‘risida bir qancha qarashlar mavjud. Ular
orasidan eng ishonchli ma’lumotlarni Ibn an-Nadim, Abu rayhon Beruniy, Ibn al-Qiftiy va Ibn
Abu Usaybiya bergan. Ibn an-Nadim uning 115 ta kitobi va 30 ta risolalarining nomlarini
sanab, ular qatoriga olimning 19 ta kimyoviy asarlarini ham kiritgan. Shu tariqa, Roziy
asarlarining soni 164 taga boradi. Beruniy Roziyning barcha asarlarini fanlar bo‘yicha
guruhlarga ajratadi. Tabobat bo‘limida 56 ta asari ro‘yxatga olingan, (hammasi bo‘lib beruniy
184 ta nomni keltirgan). Ibn al-Qiftiy roziyning 133 ta asari ro‘yxati bilan cheklangan. Eng
keng ro‘yxat Ibn Abu Usaybiya tomonidan berilgan. Uning ro‘yxatda Roziy asarlarining soni
236 taga yetgan. Brokkelmanning aytishicha, ulardan faqat 61 tasi saqlanib qolgan.
Asosiy qism.
Yuliy Ruska Ibn an-Nadimning ‘‘Fixrist”, Beruniyning ‘‘Risola”, Ibn Abu
Usaybiyaning ‘‘Tabiblar tarixi” va Roziy haqida nashr etilgan bir maqolasiga asoslanib,
70
Roziyning kimyoga oid 26 ta nomdan iborat asarlar ro‘yxatini tuzadi:
1. ‘‘Kitob al-madhal at-ta’limiy” – ([Alkimyoni] o‘rganishga kirish kitobi)”.
2. ‘‘Kitob al-mahdal al-burhoniy” – (‘‘Ishonchli kirish kitobi”). Ushbu asar yana ‘‘kitob ilal
al-ma’odin” – ‘‘Minerallarning [hosil bo‘lishi] sabablari haqida kitob” nomi bilan ham ma’lum
bo‘lgan.
3. ‘‘Kitob isbot as-san’a var-radd ala munkirixa” – (‘‘[Alkimyo] san’tini asoslash va uni
inkor etuvchilarga raddiya berish”).
4. ‘‘Kitob al-hajar” – (‘‘Tosh haqidagi kitob”).
5. ‘‘Kitob at-tadbir” – (‘‘amal haiqdagi kitob”).
6. ‘‘Kitob al-iskir” – (‘‘Iskir haqidagi kitob”).
7. ‘‘Kitob sharaf as-sino‘a” – (‘‘[Alkimyo] san’tining sharafliligi haqida kitob”).
8. ‘‘Kitob at-tartib” – (‘‘[Ish] tartibi haqidagi kitob”).
9. ‘‘Kitob at-tadibir” – (‘‘Amallar haqidagi kitob”).
10.”Kitob ash-shavohid” – (‘‘“) – (‘‘ Shohidliklar kitobi”).
11. ‘‘Kitob al-muhan” – (‘‘Namunalar haqidagi kitob”).
12. ‘‘Kitob sirr al-hukamo va hiyalihim” – (‘‘Donishnamdlarning sirlari va ularning
nayranglari haqida”).
13. ‘‘Kitob al-asror” – (‘‘Sirlar kitobi”). Beruniyda: ‘‘Kitob as-sirr” – (‘‘Sirlar kitobi”).
14. ‘‘Kitob sirr al-asror” – (‘‘Sirlar siri kitobi”). Beruniyda esa ‘‘Kitob sirr as-sirr” –
(‘‘Sirlar siri kitobi”).
15. ‘‘Kitob at-tabvib” – (‘‘Boblarga bo‘lish kitobi”).
16. ‘‘Kitob ar-radd ala-l-Kindiy fi raddihi ala-s-sino‘a” – (‘‘Al-Kindiyning kimyo san’atini
rad etishga nisbatan raddiya kitobi”).
17. ‘‘Kitob al-ahjor” – (‘‘Toshlar haqida kitob”).
18. ‘‘Kitob risolat al-xossa” – (‘‘Mutaxasisga noma kitobi”).
19. ‘‘kitob al-haraj al-asfar” – (‘‘Sariq toshlar haqida kitob”).
20. ‘Kitob risoil ul-muluk” – (‘‘Podshohlarga nomalar kitobi”).
21. ‘‘Kitoban fi-t-tajorib” – (‘‘Tajribalar haqida ikk kitob”).
22. ‘‘Risola ila Qoin” – (‘‘Qoinga noma”).
23. ‘‘Munyat al-mutamanniy” – (‘‘Istovchining istagi”).
24. ‘‘Risola ili-l-vazir al-Qosim ibn Ubaydulloh” – (‘‘Vazir al-Qosim ibn Ubaydullohga
risola”).
25. ‘‘Kitob fi-r-radd ala Muhammad ibn al-Lays ar-Rasoiliy fi raddihi ala-l kimiyoiyyin” –
(‘‘Muhammad ibn al-Lays ar-Rasoiliyning kimyogarlarni rad etishiga raddiya kitobi”).
26. ‘‘Kitob fi anna sino‘at al-kimyo aqrab ila-l-vijud al-mumtani”’ – (‘‘Alkimyo san’ati
imkonsizlikdan ko‘ra, haqiqatga yaqinroqligi haqida kitob”)
1
.
Yuqorida keltirilgan alkimyo yoki kimyoga oid asarlardan ar-Roziyning ancha sermahsul
olim ekanligini bilish mumkin. Afsuski bu asarlarning ko‘pi bizgacha yetib kelmagan yoki hali
topilmagan. Ulardan bizga 4 tasigina yetib kelgan. Ular “Kitob al-madhal at-
ta’limiy”([Alkimyoni] o‘rganishga kirish kitobi), “Kitob ash-shavohid” (Shohidliklar kitobi),
“Kitob al-asror”(“sirlar siri”) va “Kitob sir al-asror”(“Sirlar siri kitobi”) kitoblari. 1910-yili
nashr qilingan Steplaton Azoning “Eramizning o‘n uchinchi asriga doir kompilyatsiyalar”
1
U.I.KARIMOV. AR-ROZIYNING NOMA’LUM “SIRLAR SIRI KITOBI”. – Toshkent, 2020. B. 52-54.
71
maqolasida Hindistonning Rampur viloyatidagi Navob kutubxonasida alkimyoga oid
risolalarning yig‘ma jildi topilganligi haqida ma’lum qilingan. Ushbu yig‘ma jild orasida ar-
Roziyning “Kitob al-madhal at-ta’limiy” va “Kitob ash-shavohid” asarlarining noyob
qo‘lyozmalari, “Alkimyo san’ati bo‘yicha o‘n ikki kitob”ning birinchi va to‘qqizinchi kitoblari
bor edi.
“Kitob ash-shavohid” (Shohidliklar kitobi) 16 sahifadan iborat bo‘lib, uning
muqaddimasida Roziy buni 12 ta kitobidan sakkizinchisi, deb yozadi va keyin oldingi yettita
kitobning nomlarini tavsiflar bilan keltiradi. O‘zining “Shohidliklar kitobi” mazmuni haqida
Roziy quyidagilarni yozadi: “Bizning ‘‘ Kitob ash-shavohid” deb nomlangan sakkizinchi
kitobimizga kelsak, u donishmandlarning sirli fikrlaridan, shu jumladan, aniq haqiqat
so‘zlangan fikrlaridan ko‘chirmalarni o‘z ichiga oladi. Bizning bu asarni yozishimizdan
maqsad, oldingi kitoblar qo‘shimchalarga muhtojligini isbotlash emas, balki biz qadimgi
ustozlarimiz bilan hamfikrligimizni va biz ularning yo‘llarida chetga chiqib ketmaganligimni
isbotlash edi”. Ushbu kitobning to‘liq matni haligacha chop etilmagan, ammo Roziyning
kimyoviy qarashlariga ularning hech qanday aloqasi yo‘qligi Steplton nashr qilgan
parchalardan ko‘rinib turadi.
“Kitob al-madhal at-ta’limiy”([Alkimyoni] o‘rganishga kirish kitobi) risolasining to‘liq
matni inglizcha tarjima bilan 1927-yili nashr etilgan. Ibn an-Nadimning ro‘yxatiga ko‘ra,
“Kitob al-madhal” Roziy “O‘n ikki kitobi”ning birinchi asari hisoblanadi. Bu chindan ham
boshlang‘ich qo‘llanma bo‘lib, alkimyoda ishlatiladigan barcha moddalar va asboblarning
qisqacha tavsifi berilgan. Kitob shunday boshlanadi: ‘‘... Shuni bilingki, har bir san’at uchun
zarur asboblar mavjud va bu asboblarning san’atga dahldor odamlarga ma’lum bo‘lgan
nomlari bor, ammo ular boshqalar uchun noma’lum. Alkimyo deb nomlanga bu san’at uchun
ba’zi asboblar va moddalar zarur va ular ushbu san’at bilan shug‘ullanadigan odamlar
biladigan nomlarga ega, ammo ularni boshqalar bilmaydi. Men bu yerda ular haqida shunday
ma’lumotlar to‘pladimki, agar o‘rganuvchi ularni o‘zlashtirsa, u bu san’at sohasidagi
mutaxasislardan biri bo‘ladi ba uni tushunadi”. Shundan so‘ng Roziy moddalar ro‘yxatini
keltiradi. Keyin turli asbob va moslamalarning tuzilishi va foydalanishini belgilaydi, undan
ba’zi kimyoviy jarayonlar haqida bayon etilgan. Oxirgi qismida esa Roziy ‘‘O‘n ikki kitob”ning
boshqa asarlarida muhokama qilingan savollarni qisqacha sanab o‘tadi
2
.
“Kitob al-asror”(“sirlar siri”) va “Kitob sir al-asror”(“Sirlar siri kitobi”) kitoblarida Roziy
nazariy jihatdan metallarni kumush va oltinga aylantirishning kimyoviy yo‘llarini aniqlashga
harakat qilgan. Ushbu nazariya fanda utopik jarayon hisoblansada, bu asarning qiymatiga
zarracha ta’sir ko‘rsatmaydi. “Kitob al-asror” dagi proporsiyalar, harorat, vaqt va yakuniy
nuqtalar bo‘yicha tashkil etilgan tartiblar va yozma spetsifikatsiyalar – bu hozirgi
labaratoriyalar qo‘llayotgan takror ishlab chiqarishga erishish strategiyalari bo‘lgan
3
. Nemis
tarixchisi Karl Shmider 1832-yili o‘zining “Alkimyo tarixi” nomli asarini yozganda, Yuliy Ruska
keyinchalik tarjima qilgan “Kitob al-asror” qo‘lyozmasi hali Germaniyaga kelmagan edi.
Shmiderning yozishicha, ar-Roziyning yo‘qolgan alkimyoviy asarlari lotin matnlarida
2
U.I.KARIMOV. AR-ROZIYNING NOMA’LUM “SIRLAR SIRI KITOBI”. – Toshkent, 2020. B. 46-100.
3
Taylor, Gail Marlow. The book of secrets: Alchemy and the laboratory manual from al-razi to Libavius, 920-1597
C.E. – USA , 2009.
72
havolalar bilan ma’lum bo‘lgan
4
. 1878-yilda Videman birinchilardan bo‘lib, o‘zining ‘‘Zur
Geschichte der chemie bei den Arabern” maqolasida “alembik” so‘ini izohlab berishda ushbu
qo‘lyozmadan yoydalangan. 1905-yili Steplton Hindistonda ‘‘Kitob al-asror”ning yana bir
nuqsonli qo‘lyomasini topadi. 1921-yili sharqshunos tarixchilardan biri hisoblangan Yuliy
Ruska Gettingen universitetida arabcha qo‘lyozmalarni ko‘zdan kechira turib, “Kitob al-
asror”ning to‘liq qo‘lyozmasiga duch keladi.
5
Ushbu qo‘lyozma 1561-yilda ko‘chirilgan bo‘lib,
Germaniyaga Liviyaning Amba Buskay monastiridan 1878-yili olib kelingan.
6
Tarixchi olim
Pol Krausning ta’kidlashiga ko‘ra, ushbu topilma arab kimyosi tarixidagi kalit bo‘lgan, unda
muallifning tarjimai holi, Roziy asarlarining dastlabki kataloglari borligi, qo‘lyozma to‘liq va
haqiyqiyligi bunga asos bo‘ladi.
7
1923 va 1924-yillari Ruska ar-Roziy to‘grisida ikkia maqola
yozdi. 1937-yilda esa Ruska ko‘p yillik harakatlardan so‘ng “Kitob al-asror”ni tarjimasini
yakunladi va nemis tilida nashr ettirdi. Ushbu kitob asosan Gettingen qo‘lyozmasi asosida,
shuningdek, boshqa uchta arab qo‘lyozmalari, Leybsig va Steplton taqdim qilgan Laknav va
Eskurial qo‘lyozmalarining fotografik nusxalari tarkib topdi.
8
“Kitob sir al-asror” “Kitob al-asror” ning davomi hisoblanib, unda yo‘q juda ko‘plab
ma’lumotlar keltirilgan. Abu Bakr ar-Roziyning yuqorida keltirilgan kimyoga oid risolalari bir
qancha vaqt nomi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikki asar sifatida bilib kelingan. Negaki, shu
paytgacha o‘rta asr sharq fanining yirik bilimdoni Yuliy Ruska qo‘lida mavjud bo‘lgan
qo‘lyozmalarga asoslanib, ar-Roziyning asarlari ro‘yxati mazmunan deyarli bir xil nomlangan
ikkita asarining mavjudligini oddiy tushunmovchilik deb hisoblab, ar-Roziyning “Sirlar kitobi”
deb nomlangan dastlabki asarini nemischa tarjimada “Sirlar siri kitobi” nomi ostida nashr
etganligini va o‘zining nufuzi tufayli ushbu masalani vaqtincha jiddiy chalkashtirganligini
aytadi.
9
Bu kabi yanglish fikr esa XX asrning o‘rtalarida yosh arabshunos olim U.I.Karimov
tomonidan to‘g‘rilanadi. Bu haqda mashhur sharqshunos olim V.Belyayev 1950-yili
Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida
saqlanayotgan alkimyoviy asarlar qo‘lyozmalarining tasnifi bilan shug‘ullanayotgan yosh olim
U.I.Karimov tomonidan Roziyning “ Sirlar siri kitobi” deb nomlangan alkimyoviy risolasi
qo‘lyozmasini, ya’ni “ Eng buyuk sirlar kitobi” qo‘lyozmasining topilishi kutilmagan yangilik
edi. Ubaydulla Karimov 1952-yil o‘rtlarida uning rus tilidagi izohli tarjimasini va ilmiy
tadqiqotini nihoyasiga yetkazdi. 1953-yil mart oyida Lelingrad davlat universitetining Sharq
fakultetida usgbu tadqiqot ishi muallif tomonidan nomzodlik dissertatsiyasi sifatida himoya
qilinadi va endilikda qauta ishlangan ko‘rinishda nashr etilmoqda.
Xulosa.
Demak, hozirda mazkur asarning bizga ma’lum besh nusxasi mavjud. Leypsig
nusxasi 138 varoqdan iborat bo‘lib, qo‘lyozmaning ko‘chirilgan joyi va sanasi ko‘rsatilmagan.
Gettingen nusxasi 72 varoqdan iborat va oxirgi sahifasidan qo‘lyozmaning 1561-yili
ko‘chirilganligini bilishimiz mumkin. Eskurial qo‘lyozmasi esa 91 varoq va uning ham
ko‘chirilgan sanasi noma’lum. Hindiston qo‘lyozmasining hajmi, ko‘chirilgan sanasi haqida
4
Gail Taylor. THE KITAB AL-ASRAR: AN ALCHEMY MANUAL IN TENTH-CENTURY PERSIA. Pluto Journals
(https:\\www.jstor.org\stable\41858601).
5
Paul Kraus, ‘’Julius Ruska,” Osiris 5 (1938), 9.
6
Ruska, Al-Razi’s Buch Geheimnes der Geheimnesse, 22.
7
Kraus, ‘’Julius Ruska,” 13.
8
This translation was published in Julius Ruska, Al-Razi 's Buch Geheimnis der Geheimnisse , Quellen und Studien zur
Geschichte der Naturwissenschaften und der Medizin, Band 6 (Berlin: Verlag von Julius Springer, 1937). 21.
9
U.I.KARIMOV. AR-ROZIYNING NOMA’LUM “SIRLAR SIRI KITOBI”. – Toshkent, 2020. B. 15.
73
ko‘p ma’lumot topa olmadik. Shunday bo‘lsada, U.I.Karimov ma’lumotlariga tayanib,
qo‘lyozmaning Laknovda topilganligini va yaxshi holatdaligini bilib oldik. Va so‘ngi beshinchi
qo‘lyozma 1950-yili Ubaydulla Karimov tomonidan topilgan. Qo‘lyozma 141 varoqdan iborat
va qo‘lyozmalar eng to‘lig‘i va qadimiysidir. Chunki 141b varoqda nusxa ko‘chirishni tugatgan
sana 1506-yil 7-iyul deb aniq ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, qo‘lyozmalar orasida eng hajimi
va qadimiyligi jihatdan Toshkent qo‘lyozmasi mukammalroq hisoblanadi. Balkim, shu
sababdan ham Ubaydulla Karimov Yuliy Ruska tomonidan yo‘l qo‘yilgan chalkashkilni
to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘lgan.
References:
1.
Gail Taylor. THE KITAB AL-ASRAR: AN ALCHEMY MANUAL IN TENTH-CENTURY
PERSIA. Pluto Journals (https:\\www.jstor.org\stable\41858601).
2.
Kraus, ‘‘Julius Ruska” 13.
3.
Paul Kraus, ‘‘Julius Ruska” Osiris 5 (1938), 9.
4.
Ruska, Al-Razi’s Buch Geheimnes der Geheimnesse, 22.
5.
This translation was published in Julius Ruska, Al-Razi 's Buch Geheimnis der
Geheimnisse , Quellen und Studien zur Geschichte der Naturwissenschaften und der Medizin,
Band 6 (Berlin: Verlag von Julius Springer, 1937). 21
6.
Taylor, Gail Marlow. The book of secrets: Alchemy and the laboratory manual from al-
razi to Libavius, 920-1597 C.E. – USA , 2009.
7.
U.I.KARIMOV. AR-ROZIYNING NOMA’LUM “SIRLAR SIRI KITOBI”. – Toshkent, 2020. B.
46-100.
