Muhammad Alixon shaxsiyati yoritilgan manbalar tavsifi

Аннотация

Qo‘qon xoni Muhammad Alixonning shaxsiyati masalasi asrlar davomida bahsli masalalardan biri bo‘lib keladi. Mazkur tezisda XIX asrda Movarounnahrning siyosiy, madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynagan Muhammad Alixon shaxsiyati va faoliyati tarixiy manbalar asosida keng yoritiladi. Tadqiqotda asosan “Tarixi Shohruhiy”, “Ansob as-salotin va tavorix al-xavoqin”, “Muntaxab ut-tavorix” kabi zamonasining muhim yozma manbalariga tayangan holda Muhammad Alixonning siyosiy qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, shaxsiy fazilatlari, hamda u boshchilik qilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat tahlil qilinadi. Muhammad Alixon Qo‘qon xonligi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shaxs bo‘lib, uning hukmronligi davrida xonlikda ichki islohotlar, harbiy tuzumdagi o‘zgarishlar va tashqi siyosiy munosabatlar muhim bosqichga kirgan. Shu bilan birga, uning shaxsiyatiga oid tasvirlar nafaqat rasmiy tarixiy manbalarda, balki adabiy-tazkiraviy asarlarda ham o‘z aksini topgan. U haqidagi rivoyatlar va tasvirlar orqali o‘sha davr odob-axloq me’yorlari, shaxsiy tarbiya, boshqaruv kabi jihatlar ham o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida manbalarning tarixiy va shaxsiy jihatlari qiyosiy-tahliliy usulda o‘rganilib, Muhammad Alixon shaxsining tarixiy obrazini yaratishga xizmat qiluvchi asosiy manbalar aniqlanadi. Ushbu tadqiqot Muhammad Alixon shxasiyatini shaxsiyatini chuqur anglash, uning faoliyatiga turlicha yondashuvni shakllantirish va tarixiy manbalarning tanqidiy tahlil asosida qayta baholash imkonini beradi. Shuningdek, bu ish XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida yuz bergan siyosiy jarayonlarni shaxs omili bilan bog‘liq holda tushunishga xizmat qiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nematullayeva , M. . (2025). Muhammad Alixon shaxsiyati yoritilgan manbalar tavsifi. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(15), 41–44. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/109070
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Qo‘qon xoni Muhammad Alixonning shaxsiyati masalasi asrlar davomida bahsli masalalardan biri bo‘lib keladi. Mazkur tezisda XIX asrda Movarounnahrning siyosiy, madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynagan Muhammad Alixon shaxsiyati va faoliyati tarixiy manbalar asosida keng yoritiladi. Tadqiqotda asosan “Tarixi Shohruhiy”, “Ansob as-salotin va tavorix al-xavoqin”, “Muntaxab ut-tavorix” kabi zamonasining muhim yozma manbalariga tayangan holda Muhammad Alixonning siyosiy qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, shaxsiy fazilatlari, hamda u boshchilik qilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat tahlil qilinadi. Muhammad Alixon Qo‘qon xonligi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shaxs bo‘lib, uning hukmronligi davrida xonlikda ichki islohotlar, harbiy tuzumdagi o‘zgarishlar va tashqi siyosiy munosabatlar muhim bosqichga kirgan. Shu bilan birga, uning shaxsiyatiga oid tasvirlar nafaqat rasmiy tarixiy manbalarda, balki adabiy-tazkiraviy asarlarda ham o‘z aksini topgan. U haqidagi rivoyatlar va tasvirlar orqali o‘sha davr odob-axloq me’yorlari, shaxsiy tarbiya, boshqaruv kabi jihatlar ham o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida manbalarning tarixiy va shaxsiy jihatlari qiyosiy-tahliliy usulda o‘rganilib, Muhammad Alixon shaxsining tarixiy obrazini yaratishga xizmat qiluvchi asosiy manbalar aniqlanadi. Ushbu tadqiqot Muhammad Alixon shxasiyatini shaxsiyatini chuqur anglash, uning faoliyatiga turlicha yondashuvni shakllantirish va tarixiy manbalarning tanqidiy tahlil asosida qayta baholash imkonini beradi. Shuningdek, bu ish XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida yuz bergan siyosiy jarayonlarni shaxs omili bilan bog‘liq holda tushunishga xizmat qiladi.


background image

41

MUHAMMAD ALIXON SHAXSIYATI YORITILGAN MANBALAR TAVSIFI

Nematullayeva Marjona Hikmatulla qizi

ToshDOʻTAU 1 bosqich tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15696889

Annotatsiya:

Qo‘qon xoni Muhammad Alixonning shaxsiyati masalasi asrlar davomida

bahsli masalalardan biri bo‘lib keladi. Mazkur tezisda XIX asrda Movarounnahrning siyosiy,
madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynagan Muhammad Alixon shaxsiyati va faoliyati
tarixiy manbalar asosida keng yoritiladi. Tadqiqotda asosan “Tarixi Shohruhiy”, “Ansob as-
salotin va tavorix al-xavoqin”, “Muntaxab ut-tavorix” kabi zamonasining muhim yozma
manbalariga tayangan holda Muhammad Alixonning siyosiy qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy

faoliyati, shaxsiy fazilatlari, hamda u boshchilik qilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat tahlil
qilinadi. Muhammad Alixon Qo‘qon xonligi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shaxs bo‘lib,
uning hukmronligi davrida xonlikda ichki islohotlar, harbiy tuzumdagi o‘zgarishlar va tashqi
siyosiy munosabatlar muhim bosqichga kirgan. Shu bilan birga, uning shaxsiyatiga oid

tasvirlar nafaqat rasmiy tarixiy manbalarda, balki adabiy-tazkiraviy asarlarda ham o‘z aksini

topgan. U haqidagi rivoyatlar va tasvirlar orqali o‘sha davr odob-axloq me’yorlari, shaxsiy
tarbiya, boshqaruv kabi jihatlar ham o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida manbalarning tarixiy va

shaxsiy jihatlari qiyosiy-tahliliy usulda o‘rganilib, Muhammad Alixon shaxsining tarixiy

obrazini yaratishga xizmat qiluvchi asosiy manbalar aniqlanadi. Ushbu tadqiqot Muhammad

Alixon shxasiyatini shaxsiyatini chuqur anglash, uning faoliyatiga turlicha yondashuvni

shakllantirish va tarixiy manbalarning tanqidiy tahlil asosida qayta baholash imkonini beradi.
Shuningdek, bu ish XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida yuz bergan siyosiy jarayonlarni shaxs
omili bilan bog‘liq holda tushunishga xizmat qiladi.

Kirish

Amir Umarxon va Nodirabegim o‘z davrining ziyoli insonlari bo‘lishgan. Qo‘qon

xonligida siyosiy va madaniy hayotning bir qadar yuksalgan davri Amir Umarxon hukmronligi

bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, uning rafiqasi Nodirabegim xonlikda adabiyot va
san’at ahlining fidoyi homiysi sifatida alohida mavqega ega bo‘lgan. Ana shunday boy

madaniy-ma’naviy muhitda ularning to‘ng‘ich farzandi Muhammad Alixon voyaga yetdi. U
yoshligidan atrofidagi ijodiy va ilmiy muhit ta’sirida shakllanib bordi. Amir Umarxonning
vafotidan soʻng, 14 yoshli Muhammad Alixon taxtni egalladi. Niyozmuhammad

Hoʻqandiyning

1

“Ibrat-ul havoqin” asari “Tarixi Shahruxiy” nomi bilan shuhrat topgan. Mazkur

asar Qo‘qon xonlarining hayoti va faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgani uchun unda xonlikning

oxirgi hukmdorlari Xudoyorxon va Nasriddinxonning avlodlari haqida ham shajaraviy
ma’lumotlar keltiriladi. Asarda shunday maʼlumotlar keltiriladi:

“Tez jilovli va ho‘l zabonli qalamning oti, tezsur’at xomaning uloqi varaqlik maydonida

yo‘rtib chiqib yozadiki, Umarxon asosi zaif va ommaga oshno-yu xoslarga begona bo‘lgan bu

taxtgoh bilan vidolashganida, latif jasadi va zarofatli vujudini bir kechayu kunduz haramda

maxfiy saqlab, barcha vazirlar va nadimlar, sarkardalar yig‘ilishib olib, Furqon kitobini o‘rtaga

qo‘yib ahdu paymon qilishib, qasam ichdilar va Muhammad Alixonni o‘n to‘rt yoshida
podshohlik ramzi bo‘lmish oq kigizga solib, otasi o‘rniga xon ko‘tardilar. Yusuf mingboshi –
tog‘lik Muhammadali xonning qaynotasi, sarkardalar va amirlarning sarasi va yetakchisi edi.”

Muhammad Alixon hali yosh boʻlganligi tufayli taxtni onasi va oʻziga yaqin davlat

1

NiyozMuhammad Xo‘qandiy. 2010. Ibrat-ul-xavoqin. Toshkent: Turon zamin ziyo nashriyoti


background image

42

arboblari yordamida boshqara boshlaydi. Ushbu asarda ham Muhammad Alixonning keng
koʻlamli yurishlari tasvirlanadi, bu yurishlar natijasida Qoʻqon xonligining hududini anchagina
kengaytirib oladi va “Gʻoziy”

2

unvoniga sazovor boʻladi. Bu orada Buxoro amiriga bu

voqealardan xabar topadi va elchi joʻnatadi:

“Muhammadalixon g‘oziy Xo‘janddan chiqib Toshqo‘rg‘onga yetganida, Buxoro amiri

elchisi xon yo‘liga chiqib shunday dedi: “Ey xon, qayerga bormoqchisiz? Qayerga borsangiz
ham amir bilan jang qilishingiz kerak bo‘ladi. Hali ham vaqtni g‘animat deb bilib, borib amir
bilan uchrashing. Viloyatni o‘zingizga qaytarib beradi, mehribonchilik va lutf ila sizni

qaytaradi”. Oqibat ul-amr maslahat shunday bo‘ldi-ki, Muhammadalixon o‘z o‘g‘li
Muhammadaminxonni katta tortiq va hadyalar bilan amir huzuriga yuborib, o‘zi Xo‘qand sari
ravona bo‘ladigan bo‘ldi”.

Shunda ham Buxoro amiri Nasrulloxon Muhammad Alixon haqida kurakda turmaydigan

haqoratlarni tarqatadi va Qoʻqon xonligiga bostirib kiradi. Muhammad Alixon, uning onasi

Nodirabegim, Muhammad Alixonning homilador xotini va hattoki yosh goʻdaklarni ham
oʻldiradi:

“Amir ommaning shovqin-suroni bilan shahargа doxil bo‘ldi. Amir buyruғiga binoan

shaharni to‘rt soat talon-taroj qildilar. Masjidlarda kigiz va joynamoz, madrasalarda kitob
qolmadi. Barcha narsalar g‘orat bo‘ldi. Erkag-u ayolni yap-yalang‘och qilib qo‘yishdi. Bu
mulkning ba’zi fuqarosi uylar ichida, bog‘lar va xilvat joylarida mang‘itlarni itdek o‘ldirib,

jasadlarini zahbur va chuqurlarga tashlardilar. To‘rt soatdan so‘ng amir buyrug‘i bilan
mang‘itlar shahar talon-tarojidan qo‘l tortdilar. Muhammadalixonning onasini bir nechta ayol

bilan birga

qatlga yetkazdilar. Muhammadalixon davlatgohlaridan ham bir nechtasi, uning o‘n to‘rt

yoshli o‘g‘li Muhammadaminxon ham qatl etildi”.

3

Tarixda “qassob amir” nomi bilan qolgan amir Nasrulloxon nihoyatda kuchli davlat

arbobi, siyosiy vakil edi. Lekin, qay darajada aqlli va bilimli boʻlmasin,bu uning Qoʻqonda
qilgan qonxoʻrliklarini oqlamaydi.

“Muntaxab ut-tavorih” asari

4

muallifi Hakimxon Toʻra Muhammad Alixon shaxsiyatini

ko‘proq tanqidiy nuqtai nazardan yoritib, tarixiy obraz sifatida salbiy sifatlar bilan tasvirlaydi.
Bunga esa Muhammad Alixon bilan oʻrtalaridagi mojaro sabab deyiladi. Muhammad Alixon

taxtga oʻtirgach, shayxulislom unvonidan baʼzi vakolatlarni qisqartirib, davlat boshqaruvini

oʻz qoʻliga oladi. Bir necha vaqtlardan buyon Qoʻqonda shayxulislomlik qilayotgan Hakimxon
Toʻra va uning otasiga bu yoqmaydi. Ular oʻrtasidagi ziddiyat kuchaya boradi va Hakimxon

Toʻra Qoʻqondan chiqib ketadi. Keyinchalik, oʻz asarida bu voqealarni batafsil yoritadi.

“ Gapning qisqasi, amir Olimxon va amir Umarxon zamonida davlat ishlari bo‘yicha ko‘p

maslahatlar Qiblagoh odam tomonidan amalga oshar edi. Shu sababli mansabdorlarning

ko‘pchiligi zotida bo‘ladigan rashk va hasad otashi boshqa davlat ustunlari siynasi o‘chog‘ida

gurkirab yonib, ayniqsa, bir nechta Shamrnaslli mal’unlar barisi o‘z himmatini janob Qiblagoh

odam va mening hayot daraxtzorimizning maqsadi hosildorlik mulki nihollarini chaqimchilik
va tuhmat shamoli bilan so‘ldirish, quritish va tagidan qulatish sari qaratdilar. Bizning e’tibor
va ixtiyor arig‘imizni tubanlik va mashaqqat tuprog‘i bilan qorishtirish, davlat maslahati

2

Худoёрхонзода. 2014. Анжум aт-таворих (Тарих юлдузлари). Тошкент: Фан ва технология

3

NiyozMuhammad Xo‘qandiy. 2010. Ibrat-ul-xavoqin. Toshkent: Turon zamin ziyo nashriyoti, 146-bet.

4

Muntaxab-ut tavorih. Muhammad Hakimxon To‘ra. Toshkent: “ Yangi asr avlodi”, 2010


background image

43

jilovini o‘zlarining qudrat qo‘liga olish uchun kirishdilar”.

Ushbu misralardan anglashiladiki, Hakimxon To‘ra Muhammad Alixon bilan ziddiyatlari

shu voqealarda aks etadi. Hakimxon To‘ra Muhammad Alixonning boshqaruv davrida biror

o‘rinda muvaffaqiyatga erishganini e’tirof qilmaydi. Qora bo‘yoqlarda salbiy sifatlar bilan tilga
oladi.

Biroq, ayni shu davrda Buxoroda yashab ijod etgan Qori Rahmatulloh Vozeh oʻzining

“Tuhfat-ul-ahbob fiy tazkirat-ul-ashob” asarida Hakimxon Toʻradan farqli ravishda
Muhammad Alixon shaxsiyatiga ijobiy tarzda yondashadi.

“Xon” taxallusi, oliy darajadagi nomi Muhammad Alixon, Xo‘qand xonidir.

5

Ro‘zgor

(zamonasining) yagonasi va davrining nodiri erdi.Chunonchi, o‘ttiz ikki hunarda
mashhurdirki, jumladan zargarlik, mo‘zaduzlik (etikdo‘zlik), sarrojlik (egar-jabduq
tayyorlovchi) va boshqalarda kamoli vahj yuzasidan yuqori daraja bilar erdi”

Rahmatulloh Vozehning Amir Nasrulloxon zamonida yashab, Muhammad Alixon haqida

haqiqatni roʻy-rost yoza olgani tahsinga sazovor.

Buxoro amiri Nasrulloxonning Qo‘qon xonligida olib borgan siyosati xalqning qattiq

tanqidiga uchraydi. Shunday voqealardan biri haqida Mirzo Olim ibn Mirzo Rahim Toshkandiy
o‘zining “Ansob us- salotin va tavorix ul- havoqin” asarida shunday tasvirlaydi:

“ Shul asnoda amir Bahodirxon xursandlig‘ qilib, Mirzo Jo‘naydillo, Maxdum Hoziq

mullaqabkim, shayxulislom Hirotiyning o‘g‘illari erdi, amiri Buxoroga kecha-kunduz

hamnishin erdilar, ziyoda gustoh ekanlar, amir farmoyish qildikim, “Bizni bu safardin bo zafar
kelganimizga bir fard bayt mashq qilib, bir nimarsa ayting”, - dedilar. Darhol bu baytni

o‘qudilarkim:

Nazmi Hoziq:

Buri anbor zadi xud az modemat,

Libosi to ba devoni qiyomat. (Mazmuni: O‘z qaddingga la’natlardan shunday bir libos

tikib kiyingki, u libos ustingda qiyomatgacha qoladi.)

Amirning g‘iyozida jahli kelib, rangida qatra qon qolmadi. To o‘rdasiga doxil

bo‘lgunchalik so‘zlamadi.

Qazoro bir kun amir buyurgan Dushaboy nomlig‘ o‘g‘ri erdi, bir odamni kasal suratda

qilib oldilariga olib keldi: - “Taqsir, munga doru bering, kasal bo‘lubdur”, deb. Shul kecha yotib,

boshlarini olib va andin chiqib Eshon Shofening boshlarini olib, kechalab amiri Buxoroga

manzur qildi ersa, in’om-ehson bolonihoyalar sarafroz ayladi ”.

Hoziq Amir Nasrulloxonga aytgan bayti o‘ta tanqidiy va istehzoli ohangga ega bo‘lib,

amirga nisbatan yashirin la’natni anglatadi: “ Sen ustiga shunday lan’at libosini kiydingki, bu
libosdan qiyomatga qadar qutulolmaysan”. Hoziqning bunday ochiq va dalil gapirishi hamda
bunday keskin jumlasi amir g‘azabini keltirgan, lekin hech narsa deya olmagan. Hoziq

ketganidan soʻng, orqasidan qotil yuborib, uni oʻldirgan. Dushaboy nomli oʻgʻri Hoziq va bir

necha kishining boshini amirga taqdim etgan.

Xulosa

XIX asrning birinchi yarmi Movarounnahr tarixida siyosiy beqarorlik, harbiy mojarolar

va madaniy uyg‘onish bilan ajralib turadi. Bu davrning markaziy siyosiy shaxslaridan biri,
Qo‘qon xonligining hukmdori Muhammad Alixon o‘z faoliyati va shaxsiyati bilan nafaqat

5

Tuhfat-ul-ahbob fiy tazkirat-ul-ashob. – Toshkent: Abu matbuot-konsalt, 2011. 21- bet


background image

44

tarixiy, balki madaniy va adabiy manbalarda ham muhim o‘rin egallagan. Muhammad
Alixonning hokimiyatga kelishi yoshligida — atigi 14 yoshida yuz bergan bo‘lsa-da, u qisqa
muddatda o‘z irodasini namoyon eta boshlaydi. Uning siyosiy faoliyati ichki islohotlar, harbiy

yurishlar va tashqi aloqalarni mustahkamlash yo‘nalishida kechgan. Qo‘qon xonligining
hududiy kengayishi aynan Muhammad Alixon yurishlari natijasida yuz bergan, bu esa unga
“G‘oziy” unvonini olib kelgan. Muhammad Alixonning shaxsiyati tarixiy manbalarda turlicha
baholangan. “Tarixi Shohruhiy” kabi asarlarda u jasur, siyosiy yetakchilik fazilatlariga ega,
mustaqil qaror qabul qila oladigan hukmdor sifatida tasvirlangan. Hakimxon To‘ra “Muntaxab

ut-tavorix” asarida esa Muhammad Alixon salbiy qahramon sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, bu
munosabat shaxsiy ziddiyatlar bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Amir

Nasrullohxonning Qo‘qon xonligiga qarshi amalga oshirgan harbiy-siyosiy harakatlari bugungi
kungacha adabiyotshunoslar va tarixchilar tomonidan keskin tanqid ostiga olinib, u shu

voqealar bilan bog‘liq salbiy tarixiy baholardan xoli bo‘la olmayapti. Bu omilar esa bu

hukmdorlarning shaxsiyatini chuqurroq o‘rgganishga, tahlil etishga undaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

NiyozMuhammad Xo‘qandiy. 2010. Ibrat-ul-xavoqin. Toshkent: Turon zamin ziyo

nashriyoti.
2.

Is’hoqхon to‘ra Ibrat. 2005. Tanlangan asarlar. Toshkent. Ma’naviyat.

3.

Мирза Олим Мушриф. 1993. Ансобу-с-салотин ва тавориху-л-ҳавоқин. Тошкент:

Фан нашриёти.
4.

Mirzo Olim Maxdum Hoji. 2009. Tarixi Turkiston. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti

5.

Худoёрхонзода. 2014. Анжум aт-таворих (Тарих юлдузлари). Тошкент: Фан ва

технология.
6.

Bobobekov H. Qo‘qon xonligi tarixining dolzarb muammolari. – Qo‘qon: Ilmiy anjuman

materiallari, 2022.
7.

Alimov H. Movarounnahr siyosiy hayoti XIX asrda. Toshkent: Sharq, 1999.

8.

Хамроева, Орзигул. "Роль комплексов Фитрата в развитии текстологии начала ХХ

века." Каталог диссертаций и авторефератов 1.1 (2024): 1-154.
9.

Jalolovna, H. O. (2022). Improvement of the Science of rhyme in treatises of the timurid

period. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 10, 342-348.
10. HAMROYEVA, O. “DEBOCHA” DAGI SAJ’NING POETIK VAZIFASI. MUHAMMAD RIZO
OGAHIYNING O ‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI RIVOJIDA TUTGAN O ‘RNI, 187.

11. Hamroyeva, O. THE ARTISTIC PURPOSE OF ALISHER NAVOIY'S RHYME. Türkoloji,

(120), 63-84.

Библиографические ссылки

NiyozMuhammad Xo‘qandiy. 2010. Ibrat-ul-xavoqin. Toshkent: Turon zamin ziyo nashriyoti.

Is’hoqхon to‘ra Ibrat. 2005. Tanlangan asarlar. Toshkent. Ma’naviyat.

Мирза Олим Мушриф. 1993. Ансобу-с-салотин ва тавориху-л-ҳавоқин. Тошкент: Фан нашриёти.

Mirzo Olim Maxdum Hoji. 2009. Tarixi Turkiston. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti

Худoёрхонзода. 2014. Анжум aт-таворих (Тарих юлдузлари). Тошкент: Фан ва технология.

Bobobekov H. Qo‘qon xonligi tarixining dolzarb muammolari. – Qo‘qon: Ilmiy anjuman materiallari, 2022.

Alimov H. Movarounnahr siyosiy hayoti XIX asrda. Toshkent: Sharq, 1999.

Хамроева, Орзигул. "Роль комплексов Фитрата в развитии текстологии начала ХХ века." Каталог диссертаций и авторефератов 1.1 (2024): 1-154.

Jalolovna, H. O. (2022). Improvement of the Science of rhyme in treatises of the timurid period. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 10, 342-348.

HAMROYEVA, O. “DEBOCHA” DAGI SAJ’NING POETIK VAZIFASI. MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING O ‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI RIVOJIDA TUTGAN O ‘RNI, 187.

Hamroyeva, O. THE ARTISTIC PURPOSE OF ALISHER NAVOIY'S RHYME. Türkoloji, (120), 63-84.