YURIDIK TA’LIMDA VA HUQUQSHUNOS KASBIY FAOLIYATIDA “SUN’IY INTELLEKT”NING O’RNI VA AHAMIYATI

Annotasiya

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi huquqshunoslik sohasida ham sezilarli o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Mazkur maqolada sun’iy intellekt haqida ma’lumotlar, sun’iy intellektning yuridik sohadagi ahamiyati ko’rib chiqilgan holda huquqshunos faoliyatida samaradorlik omillari, soha rivojida sun’iy intellekt bilan bog’liq qilinishi lozim bo’lgan ishlar va uning ravnaqida olib borilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy soha va yuridik tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni har tomonlama hal qilishda va ularni rivoj topdirishda sun’iy intellektning o’rni va roli haqida so’z yuritilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
69-75
34

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Salimov , K. . (2025). YURIDIK TA’LIMDA VA HUQUQSHUNOS KASBIY FAOLIYATIDA “SUN’IY INTELLEKT”NING O’RNI VA AHAMIYATI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(6), 69–75. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/77977
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi huquqshunoslik sohasida ham sezilarli o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Mazkur maqolada sun’iy intellekt haqida ma’lumotlar, sun’iy intellektning yuridik sohadagi ahamiyati ko’rib chiqilgan holda huquqshunos faoliyatida samaradorlik omillari, soha rivojida sun’iy intellekt bilan bog’liq qilinishi lozim bo’lgan ishlar va uning ravnaqida olib borilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy soha va yuridik tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni har tomonlama hal qilishda va ularni rivoj topdirishda sun’iy intellektning o’rni va roli haqida so’z yuritilgan.


background image

69

YURIDIK TA’LIMDA VA HUQUQSHUNOS KASBIY FAOLIYATIDA “SUN’IY

INTELLEKT”NING O’RNI VA AHAMIYATI

Salimov Karimjon Zokirjon o’g’li

O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

“Tergov faoliyati” yo’nalishi 2-kurs talabasi

e-mail: karimjonsalimov50@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15147853

Annotatsiya:

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi huquqshunoslik sohasida

ham sezilarli o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Mazkur maqolada sun’iy intellekt haqida
ma’lumotlar, sun’iy intellektning yuridik sohadagi ahamiyati ko’rib chiqilgan holda
huquqshunos faoliyatida samaradorlik omillari, soha rivojida sun’iy intellekt bilan bog’liq
qilinishi lozim bo’lgan ishlar va uning ravnaqida olib borilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy
soha va yuridik tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni har tomonlama hal qilishda va ularni
rivoj topdirishda sun’iy intellektning o’rni va roli haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar:

IT, Sun’iy intellect, yuridik ta’lim, hujjatlar tahlili, psixologiya,

kiberxavfsizlik, onlayn ta’lim platformalari.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF "ARTIFICIAL INTELLIGENCE" IN LEGAL

EDUCATION AND THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF THE LAWYER

Abstract:

The rapid development of information technologies has also led to significant

changes in the field of law. This article analyzes information about artificial intelligence, the
importance of artificial intelligence in the legal field, factors of efficiency in the work of a
lawyer, the work that needs to be done in the development of the field related to artificial
intelligence and the measures being taken for its development, the place and role of artificial
intelligence in comprehensively solving and developing the work carried out in the legal field
and legal system.

Keywords:

IT, Artificial intelligence, legal education, document analysis, psychology,

cybersecurity, online learning platforms.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ «ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА» В

ЮРИДИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ И ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЮРИДИЧЕСКОЙ

ПРОФЕССИИ

Аннотация:

Бурное

развитие

информационных

технологие

вызвало

существенные изменения в сфере юриспруденции. В данной статье обсуждаются
сведения об искусственном интеллекте, значении искусственного интеллекта в
правовой сфере, факторах эффективности работы юриста, работах, которые должны
быть связаны с искусственным интеллектом в развитии отрасли и мерах,
принимаемых для ее развития, месте и роли искусственного интеллекта в
комплексном решении работ, проводимых в правовой сфере и правовой системе, и их
развитии.

Ключевые слова

: ИТ, искусственный интеллект, юридическое образование,

анализ документов, психология, кибербезопасность, образовательные онлайн-
платформы.


background image

70

Bugungi kunda ilm-fan va shu bilan birgalikda raqamli texnologiyalar rivojlanib

borayotganining natijasida koʻplab yangiliklar hayotimizga kirib kelmoqda. Ular turli xil
sohalar faoliyatiga oʻzining ta’sirini oʻtkazmoqda. Hozirgi kunda koʻpchilik axborot
texnologiyalari va sun’iy intellektdan faoliyatlarida samarali foydalanishni asta-sekin yoʻlga
qoʻyib bormoqda. Rivojlanayatgan dunyo taraqqiyotida “sun’iy intellekt”, “data science” ya’ni
“ma’lumotlar fani”ning o’rni beqiyos bo’lib, yirik hajmda ishlab chiqilgan ma’lumotlarni
e’tiborga olgan holda ko’pgina sohalarning asosiy tarkibini tashkil etadi. Glaballashayotgan
dunyo taraqqiyotini zamonaviy texnologiyalarsiz, yangi texnika, yuqori darajada
takomillashgan innovatsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin, albatta. Buni davrning o’zi ham talab
qilmoqda. IT sohasida ham “sun’iy intellekt” mavzusi markaziy o’rinlardan joy olib, ko’plab
marotaba omma tomonidan turli xil muhokamalarga sabab bo’loyatganligi bejizga emas.
Sifatli, qulay va barcha uchun manfaatli ushbu yo’nalish ko’plab kompaniyalarni qiziqtirib
qo’ydi va bundan ushbu kompaniyalar sohada o’z taraqqiyot yo’lini qurdi. Kompaniyalar
mijozlar talab va ehtiyojlarini qondirish hamda o’z biznes g’oyalarini amalga oshirishda
“sun’iy intellekt”dan foydalanishni yo’lga qo’ya boshladilar.

Raqamli muhit sharoitida sun’iy intellektni alohida ajratib koʻrsatish kerak boʻladi.

Sun’iy intellektni tabiiy intellektning sun’iy shakldagi koʻrinishi tarzda talqin qilish mumkin.
Sun’iy intellekt atamasi 1956-yilda paydo bo‘lgan. AQSHning Dartmut universitetida shu
masalaga bag‘ishlangan anjumanda amerikalik informatika sohasidagi olim Jon Makkarti bu
atamani birinchi marta ishlatib tarixda qolgan. Sun’iy intellekt bu an’anaviy tarzda insonning
vakolati deb hisoblangan ijodiy funksiyalarning intellektual tizimlar tomonidan bajarilishi
hamda kommunikatsion va texnologik munosabatlarning murakkab majmui bo‘lib, u mantiqiy
fikrlash, o‘z harakatlarini boshqarish va tashqi sharoitlar o‘zgargan taqdirda o‘z qarorlarini
tuzatish qobiliyatiga ega. Bizga ma’lumki, sun’iy intellekt - yirik hajmdagi ma’lumotlarni qayta
ko’rib chiqish, qayta ishlash, tendensiya va naqshlarni aniqlash uchun data science, statistika,
matematika va kompyuter fanlarini birlashtirgan fanlar majmuasi hisoblanadi. U bashoratli
modellar, ma’lumotlar vizualizatsiyasi hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish
imkonini beradi. Sun’iy intellekt o‘z-o‘zidan ishlash qobiliyatiga ega emas. Uning samarali
ishlashi uchun unga “katta hajmdagi ma’lumotlar” kerak. “SIRI” ismli raqamli yordamchi
yaratuvchilaridan biri Lyuk Julia shunday degan edi: “Sun’iy intellektga asoslangan mashina
mushukni 95% aniqlik bilan taniy olishi uchun bizga 100 000 ga yaqin mushukning surati
kerak bo‘ladi. Bu esa jarayon bosqichlarining oson emasligini ko‘rsatib beradi. Yaqin
vaqtlardan beri sun’iy intellekt juda ko‘p sohalarni qamrab olmoqda. Aynan yuridik sohada
ham bu kabi jarayonlar namoyon bo‘lmoqda. Sababi, sun’iy intellekt o‘zining ijobiy tomonlari
bilan insonlarning og‘irini yengil qilayotganidadir. Shu bois, yuridik sohada sun’iy intellektni
tartibga solish katta ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu jarayonlarning muvaffaqiyatli yurist
karyerasida o’rni kata bo’lib, yuqori samaradorlikka erishishning poydevori desak mubolag’a
bo’lmaydi. Chunki huquqshunos uchun “tahlil qilish” ko’nikmasi asoslangan nutqni ijod
etishda, huquqiy muammolarni aniqlashda va ularni analiz qilishda hamda ularga huquqiy
yechim topishda, qonun loyihalarini tayyorlashda g’oyat katta ahamiyat kasb etadi. Tanqidiy
tahlil, qat’iy tartib-intizom tamoyiliga hamohang ravishda huquq to’g’risidagi yangi g’oyalarni
ishlab chiqish, kuzatuv monitoringi, chuquq tahlil orqali, ayblanuvchi, jabrlanuvchi hamda
guvohning ko’rsatmalari yordamida ziddiyatlarni ochish va bartaraf etish, sud versiyasini
qurish, taraflarlarning aniq asoslanmagan fikrlarini rad etish, rasmiy hujjatlarni puxta va


background image

71

asoslangan tarzda tuzishga yordam beradi. Mazkur ko’nikma va tamoyillarni, turli xil
yondashuv va usullarni amalda qo’llash orqali malakali kadrlar o’z kasbining mutaxassisiga
aylanishadi. Yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi
ham buning dalilidir. Amazon kabi platformalarda xarid qilish mumkin bo‘lgan tovarlar uchun
yangi savdo kanallari chakana bozorlar kabi bozorlarni o‘zgartiradi hamda shaharda biznes va
xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning mavjudligiga va shu bilan birga ijtimoiy o‘zaro
munosabatlarning tabiatiga ta’sir qilishi mumkin. Raqamli texnologiyalardan foydalanilganda,
ta’sir ko‘rsatadigan sohalardagi barcha tegishli normalar, masalan, Germaniyadagi milliy
qonunlar, fuqarolik, jinoiy va ommaviy huquqlar, shuningdek,ular bilan bog‘liq sohalar,
hamda transmilliy va xalqaro huquq normalari, Yevropa Ittifoqi qonunlari odatda qo‘llaniladi.
Kompyuterlar va mashinalar inson ongining kuchlarini taqlid qilish, bashorat va takliflar
qilish, muammolarni hal qilish, tanlov qilish, ma’lumotlarni to‘plash hamda tahlil qilish uchun
ishlatiladi. Axloqiy, ijtimoiy yoki iqtisodiy nuqtayi nazardan raqamli texnologiyalar, jumladan,
sun’iy intellekt istalgan yoki kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida ham sun’iy intellektga bo‘lgan e’tibor kundan kunga ortib

bormoqda. Bu borada qaror va farmonlar ham mavjud.2023-yilning boshiga kelib, 40 dan
ortiq mamlakatlarda sun’iy intellektni rivojlantirish yuzasidan milliy strategiyalar qabul
qilingan. Ular qatoriga AQSH, Kanada, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya
Federatsiyasi, Yaponiya, Singapur va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Bulardan
tashqari robototexnika sohasidagi ilk aniq axloqiy standart – “Robotlar va robototexnika
tizimlarini axloqiy loyihalash va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”si 2016-yilda Buyuk Britaniyada
qabul qilingan. Yevropada esa “Yevropa Ittifoqi axloq direktivasi” ishonchli va xavfsiz bo‘lgan
sun’iy intellektni yaratish maqsadini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Ayni vaqtda, xuddi shu kabi
axloqiy tashabbuslar Xitoy, Kanada, AQSH va boshqa davlatlarda ham ishlab chiqilmoqda. Bu
kabi jarayonlar sun’iy intellektni nafaqat rivojlantirish va shu bilan birgalikda huquqiy
jihatdan ham mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qarori asosida olib borilayotgan ishlar
jumladan: sun’iy intellekt texnika va texnologiyalari asosida innovatsion biznes modular
yaratish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish tarmoqlari rivoji uchun maqbul va qulay ekotizmlar
ishlab chiqish va ularni ustuvor sohalarda izchillik va sinchkovlik bilan joriy etish, mazkur
qaror ijrosini ta’minlabgina qolmasdan, uni amaliyotga tatbiq etish yo’sinlarini yo’lga
qo’yishda ma’lum bir strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilmoqda. Mazkur Qarordan
ko'zlangan asosiy maqsad — “Raqamli O'zbekiston – 2030” Strategiyasiga muvofiq, sun'iy
intellekt texnika va texnologiyalarini jadal ravishda joriy etish hamda ularni mamlakatimizda
keng qo'llash orqali amaliy tatbiq etish, raqamli ma'lumotlarning yuqori sifatini va ulardan
foydalanish imkoniyatini ta'minlash, ushbu sohada malakali mutaxassis-kadrlar tayyorlash
uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. Mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 14-
oktyabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini
tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-358-sonli qarori yana bir bor sun’iy intellektni mamlakatimiz
ijtimoiy hayotida joriy etishda va uni keng targ’ib qilishda dasturamal bo’lib xizmat qildi.
Xususan, mazkur qaror sun'iy intellektni qo'llashning ustuvor yo'nalishlari va asosiy
tamoyillarini hamda yaqin va uzoq istiqbolda mazkur sohani kompleks shakllantirish uchun
shart-sharoitlarni belgilovchi “sun'iy intellekt”ni rivojlantirishkonsepsiyasini ishlab chiqish,


background image

72

davlat boshqaruvi tizimida, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun'iy intellekt
texnologiyalarini yaratish va ulardan foydalanishda yagona talablar, xavfsizlik va shaffoflikni,
javobgarlikni belgilovchi normativhuquqiy bazani ishlab chiqish, aholi manfaatlari yo'lida
davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasi sifatini tizimlashtirishni va bir tarmoqda shakllantirishni
nazarda tutadi. Shuningdek, o'z navbatida, ma'lumotlarni qayta ishga tushirishga davlat
organlari faoliyatining samaradorligini oshirish uchun sun'iy intellekt texnologiyalaridan
keng foydalanish, foydali texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo'yicha amaliy va
fundamental ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish va ularni keying o’rinlarda tijoratlashtirishni
rag'batlantiruvchi sun'iy intellekt sohasida innovatsion ishlanmalarning mahalliy ekotizimini
yaratishdek maqsad-vazifalar amalga oshiriladi.

Ma'lumotlarni qayta shakllantirish yuridik bilimlarning, huquqiy ko’nikma va

malakalarning an'anaviy funksiyasini qayta ko'rib chiqishni taqazo qiladi, chunki u birinchi
navbatda bilimlarni vujudga keltirish uchun tashkiliy tuzilmalarni joriy etish va belgilash
tanlov manbai sifatida, shuningdek, huquqiy ta'lim va o'qitishni ta'minlash uchun qonunlar va
qarorlarni baholashdan va ishlab chiqishdan iborat.Huquqiy ma'lumotlar ba’zasini tahlil qilish
huquqiy malaka va ko’nikmalarni ikki yo'l orqali amalga oshiradi: bir tarafdan u sud qarorlari
uchun ma’lum bir natijani oldindan bashorat qilish imkonini bersa, boshqa jihatdan sud
qarorlarida huquqiy izchillikni va shaffoflikni oshiradi. Shuningdek, davlatlarning inson
huquqlarini buzishining samarali oldini oladi va u shu bilan birga qoidalar yoki huquqiy
rejimlarning samaradorligini ko'rsatadi, bu jarayon normalarga umumiy muvofiqlikholatlarini
yaxshiroq tushunish uchun qiziqarli bo'lishi mumkin. Ushbu huquqiy ma'lumotlar keyinchalik
qonunlar va qarorlar ijodkorligini yaxshilash uchun sharoit yaratishi tabiiy, albatta. Sun’iy
intellektning yuridik sohadagi o‘rni va muammolari, huquqiy tizimning unga taalluqli
masalalar bilan qanday muloqot qilishi hamda boshqarishi kerakligini o‘z ichiga oladi. Uning
yuridik sohadagi o‘rni haqida muhim masalalar mavjud. Bularga:

1. Huquqiy muammolar. U bilan bog‘liq huquqiy muammolar, shuningdek, u tomonidan

yaratilgan ma’lumotlar va algoritmlar to‘g‘risida muomala qilish, mulkni aniqlash,
haqhuquqni ta’minlash va zararlariga javob berish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

2. Mulk va intellektual mulk. Sun’iy intellektni yaratishda, algoritmlar, ma’lumotlar va

boshqa intellektual mulkning mavjudligi hamda himoyasi muhimdir. Bu mulkni aniqlash,
intellektual mulkning egasi va foydalanuvchi munosabatlari, litsenziyalash hamda mulkni
himoya qilish kabi masalalar tizimning muhim qismidir.

3. Javobgarlik va xavfsizlik. Uni ishlatishda javobgarlik va xavfsizlik muammolari ham

yo‘q emas.

4. Etik va yuridik tartibotlar ham bu jarayonda katta ahamiyatga egadir. Sun’iy intellekt

yuridik sohada yanada rivojlanayotgan bo‘lsa-da, yuridik tizim va qonunlar, sun’iy intellektni
boshqarish, huquqiy muomala qilish hamda muammolarni hal etishni amalga oshirishga oid
masalalarni hal qilishda muhimdir. Yuridik sohada sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlash,
huquqiy muloqotlarni belgilash va siyosiy qarorlar hamda qonunlar asosida tartibotlarni
rivojlantirish jarayonlarida ham muhim o‘rin egallaydi.

Nikolay Arxiereevning fikriga ko‘ra, sud-huquq tizimi faoliyatiga sunʼiy intellektni joriy

etishning oʻziga xos jihatlari ancha murakkab soha boʻlib, bu borada koʻp narsa maʼlum emas.
Rossiya sud jarayonlarida sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish uni yana ham samarali,
tezkor, obyektiv qiladi va zamonaviy jamiyat ehtiyojlarini qondiradi. Sud tizimiga sun’iy


background image

73

intellektni joriy etish, jumladan, quyidagilarni ta’minlashi mumkin: sud qarorlarini
qo‘llabquvvatlash tizimlaridan foydalanish orqali sud faoliyati sifati va samaradorligini
oshirish; fuqarolarning, tashkilotlarning, davlat hokimiyati organlarining huquq va qonuniy
manfaatlarini sud orqali himoya qilish samaradorligini oshirish (sud muhokamasi
ishtirokchilarining intellektual yordamchilaridan foydalanish, fuqarolarni biometrik
identifikatsiyalash texnologiyalarini qo‘llash orqali sud majlislarida masofaviy ishtirok etishni
kengaytirish hisobiga); nizolarni kamaytirish, sud ishi natijalarini bashorat qilishning ekspert
tizimlarini joriy etish orqali huquqiy ongni oshirish; qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlardan
kelib chiqib, sudlar yuklamasining o‘zgarishini bashorat qilish tizimlarini yaratish . Bu esa
ishning sifatiga va katta ma’lumotlarni samarali tarzda shakllantirishga olib keladi. Yuridik
sohada sun’iy intellektning o‘rni va roli borgan sari kundan kunga ortib bormoqda. Sun’iy
intellekt yordamida murakkab bo‘lgan vazifalar, huquqiy yordam va yuridik yechim talab
qiladigan holatlar har tomonlama, ko‘p vaqt talab etilmagan holda hal qilinmoqda. Bu, albatta,
ijobiy natija, ammo shu bilan birgalikda sun’iy intellektni tartibga solish muammolari ham
mavjud. Fikrimcha, har bir vaziyatga sun’iy intellekt tomonidan qonuniy yondashishni amalga
oshish ehtimoli mavjuddir, biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bo’lgani kabi shu kabi
masalalarga ijobiy yechim topishda adolat yuzasidan ish yuritish ancha murakkab va bu hal
qilinishi lozim bo’lgan keyingi asosiy ishlardan biri. Negadesangiz har qaysi demokratik
davlatda, fuqarolik jamiyatida va farovon hayotda inson qadri ulug’ va unga ko’rsatilayotgan
ehtirom davlat siyosatining bir qismida aka ettirilib, shaxs bilan bog’liq har qanday vaziyat va
holatlarga adolat bilan yondashish har doim ham maqsadga muvofiqdir.

Yuqoridagilarning barchasi yurist va huquqshunos faoliyati rivoji uchun faol chora-

tadbirlar ko’rish qobilyatini shakllantiribgina qolmasdan, ularni yanada oqilona va adolatli
qaror qabul qilishlari, kiberxavfsizlik amaliyotlarini samarali yo’lga qo’yishlari, muvaffaqiyatli
ish-tajriba operatsiyalarni loyihalashtirishlari va bu orqali mijozlar ko’nglidan joy olib, ularga
ijobiy ish natijalarini taqdim etishlari mumkin. Yurist va huquqshunoslar uchun yirik
hajmdagi ma’lumotlarni faximlash va tahlil qilish qobilyati tarixda bo’lib o’tgan voqea-
hodisalarni to’g’ri tushunish, anglab yetish hamda ulardan ibratli xulosalar chiqarib, maqbul
dalillarni asoslashda oldinga siljish bo’yicha ko’pgina aniqlikka asoslangan isbot qilish
vositalari tuhfa etadi. Ular o’zlarining jamoaviy ishlarida va o’z mijozlari bilan o’rtasidagi
vujudga kelgan munosabatlarda ishonchga tayangan, shaffof bo’lgan, ma’lumotlarga
asoslangan qarorlar ishlab chiqishlari mumkin. Dastlabki ma’lumotlarni jamlash orqali
huquqshunoslar, yuristlar o’zlariga tegishli bo’lgan ishlarni qanchalik darajada muvaffaqiyatli
yoki muvaffaqiyatsiz ketayotganligini aniqlash va yuqori samaradorlikka erishish uchun
ehtimoliy yechimlarni ishlab chiqishlari mumkin. Xususan, ular bir nechta g’oyalarni sinovdan
o’tkazish orqali, ularning kelajakda ijobiy samara berish yoxud bermasliklarini aniqlash
uchun ma’lumotlar jamlashlari mumkin. Ushbu yondashuvlar orqali huquqshunoslar foyda
keltirmaydigan xizmat, xarajat va ishlar haqida bilib olishadi hamda ularni minimallashtirish
jarayonlarini rejalashtirish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuningdek, bu yo’l bilan ish
unumdorligini yuqori darajaga oshirish imkoniyati paydo bo’ladi. Sun’iy intellekt
huquqshunosga yirik hisobdagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga shart-sharoit yaratadi,
keyinchalik ular o’zlariga yo’rdam so’rab murojaat qilgan mijozlarining qay yo’sinda harakat
qilishidan tortib, qaysi ishda tiyilib turish, qaysi ishda sukut saqlash, ish yakunining hal qiluv
qarorlari manfaatli yoki manfaatsiz kechish ehtimolini bashoratli modellardan foydalangan


background image

74

holda aniqlashlari mumkin. Albatta, huquqshunoslar uchun “sun’iy intellekt”ning eng katta
yordamlaridan biri kiberxavfsizlik sohasini kuchaytirishga xizmat qilganligidadir. Ma’lumotlar
fanlari orqali huquqshunoslar katta hisobli ma’lumotlar ustidan nazorat o’rnatish
imkoniyatiga ega bo’ladi, bu esa tashqi tomondan bo’layotgan ta’sirni kuzatish, aniqlash,
himoyalanish va ularga munosib javob qaytarishga imkon beradi. Jumladan, moliyaviy huquq,
kiberxavfsizlik huquqining yuqori malakali kadrlari firibgaralarni, shubhali faoliyat bilan
shug’ullanuvchi hakerlarni aniqlash uchun maqsadli ma’lumotlarning yaxlitligi va izchilligini
ko’rib chiqishlari mumkin. Shuningdek, ular bundan g’ayriqonuniy harakatlarni aniqlash va
kiberhujumlarning oldini olish uchun ma’lumotlar to’plashda foydalanishadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda sun’iy intellekt alohida ahamiyat kasb

etmoqda. Yuqorida uning bir nechta afzalliklari va xorijiy davlatlar tajribalari haqida
ma’lumot berib o‘tildi. Ushbu afzalliklarni hamda tajribalarni samarali yo‘lga qo‘ygan holda
sun’iy intellektni yuridik sohada qo‘llash ham ko‘plab ijobiy natijalarni berishi mumkin. Bu
jarayonda sun’iy intellektning kamchiliklarini ham yoddan chiqarmaslik zarur. Ushbu
kamchiliklarni bartarf etgan holda uni ijobiy tomonga yo‘naltirish har qachongidan ham katta
ahamiyatga egadir. Umuman olganda, sun’iy intellekt insonlar og‘irini yengil qilishi va o‘zining
ijobiy tomonlari bilan yordamchi vazifasida bo‘lishi kerak bo‘ladi. Sun’iy intellekt najot yoki
xavf tarzda namoyon bo‘lishi ham insonlarning o‘ziga bog‘liq hisoblanadi. U hech qachon
insondan aqlli bo‘lib ketmasligi va unga yuklangan ma’lumotlar asosida ijobiy natijalar uchun
xizmat qilishi lozim. Vaqt o‘tgani sari sun’iy intellektning turli xil imkoniyatlarga ega bo‘lgan
turlari vujudga kelmoqda. Hattoki, insonning ovozini birga-bir tarzda o‘xshatib gapira
oladigan va istalgan tildagi matnlarni o‘qib bera oladiganlari ham mavjuddir. Bu bir tomondan
yaxshi, ammo tanganing boshqa tomoni bo‘lgani kabi uning ham yomon tomonlari bor. Sun’iy
intellekt kelajakda bundan-da, rivojlansa rivojlanadiki aslo ortda qolmaydi. Bundan ellik yil
ilgari hozirgi sun’iy intellektni tasavvur qila olish qiyin edi, ammo u aynan hozir mavjuddir.
Ellik yildan keyin uning bajaradigan vazifalari rivojlanib insonlarga ijobiy natija uchun
yordam berishi va shu bilan birga aksincha holatga olib kelinishi ham yo‘q emasligini doimo
nazardan chetga chiqarmaslik darkor. Aynan mana shu tomonni yaxshilab ko‘rib chiqish
hamda xorijiy davlatlarning tajribalarini samarali o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshqa sohalarda bo’lgani kabi sun’iy intellektning yuridik sohada joriy etilishi yurist
karyerasida muhim hisoblangan taym-menejmentdan kelib chiqqan holda ko’p vaqt
sarflashning oldini olish, amaldagi ishlar hajmini kamaytirish, ortiqcha qog’ozbozlikka yo’l
qo’ymaslik, xizmatlar unimdorligini hamda vazifalar shaffofligini ta’minlashda o’rni
beqiyosdir. Sun’iy intellektning eng foydali tarafi jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi xodimlar
uchun kiberxavfsizlik sohasida yaqqol namoyon bo’ldiki, u tufayli dunyo hamjamiyati axborot
tizimida ro’y berayotgan kiberjinoyatning yangi usullarini tez fursatda aniqlash imkoniyati
yuzaga keldi. Zero bu, ertangi porloq kelajagimiz xavfsiz bo’lishining garovi va kafolatidir.

References

1.

Mamlakatimiz

Prezidentining

2024-yil

14-oktyabrdagi

“Sun’iy

intellekt

texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-
358-sonli qarori ;
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt

texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari


background image

75

to‘g‘risida”gi PQ-4996-son qarori;
3.

Bozarov Sardor Sohibjonovich. Sud hokimiyati organlarida sun’iy intellektning

qo‘llanilishi: nazariya va amaliyot // Yurisprudensiya huquqiy ilmiy-amaliy jurnal. 2022, 3-
son, –B.39-47 (12.00.00; №15);
4.

Filipova I.A. Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish: ma’ruzalar kursi. Rus tilidan

tarjima Z. O. Kuvandikov, mas’ul muharrir A. R. Axаtоv – Samarqand: Samarqand davlat
universiteti, 2022. – 179 bet;
5.

ICTweek – 2023” haftaligi doirasida “Sun’iy intellekt kelajagi va global integratsiya”

mavzusidagi xalqaro sammit.

Bibliografik manbalar

Mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-358-sonli qarori ;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-son qarori;

Bozarov Sardor Sohibjonovich. Sud hokimiyati organlarida sun’iy intellektning qo‘llanilishi: nazariya va amaliyot // Yurisprudensiya huquqiy ilmiy-amaliy jurnal. 2022, 3- son, –B.39-47 (12.00.00; №15);

Filipova I.A. Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish: ma’ruzalar kursi. Rus tilidan tarjima Z. O. Kuvandikov, mas’ul muharrir A. R. Axаtоv – Samarqand: Samarqand davlat universiteti, 2022. – 179 bet;

ICTweek – 2023” haftaligi doirasida “Sun’iy intellekt kelajagi va global integratsiya” mavzusidagi xalqaro sammit.