TIZIMLI FIKRLASH KO’NIKMASI KOMPETENSIYA SIFATIDA

Abstract

Maqolada tizimli fikrlash ko‘nikmasining kompetensiya sifatidagi ahamiyati tahlil etilgan. O‘zbekistonda ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirish, o‘qituvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish va baholash masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tizimli fikrlash kompetensiyasining asosiy xususiyatlari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va zamonaviy metodologik yondashuvlar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Maqolada kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar tahlil qilingan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
62-64
41

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Samatova , S. . (2025). TIZIMLI FIKRLASH KO’NIKMASI KOMPETENSIYA SIFATIDA. Social Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(4), 62–64. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/72186
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada tizimli fikrlash ko‘nikmasining kompetensiya sifatidagi ahamiyati tahlil etilgan. O‘zbekistonda ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirish, o‘qituvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish va baholash masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tizimli fikrlash kompetensiyasining asosiy xususiyatlari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va zamonaviy metodologik yondashuvlar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Maqolada kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar tahlil qilingan.


background image

62

TIZIMLI FIKRLASH KO’NIKMASI KOMPETENSIYA SIFATIDA

Samatova Shohsanam Xolmuhammad qizi

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti

Samadovashohsanam71@mail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15015851

Annotatsiya.

Maqolada tizimli fikrlash ko‘nikmasining kompetensiya sifatidagi

ahamiyati tahlil etilgan. O‘zbekistonda ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni
rivojlantirish, o‘qituvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish va baholash
masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tizimli fikrlash kompetensiyasining asosiy
xususiyatlari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va zamonaviy metodologik yondashuvlar bilan
bog‘liqligi yoritilgan. Maqolada kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha
tadqiqotlar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

tizimli fikrlash, kompetensiya, tayanch kompetensiyalar, pedagogik

kompetensiya, ta’lim sifati, baholash mezonlari, innovatsion ta’lim.


O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga

yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida
o‘qitiladigan umuta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch
kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqanholda xususiy
kompetensiyalar belgilab olindi. Zamonaviy o‘qituvchining tayanch kompetensiyalarga
egaligini yoki uni ta’limtarbiya jarayoniga qanchalar tadbiq etayotganligini aniqlash bizga
dars sifatini va samaradorligini oshirish uchun muximdir. Biz bunda o‘qituvchining
oqsayotgan jihatlarini ya’ni o‘rganishimiz natijasida sust bo‘gan tayanch kompetensiyarni
aniqla Shu o‘rinda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limga va uni baholash
mezonlari bu – o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va
ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
ta’limdir. Buni bartaraf etish uchun metodik yordam berishimiz zarurligini bildiradi.
O‘qituvchining tayanch kompetensiyalarga egaligini baholash odatta talim muassasi
rahbariyati, metodistlariyoki boshqa pedagog tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Bu mavzuni
ochib berishda bir qancha o‘zbek olimlar izlanishlar olib borishga, hususan “Malaka va
kompetesiralarni baholash” Yusupova A.A. va Kamolova S.R. [2], “Pedagogik kompetentlik
ta’im jarayoni muhim omili sifatida” Rahimov Zokir ilmiy maqolasi [3], “Kompetensiyaviy
yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini joriy etish – zamonaviy ta’lim
paradigmasi sifatida” Vaxobov M.M [4], Usarov Jabbor Eshbekovichning “Tayanch va fanga oid
kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini
rivojlantirish (fizika fanini o‘qitish misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi [5].

Shu o‘rinda kompetensiya va tayanch kompetensiya atamasga to‘xtalib ketsak.

Kompetentsiya – bu (lotincha, “erishaman, to‘g‘ri kelaman” ma’nolarini bildiradi) subyektning
maqsadni qo‘yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga
oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti
bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir.
Kompetentsiya – ma’lum bir sohada samarali ijodiy faoliyat uchun zarurbo‘lgan o‘quvchining
avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan
ham o‘zib ketishidir [8]. Tayanch kompetensiyalarning dunyo bo‘yicha yagona ro‘yxati yo‘q.


background image

63

Chunki har bir mamlakatning yoki regionning o‘z an’analari, mentaliteti va o‘ziga xos talablari
bor. Kompetensiya – bu jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib,
ularning ro‘yxati ma’lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi.
Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Masalan Shveytsariyaning va Amerika
Qo‘shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta’lim statistikasi
Milliy institutining “Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida tayanch
kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo‘lmagan.

Biz tizimli fikrlashni kompetentsiya deb bilamiz, chunki u kompetensiya belgilariga ega.

U muayyan ish vazifalarini qo'yadi va aniq natijalarni nazarda tutadi, ushbu natijalar muayyan
faoliyat va xulq-atvor turini hosil qiladi [12].

G.S. Altshullerning ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasida biz tizimli fikrlash

tamoyillariga o‘xshash tamoyillar asosida ishlaydigan texnologiyani ko‘ramiz. Biroq, bu
texnologiyani bilish foydalanuvchini muvaffaqiyatli ixtirochiga aylantirmaydi, balki TRIZ
texnologiyasini amalda qo‘llash orqali o‘zida buning uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni
rivojlantirishga yordam beradi [1]. Orit Ben-Tsvi Assarafning tadqiqotida o‘quvchilarning
tizimli fikrlashni talab qiladigan masalalarni yechish qobiliyatiga ta’sir qiluvchi ikkita omil
ajratib ko‘rsatilgan. Birinchi omil - "o‘quvchilarning individual bilish qobiliyatlari," ikkinchisi
esa - "bilimlarni integratsiyalashda ishtirok etish darajasi" [14]. Bu shuni anglatadiki, tizimli
fikrlash ko‘nikmalari shaxsning individual kognitiv qobiliyatlari bilan cheklanmaydi, balki
ularga asoslanadi va maxsus kognitiv hamda kasbiy kompetensiyalar bilan to‘ldirilishi
mumkin [4], [6]. Shunday qilib, tizimli fikrlash - shaxsiy fazilatlar va aniq ko‘nikmalarning
uyg‘unligidir.

Tizimli tafakkurni qanday ko‘nikma va sifatlar shakllantiradi?

Zamonaviy adabiyotlarda tizimli fikrlovchi qanday fazilat va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi

kerakligi haqida ko‘plab misollar keltirilgan [13]. Tizimli fikrlovchi - tizimli fikrlash
texnikasidan foydalanuvchidir [9]. D. Kapra tizimlar bilan samarali ishlash uchun zarur
bo‘lgan 14 ta odatni ajratib ko‘rsatgan [5]. B. Richmond tizimli fikrlashning yettita muhim
ko‘nikmasini tasvirlab bergan [13]. Senge tizimli tamoyillarni, tizimli fikrlash quriladigan
qoidalarni ajratib ko‘rsatgan [15]. Orit Ben-Tsvi Assaraf o‘z tadqiqotida tizimli tafakkurning
kognitiv tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatadi [14]. Ushbu odatlar, ko‘nikmalar, qoidalar va
tarkibiy qismlar orasida biz guruhlarni ajratib ko‘rsatdik, ularni, fikrimizcha, turli xil
kompetensiyalarga kiritish mumkin [4], [12]. Ushbu barcha odatlar, ko‘nikma va malakalar
tizimli fikrlashning turli jihatlarini aks ettiradi va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, tizimli fikrlash
kompetensiyasining bir nechta darajalarini tashkil etuvchi turli elementlardir [12].

Xulosa:

Tizimli fikrlash bugungi kunda pedagogik jarayonning ajralmas qismi bo‘lib,

o‘qituvchilarning tayanch kompetensiyalari tarkibida muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada
tizimli fikrlashning kompetensiya sifatidagi ahamiyati, uning shakllanish tamoyillari va ta’lim
jarayonidagi roli yoritildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tizimli fikrlash ko‘nikmalari
nafaqat shaxsning kognitiv qobiliyatlarini oshirishga, balki o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini amaliy qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Zamonaviy ta’limda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan baholash tizimlarini joriy

etish o‘qituvchilarning o‘z kasbiy mahoratini oshirishiga hamda dars sifatini yaxshilashga
yordam beradi. Shuningdek, tizimli fikrlashning rivojlanishi pedagogik jarayonning


background image

64

samaradorligini oshirib, ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash
imkonini yaratadi. Shu sababli, tizimli fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan metodik
ko‘rsatmalar va o‘qituvchilar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Sh.M. Mirziyoev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik harbir

rahbar faoliyatinig kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” Toshkent, 2017-yil.
2.

Yusupova A.A va Kamolova S.R “Malaka va kompetensiyalarni baholash”. Toshkent

davlat Sharqshunoslik instituti 2012. o‘quv-qo‘llanma.
3.

Rahimov Zokir “Pedagogik kompetentlik ta’im jarayoni muhim omili sifatida” ilmiy

maqolasi «Науки об образовании» CC BY 1025128.
4.

Vaxobov M.M. “Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini

joriy etish – zamonaviy ta’lim paradigmasi sifatida”. Tekst nauchnoy stati po spetsialnosti
«Nauki ob obrazovanii» CC BY 2501336.
5.

Usarov J.E. “Tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini

takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish (fizika fanini o‘qitish misolida)”
mavzusidagi

dissertatsiyasi

https://uza.uz/uz/posts/usarov-zhabbor-eshbekovichning-

talimva-tarbiya-azariyasi-v-28-11-2019.
6.

Э.Е. Феюшина «Как пройдет оценка компетенций учителя» https://pedsovet.org/

search/author/fedusina-elvira-evgenevna.
7.

К.В. Семенова “Программа оценки компетенций учителей: что это такое и сроки

проведения”

https://multiurok.ru/blog/proghramma-otsienki-kompietientsiiuchitieliei-

chto-eto-takoie-i-sroki-proviedieniia.html

.

8.

Kaldibekova, A. S., & Norboyev, F. C. (2021). Pedagogik innovatsion faoliyatda psixologik

to’siqlar muammosi.

Academic research in educational sciences

,

2

(CSPI conference 1), 611-

615.

9.

NORBOYEV, F. (2024). Innovatsiya manbalari: aktyor-tarmoq nazariyasi.

References

Sh.M. Mirziyoev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik harbir rahbar faoliyatinig kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” Toshkent, 2017-yil.

Yusupova A.A va Kamolova S.R “Malaka va kompetensiyalarni baholash”. Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti 2012. o‘quv-qo‘llanma.

Rahimov Zokir “Pedagogik kompetentlik ta’im jarayoni muhim omili sifatida” ilmiy maqolasi «Науки об образовании» CC BY 1025128.

Vaxobov M.M. “Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini joriy etish – zamonaviy ta’lim paradigmasi sifatida”. Tekst nauchnoy stati po spetsialnosti «Nauki ob obrazovanii» CC BY 2501336.

Usarov J.E. “Tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish (fizika fanini o‘qitish misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi https://uza.uz/uz/posts/usarov-zhabbor-eshbekovichning-talimva-tarbiya-azariyasi-v-28-11-2019.

Э.Е. Феюшина «Как пройдет оценка компетенций учителя» https://pedsovet.org/ search/author/fedusina-elvira-evgenevna.

К.В. Семенова “Программа оценки компетенций учителей: что это такое и сроки проведения” https://multiurok.ru/blog/proghramma-otsienki-kompietientsiiuchitieliei-chto-eto-takoie-i-sroki-proviedieniia.html.

Kaldibekova, A. S., & Norboyev, F. C. (2021). Pedagogik innovatsion faoliyatda psixologik to’siqlar muammosi. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 611-615.

NORBOYEV, F. (2024). Innovatsiya manbalari: aktyor-tarmoq nazariyasi.