PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISHDA MAHALLA YETTILIGI BILAN O‘ZARO HAKMORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Аннотация

Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining viktimogologik profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmlari yoritilgan. Undan tashqari mahalla yettiligining asosiy vazifalari, ijtimoiy profilaktikaning umumiy ob’ektlari va viktimologik profilaktika yo‘nalishlari, soha bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlari haqida so‘z borgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
57-61
22

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abduxalilov , X., & Ismoilov , I. . (2024). PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISHDA MAHALLA YETTILIGI BILAN O‘ZARO HAKMORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(Maxsus son 12), 57–61. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62895
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining viktimogologik profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmlari yoritilgan. Undan tashqari mahalla yettiligining asosiy vazifalari, ijtimoiy profilaktikaning umumiy ob’ektlari va viktimologik profilaktika yo‘nalishlari, soha bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlari haqida so‘z borgan.


background image

57

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLARNING

VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISHDA MAHALLA

YETTILIGI BILAN O‘ZARO HAKMORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Abduxalilov Xojiakbar Dilmurod o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Ma’muriy huquq kafedrasi o‘qituvchisi,

katta leytenant

Ismoilov Ismoil Arislom o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 221-guruh kursanti, safdor

https://doi.org/10.5281/zenodo.14550727

Annotatsiya:

Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining

viktimogologik profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmlari yoritilgan.
Undan tashqari mahalla yettiligining asosiy vazifalari, ijtimoiy profilaktikaning umumiy
ob’ektlari va viktimologik profilaktika yo‘nalishlari, soha bo‘yicha olib borilgan ilmiy
izlanishlari haqida so‘z borgan.

Kalit so‘zlar:

viktimologik profilaktika, ijtimoiy profilaktika, mahalla yettiligi, ob’ektlar,

vazifalar.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahallalar darajasida aholi muammolarini o‘z vaqtida

aniqlash va samarali yechimini topish, ijtimoiy himoya tizimining manzilliligi va shaffofligini
ta’minlash orqali fuqarolar yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli
ishlar amalga oshirilmoqda.

Mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini

takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar
faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat
yuritadigan «Mahalla yettiligi» tashkil qilindi.

Mazkur sohada belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda «Mahalla yettiligi»ga

ko‘maklashish, mahallalarda qabul qilinayotgan qarorlarning haqqoniyligi va asosliligini
ta’minlash maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va «Mahalla
yettiligi»ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda mahalla xalq bilan davlat o‘rtasidagi “ko‘prik” vazifasini amalga

oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylantirildi.

Mahallaning o‘zida 60 dan ortiq masala hamda 64 turdagi

Mahalla yettiligi”ning

kollegial qarorlari asosida ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar
ro‘yxati belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi “Mahalla institutining

jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in
sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan,
mahallalar boshqaruv xodimlarining soni “soliqchi” va “ijtimoiy xodim” qo‘shilishi hisobiga
5 tadan 7 taga ko‘paydi.

Ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiya ajratish bo‘yicha hujjatlarni “mahalla yettiligi”ga

ko‘rib chiqish uchun hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tayyorlaydi va
kiritadi.

Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish borasida “mahalla yettiligi”ning

o‘zaro hamkorlik mexanizmlari quyidagicha shakllantirilgan.


background image

58

Aholi, jumladan uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash borasida;

Hokim yordamchisi

- Har oyda kamida 10 nafar ishsizning bandligini ta’minlash

chorasini ko‘radi (subsidiya va kreditlar ajratish);

Xotin-qizlar faoli

- Har oyda kamida 5 nafar xotin-qizlarni tadbirkorlik, kasanachilik va

hunarmandchilikka jalb qiladi;

Yoshlar yetakchisi

–“Yoshlar bandligi dasturi” doirasida ishsiz yoshlar va maktab

bitiruvchilari bandligiga ko‘maklashadi.

Jinoyat sodir etganlar, profilaktik hisobda turuvchilar va notinch oilalar bilan

ishlash borasida;

Xotin-qizlar faoli - har oyda bir marotaba jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va

profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar xonadonidagi muammoni o‘rganadi, tazyiq va
zo‘ravonlik holatlarini aniqlaydi va profilaktika inspektoriga xabar beradi, nizoli oilalarning 5
tasini sog‘lom turmush tarziga qaytaradi;

Profilaktika inspektori

- Jinoyat sodir etgan shaxslar va profilaktik hisobda turuvchilar

bilan manzilli ishlashda mutasaddi tashkilot va idoralar vakillarini jalb etadi;

Yoshlar yetakchisi

- Profilaktika inspektori bilan birgalikda huquqbuzarlik sodir

etishga moyilligi bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan tizimli, individual ish olib boradi.

Uy-joy ta’miri va uy-joyga muhtoj oilalar bilan ishlash borasida;

Mahalla raisi

- mahallada “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini

joriy etadi, har oyda bir marotaba hashar uyushtiradi, kamida 2 ta ehtiyojmand oila
xonadonida hashar tashkil etadi;

Xotin-qizlar faoli

- xotin-qizlarning muammolari yuzasidan davlat organlari va

tashkilotlarga murojaat qiladi, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy,
psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni ijtimoiy xodim bilan birgalikda, har oyda kamida10
nafar og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam
ko‘rsatishni tashkil etadi.

Xorijga ketganlarni qaytarish borasida;

Profilaktika inspektori

- Uzoq muddatga ketgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantiradi

va ularning oilalari bilan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida “mahalla yettiligi”ning
boshqa a’zolariga taqdim etadi;

Yoshlar yetakchisi

- Har oyda kamida bir marotaba xorijdagi yosh vatandoshlar bilan

muloqot qilib, ularni Vatanga qaytarish borasida “mahalla yettiligi”bilan zarur choralarni
ko‘radi.

Aholi murojaatlari va ularni ijobiy hal etish borasida

Mahalla raisi

- Davlat organlari vakillarini aholi muammolarini hal etishga safarbar

etadi, har oyda kamida 5 ta davlat organlari vakillarini mahalla Kengashida axborotini
eshitadi;

“mahalla yettiligi” faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, har haftada mahalladagi “oltilik”

hisobotini eshitadi va ularni har biri har oyda kamida 10 tadan muammoli masalalarni hal
etishini nazoratga oladi.

Hududda qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi, ta’lim,

tibbiyot, sport, savdo, xizmat ko‘rsatish qoidasiga rioya etilishini nazorat qiladi, har haftada 1
marotaba hududdagi ijtimoiy sohalar faoliyatini o‘rganadi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga manzilli yordam


background image

59

ko‘rsatish borasida

Ijtimoiy xodim

- og‘ir ahvolga tushgan va og‘ir ahvolga tushish xavfi yuqori bo‘lgan

shaxslar va oilalarni aniqlaydi, ularga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish va yordamlarni tashkil etadi;

Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli

va

ijtimoiy xodim

-

jismoniy shaxslarni tegishli daftarlarga kiritish va chiqarish hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish
bo‘yicha hujjatlarni shakllantirib,

“mahalla ye

ttiligi”ning boshqa barcha a’zolariga ko‘rib

chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritadi;

Qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik

tamoyillariga rioya qilinishi uchun “mahalla yettiligi”mas’ul va javobgar bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yilning 30 noyabr kuni “Obod va

xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-801-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, huquqbuzarlik sodir etish va undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan

shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam
ko‘rsatish (ijtimoiy-profilaktika tadbirlari) bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari bilan
elektron axborot almashish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy-profilaktika tadbirlari «mahalla yettiligi» — mahalla raisi, hokim yordamchisi,

profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori
tomonidan amalga oshiriladi.

Ularga bu borada mehnat organi xodimi, tibbiyot xodimi, maktab direktori, psixologi,

inspektor-psixolog, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriluvchi
sub’ektlarning murojaatiga asosan tuman (shahar) darajasidagi tegishli davlat organlari va
tashkilotlari xodimlari ko‘maklashadi.

Ijtimoiy-profilaktika tadbirlari quyidagi shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi:
- huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan shaxslar:
- band bo‘lmagan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
- spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarga qaram bo‘lib qolgan

shaxslar;

- qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar
- g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar;
- qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
- ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari;
- ajralish yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar;
- yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
- muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan ayollar;
- tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shaxslar.
Shu bilan birga, huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli mumkin bo‘lgan shaxslar, ya’ni

parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan
shaxslarga nisbatan ham ijtimoiy-profilaktika tadbirlari amalga oshiriladi.

Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini tashkil

etishda mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligi haqida so‘z borganda biz avvalo viktimologik
profilaktika tushunchalariga ta’rif berib olishimiz lozim bo‘ladi.

Xususan, viktimologik profilaktikaning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning turlari va


background image

60

shakllari I. Ismailov, Q.A. Saitqulov, O. Olimovna, Q.R. Abdurasulova, U.T. Shodmonov, A.K.
Rasulev, A.S. Tursunov, S.S. Sharipov, Sh. Gofurov, K.L. Yugay kabi yetuk olimlarimiz
tomonidan o‘rganilgan.

Ashimova Z.S., Chumichkin Aleksandr Sergeevich, Zadorojnыy, Viktor Ilich, Oks,

Lyudmila Yevgenevna, Vishneveskiy, Kirill Valerevich, Щerbakova, Larisa Yurevna, Kulakova,
Anna Aleksandrovna, Sarakova, Anna Pavlovna kabi horijiy mamlakat izlanuvchilari
viktimologik profilaktikaning jinoiy-huquqiy qonunchiligi nuqtai nazaridan ilmiy izlanishlar
olib borgan.

Yuqoridagi olimlar tomonidan viktimologik profilaktika tushunchasiga turli

yondashuvlar asosida ta’rif berilgan.

Ushbu masalada O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 may kunidagi

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son qonunining 43-moddasiga
muvofiq huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasiga tushuncha berilgan.

Unga ko‘ra, Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki

muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini
kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini qo‘llashga doir faoliyati
huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasidir.

Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va ijtimoiy-

psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish;

aholiga, shu jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar o‘rtasidagi

nizolarni hal etish usullarini o‘rgatish;

huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish bo‘yicha chora-

tadbirlarni ko‘rish;

huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan

muassasalarni tashkil etish;

huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik xavfsizligini ta’minlashga

qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uni qonunda
nazarda tutilgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish usullari va vositalari to‘g‘risida xabardor qilish;

g‘ayriijtimoiy xulq-atvor nisbatan tez-tez kuzatiladigan yoki huquqbuzarliklar tez-tez

sodir bo‘lib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam ravishda nazorat qilish;

hujum qilingan taqdirda zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat haqidagi ma’lumotlarni keng

tarqatish yo‘li bilan aholiga huquqiy tarbiya va ta’lim berish;

g‘ayriijtimoiy xulq-atvor, tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan

huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasini
bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa huzurida ishonch, tezkor aloqa telefonlarini,
qutqaruv xizmatlarini tashkil etish;

profilaktika dasturlari va tadbirlari loyihalarining ommaviy muhokamalarini tashkil

etish, ularni amalga oshirish jarayonida muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda
bartaraf etish maqsadida jahon Internet axborot tarmog‘ida veb-saytlar, bloglar, chatlar
tashkil qilish;

huquqbuzarliklar

profilaktikasining

zamonaviy

usullari

to‘g‘risida

elektron

adabiyotlarni tarqatishdan iboratdir.

Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini tashkil


background image

61

etishda mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligi yuqorida keltirilgan viktimologik profilaktika
choralaridan kelib chiqib, mahalla hududida amalga oshiriladigan ijmoiy profilaktika
ob’ektlariga nisbatan amalga oshiriladi.

Yuqorida bayon etilgan fikr va mulohazalar profilaktika inspektorining

huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini tashkil etishda mahalla yettiligi bilan
hamkorlik masalalarini amaliyotga tatbiq etishda amaliy va nazariy natijalarini ko‘rsatadi
degan umiddamiz.

FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4 aprelidagi “

Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari va
senatorlarning «Mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-son qarori;
2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.06.2024 yildagi “Mahallalar

faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 334-son
qarori;
3.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 may kunidagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi

to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son qonuni;
4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yilning 30 noyabr kuni “Obod va

xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-801-son qarori;
5.

O‘zbekiston Respublikasining 29.09.2010 yildagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida

nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi №O‘RQ-263 Qonuni;

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 4 aprelidagi “ Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari va senatorlarning «Mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.06.2024 yildagi “Mahallalar faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 334-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 may kunidagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yilning 30 noyabr kuni “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-801-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasining 29.09.2010 yildagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi №O‘RQ-263 Qonuni;