VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKNING OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLAR

Annotasiya

Jinoyatchilikka qarshi kurashishida uning profilaktikasi katta rol uynaydi. O‘zbekistonda turli bosqich ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasida ushbu muammoga kuchli e'tiborb yerilgan. Voyaga yetmagan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan olib borilgan chora-tadbirlar o‘z samarali ta'sirini ko‘rsatdi. 1993-yilda 1992-yilga nisbatan jinoyat sodir etishda qatnashgan o‘smirlar o‘rtasida hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilari soni 5 foizga qisqardi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri umumiy ta'lim maktablarida huquqbuzarlik bilan ro‘yxatga olingan o‘quvchilari sonikamaydi.

 

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nazarov , K. . (2025). VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKNING OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLAR. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(3), 69–72. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/79793
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Jinoyatchilikka qarshi kurashishida uning profilaktikasi katta rol uynaydi. O‘zbekistonda turli bosqich ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasida ushbu muammoga kuchli e'tiborb yerilgan. Voyaga yetmagan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan olib borilgan chora-tadbirlar o‘z samarali ta'sirini ko‘rsatdi. 1993-yilda 1992-yilga nisbatan jinoyat sodir etishda qatnashgan o‘smirlar o‘rtasida hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilari soni 5 foizga qisqardi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri umumiy ta'lim maktablarida huquqbuzarlik bilan ro‘yxatga olingan o‘quvchilari sonikamaydi.

 


background image

69

VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKNING OLDINI OLISH

BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLAR

Nazarov Komil Shamsuddinovich

Tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15240885

Jinoyatchilikka qarshi kurashishida uning profilaktikasi katta rol uynaydi. O‘zbekistonda

turli bosqich ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasida ushbu muammoga
kuchli e'tiborb yerilgan

1

. Voyaga yetmagan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va

jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan olib borilgan chora-tadbirlar o‘z samarali ta'sirini
ko‘rsatdi. 1993-yilda 1992-yilga nisbatan jinoyat sodir etishda qatnashgan o‘smirlar o‘rtasida
hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilari soni 5 foizga qisqardi. Toshkent, Samarqand, Buxoro,
Namangan viloyatlari va Toshkent shahri umumiy ta'lim maktablarida huquqbuzarlik bilan
ro‘yxatga olingan o‘quvchilari sonikamaydi.

1992-yilda O‘zbekistonda foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lmagan 1869 nafar o‘smir

jinoyat sodir etishda qatnashgan bo‘lsa, shulardan 1442 nafari voyaga yetmaganlar ishlari bilan
shug‘ullanuvchi inspeksiya ro‘yxatidan o‘rin olgan. Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi ashaddiy
jinoyatchilik o‘sib bordi. 1991-yilda bu boradagi ko‘rsatkich 342 tadan, 1992-yilda 420 tagacha
o‘sdi. Masalan, Buxoro tumanidagi 1-hunar-texnika bilim yurti o‘quvchisi, 1977-yilda tug‘ilgan
Toshev fuqarolarning shaxsiy mulkini o‘g‘irlaganligi uchun 3-yilga hukm ijrosi kechiktirilib
ozodlikdan mahrum qilingan. U bilan hechqanday alohida isholib borilmagan, xulqi nazorat
qilinmagan, natijadaToshev 1992-yil fevral oyidan 1993-yilgacha 3-marta davlat va
fuqarolarning shaxsiy mulkini o‘g‘irlaganligi uchun yana jinoiy javobgarlikka tortiladi

2

.

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 14-moddasiga

binoan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan
shaxslarga nisbatan Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar to‘g‘risidagi
nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.

Voyaga yetmaganlarning ma'muriy javogarligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabdagi “Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar
faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 360-sonli qarorida voyaga yetmaganlar o‘rtasida
huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi, ular ustidan bo‘lgan nazoratning bo‘shligi,
ish bilan ta'minlash va boshqa muammolar qoniqarli darajada hal etilmayotganligi oqibatida
ko‘plab yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish, giyohvandlik va
ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar ta'siriga tushib
qolish kabi salbiy holatlar uchrab turganligi haqida to‘xtalib o‘tilgan

3

.

Ёшларни ижтимоий меҳнатга жалб этиш, тарбиялаш, улар ўртасида ҳуқуқбузарлик

ва жиноятчиликнинг олдини олишга мутасадди бўлган ўзини ўзи бошқариш органлари,
ўқув муассасалари ва бошқа идораларнинг фаолиятини мувофиқлаштирувчи маҳаллий
ҳокимликлар ҳузуридаги мавжуд комиссиялар ўз фаолиятини деярли тўхтатиб
қўйганлиги таъкидланган.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan

1

O‘z MA, M-76-fond, 1-ro‘yxat, 240-ish, 9-varaq.

2

O‘z MA, M-76-fond, 1-ro‘yxat, 240-ish, 11-varaq.

3

Вазирлар Маҳкамасининг “Вояга етмаганлар ишлари бўйича комиссия фаолиятини такомиллаштириш ҳақида”

2000 й. 21-сентябрдаги 360 сонли қарори 23-банд.


background image

70

huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yo‘nalishda mas'ul bo‘lgan davlat idoralari,
jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini
muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Voyaga
yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar haqida”gi nizom hamda Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqladi.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida

amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsiz qolish va huquqbuzarliklarning
oldini olish organlari hisoblanadilar.

O‘zbekiston Respuplikasi Jinoyat kodeksi oltinchi bo‘limi XV-XVI boblarida “Voyaga

yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari” belgilangan. Bu boblarda voyaga yetmaganlarga
nisbatan tayinlanadigan jazo tizimi, jazo tayinlash qoidalari, javobgarlikdan va jazodan ozod
qilish hollari aks ettirilgan. Unda ko‘rsatilgan normalar jinoiy javobgarlikning umumiy
qoidalarini o‘z ichiga olishi bilan birga, kodeksning 7-moddasida ko‘rsatilgan insonparvarlik
printsipiga muvofiq, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilganda ularga nisbatan
jazo turlarining ancha takomillashganligi, sud ularga jazo tayinlashda o‘smirning ruhiy
rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘ligini, sodir etgan jinoyatining
sabablarini, katta yoshdagi kishilar va vaziyatning jinoyat sodir etilishidagi o‘rnini e'tiborga
olib, javobgarlik yoki jazodan ozod qilishda unga nisbatan davlat tomonidan beriladigan bir
qancha engilliklarda ifodalangan

4

.

Jinoyat kodeksi 17-modasi, 5-qismiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat

sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga asosan va Jinoyat kodesining oltinchi bo‘limida
nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining 163 ta moddasida voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Voyaga yetmagan shaxs

deganda, jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to‘lgan, ammo

18 yoshga to‘lmagan shaxs tushuniladi. Umumiy qoidaga muvofiq, 16 yoshga to‘lgan, aqli raso
shaxslar jinoyat sub'ekti yoshiga yetgan hisoblanadilar. Ba'zi jinoyatlar uchun sub'ekt yoshi 14
yosh qilib belgilangan. Javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik
jinoyati uchun sub'ekt yoshi 13 yosh etib belgilangan.

Hozirgi davrda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi to‘g‘risida yetarli darajada statistik

materiallar to‘plangan va uni tahlil qilishning usullari ishlab chiqilgan. Bularning barchasi
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ahvolini to‘g‘ri baholash, undaga miqdor va sifat
ko‘rsatkichlaridagi (strukturasi va boshqa ko‘rsatkichlarini ham) o‘zgarishlarni bilish imkonini
beradi. Ayrim vaqtlarda alohida hududlardagi jinoyatchilikning miqdor va sifat
ko‘rsatkichlarida, shuningdek, jinoyat sodir etuvchi shaxslar va turli xil jinoyatlar tarkibida aniq
bo‘lmagan ma'lumotlar bo‘lishiga qaramay voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining aniq ahvolini
bilish imkoniyati bor.

1999 yili 290 nafar ota-onalar farzandlari tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatganliklari uchun

ichki ishlar idoralarida hisobga olingan. Ayrim hollarda IIB V YeN xodimlari o‘zlarining xizmat
vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab, maktabga bormay yurganb olalarga nisbatan tegishli
choralar ko‘rmagan

5

.

Masalan, Angren shahridagi 10 sonli maktabning 6 sinf o‘quvchisi 1987 yilda tug‘ilgan

4

Жиноят процесси. Махсус кисм. / З.Ф.Иногомжонованинг умумий тахрири остида. –Т.: ТДЮИ, 2003. – 320 бет.

5

Ўз МА, М-76-фонд, 1-рўйхат, 1509-иш, 5-варақ


background image

71

F.Nuriddinov onasi vafot etgandan keyin qarovsiz qolib, o‘zi kabi daydib yurgan Robert va Oleg
ismli bolalarga qo‘shilib qolgan. Shahar IIBB YeH noziri B.H. tomonidan aniqlangan bo‘lsada, bu
haqida mahalla fuqarolar yig‘ini va maktabma'muriyatiga xabar berilmagan. Robert va Oleg
ismli bolalarni topish choralarik o‘rilmagan

6

.

Angren shahri bo‘yicha qarovsiz qolib, o‘qishga bormasdan daydib yurgan 22 nafar

voyaga yetmaganlar aniqlanib, IIBB YeHda hisobga olingan bo‘lsada, bunday salbiy holatlarning
kelib chiqish sabablari shahar xalq ta'limi hamda boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida
o‘rganilmagan

7

.

Boysun tuman hokimligi qoshidagi voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi

komissiya 2000 yili IIB dan yuborilgan 13 nafar voyaga yetmaganlarga taalluqli 11 ta
materiallardan faqat 5 tasini ko‘rib chiqib, qolganlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan. Joriy yilning
3 choragida esa ushbu komissiya umuman faoliyat ko‘rsatmagan. Viloyat, shahar va
tumanlardagi IIBB YeHlari faoliyatida ham jiddiy kamchiliklar mavjud edi

8

.

Xullas, Yangi O‘zbekiston sharoitida voyaga yetmagan o‘rtasida huquqbuzarlik va

jinoyatchilikka qarshi kurash profilaktikasi ish mazmunida o‘zgarish kuzga tashlanadi.
Jumladan, barcha hududlarda mahallama-mahalla yuqoridagi tashkilotlar vakillaridan iborat
ishchi guruhlar tuzilib, aholi xonadonlariga uyma-uy yurish, fuqarolar bilan yaqindan
suhbatlashish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida jamoatchilikning oilalar bilan qisman
yakinlashuvi vujudga keldi. Sovet tuzumi davrida jamoatchilik uchun yopiq bo‘lgan oilalarning
eshiklari jamoatchilik uchun ochildi, oila va mahalla muloqoti shakllana boshladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ички ишлар органларининг

жиноятларни тергов қилиш соҳасидаги фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-
тадбирлари тўғрисида» ги 2017 йил 18 апрелдаги ПҚ- 2898- сон карори
2.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2001 йил 27 мартдаги “Ички ишлар

органлари фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони.
Ҳалқ сўзи газетаси. 2001 йил 28 март.
3.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 августдаги «Ички ишлар

органлари ходимларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тизимини
тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» ги ПҚ-3216-сон қарори
4.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 августдаги ПҚ- 3216 сон

«Ички ишлар органлари ходимларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини
ошириш тизимини тубдан такомиллаштириш чора- тадбирлари тўғрисида» ги қарори
5.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 29 ноябрдаги ПК-3413-сон

“Ички ишлар органлари кадрлари билан ишлаш ва уларнинг xизматини ташкил этиш
тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги қарори
6.

Ички ишлар академияси жорий архиви маълумоти

6

Ўз МА, М-76-фонд, 1-рўйхат, 1509-иш, 5-варақ

7

Ўз МА, М-76-фонд, 1-рўйхат, 1509-иш, 5-варақ

8

Ўз МА, М-76-фонд, 1-рўйхат, 1509-иш, 6-варақ


background image

72

7.

Ички ишлар вазирлиги жорий архив маълумоти.

8.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Кадрлар бош бошқармаси маълумотлари.

9.

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ахборот Марказининг 2009 йил

якуни бўйича Давлат статистик ҳисоботидан
10.

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ахборот Марказининг 2002-2008

йиллар якуни бўйича Давлат статистик ҳисоботидан олинган.

Bibliografik manbalar

Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ички ишлар органларининг жиноятларни тергов қилиш соҳасидаги фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» ги 2017 йил 18 апрелдаги ПҚ- 2898- сон карори

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2001 йил 27 мартдаги “Ички ишлар органлари фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони. Ҳалқ сўзи газетаси. 2001 йил 28 март.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 августдаги «Ички ишлар органлари ходимларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» ги ПҚ-3216-сон қарори

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 16 августдаги ПҚ- 3216 сон «Ички ишлар органлари ходимларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш тизимини тубдан такомиллаштириш чора- тадбирлари тўғрисида» ги қарори

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 29 ноябрдаги ПК-3413-сон “Ички ишлар органлари кадрлари билан ишлаш ва уларнинг xизматини ташкил этиш тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги қарори

Ички ишлар академияси жорий архиви маълумоти

Ички ишлар вазирлиги жорий архив маълумоти.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Кадрлар бош бошқармаси маълумотлари.

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ахборот Марказининг 2009 йил якуни бўйича Давлат статистик ҳисоботидан

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ахборот Марказининг 2002-2008 йиллар якуни бўйича Давлат статистик ҳисоботидан олинган.