DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH, BAHOLASH VA BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Annotasiya

Tezisda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning mavjud huquqiy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Qonunlar, Prezident farmonlari va yillik dasturlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional va huquqiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni tizimli boshqarish imkonini yaratishi tahlil etiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
93-99
8

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Zokirov , S. . (2025). DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH, BAHOLASH VA BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(14), 93–99. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/106294
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Tezisda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning mavjud huquqiy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Qonunlar, Prezident farmonlari va yillik dasturlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional va huquqiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni tizimli boshqarish imkonini yaratishi tahlil etiladi.


background image

93

DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH,

BAHOLASH VA BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Zokirov Shoxruxbek Zohidjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Davlat boshhqaruvi huquqi yo‘nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15646143

Annotatsiya:

Tezisda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy

xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning mavjud huquqiy asoslari chuqur tahlil qilinadi.
Qonunlar, Prezident farmonlari va yillik dasturlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning
institutsional va huquqiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvida
korrupsiyaviy xavflarni tizimli boshqarish imkonini yaratishi tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

Korrupsiya, korrupsiyaviy xavf, davlat boshqaruvi, huquqiy asos, xalqaro

ichki nazorat, qonun, Prezident farmoni, davlat dasturi.

Kirish.

Mavjud qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari va

mexanizmlari belgilangan bo‘lsa-da, huquqiy normalarni real hayotda amalda qo‘llash
imkoniyatlari hali ham yetarli emas. Shu sababli, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish,
bir-birini takrorlovchi yoki qarama-qarshi normalarni muvofiqlashtirish orqali normativ-
huquqiy bazani yanada izchil va amaliy holatga keltirish zarur.

Bugungi kunga kelib mamlakatizmida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 20 ta

normativ huquqiy-hujjatlar qabul qilindi

1

. Lekin so‘ngi yillardagi statistikaga yuzlansak

korrupsiya yana ham jadal suratlarda tomir otganini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni, so‘ngi
yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga
yеtkazilgan moddiy zarar miqdori oshib bordi (Qarang 1-ilova). Asosan zarar davlat xaridlari
sohasida keltirilgani ham ahamiyatli (Qarang 2-ilova). Shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlar
sodir etgan shaxslar dinamikasi ham hali ortga qaytganicha yo‘q (Qarang 3-ilova). To‘g‘ri buni
bugungi kunda korrupsiyaga oid jinoyatlarni fosh etishda qator yutuqlarga errishayotganimiz
bilan izohlashimiz ham mumkin. Lekin, bu statistikani pasaytirish bizning vazifa va maqsadizmi
hisoblanadi. Yuqoridagi 20 ta normativ-huquqiy-hujjatdan ayrimlari aynan davlat
boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va ularni baholash kabi masalalarni
tartibga solishi bilan ham ahamiyatli.

1

https://gov.uz/oz/uzbmb/pages/corr-doc


background image

94

Asosiy qism.

Hozirgi kunda davlat boshqaruvida korrupsiyani aniqlash, bartaraf etish va

baholash bo‘yicha 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni

2

muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Biroq, bu

qonun boshqa qonun hujjatlari
bilan tizimli uyg‘unlashgan
bo‘lishi

va

aniq

ijro

mexanizmlarini o‘z ichiga olishi
lozim. Shu bilan birga, sohadagi
yangi

xavflar

va

tendensiyalarni inobatga olgan
holda,

normativ-huquqiy

bazaning

doimiy

ravishda

yangilanib borishi muhim.

Bundan

tashqari,

O‘zbekiston Respublikasining
“Davlat

fuqarolik

xizmati

to‘g‘risida”gi

O‘RQ-788-son

qonunida

3

ham

Davlat

fuqarolik xizmati sohasida

korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha

qator

vazifalalr

belgilangan. Ya’ni unga ko‘ra
davlat fuqarolik xizmatchilari
tomonidan korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarga

yo‘l

qo‘yilmasligi, davlat fuqarolik
xizmatchilarining odob-axloq
qoidalariga

rioya

etilishini

ta’minlash, davlat fuqarolik
xizmatchisining

manfaatlar

to‘qnashuvini oldini olish va hal
qilishning

tashkiliy-huquqiy

asoslarini yaratish, ularga rioya
etilishi ustidan monitoring va

nazorat o‘tkazilishini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini
deklaratsiyalash tizimini joriy etish, davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovg‘alar olish va
berish tartibini belgilash, davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini
yoki moddiy ta’minot olishini va rag‘batlantirilishini ta’minlash kabilardan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-

xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik

2

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni.

https://lex.uz/mact/-3088008

3

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni.

https://www.lex.uz/uz/docs/-6145972


background image

95

ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarorida

4

Korrupsiyaga

moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilab
berilgan.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Korrupsiyaga

qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish hamda davlat
organlari va tashkilotlari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazorati
tizimi samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
200-sonli

farmonida

5

esa

Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha

2023-2024-yillarga

mo‘ljallangan

davlat

dasturi

belgilangani ushbu sohadagi

yangi bosqichlardan biri bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga

qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-
6013-son farmonida

6

davlat xizmatiga halollik standarti (“halollik vaksinasi”) va manfaatlar

to‘qnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda ko‘maklashish bo‘yicha ta’sirchan choralarni
ko‘rish, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, davlat organlari va
tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik
nazoratini o‘rnatish bo‘yicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga ko‘maklashish va
shunga o‘xshash qator chora-tadbirlar belgilnagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son
farmoniga

7

asosan davlat boshqaruvida korrupsiyani aniqlash, baholash va uni bartaraf etish

bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Ya’ni ushbu farmonga ko‘ra: Davlat xizmatida halollik
standartlarini joriy etish. Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulklarini deklaratsiya
qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining
oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish
borasidagi faoliyatda ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish.

Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish

tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish

mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori.

https://lex.uz/uz/docs/-6000285

5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda

davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-200-sonli farmoni.

https://lex.uz/docs/-6676585

6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini

takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmonida.

https://lex.uz/uz/docs/-4875784

7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.

https://lex.uz/mact/-5841063#-5843875


background image

96

shakllantirish.

Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali

mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni
ta’minlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish. Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi
haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish.

Davlat fuqarolik xizmati tizimiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarida

xodimlarni ishga qabul qilishda ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olishning yagona
qoidalarini ishlab chiqish.

Davlat xizmatiga kirish va uni o‘tash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni

baholash bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tut?vchi “Raqamli davlat
xizmati” loyihasini amalga oshirish.

Davlat xizmatida sohalar kesimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy

omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik

ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash bo‘yicha reyting tizimini joriy etish.

Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali

mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni
ta’minlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish.

Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy

etish.

Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish

tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish. Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
etish. “E-antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga

qo‘yish, jamoatchilik nazoratini olib borishni qo‘llab-quvvatlash.

Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash va bunga keng

jamoatchilikni jalb etish. Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv
choralarni kuchaytirish.

Korrupsiyaning nafaqat oqibatlarini, balki sabablarini oldindan bartaraf etish bo‘yicha

ta’sirchan amaliy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Aholi va davlat xizmatchilarining
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya”ni joriy etish orqali sohaga doir

huquqiy bilim va ongni yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli tizimini joriy qilish. Davlat
xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish kabi qator
chora-tadbirlar belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi

PF-158-son farmonida

8

esa Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini

oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal
davom ettirish.

“Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan

8

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni.

https://lex.uz/ru/docs/-6600413


background image

97

Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish.

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2

barobarga kamaytirishga erishish.

Davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda

mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib
ketishining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini to‘laqonli joriy qilish. 100 foiz
normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab
chiqilishini ta’minlash kabi vazifalar belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan
ularning hududiy bo‘linmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar
faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi buyrug‘iga

9

ko‘ra davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili

1-martgacha baholanadi.

Shuningdek, ushbu buyruqga asosan Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash

maxsus boʻlinma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar

ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, oʻrta, yuqori oʻlchovlarda baholanadi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat

tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va “E-
anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1-fevralga qadar kiritiladi.

Yuqoridagi normative-huquqiy hujjatlar albatta izchil qabul qilingan. Ushbu hujjatlarga

qo‘shimcha ravishda xalqaro tajribaga asosan esa biz quyidagilarni tahlil qilishimiz mumkin.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro standart

va tamoyillarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi 2008-yilda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan.
Ushbu konvensiya korrupsiyani oldini olish, jinoyatlarni aniqlash va jazolash, aktivlarni
qaytarish hamda xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlarda qat’iy choralarni nazarda tutadi.

Mazkur konvensiyada nazarda tutilgan qoidalarni milliy qonunchilikka to‘laqonli va

amaliy tarzda singdirish O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro darajadagi
samaradorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, Yevropa Kengashining GRECO tashkiloti
tajribalari, OECD tavsiyalari va Transparency International me’zonlari ham milliy
qonunchilikda aks ettirilishi mumkin bo‘lgan xalqaro manbalar sifatida qaraladi.

Shuninhdek, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish,

ayniqsa, yuqori lavozimdagi amaldorlar tomonidan sodir etilgan holatlar uchun qat’iy
javobgarlik mexanizmlarini joriy etish, huquqiy tenglik prinsipini mustahkamlashga xizmat
qiladi.

Xulosa.

Amaliyotda ayrim yuqori mansabdor shaxslarning jazosiz qolishi, davlat

xizmatining ochiqligiga va odillik tamoyiliga putur yetkazadi. Shu bois, yuqori lavozimdagi

9

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya

vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat
muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash
uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i.

https://www.lex.uz/uz/docs/-6178891


background image

98

shaxslar uchun alohida axloqiy va huquqiy javobgarlik standartlari belgilanib, ularning faoliyati
ustidan real va samarali nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim.

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi, moliyaviy manfaatdorlikni yashirish, noqonuniy

boylik orttirish kabi korrupsiyaviy holatlarni aniqlovchi aniq va qat’iy me’yorlarni belgilash
bugungi kun talabi hisoblanadi.

Nazariy jihatdan yaxshi ishlab chiqilgan huquqiy normalar ularning amalda to‘laqonli

qo‘llanilishisiz o‘z samarasini bermaydi. Shu sababli:

Har bir davlat organi va mansabdor shaxslar faoliyati uchun axloqiy kodekslar ishlab

chiqilishi va ularning amaliyotda bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi lozim.

Davlat xaridlari, tenderlar va subsidiyalar berish jarayonlarini tartibga soluvchi huquqiy

mexanizmlar shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga asoslangan bo‘lishi kerak.

Elektron hujjat almashinuvi, raqamli monitoring tizimlari va sun’iy intellekt asosidagi

tahlil vositalari yordamida korrupsion xavflarni aniqlovchi huquqiy asoslar yaratish bugungi
global standartlarga javob beradi.

Binobarin, korrupsiyani yoqotish va unga qarshi kurashish hujjatlar bilan qanchalik

tartibga solinmasin inson omiliga borib taqalishi tabiiy. Bu esa, jamoatchilikdan, har birimizdan
korrupsiya deya atalmish illatni vaqtida payqash, o‘zi va yaqinlarini undan himoya qilish,
ayniqsa, boshqa shaxslarning huquqlari buzilishiga yol qoymaslik kabi insoniylik burchlari ado
etilishini talab etadi

10

.

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi huquqiy asoslarni takomillashtirish – davlat

boshqaruvi islohotlarining poydevori hisoblanadi. Bu jarayonda xalqaro tamoyillarni
singdirgan holda, milliy qonunchilikni real hayotga moslashtirish, javobgarlikni kuchaytirish va
amaliy mexanizmlarni joriy etish orqali korrupsiyaning ildiziga zarba berish mumkin. Bu esa
davlatning barqaror rivojlanishini, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini va xalqaro
maydondagi obro‘sini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni.

https://lex.uz/mact/-3088008
2.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni.

https://www.lex.uz/uz/docs/-6145972
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-

xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik
ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/uz/docs/-
6000285
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada

takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati
tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-sonli farmoni.
https://lex.uz/docs/-6676585

10

Nurmatova, N. U. (2024). KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH XALQARO STANDARTLARI VA

O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI.

MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC

SOLUTIONS

,

1

(2), 322-329.


background image

99

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga

qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
farmonida. https://lex.uz/uz/docs/-4875784
6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. https://lex.uz/mact/-
5841063#-5843875
7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi

farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-6600413
8.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan
ularning hududiy bo‘linmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar
faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi buyrug‘i. https://www.lex.uz/uz/docs/-6178891
9.

Nurmatova, N. U. (2024). KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH XALQARO

STANDARTLARI VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND
THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 322-329.
10.

https://gov.uz/oz/uzbmb/pages/corr-doc

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/mact/-3088008

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni. https://www.lex.uz/uz/docs/-6145972

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/uz/docs/-6000285

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-sonli farmoni. https://lex.uz/docs/-6676585

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmonida. https://lex.uz/uz/docs/-4875784

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. https://lex.uz/mact/-5841063#-5843875

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-6600413

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i. https://www.lex.uz/uz/docs/-6178891

Nurmatova, N. U. (2024). KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH XALQARO STANDARTLARI VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 322-329.

https://gov.uz/oz/uzbmb/pages/corr-doc