ISLOM DININING PAYDO BO‘LISHI VA UNING HUKMRON MAVQEGA AYLANISHI

Аннотация

Islom ilmiy uyg‘onish davrini turli tushunchalar bilan izohlanadi va bu tushunchalar g‘arblik va sharq olimlar o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bu yangi madaniyatning ilohiyot, falsafa, adabiyot, arxitektura kabi sohalarida islomning mafkura sifatida va arab tilining fan tili sifatida taʼsiri kuchli bo‘lgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
96-98
30

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
EVATOV, S. (2024). ISLOM DININING PAYDO BO‘LISHI VA UNING HUKMRON MAVQEGA AYLANISHI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(7), 96–98. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/45860
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Islom ilmiy uyg‘onish davrini turli tushunchalar bilan izohlanadi va bu tushunchalar g‘arblik va sharq olimlar o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bu yangi madaniyatning ilohiyot, falsafa, adabiyot, arxitektura kabi sohalarida islomning mafkura sifatida va arab tilining fan tili sifatida taʼsiri kuchli bo‘lgan.


background image

96

ISLOM DININING PAYDO BO‘LISHI VA UNING HUKMRON MAVQEGA

AYLANISHI

Salimjon S.EVATOV

Farg‘ona davlat universiteti

falsafa kafedrasi katta o‘qituvchisi(PhD)

e-mail: alfargoniy.uz@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12204697

Annotatsiya:

Islom ilmiy uyg‘onish davrini turli tushunchalar bilan izohlanadi va bu

tushunchalar g‘arblik va sharq olimlar o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bu yangi
madaniyatning ilohiyot, falsafa, adabiyot, arxitektura kabi sohalarida islomning mafkura
sifatida va arab tilining fan tili sifatida taʼsiri kuchli bo‘lgan.

Kalit so‘zlar:

islom, uyg‘onish davri, din, lohiyot, falsafa, adabiyot.


Islom dinining paydo bo‘lishi va uning hukmron mavqega aylanishi bilan islomga asoslangan
yangi madaniyat taraqqiy eta boshladi va uning aqidalariga to‘g‘ri keladigan eʼtiqodlar,
taʼlimotlar va axloqiy normalar arablar tomonidan butunlay yo‘q qilindi. Islom teologiyasining
shakllanishi uzoq muddat davom etdi va bu jarayon turli millatlar va ularning o‘ziga xos
madaniyatlaridan tarkib topgan musulmon madaniyati, musulmon sivilizatsiyasining taraqqiy
etishi bilan birga kechdi. Turli madaniyatlarning yaxshi tomonlarini o‘zlashtirgan va ularning
maʼrifiy asoslari bilan oziqlangan tamaddun yaraldi. “Islom diyorlari tarixiga nazar solgan har
bir kishi tarix va undagi hodisalar, harakatlar boshida ulamolar turganini darhol sezadi.
Albatta, bu islom dini xususiyatlaridan kelib chiquvchi tabiiy bir holatdir. Islom haqiqatlarini
to‘g‘ri tushunib yetgan ulamolar doimo o‘z xalqi bilan birga bo‘ladi, uning dard-alamlarini
birga tortadi. Zotan, haqiqiy ulamolar faoliyatining o‘zi shuni taqozo qiladi. Islom taʼlimotlari
bilan qurollangan ulamolar o‘z xalqi dardiga malham bo‘lishga harakat qiladilar”[1]. Bunday
sadoqatli ulamolarning yetishib chiqishi ortidan islom fikriy va aqidaviy rivoji muttasil davom
etgan. “Bundan maʼlum bo‘ladiki, islom dini qotib qolgan va hech qanday o‘zgarishni qabul
qilmaydigan din emas. Aksincha, u insonlar ehtiyojini har doim hisobga olgan. Din
ko‘rsatmalarini tatbiq qilishda voqelikni inobatga olmaslik, haddan oshish katta xatolarga olib
kelishi va jamiyatda turli ixtiloflar avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada shariatning
maqsadiga olib boradigan yo‘llar berkilib, xalq mashaqqatga duchor bo‘ladi. Shu bois yangi
muammolarni hal qilishda voqelikni chuqur o‘rganish hamda shariat ko‘rsatmalarini shunga
muvofiq ravishda tatbiq etish lozim”[2]. Buning uchun esa islomdan chuqur habardorlik,
islom teologiyasini bilish va mohiyatini anglash talab etiladi. Shuning uchun ham, islom
falsafasining o‘rganilmagan jihatlarini yoritish, keng ommaga falsafa tarixi nuqtai nazaridan
tushuntirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir.
Vaqt o‘tishi bilan islom dini tarqalgan hududlarning jadal kengayishi, musulmonlarning
boshqa din va madaniyatlar bilan yuzlashishi natijasida yangi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning shakllanishi vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Yangi sharoitlarda yuzaga kelgan
masalalar yechimi uchun Qurʼon va hadislardagi dalillar bilan bir qatorda aqliy dalillarga
oldingidan ham ko‘proq ehtiyoj sezila boshladi[3]. Natijada islom dunyosida islom va uning
aqidalarini himoyalashga qaratilgan ratsional fikrlash va dalillarga asoslangan islom
teologiyasi anʼanalari shakllana boshladi.
“Islom ensiklopediya”sida islom dinining asosiy jihatlaridan biri – unga sig‘inuvchi xalqlar


background image

97

uchun islom aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganligi bayon qilinadi.
Shuningdek, ensiklopediyaga ko‘ra, islom o‘zining uch davrga bo‘lingan rivojlanish bosqichiga
ega. Birinchi davrni istisno holatida Qurʼon davri deb aytish o‘rinlidir.Ikkinchi rivojlanish
bosqichini islom dinidagi yo‘nalishlar, mazhablar va firqalarning vujudga kelishi bilan bog‘lab
tushuntirish lozimdir. X-XI asrlarda sunniylar va shialar, muʼtaziliylar hamda ashʼariylar
o‘rtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketganligini manbalar tahlili ko‘rsatadi.
Uchinchi rivojlanish bosqichi sifatida musulmon dunyosida “chekka” hududlar va o‘lkalarining
o‘rni va roli ortgani bilan izohlash mumkin. Batamom o‘zga madaniy anʼanalarga ega bo‘lgan
xalqlar musulmon dunyosining maʼnaviy hayotiga qo‘shilgach, islomga o‘z diniy-axloqiy
tasavvurlari, huquqiy meʼyorlari va odatlarini olib kirdilar”[4]. Demak, islomning uch
taraqqiyot bosqichida uning aqidaviy, axloqiy, fiqhiy va ratsional asoslari sayqallanib bordi va
o‘zining yuksak nuqtasiga ko‘tarildi. Natija islom ilohiyoti ham o‘zining yuksak cho‘qqisiga
chiqdi va bu orqali jamiyatga islom aqidasining mustahkam o‘rin egallashiga o‘zining munosib
hissasini qo‘shgan.
Islom teologiyasi rivojining ilk davrlarida barcha muammo va masalalarni hal etishda vahiy va
payg‘ambar Muhammad tushuntirishlari, keyinchalik Qurʼon, hadislar hamda sahoba va
tobeʼinlar obro‘siga tayanish qabul qilingan edi. Shuning uchun ilk musulmonchilikda
anʼanaga, yaʼni Qurʼon, Sunna, taqlidga tayanish ustunlik qilgan. Shu bilan birga bu davrda
avvalo shariat rivojlanadi. Shariat maʼnosi – to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilikni anglatadi.
“Islom paydo bo‘lganidan keyin, oradan 60 yil o‘tmay, Islom davlatining tili, madaniyati va
meʼmorchiligi Fors yeridan to Shimoliy Afrikagacha bo‘lgan ulkan hududga tarqaldi. Endi
umaviylar sulolasining hukmdorlari o‘z hokimiyatining mutlaq ramzi bo‘lmish ulkan jomeʼ
masjini barpo etdilar”[5]. Yangi musulmon jamiyati uchun jamiyatdagi munosabatlarni
tartibga solish masalasi dolzarb bo‘lgan. Demak, ilk musulmon jamiyati avvalo islom dini,
shariatga asoslangan qonun-qoidalarni ishlab chiqadi. Bu jarayonda islom ilohiyotining fiqh
sohasi (musulmon huquqshunosligi) paydo bo‘ladi. Fiqh ilmining rivojlanish jarayonida
shariat (fiqh) mazhablari (hanafiya, malikiya, shofiʼiya, xanbaliya hamda jafariya) vujudga
keladi. Ular, ortodoksal huquq doirasidan chiqmagan holda, shariat masalalarida yengilroq
yoki jiddiyroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Musulmon huquqi tizimining
mufaqqihlar (huquqshunoslar) tomonidan mukammal ishlab chiqilgani hozirgi zamon
tadqiqotchilari tomonidan tan olingan. Yaʼni, “usulul fiqh ilmi eng nozik va hamiyatli ilmlardan
biridir. Islom shariati va ulamolari bu ilmni nihoyatda yaxshi ko‘rganlar. Chunki mujtahidlar
uni ijtihod qilishga va sharʼiy dalillar hamda manbalardan hukmlarni chiqarib olishga asos
qilib qo‘yganlar”[6]. Demak, usulul fiqh ilmi sharʼiy ahkomlarni chiqarib olish qoidalarini
o‘rgatadigan ilm sifatida shakllangan. Shunday murakkab tizimni ishlab chiqish jarayonining
o‘zida islom teologiyaini yana-da rivojlantirishga zarurat yuzaga kelgan va bu shu davrning
muhim talabiga aylangan. Shuning uchun huquqiy mazhablar o‘z faoliyatida, yaʼni huquqiy
masalalarni hal etishda, shariatni amalga oshirishda Qurʼon va hadislar, anʼanaga, shariat
tamoyillariga tayanish bilan birga aqlga, shaxsiy mustaqil fikrga tayanishni maqbul deb
topganlar. Bunga misol sifatida ularning ijmo, qiyos, raʼy usullaridan foydalanishganini
taʼkidlash mumkin.



background image

98

References:

1.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hidoyat imomi. –Toshkent: “Hilol-Nashr”,

2019. –B. 4.
2.

Islom maʼrifati va hozirgi zamon. Nashrga tayyorlovchi Abdullayev A. –Toshkent:

Toshkent islom universiteti, 2017. –B. 13.
3.

Abdullayev A. G‘. Ilmdan boshqa najot yo‘q.. –Toshkent: Toshkent islom universiteti,

2017. –B. 8.
4.

Islom ensiklopediyasi. –Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi ” DIN, 2004. –B.

216.
5.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Olam va odam, din va ilm. –Toshkent:

“HILOL-NASHR” nashriyoti, 2019. –B.41.

Библиографические ссылки

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hidoyat imomi. –Toshkent: “Hilol-Nashr”, 2019. –B. 4.

Islom maʼrifati va hozirgi zamon. Nashrga tayyorlovchi Abdullayev A. –Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2017. –B. 13.

Abdullayev A. G‘. Ilmdan boshqa najot yo‘q.. –Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2017. –B. 8.

Islom ensiklopediyasi. –Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi ” DIN, 2004. –B. 216.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Olam va odam, din va ilm. –Toshkent: “HILOL-NASHR” nashriyoti, 2019. –B.41.