AMIR OLIMXONNING VASIYATNOMASI

Аннотация

Said Olim To‘ra 1881-yil 18-dekabrda Buxoro amiri Abdulahadxon xonadonida Karmana bekligidagi Olchin saroyida dunyoga kelgan. Said Olim To‘raning to‘liq ismi Said Mir Muhammad Olimdir. Amir Said Olimxonni yoshligidan boshlab To‘rajon deb e’zozlashgan. Onasining ismi Davlat Baxt oyim. Amir Said Olimxon oilada ikkinchi farzand edi. Otasi Amir Abdulahadxon tomonidan Amir Said Olimxonning akasi Said Mir Abdulloh taxt vorisi etib tayinlangani uchun hech kim Olim To‘rani taxtga o‘tirishini kutmagan edi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
17-21
15

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Hamrayev, M. . (2024). AMIR OLIMXONNING VASIYATNOMASI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(14), 17–21. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/52605
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Said Olim To‘ra 1881-yil 18-dekabrda Buxoro amiri Abdulahadxon xonadonida Karmana bekligidagi Olchin saroyida dunyoga kelgan. Said Olim To‘raning to‘liq ismi Said Mir Muhammad Olimdir. Amir Said Olimxonni yoshligidan boshlab To‘rajon deb e’zozlashgan. Onasining ismi Davlat Baxt oyim. Amir Said Olimxon oilada ikkinchi farzand edi. Otasi Amir Abdulahadxon tomonidan Amir Said Olimxonning akasi Said Mir Abdulloh taxt vorisi etib tayinlangani uchun hech kim Olim To‘rani taxtga o‘tirishini kutmagan edi.


background image

17

AMIR OLIMXONNING VASIYATNOMASI

Mahmud Hamrayev

Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14324670

Said Olim To‘ra 1881-yil 18-dekabrda Buxoro amiri Abdulahadxon xonadonida Karmana

bekligidagi Olchin saroyida dunyoga kelgan. Said Olim To‘raning to‘liq ismi Said Mir
Muhammad Olimdir. Amir Said Olimxonni yoshligidan boshlab To‘rajon deb e’zozlashgan

1

.

Onasining ismi Davlat Baxt oyim. Amir Said Olimxon oilada ikkinchi farzand edi. Otasi Amir
Abdulahadxon tomonidan Amir Said Olimxonning akasi Said Mir Abdulloh taxt vorisi etib
tayinlangani uchun hech kim Olim To‘rani taxtga o‘tirishini kutmagan edi

2

.

1893-1896-yillarda Peterburgda harbiy talim olib qaytgan taxt vorisi, avval qarshi keyin

esa Karmanada hokimlik vazifasini bajardi. Amir Olimxon 1910-yilda otasi Amir Abdulahadxon
vafoti munosabati bilan Buxoro taxtiga o‘tirib uni 1920-yilgacha idora qildi. Hukumdorlik
yillarida ko‘plab islohotlar o‘tkazdi. Bu islohotlardan bazilari mamlakatda qadimchilarning
nufuzi balandligi va amirga taziyqi tufayli amalga oshmay, bazilari esa oxiriga yetmay ham
qoldi.

O‘tgan asrning 20 yillarida Turkiston tarixida ikki muhim vojeaviy voqea bo‘lib o‘tdi.

1920-yil 1-fevralda Xivada xonlik, 2-sentabrda Buxoroda amirlik tizimi bolsheviklar tarafidan
ag‘darildi. Buxoro amirligini ham Xiva xonligining fojiaviy qismati kutayotganligini yaxshi
tushungan Amir Said Olimxon shoshilinch ravishda o‘z mamlakatning mudofaa qobiliyatini
mustahkamlashga urunardi.

3

Tukkomissiya Buxoro davlatiga qarshi harbiy jang amaliyotlari o‘tkazilishining butun

tafsilotlarini Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze bilan birgalikda ishlab chiqqan edi. 1920-
yil yozida Buxoro amirligida siyosiy vaziyat juda keskinlashdi. 25-avgustda Frunze Turkiston
fronti askarlariga “qo‘zg‘olon ko‘targan Buxoro mehnatkashlariga yordam ko‘rsatish
to‘g‘risida” buyruq berdi. Bosqinchilar guruhining ko‘pchiligiga 29-avgustga o‘tar kechasi faol
harakatlarni boshlash buyrug‘i berildi

4

.

Harbiy harakatlarga siyosiy jihatdan rahbarlik qilish uchun Yangi Buxoro (Kogon)

shahriga Turkiston komissiyasi va Turkiston byurosining yangi a’zosi G. Safarov va Yosh
buxoroliklar partiyasi rahbarlari jo‘natildi. Buxoroning bosib olinishiga M.V.Frunze Samarqand
shahridan turib telegraf orqali bevosita rahbarlik qildi. Qizil armiya tomonidan Buxoroga
bosqin 29-avgustga o‘tar kechasi boshlandi. Hal qiluvchi janglar esa Buxoroyi sharif darvozalari
yaqinida ro‘y berdi

5

.

Ushbu hodisalarning bevosita shohidi bu haqida quyidagicha yozadi: “shahar markazi yer

bilan yakson qilindi. Jang davomida ko‘plab samolyotlar va zambaraklar ishga solindi. Minglab
snaryadlar va bombalar Eski Buxoro ustiga yog‘dirildi. Shahar himoyachilaridan tashqari
ko‘plab begunoh keksalar, ayollar va bolalar halok bo‘lishdi. Yuzlab aholi uy-joylari,

1

Ражабов Қ. Олимхон // Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Том 6. – Т: ЎзМЕ нашриёти, 2003.

– Б. 509.

2

Nurettin Hatinoğlu. Türkistanda son türk devleti Buhara emirliği ve Alim Han. – Istanbul: Ötüken, 2011. – S. 109.

3

Ўзбекистоннинг энг янги тарихи. 2-китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Илмий

муҳарир: М.Жўраев. - Тошкент: “Шарқ”,2000. - Б. 124.

4

Ражабов.Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши қуролли кураш: тарих ҳақиқати (1920-1924

йиллар). Тошкент ., “Маънавият”, 2002, 11-12 б.

5

Ражабов.Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши қуролли кураш: тарих ҳақиқати (1920-1924

йиллар). Тошкент ., “Маънавият”, 2002, 12 б.


background image

18

me’morchilik va tarixiy obidalar yer bilan yakson bo‘ldi. Registon yondirildi”

6

.

Urushning to‘rtinchi kunida Buxoroning qarshiligi butunlay sindirildi. Vaziyat shu

darajaga yetdiki, Olimxonning shaharni tark etishdan boshqa chorasi qolmadi. Poytaxt qizillar
tomonidan egallangach Amir Said Olimxon sharqiy mintaqalarga, so‘ng esa Afg‘oniston
hududiga o‘tib ketdi. Afg‘oniston hududiga harbiy madat olish maqsadida borgan Said Olimxon
xalqaro doiradagi rus-afg‘on maxfiy kelishuvidan bexabar edi. Afg‘on hukumati va bolsheviklar
o‘rtasida do‘stlik

7

shartnomasiga ko‘ra Omonullaxon sobiq amirga na harbiy madat beradi va

na vatanga qaytishga imkoniyat. Omonulloxon Said Olimxonni Kobulga taklif qilgach, ruslar
Buxoroda ishonch bilan harakatlana boshlaydilar. Buxoro amiri Kobulga kelgach, Omonulloxon
betaraf bo‘lishini ma’lum qildi. Biroq u ruslar bilan do‘stona munosabatga kirishdi. Amir Said
Olimxonning 18 o‘g‘il va 16 nafar qiz, jami 34 nafar farzandi bo‘lgan

8

.

Bu farzandlardan 3 nafari amirlik ishg‘ol qilingach ruslar tominidan asir olingan. Qolgan

farzandlari esa Qobulda dunyoga kelgan. So‘nggi amir shaxsiyati har doim odamlarda qiziqish
uyg‘otgan. Ayniqsa Buxoroning oltinlari taqdiriga hali hamon qiziquvchilar bisyor. Amir
Olimxon Afg‘onistonda Qorako‘lteri va o‘zining zargarlik do‘konidan tushgan foyda hisobidan
kun ko‘rgan. Savdodan tushgan mablag‘lardan bir qismini Britaniya Hindistonidagi banklarga
omonat sifatida qo‘yadi. Afsuski juda ko‘p marotaba ishonchli qilib yuborilgan vakillar
tomonidan bu mablag‘larni o‘zlashtirish, ishlatib yuborish yoki talon-taroj qilish xolatlari
kuztiladi.

Quyida biz Amir Said Olimxon tomonidan umrining oxirlarida yozilgan vasiyatnomani

ye’tiboringizga havola yetamiz. Ushbu vasiyatnomaning asil nusxasi hozirgi vaqtda AQShda
istiqomat qilayotgan Amir Said Olimxonning nabirasi Aliy Olimiyning shaxsiy arxivida
saqlanmoqda. Biz bu vasiyatnoma nusxasini hozirda Turkiyaning Zo‘ng‘uldoq viloyatida
istiqomat qilayotgan tarix fanlari doktori,professor Nuriddin Hatinog‘ludan oldik. Nuriddin
Hatinog‘lu nafaqat Amir Said Olimxon hayoti va faoliyatini o‘rgangan olim, balki amirning
farzanddlaridan biri Abdulkabir Azmiy

9

ga kuyov ham hisoblanadi.

Bismillahir rohmanir rohim
Barcha jonlar o‘limni tatib ko‘radi. Dunyo abadiy yemas, uning hech kimga vafosi

yo‘q va hammadan qoladi. Va hamma narsa Alloh yaratuvchi yekanligining dalilidir. O‘lim
hamisha Allohning bandalarini kutadi. Bu nochor odam

10

uzoq vaqtdan beri kasal yedi.

Shu haqiqatdan kelib chiqib, hayot omonat yekanligini, bu jonni xohlaymizmi yo‘qmi
Allohga topshirish kerakligini angladim. Shu sababli, oilamga kelajakdagi vakil va masul
bo‘lishi uchun o‘rnimga kimnidir tayinlashim zarur deb hisoblayman. Men aqli raso va
ongli bo‘lib, hali ham o‘ng va chapimdagilarni taniydigan holatdaman. Atrofimni payqay
oladigan darajada yekanman, o‘z o‘rnimga katta o‘g‘lim Said Mir Umarni to‘liq vakolatli
qilib tayinladim. Agar Alloh taoloning izni bilan yurtimiz Buxoroi sharif mustaqillikka
yerishib, u yerda bir islomiy davlat barpo yetilsa, omon qolgan sodiq xalq menga bo‘lgan
sadoqati tufayli to‘ng‘ich o‘g‘lim Said Mir Umarni Buxoro amirligiga saylasinlar.

6

Генис В. Разгром Бухарского эмирата в 1920 году // “Вопроси истории”, 1993. № 7. –С.49-50.

7

Nurettin Hatunoğlu Türkistanda son Türk devleti Buhara yemirliği ve Alim Han. – I.: Ötüken, 2016. – S. 237.

8

Nurettin Hatunoğlu Türkistanda son Türk devleti Buhara yemirliği ve Alim Han. – I.: Ötüken, 2016. – S. 366.

9

Abdulkabir Azmiy –shoir. (1938 Afg‘oniston,Kobul-2013 Turkiya,G‘aziantep). Amir Olimxonning farzandlaridan

biri.

10

Said Olimxon bu yerda o‘zini nazarda tutayapdi.


background image

19

Ikkinchidan, mening shaxsiy ishlarim shu yerda qabul qilingan qarorga va aytilgan

raqamlarga muvofiq amalga oshirilsin. Hijriy-Qamariy 1338-yilda

11

amir bo‘lganimda

xizmatimdagi Musulmon Toʻraqulboy To‘qsoba, Safarboy Qori Mirzap Miroxur va Qori
Muhiddin ismli uch kishi orqali Londonga

12

119300 jild qorako‘l terisi va 15376 jild

takar

13

terisini (631 bog‘lam) jo‘natdim. Afsuski, ushbu paytda yurtimda inqilob ro‘y berdi

va bu voqea natijasida men qardosh yurt Afg‘onistonga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldim.
Bu orada menga Angliyadan xabar keldi. Aytib o‘tilgan tovarlar xizmatkorlarim orqali
sotilgan va taxminiy miqdori 2 million hind rupisi bo‘lgan bu mablag‘ odamlarim
tomonidan Hindiston banklariga deposit (omonat)sifatida qo‘yilgan. Yonimdagi
yordamchilarim xat yozib, tegishli pulni menga yuborishni talab qilishdi. Ammo ular
(Londonga yuborilgan odamlar) bu pulni rad yetishdi. Shundan so‘ng, men ularga qarshi
(ular Hindistonda yedi) sudga da’vo qo‘zg‘atdim va taxminan ikki yil davom yetgan
da’vodan so‘ng ular mening haqqimni to‘lashga rozi bo‘lishdi. Ular jami 2 million rupiydan
400 ming rupiyni xarajatlar sifatida ko‘rsatdilar. Qolgan 1 million 600 ming rupiy
quyidagi tarzda taqsimlangan: men Toʻraqulboyga xizmatlari yevaziga 200 ming rupiy
to‘lashni tasdiqladim. Xizmatlari yevaziga Qori Mizrap Miroxurga 60 ming, Qori
Muhiddinga 40 ming rupiy berdim. Bu xarajatlardan keyin 1 million 300 ming mening
haqqim yedi. Bu pulning 500 ming rupiyini “Saodati vatan”

14

hisobiga o‘tkazishni

buyurdim. Men bu pulning savdo yuli bilan ko‘payishini va olingan foydani o‘sha pulga
qo‘shishini xohladim. Qolgan 800 ming rupiyni janob Hoji Ismoil

15

ga topshirdim va undan

foydadan tushgan mablag‘ni mening xarajatlarimni qoplash uchun Kobulga yuborishini
iltimos qildim.

Ammo afsuski Hoji Ismoil Peshovarda vafot yetdi. Shundan keyin mening pullarim

Hoji Ismoilning sheriklariga o‘tib ketdi. Hoji Abdulmajit, Hoji G‘ulomhaydar va ismlari
yodimda bo‘lmagan ikki kishi Hoji Ismoilning sheriklari yedi. Shu paytgacha ko‘p marta
xat yozib yuborsam ham, bu odamlar mening pulimni ham, shu puldan topgan foydani
ham qaytarishmagan.

“Saodati Vatan” puliga kelsak, bu pullar mening yordamchilarim tomonidan 660

ming Rupi sifatida ko‘rsatilgan. Imperial Bank va Grandley Bank nomidagi banklarning
Peshovar filiallariga joylashtirilgan.

Ikkinchidan, tilga olingan odamlar mening roziligim bilan ushbu kapitalning bir

qismini ishlatib, Qorako‘l terilarini sotib olib, Londonga jo‘natishgan. Bu terilar
sotilayotgan paytda Ismoil hoji kasal bo‘lib, Hindistonga qaytishni xohlaydi. Hoji Ismoil
Londondagi bir yahudiy brokerga mening nomimdan terilar uchun pulning hammasini
Hoji To‘raqulbiy

16

ning Londondagi Grandley Bank hisobiga qo‘yishni aytadi. Hoji Ismoil

11

1920-yil

12

Bu jumlada Britaniya Hindistoni nazarda tutilgan bo‘lsa kerak. Chunki tovarlar qiymati funt cterlingda emas

hind rupiysida qayt qilingan.

13

Qo‘y terisi navi

14

Buyuk Britaniyaning Hindistondagi “Imperial Bank” va “Grandley Bank” banklaridagi amir nomiga ochilgan

hisob raqam nomi. Bu hisob raqamdagi pullar Buxoro mustaqillikka erishgach davlat uchun ishlatilishi kerak
bo‘lgan.

15

Ҳожи Исмоилбей. Амирнинг савдо вакили. 1932 йил 25 январда Ҳозирги Покистоннинг Пешовар

вилоятида вафот этган.

16

Ҳожи Тўрақулбей. Амирнинг савдо вакили. 1945 йил 27 декабрда вафот этган.


background image

20

Peshovarga qaytgach, Allohning izni bilan vafot yetdi. Hoji Ismoil vafotidan keyin Hoji
To‘raqulboy Qobulga, mening oldimga kelib, Hoji Ismoilning vafoti haqidagi xabarni
yetkazdi. Tijorat ishlari yomonlashib ketishining oldini olish uchun avval Hoji Ismoilga
bergan vakolat (ishonchnomam)ni berishimni so‘radi. Lekin men Hoji Ismoilga bergan
vakolat (ishonchnomam)ni avvalroq Hoji Toshpo‘latga bergandim. Lekin oradan biroz
vaqt o‘tgach, Hoji Toshpo‘latning bu yangi ishga layoqatsizligini angladim va bu odamni
ishdan bo‘shatdim. Keyinroq yana oldimga Hoji To‘raqulboy kelib, vakolat
(ishonchnomam)ni berishimni so‘radi. Bu masalalar bilan bevosita shug‘ullanishni
o‘zimga munosib ko‘rmaganim uchun, yaxshilab o‘ylab ko‘rganimdan so‘ng, Peshovardagi
ushbu shaxsga majburiy ravishda ishonchnomamni yubordim. Ishonchnoma orqali bu
shaxs tijorat faoliyatini boshladi va menga oyiga 3 ming rupiy yubora boshladi. Biroz vaqt
o‘tgach, Jahon urushi

17

boshlanganligi uchun Hoji To‘raqulning tijorat faoliyatidan

bexabar qoldim. Ancha kutdim va keyin bildimki, Hoji To‘raqul ishonchnomamni
suiistemol qilib, pulimni sovurib yuborgan. Ayni damda sog‘ligim yaxshi yemasligi sababli
davolanish bilan bandman va bu borada hech qanday chora ko‘ra olmayman. Umid
qilamanki, kasallik o‘tib ketadi, shunda men biror chora ko‘raman.

O‘lim menga juda yaqin yekanini his qilganim uchun, mendan so‘ng to‘ng‘ich o‘g‘lim

Said Mir Umarni shaxsiy ishlarimda o‘rinbosar qilib qoldiraman. Lozim deb bilsa, Hoji
To‘raqulboy va uning atrofidagilar bilan hisob-kitob qilib, “Saodati vatan”dagi pulni
savdo-sotiq uchun ishlatsin. Ushbu pulning asosiy qismini to‘ldirgandan so‘ng, foydasining
o‘ndan bir qismini o‘zi olsin. Makkai Muazzama va Madinai Mukarramada joylashgan va
amakimning o‘g‘li Said Abdulmubin nazorati ostidagi vaqflarimni ham Said Umarga
o‘tkazaman. Ularga islomiy tamoyillar asosida muomala qilsin. Rahmatli otam
Fransiyadagi bir yahudiyga savdo qilish uchun bergan taxminan 300 million funt
sterlingning (agar u hujjatlari topilsa) yagona merosxo‘ri ham Said Umardir. Kimdir bu
masala bo‘yicha sudga murojaat qilsa, u haqsizdir. Said Umar bu pullarni xohlagancha
ishlatishi mumkin. Ushbu vasiyatnoma Abdullohbek va Abdulrahim Rahimiyning
guvohligida 10 shahri Rabiulavval 1363-yilga teng keladigan

18

16 Hud

19

(baliq burji)

20

1322-yil seshanba kuni zoti oliy Buxoro amiri tomonidan yozildi.

Imzo va Muhr.

References:

1.

Ражабов Қ. Олимхон // Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Том 6. – Т: ЎзМЕ

нашриёти, 2003.

17

Bu yerda Birinchi jahon urushi nazarda tutilayapdi. Urush 1914-1918 yillarda asosan Antanta va Uchlar ittifoqi

o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.

18

Jaloliy taqvimi – Afg‘oniston va Yeron hududlarida foydalaniladigan taqvim nomi. Bu taqvimda fasllar uchun

yeng mos keladigan va aniq vaqt belgilash imkonini bergan birinchi dastur. Bu taqvim Umar Xayyom raisligidagi
qo‘mita tomonidan quyosh yili asosida ishlab chiqildi va saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh ye’tiboriga havola
qilingan. Bir yil 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa, 15 soniya va 48 millisekunddan iborat. Bog‘doddagi Nizomiya
madrasasida 1079-yil 15-martda quyosh botishi boshlanishi deb belgilangan. Yangi yil bayrami 21-mart, Navro‘z
kuni bo‘lib, yil har biri 30 kundan iborat 12 oyga bo‘linadi.

19

Baliq (21 fevral - 20 mart).

20

Burj — Quyoshning yillik koʻrinma harakati doirasidagi oʻn ikki yulduz turkumining nomlari.


background image

21

2.

Nurettin Hatinoğlu. Türkistanda son türk devleti Buhara emirliği ve Alim Han. – Istanbul:

Ötüken, 2011.
3.

Ўзбекистоннинг энг янги тарихи. 2-китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги

даврида. Илмий муҳарир: М.Жўраев. - Тошкент: “Шарқ”,2000.
4.

Ражабов.Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши қуролли кураш: тарих

ҳақиқати (1920-1924 йиллар). Тошкент ., “Маънавият”, 2002.
5.

Генис В. Разгром Бухарского эмирата в 1920 году // “Вопроси истории”, 1993. № 7.

Библиографические ссылки

Ражабов Қ. Олимхон // Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Том 6. – Т: ЎзМЕ нашриёти, 2003.

Nurettin Hatinoğlu. Türkistanda son türk devleti Buhara emirliği ve Alim Han. – Istanbul: Ötüken, 2011.

Ўзбекистоннинг энг янги тарихи. 2-китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Илмий муҳарир: М.Жўраев. - Тошкент: “Шарқ”,2000.

Ражабов.Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши қуролли кураш: тарих ҳақиқати (1920-1924 йиллар). Тошкент ., “Маънавият”, 2002.

Генис В. Разгром Бухарского эмирата в 1920 году // “Вопроси истории”, 1993. № 7.