HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH VA UNGA IMKON BERADIGAN SHART-SHAROITLARNI BARTARAF ETISH YO‘NALISHLARI

Аннотация

Dunyoda qancha davlat bo‘lsa, barchasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, korrupsiya kabi mamlakatning ijobiy o‘zgarishlariga o‘zining bevosita salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi illatlar mavjud va bu doimiy ravishda ularning sabablarini aniqlash, bartaraf etish yo‘llarini o‘ylab topish hamda qarshi kurashishni taqozo etadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
46-49
31

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abdullayev , F., & Karamatov, S. . (2024). HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH VA UNGA IMKON BERADIGAN SHART-SHAROITLARNI BARTARAF ETISH YO‘NALISHLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(Maxsus son 12), 46–49. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62898
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Dunyoda qancha davlat bo‘lsa, barchasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, korrupsiya kabi mamlakatning ijobiy o‘zgarishlariga o‘zining bevosita salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi illatlar mavjud va bu doimiy ravishda ularning sabablarini aniqlash, bartaraf etish yo‘llarini o‘ylab topish hamda qarshi kurashishni taqozo etadi.


background image

46

HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH VA UNGA IMKON BERADIGAN

SHART-SHAROITLARNI BARTARAF ETISH YO‘NALISHLARI

Abdullayev Fayzulla Abduqodir o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘qituvchisi, katta leytenant

Karamatov Shoniyoz Odil o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

https://doi.org/10.5281/zenodo.14550703

Dunyoda qancha davlat bo‘lsa, barchasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik, korrupsiya kabi

mamlakatning ijobiy o‘zgarishlariga o‘zining bevosita salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi illatlar
mavjud va bu doimiy ravishda ularning sabablarini aniqlash, bartaraf etish yo‘llarini o‘ylab
topish hamda qarshi kurashishni taqozo etadi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bizning mamlakatimizda ham jamoat tartibini saqlash

va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va
jinoyatchilikka qarshi kurashish dolzarb vazifa bo‘lib, bu ichki ishlar organlarining asosiy
vazifasi hisoblanadi. Bir kun janjal bo‘lgan uyda qirq kun Baraka bo‘lmaydi – deb bejiz
aytishmagan dono xalqimiz.

Shu sabab, davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Prezident sifatida o‘z

faoliyatini boshlaganidan so‘ng, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarni oldini olish
ishlari mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek,
jinoyatni aniqlash, uning negizini topish, huquqbuzarliklarni oldini olish, uni jilovlash
mutasaddilarning eng asosiy vazifasidir.

Jinoyatchiga jazo berishdan ko‘ra, jinoyatni oldini olish barcha narsadan afzaldir. Bu

yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirish lozim bo‘ladi. Jinoyatchilikka qarshi kurash nafaqat
huquq-tartibot organlarining, balki barchamizning faoliyatimiz mezoni bo‘lishi kerak.
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ham jinoyatchilikni oldini olishda katta ahamiyatga ega.

Respublikamizda «Xavfsiz shahar» apparat-dasturiy kompleksi ishlab chiqilib, uning

imkoniyatlaridan Toshkent shahrida keng foydalanayotganligi fikrimiz tasdig‘i desak,
mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimizda ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan
islohotlar kelajakda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy
va yuridik shaxslarning mulkini himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlat
xavfsizligini, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasini, jamoat tartibini saqlash va
xavfsizligini ta’minlashning markaziy subyekti bo‘lib qolishi asoslantirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 10-yanvar kuni

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurganida, jamoat
tartibini va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar
profilaktikasi yo‘nalishida quyidagilarni ta’kidlagandi:

«O‘zbekistonda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini ta’minlashga

qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.

Keyingi ikki yilda sohaga doir 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. Jumladan,

ichki ishlar organlari barcha bo‘g‘inlarining tuzilmasi va vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib,
xodimlarning 65 foizi aholiga yaqin bo‘lishi uchun mahallalarda ishlaydigan bo‘ldi.

Asosiy e’tibor, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratildi. Buning uchun

profilaktika inspektorlari soni qo‘shimcha bir ming nafarga ko‘paytirildi, ularning bevosita
joylarda samarali xizmat o‘tashi uchun munosib ijtimoiy-maishiy sharoit yaratib berildi.


background image

47

«Xavfsiz shahar», «Xavfsiz turizm», «Xavfsiz xonadon» tizimlari joriy etilgani, 24 soat patrullik
xizmati yo‘lga qo‘yilgani natijasida odamlarda «adolat va qonun ustuvorligi»ga ishonch paydo
bo‘ldi. Har bir huquqni muhofaza qilish organida jinoyatchilikning joyi va turi bo‘yicha chuqur
ma’lumot bo‘lishi, buning uchun davlat idoralari, jamoat tashkilotlari muntazam birga ishlashi
zarur.

Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya,

prokuratura – hammasi xalqqa xizmat qilishi kerak. Shu bilan birga, jamiyatda ham jaholatga
qarshi ma’rifat kuchli bo‘lishi lozim. Muhit shunday bo‘lishi kerakki, hech kim jinoyatga qo‘l
ura olmasin. 1 E’tirof etish kerakki, huquqbuzarliklarning bir qismi tayin bir ish joyiga ega
bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilmoqda.

Bunday shaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olishda aholi bandligini

ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda gap ketganda,
mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yuritish, tadbirkorlar oldida turgan
muammolarni bartaraf qilish, ularga keng imtiyoz va imkoniyatlar berish borasida ulkan
ishlar amalga oshirilayotganligini misol qilishimiz mumkin.

Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi, mahsulotlarni eksport qilish shartlari

yengillashtirilganligi, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi
takomillashtirilganligi ushbu sohani yanada rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy.
Jinoyatchilikni oldini olishda mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur
hisoblanadi.

Shu bois, respublikamizda mahalla fuqarolar yig‘inining «Mahalla posboni» jamoatchilik

tuzilmasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sodir etilgan
jinoyatlarni mahallada keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish profilaktik ahamiyatga
ega. Negaki, jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquq tartibot organlarining emas, balki
keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lmog‘i zarur.

Hozirgi kunda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilgan

«Mahallabay» ishlash tizimi ham mazkur yo‘nalishga bevosita aloqador ekanligini ko‘rishimiz
mumkin. Chunki «Mahallabay» ishlash tizimi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, band
bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish
orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish va mehnat
faoliyati bilan shug‘ullanishga amaliy ko‘maklashishga, mahallalardagi muammolarni
tezkorlik bilan hal etishga qaratilgan.

Hech kimga sir emaski, barcha sodir etiladigan huquqbuzarliklar, jinoyatlarning

aksariyati ishsizlik, bekorchilikdan kelib chiqadi. Bekorchi odam nima qiladi? Doimiy
daromad manbaiga ega bo‘lmaganligidan, bekorchi bo‘lganligidan vaqtini nomaqbul ishlarga
sarflaydi. Bu bekorchilik sekin- astalik bilan huquqbuzarliklarni, jinoyatlarni keltirib chiqadi.
Taraqqiy etib borayotgan zamonamizda kundan – kun yangi texnologiyalar ixtiro qilinib,
insonlarning mushkulini osonlashtirmoqda. Lekin bu ijobiy o‘zgarishlardan o‘zining manfaati
uchun salbiy tomonlama foydalanayotganlar ham yo‘q emas.

Jumladan, hozirgi vaqtda ish haqlari, nafaqalar va boshqa pul mablag‘lari plastik

kartalariga tashlab berilmoqda. Bundan ayrim nopok insonlar boshqa birovlarni aldash,
ishonchiga kirish yo‘llari bilan ularning mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari ham ko‘payib
borayotgani bizga ma’lum.

E’tibor qaratilmagan oddiy salbiy xatti-harakatlar huquqbuzarlikni, undan so‘ng esa


background image

48

jinoyatni keltirib chiqaradi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, huquqbuzarlikni aniqlashdan
ko‘ra, uning oldini olgan muhim. Bu borada tizimimizda, jumladan, profilaktika xizmati
tomonidan joylarda, ya’ni, mahalla, muassasa, tashkilot hamda boshqa davlat organlari,
shuningdek, mahallalar, maktab va boshqa ta’lim muassasalarida doimiy ravishda targ‘ibot va
tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Qo‘shimcha ravishda aytib o‘tishimiz joizki, ichki ishlar organlarida, xususan,

huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan
islohotlar jarayonida bir qator huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi
va uning ishtirokida muhokama qilish profilaktik ahamiyatga ega. Negaki, jinoyatchilikka
qarshi kurashish faqat huquq tartibot organlarining emas, balki keng jamoatchilikning vazifasi
bo‘lmog‘i zarur.

Hozirgi kunda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan tashkil etilgan

«Mahallabay» ishlash tizimi ham mazkur yo‘nalishga bevosita aloqador ekanligini ko‘rishimiz
mumkin. Chunki «Mahallabay» ishlash tizimi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, band
bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish
orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish va mehnat
faoliyati bilan shug‘ullanishga amaliy ko‘maklashishga, mahallalardagi muammolarni
tezkorlik bilan hal etishga qaratilgan.

Hech kimga sir emaski, barcha sodir etiladigan huquqbuzarliklar, jinoyatlarning

aksariyati ishsizlik, bekorchilikdan kelib chiqadi. Bekorchi odam nima qiladi? Doimiy
daromad manbaiga ega bo‘lmaganligidan, bekorchi bo‘lganligidan vaqtini nomaqbul ishlarga
sarflaydi. Bu bekorchilik sekin- astalik bilan huquqbuzarliklarni, jinoyatlarni keltirib chiqadi.
Taraqqiy etib borayotgan zamonamizda kundan – kun yangi texnologiyalar ixtiro qilinib,
insonlarning mushkulini osonlashtirmoqda. Lekin bu ijobiy o‘zgarishlardan o‘zining manfaati
uchun salbiy tomonlama foydalanayotganlar ham yo‘q emas. Jumladan, hozirgi vaqtda ish
haqlari, pensiyalar va boshqa pul mablag‘lari plastik kartalariga tashlab berilmoqda.

Bundan ayrim nopok insonlar boshqa birovlarni aldash, ishonchiga kirish yo‘llari bilan

ularning mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari ham ko‘payib borayotgani bizga ma’lum. E’tibor
qaratilmagan oddiy salbiy xatti-harakatlar huquqbuzarlikni, undan so‘ng esa jinoyatni keltirib
chiqaradi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, huquqbuzarlikni aniqlashdan ko‘ra, uning oldini
olgan muhim.

Bu borada tizimimizda, jumladan, profilaktika xizmati tomonidan joylarda, ya’ni,

mahalla, muassasa, tashkilot hamda boshqa davlat organlari, shuningdek, mahallalar, maktab
va boshqa ta’lim muassasalarida doimiy ravishda targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga
oshirilib kelinmoqda. Qo‘shimcha ravishda aytib o‘tishimiz joizki, ichki ishlar organlarida
xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatini takomillashtirish borasida amalga
oshirilgan islohotlar jarayonida bir qator huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga
oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organ va muassasalar faoliyati ham tubdan
takomillashtirildi.

Yuqoridagilarga asosan, yurtimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy muhitni

sog‘lomlashtirish borasida o‘ziga xos tajriba to‘planganligini, huquqbuzarliklarning oldini
olish bo‘yicha institutsional va huquqiy asoslar yaratilganligini va bu borada ishlar davom
etayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka
qarshi kurash yo‘lida chiqarilayotgan har bir normativ hujjatlar, olib borilayotgan izchil ishlar


background image

49

mamlakatda fuqarolarning huquqlarini ta’minlash, ularning farovon yashashlari uchun
munosib sharoitlar yaratish, jamiyatda sog‘lom muhitni yaratish hamda fuqarolarning
huquqiy ongini oshirib borish natijasida huquqbuzarlik, jinoyat degan salbiy xatti-
harakatlarni kamaytirishga, yo‘qotishga qaratilgan.

Huquqbuzarlik, jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy

va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik
bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining har bir
chiqishlarida sohaga mas’ul bo‘lgan idoralarning asosiy vazifasi jinoyatchini topish va jazolash
emas, balki jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib bergan holatlarni aniqlash, ayniqsa tizimli
muammolar bilan ishlashga alohida urg‘u qaratishni ko‘p bora ta’kidlab o‘tgan.

Davlat organlari, jamoatchilik vakillari, mahalla faollari va boshqa nodavlat

tuzilmalarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini birlashtirish orqali ishlar ta’sirchanligini
oshirish maqsadida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan har haftaning payshanba
kuni – «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilanganligi va bugungi kunda joylarda
bu amaliyot o‘zining ijobiy samarasini berayotganligini ko‘rishimiz mumkin. 2 Xulosa o‘rnida
shuni aytib o‘tish kerakki, o‘z navbatida bu borada ichki ishlar organlari tizimiga qo‘yilgan
talab, vazifalar o‘z dolzarbligini saqlab qoladi va innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan
holda, o‘zaro hamkorlik asosida mazkur yo‘nalishlarda doimiy izlanishlar olib borish, tizim
faoliyatini maqbullashtirish, xodimlar hushyorligini oshirish, ularning bilim saviyalarini
muntazam oshirib borish, xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda faoliyatni tizimli tahlil
qilish, olingan axborotlarni o‘rganish hamda ijobiy o‘zgarishlar yasash uchun doimiy
harakatda bo‘lishni talab etadi.

FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 07 fevral kunidagi PF-4947-son

«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi Farmoni.// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son.
2.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 martdagi «Mahallabay» ishlash tizimini amaliyotga

joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 152-son Qarori.
3.

https://soh.uz/index.php?/site/view/news

4.

gazeta.uz. 10.01.2019y.

5.

https://uzlidep.uz/positionparty/47

6.

https://lex.uz/ru

7.

https://iiv.uz/news/2020 yil 16 fevral

8.

https://xabar.uz/jamiyat. 11.01.2018y.

9.

http://hudud24.uz/ 2020 yil 17 iyun.

10.

httpslex.uzdocs2387357

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 07 fevral kunidagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni.// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 martdagi «Mahallabay» ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 152-son Qarori.

https://soh.uz/index.php?/site/view/news

gazeta.uz. 10.01.2019y.

https://uzlidep.uz/positionparty/47

https://lex.uz/ru

https://iiv.uz/news/2020 yil 16 fevral

https://xabar.uz/jamiyat. 11.01.2018y.

http://hudud24.uz/ 2020 yil 17 iyun.

httpslex.uzdocs2387357