100
MAJBURIYATLARNI TA’MINLASHDA GAROV USULIDAN FOYDALANISHNING
O’ZIGA XOS JIHATLARI
Akaeva Marapat Abduxalikovna
NamDU yuridik fakulteti dotsenti, yu.f.n.
Baxodirjonov Moxirbek Ilhomjon o’g’li
NamDU yuridik fakulteti 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15654104
Annotatsiya:
Fuqarolik huquqiy munosabatlarida, kredit, garov va ipoteka borasida
qonuniy asoslar yaratish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotir.O’zbekiston Respublikasining
“Garov to’g’risida”gi qonunining 1-moddasiga ko’ra:Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni
yoki unga bo’lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi. Garov
tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari amaliyotdan kelib chiqqan holda
takomillashtirildi. Jumladan, garov to’g’risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani
ro’yxatdan o’tkazishga doir moddasiga tegishli qo’shimcha kiritildi.Natijada bundan buyon
garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali belgilanishi mumkin.
Tayanch iboralar.
Garov narsasi, ijara, qarzdor, kreditor, majburiyatlarni bajarish,
majuriyatlarni lozim darajada bajarish, ommaviy huquq, xususiy huquq, garov huquqi, ko’chmas
mulk, ko’char mulk, garovga oluvchi, garovga qo’yuvchi, mulkni qaytarib berish ishonchi.
Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga
oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda.
Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi
daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini
kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini
barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar
qo’lga kiritildi.
Respublikamizning amaldagi qonun hujjatlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, fuqarolik
huquqiy munosabatlari yanada takomillashayotganligining guvohi bo’lish mumkin. Ayniqsa,
kredit, garov va ipoteka borasida qonuniy asoslar yaratish masalalariga jiddiy e’tibor
qaratilayotir. Natijada bu turdagi munosabatlarning iqtisodiyotimizda tutgan o’rni sezilarli
darajada mustahkamlanmoqda.
Bundan ikki ming besh yuz yil ilgari kuldorchilik tizimi asosida Rim quldorchilik
jamiyatida buyuk Rim fuqarolik huquqi vujudga kelgan bo’lib, u ikki qismga ya’ni ommaviy
(publichnoe) va xususiy (chastnoe) huquqlarga bo’lingan.
1
O’sha davrlarda ham “garov huquqi”ga etibor juda katta bo’lgan: Masalan, Boshqalarning
mulkiga bo’lgan huquqning turlaridan biri garov huquqidir. Garov huquqi qadimgi Rim
huquqida eng ko’p qo’llaniladigan, turli xil shartnomalar bo’yicha vujudga keladigan
majburiyatlarning bajarilishini ta’minlovchi usullardan biri bo’lib hisoblangan. Garov bilan
tartibga solina- digan munosabatlar asosan ko’chmas mulklarga va ko’chirilishn mumkin
bo’lgan mulklarga hamda ba’zi hollarda ob’ektga nis- batan mulkiy huquqlar yoki talablardan
iborat bo’lgan.
Ko’chmas mulklar bilan bog’liq bo’lgan garov huquqiga ipote- ka deb atalgan Eng avvalo
1
Қаранг.Рим ҳуқуқи.–Хаммуалиф: С.Исхаков, В.Топилдиев А.Рахманов ва бош.-Т.:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ.Академияси.2012.209 б. www.ziyouz.com kutubxonasi.-Б.6.
101
har qanday huquqlar garov predmeti bo’lib hisoblanmagan. Garovning predmeti bo’lishi uchun
albatta shartnomada yoki qonunlarda ko’rsatilgan bo’lishi lozim bo’lgan.Qadimgi Rim
huquqshunoslari mulk huquqining sub’ekti bo’lmagan, lekin ushbu mulkka nisbatan qandaydir
ashyoviy huquqga ega bo’lgan shaxs, mulk huquqi egasining roziligini olmasdan mulkni
garovga qo’yishini qat’iy man qilganlar. Hatto mulk egasining roziligisiz, garovga qo’yilgan
ob’ekt boshqa shaxslarning mulkiga taallukli bo’lsa, bu haqda tuzilgan bitim haqiqiy
hisoblanmagan
2
.
Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka asosan shaxslarning doimiy yashaydigan uy-joylari
garovga qo’yilishi mumkin emas. Lekin banklar tomonidan ehtiyojdan ortiqcha hisoblangan
shaxslarning uy-joylari garovi asosida kredit rasmiylashtirish hollari uchrab turadi. Garov
predmetining bunday turi bank uchun tavakkalchilik xavfi nihoyatda yuqori hisoblangan
ta’minot ekanligini amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar ko’rsatib turibdi. Chunki,
ehtiyojdan ortiqcha hisoblangan uy-joyga notarial idorada sotish uchungina taqiq solinadi.
Lekin bu uyda doimiy yashash uchun ro’yxatga kirish taqiqlangan emas. Aynan bunday
taqiqning yo’qligi tufayli amaliyotda shunday muammolar yuzaga kelmoqda-ki, natijada bank
undiruvni shaxslarning doimiy yashash uy-joylariga qaratish mumkin emaslik holatiga tushib
qolib, bu hol majburiyat ijrosining ta’minotsiz qolishiga olib kelmoqda.
Amaliyotda garov usulida majburiyat ijrosini ta’minlash jarayonida yuzaga kelayotgan
muammolar yechimini amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida ijobiy hal etish zarur.
O’zbekiston Respublikasining “Garov to’g’risida”gi qonunining 1-moddasiga ko’ra:Bir
shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo’lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash
uchun berishi garov hisoblanadi. Garovga ko’ra qarzdor (garovga qo’yuvchi) garov bilan
ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditor
(garovga oluvchi) bu majburiyat bo’yicha garovga qo’yuvchi tomonidan garovga qo’yilgan mol-
mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga
qonunda nazarda tutilgan tartibda haqli bo’ladi
3
.
Qonun bo’yicha haqiqiy bo’lgan har qanday majburiyatning: zayom, bank krediti, ijara,
oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday sub’ektlari (jismoniy va yuridik shaxslar,
davlat) o’rtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan ta’minlanishi mumkin.
Majburiyat pul birliklarida (milliy valyutada yoki chet el valyutasida) ifodalangan bo’lishi lozim.
Rim quldorchilik davlatida garovning dastlabki usuli bi- timlar bo’lib hisoblangan.
Qarzdor mantsipatsiya orqali o’z qar- zini to’lash uchun boshqa shaxsga mulk huquqi egaligiga
ma’lum talablarni qo’ygan holda, ya’ni majburiyatning bajarilishi ta’minlagandan so’ng garovga
qo’yilgan mulk qarzdorga qayta- rilishi lozim, degan asosda bitimlarni tuzgan. Bu qo’yilgan
talab qadimgi Rim davlatida faqat ma’naviy xarakterga ega bo’lib ya’ni, mulkni qaytarib berish
ishonchini sinab ko’rish bilan bog’liq bo’lgan. Keyinchalik esa majburiyat bajarilgandan so’ng
qarzdor kreditorga garov narsani qaytarish to’g’risida da’vo talablarini joriy etadigan huquqlar
kelib chiqdi
2
Қаранг.Рим ҳуқуқи.–Хаммуалиф: С.Исхаков, В.Топилдиев А.Рахманов ва бош.-Т.:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ.Академияси.2012.209 б. www.ziyouz.com kutubxonasi.-Б.137-138 б..
3
“Гаров тўғрисида”ги қонунининг 1-модда иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22
таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й.,
03/19/572/3943-сон)
102
Bitimlardan tashqari garovning usuli sifatida rigpis - pignus («qo’l bilan garov narsasini
qo’yish» yoki «qo’lda ushlab turish») degan tushuncha vujudga kelib, bunda garov predmeti
garovga oluvchiga faqat egallash, foydalanish va foydali xusu- siyatlaridan bahramand bo’lish
uchun topshiriladi, lekin mulk huquqi o’z zgaligida qoldiriladi hamda majburiyatning baja-
rilishi bilan darrov mulk o’z egasiga tezda qaytariladi
4
”- deb belgilangan edi..
Ko’chmas mulklarni ipoteka qilish, ularni ta’minlash va ijaraga berilgan qismlari
joylashgan yer uchastkasini ipoteka qilish bir vaqtning o’zida bitga asosiy shartnoma bo’yicha
amalga oshirilgan. Ayniqsa, «Er uchastkasini ipotekaga qo’yish chog’ida garov huquqi, agar
shartnomada boshqacha shart nazarda tutilmagan bo’lsa, garovga qo’yuvchining ushbu
uchastkada bo’lgan yoki qurilayottan binolari va inshootlariga joriy qilinmaydi. SHartnomada
bunday shart qo’yilmagan bo’lsa, undiruv garovga qo’yilgan yer uchastkasiga qaratilgan
taqdirda garovga qo’yuvchi yer uchastkasidan, uning bino yoki inshootdan o’z o’rnida
foydalanish uchun zarur bo’lgan qismidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini
saqlab qoladi»- deb belgilangan edi
5
.
Ma’lumki, amaliyotda banklar tomonidan kredit ob’ekti bo’lgan ashyolarni garov usulida
majburiyat ijrosining ta’minotiga qabul qilish hollari ham uchrab turadi. Majburiyat ijrosini
kredit ob’ekti bo’lgan ashyo garovi usulida ta’minlash noqonuniy bo’lmasa-da, bank uchun
ta’minot usulining bunday ko’rinishi bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.
Mazkur muammolarni hal etish, amaliyotda majburiyat ijrosini ta’minlash kreditor oldida
turgan muhim vazifadir.Garov usuli bilan bog’liq muammolardan yana biri qarzdor olingan
qarz mablag’idan oila farovonligini oshirishga hissa qo’shmagan holda umumiy mulk
ob’ektidan garov predmeti sifatida foydalanganda umumiy mulk ishtirokchilari va merosdan
majburiy ulush oluvchi merosxo’rlar e’tirozlari bilan bog’liq holatlarning yuzaga
kelayotganligidir. Bunday holatlarda, shartnoma oldin albatta notarial idoralarda tasdiqlanishi
va bunda umumiy mulk ishtirokchilari va merosdan majburiy ulush oluvchi merosxo’rlarning
bu masala yuzasidan roziligini olish va ularning xissasi hamda majburiy ulushlarini
shartnomada aniq belgilab qo’yish darkor.
Yangi qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi sakkizinchi qism bilan
to’ldirildi. Ya’ni mol-mulkni xatlash to’g’risida qaror chiqarilgandan keyin surishtiruvchi yoki
tergovchi tomonidan garov reestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritilishi, mol-mulkni xatlash
haqida sud ajrimi chiqarilgandan keyin esa, qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli bo’lgan or-
ganlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritilishi belgilandi. Ushbu me’yorlar 1992
yil 9 dekabrda qabul qilingan «Garov reestri to’g’risida»gi qonunning tegishli moddalariga o’z-
gartish va qo’shimchalar kiritish bilan uyg’unlashtirildi.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksiga kreditorlarning talablarini qarzdorning majburiyatlar
bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berilgan mol-mulki hisobidan qanoatlantirish bo’yicha
qo’shimcha kiritildi. Ya’ni ushbu kodeks 259-1-modda bilan to’ldirildi.
Endilikda karzdor o’z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kreditorning mol-mulk bilan
ta’minlangan majburiyatlar bo’yicha talablari ushbu mol-mulkning qiymatidan mazkur mol-
4
Қаранг.Рим ҳуқуқи.–Хаммуалиф: С.Исхаков, В.Топилдиев А.Рахманов ва бош.-Т.:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ.Академияси.2012.209 б. www.ziyouz.com kutubxonasi.-Б.139 б..
5
Қаранг.ўша ерда.-Б.139 б..
103
mulk o’ziga tegishli bo’lgan shaxsning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli ravishda
qanoatlantiriladi.
Qonunda, shuningdek, kreditorning imtiyozli huquqi, agar shartnomada boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo’lsa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan
mol-mulkidan foydalanishdan yoki uni realizatsiya qilishdan olingan hosilga, mahsulotga va
boshqa daromadlarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilab qo’yildi.
Mazkur qo’shimchada xalqaro qonunchilikning eng ilg’or amaliyoti hamda Birlashgan
millatlar tashkilotining Xalqaro savdo huquqi bo’yicha komissiyasi tomonidan qabul qilingan
tavsiyalarga muvofiq, qarzdorlarning mol-mulki va boshqa mulkiy huquqlar bilan ta’minlangan
kreditorlar talablari navbatini bir xil va aniq belgilash tartibini qo’llash nazarda tutilgan.
Bundan tashqari yangi qonunda garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
amaliyotdan kelib chiqqan holda takomillashtirildi. Jumladan, garov to’g’risidagi shartnoma,
uning shakli va shartnomani ro’yxatdan o’tkazishga doir moddasiga tegishli qo’shimcha
kiritildi.
Natijada bundan buyon garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali belgilanishi
mumkin. Ta’minlanadigan majburiyat esa, uning maksimal summasini ko’rsatish yo’li bilan
tavsiflanadi.Bu o’zgartirishlar qarzdorlar uchun zarur mablag’ni, xususan, oldingi kreditordan
navbatdagi garovni ta’minlash uchun mulkini so’rash zaruratisiz navbatdagi garov mexanizmi
vositasida moliyalashtirishni ta’minlash imkoniyatini beradi. Bunda oldingi garovga
oluvchilarning huquqlari «Garov reestri to’g’risida»gi qonun bilan himoya qilinadi. Bu qonunda
reestrga yozuv kiritilgan paytga qarab, talablarni qanoatlantirish huquqi belgilangan.
O’z navbatida, Iqtisodiy protsessual kodeks
6
ga kiritilgan o’zgartish bilan undiruvni
qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo’lgan mol-mulkga qaratish nazarda
tutilgan. Ushbu o’zgartishlar qarzdorning ta’minot narsasini undirish majburiyatlarini ijro
etishni mulkiy ta’minotni undirish bo’yicha sud buyruqlarini zudlik bilan — qiymati
yo’qolmasligi uchun tezroq sotish, qarzdorning mol-mulkni o’g’irlashiga yo’l qo’ymaslik kabi
maqsadlarga qaratilgan. Yangi qonunga ko’ra, Soliq kodeksining 60-moddasi soliq to’lovchiga
soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma bilan bir vaqtda, davlat soliq xizmati organi
tomonidan soliq qarzi belgilangan muddatda qoplanmagan taqdirda, undiruv qarzdorning mol-
mulkiga qaratiladigan miqdordagi soliq qarzi summasini ko’rsatgan holda garov reestriga
yozuv kiritilishi bilan bog’liq jumla bilan to’ldirildi. Bunda yozuv soliq qarzi to’liq
qoplanganidan yoki hisobdan chiqarilganidan keyin garov reestridan o’chiriladi.SHuningdek,
yangi qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksi 171-modda 9-band bilan to’ldirildi. Endilikda
undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo’lgan ko’char mol-mulkka
qaratish to’g’risida talab arz qilingan bo’lsa, sud buyrug’i beriladi.
Xulosa qilib aytganda, bularning barchasi, shubhasiz, aholi va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga, O’zbekis-
tonning xalqaro reytingi, moliya tizimi barqarorligini oshirishga va muddati o’tgan
kreditlarning qisqartirilishiga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
6
Ўзбекистон Республикасининг иқтисодий процессуал кодекси. 2018 йил.
104
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi. 2018 yil.
2.
“Garov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 22 oktyabrdagi O’RQ-572-
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019 y.,
03/19/572/3943-son)
3.
S.Isxakov, V.Topildiev, A.Raxmanov va bosh. Rim huquqi.T.:O’zbekiston Respublikasi
Ichki Ishlar vazirligi. Akademiyasi.2012
