OILAVIY TARBIYANING MA’NAVIY-AXLOQIY ASOSLARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Annotasiya

Maqolada oila shaxsni ijtimoiylashtirish va uning axloqiy-ma’naviy fazilatlarini shakllantirishdagi eng muhim institut sifatida o‘rganiladi. Yoshlarda milliy qadriyatlarni qadrlash, sog‘lom ijtimoiy muhitda voyaga yetish va barqaror jamiyat qurilishida oilaning o‘rni alohida ta’kidlanadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
162-163
4

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xalmuratova , G., & Paluaniyazova , F. (2025). OILAVIY TARBIYANING MA’NAVIY-AXLOQIY ASOSLARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(14), 162–163. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/109082
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada oila shaxsni ijtimoiylashtirish va uning axloqiy-ma’naviy fazilatlarini shakllantirishdagi eng muhim institut sifatida o‘rganiladi. Yoshlarda milliy qadriyatlarni qadrlash, sog‘lom ijtimoiy muhitda voyaga yetish va barqaror jamiyat qurilishida oilaning o‘rni alohida ta’kidlanadi.


background image

162

OILAVIY TARBIYANING MA’NAVIY-AXLOQIY ASOSLARI: ZAMONAVIY

YONDASHUVLAR

Xalmuratova Gulbaxar

Paluaniyazova Feruza

QDU akademik litseyi kimyo fani o‘qituvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15682214

Annotatsiya.

Maqolada oila shaxsni ijtimoiylashtirish va uning axloqiy-ma’naviy

fazilatlarini shakllantirishdagi eng muhim institut sifatida o‘rganiladi. Yoshlarda milliy
qadriyatlarni qadrlash, sog‘lom ijtimoiy muhitda voyaga yetish va barqaror jamiyat
qurilishida oilaning o‘rni alohida ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar.

oila, ma’naviy-axloqiy tarbiya, milliy qadriyatlar, mahalla, ijtimoiy muhit,

ota-onalarning mas’uliyati, salbiy holatlarning oldini olish, oilaviy pedagogika, yoshlar,
institutsional hamkorlik.


Shaxsni ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol toptirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash

jarayonida oila yetakchi ijtimoiy institut sifatida muhim o‘rin egallaydi. To‘g‘ri shakllangan
oilaviy muhitda voyaga yetgan shaxs jamiyatga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lib, milliy
qadriyatlarni qadrlash va o‘z milliy o‘zligini saqlashga intiladi. Shu jihatdan qaralganda,
oilaning ijtimoiy-ma’naviy muhiti nafaqat shaxs kamoloti, balki butun jamiyat va millat
taraqqiyotining hozirgi holati va istiqbolini belgilovchi muhim omillardan biri
hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lomligi ko‘p
jihatdan oilaviy madaniyat hamda mahallalarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarga bog‘liqdir.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, oila bola uchun eng
muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-
atvor, iroda va dunyoqarash shakllanadi [5].

Bugungi kunda mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni jismonan va

ruhan sog‘lom qilib tarbiyalash, jamiyat ravnaq topishida oilaning tutgan o‘rni va ishtirokini
yanada oshirish, oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalariga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar
ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va jamiyat hayotidagi nufuzini ta’kidlash bilan

birgalikda, uning rivojlanish omillarini o‘rganish, ayniqsa, oilada ma’naviyaxloqiy tarbiya
ishini muntazam olib borish katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masaladir.

Oilada ota-onalarning bilimini mustahkamlash orqali barkamol avlodni tarbiyalash, bu

boradagi mas’uliyatni yanada oshirish, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish
masalalarida mahalla fuqarolar yig‘inidagi ―Ota-onalar universitetlari‖ning o‘ziga xos
vazifalarini e’tirof etish joiz. Bunda otaonalarning yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha huquqiy,
ma’naviy-axloqiy, psixologik, pedagogik va fiziologik bilimlarini oshirishga qaratilgan
tadbirlarni amalga oshirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Ayniqsa, farzand tarbiyasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ota-onalar bilan ishlash, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit
barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar (jinoyatchilik, jumladan xotinqizlar va
yoshlar o‘rtasida jinoyatlar, notinch oilalar,

Shuningdek,

mahallalardagi

―Oila-mahalla-ta’lim

muassasaci‖

hamkorligi

mexanizmlarini kuchaytirish, oilalar, ota-onalar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish va bu borada davlat


background image

163

va jamoat tashkilotlarining faolligini oshirish maqsadga muvofiq [1].

Albatta, har bir oila istiqomat qiladigan makon mahalla bo‘lib, u ayni paytda milliy

qadriyatlar maskani hamdir. Bugungi kunda ―Mahalla – ham ota, ham ona‖ degan hikmatli
naql fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hisoblanmish mahallalar misolida tobora
mustahkamlanib bormoqda.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mamlakatimiz hayotidagi ulkan o‘zgarishlar

ma’naviy tarbiya borasida quyidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi:

turli vosita va usullar orqali yoshlarda nafis did hamda yuksak axloqiy
fazilatlarni shakllantirish;
- yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosida ularning

siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

- aholi orasida ijtimoiy sog‘lom muhitni qaror toptirish;
- yoshlarni Vatanimizga, milliy g‘oya va an’analarimizga sadoqatli qilib tarbiyalash;
- millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash;
- yoshlarda sog‘lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni rivojlantirish;
- yoshlarni g‘oyaviy kurashuvchan ruhda tarbiyalash va ularda mafkuraviy immunitetni

yuksaltirish;

- yoshlarning o‘z Vatani va xalqi, shuningdek tabiat va jamiyat oldidagi mas’uliyat hissini

oshirish.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi ―Xotin qizlarni qo‘llab-

quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 5325-son Farmoni www// lex. uz.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―O‘zbekiston Respublikasi mahalla

va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Mahalla va Oila» ilmiytadqiqot instituti
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
11.06.2020 y., 09/20/367/0741).
3.

Musurmanova O. Farzandlarimga nasihatlar. Toshkent. Yoshlar nashriyot uyi, 2020, -186

bet.
4.

Quronov M. Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya. – T.: FAN, 1995. – 118 b.

5.

Oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya. ―Mahalla ziyosi respublika o‘quv uslubiy markazi.

Ommabop risola. – T.2015 y. –72 b.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi ―Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 5325-son Farmoni www// lex. uz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Mahalla va Oila» ilmiytadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2020 y., 09/20/367/0741).

Musurmanova O. Farzandlarimga nasihatlar. Toshkent. Yoshlar nashriyot uyi, 2020, -186 bet.

Quronov M. Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya. – T.: FAN, 1995. – 118 b.

Oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya. ―Mahalla ziyosi respublika o‘quv uslubiy markazi. Ommabop risola. – T.2015 y. –72 b.