4
BOBUR SHE’RLARIDA INSON RUHIYATI VA KECHINMALARI TASVIRI
THE DESCRIPTION OF HUMAN SPIRIT AND EXPERIENCES IN BABUR'S
POEMS
Omonkeldiyeva Maftuna Murodullo qizi
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU
2-kurs magistranti
E-mail: omonkeldiyevamaftuna7@gmail.com
+998915621705
https://doi.org/10.5281/zenodo.15686866
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning she’riy merosida
inson ruhiy holatlari va ichki kechinmalarining badiiy-estetik ifodasi tahlil qilinadi. Maqolada
shoirning g’azallarida ask etgan asosiy g’oyaviy-estetik yo‘nalishlar- insoniy fazilatlar, axloqiy
poklik, vatan sog’inchi, muhabbat va dunyoning o‘tkinchiligi kabi mavzular poetic struktura
asosida tahlil etiladi. Mazkur tadqiqot ishida “Boburnoma”dagi lirik parchalar ham tahlil etilib,
ularda shoirning ruhiy holati, ma’naviy izlanishlari hamda estetik qarashlari ifodasining o‘ziga
xos jihatlari ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar:
She’riy meros, ichki kechinma, inson ruhiyati, tasavvuf, ruhiy poklanish,
vatan sog‘inchi, falsafiy timsollar.
Annotation:
This article analyzes the artistic and aesthetic expression of human mental
states and inner experiences in the poetic heritage of Zahiriddin Muhammad Babur. The article
analyzes the main ideological and aesthetic directions of the poet's ghazals - human qualities,
moral purity, longing for the homeland, love and the transience of the world - on the basis of
poetic structure. This research also analyzes lyrical fragments from "Boburnoma", in which the
specific aspects of the poet's mental state, spiritual searches and aesthetic views are shown on
a scientific basis.
Key words:
Poetic heritage, inner experience, human psyche, mysticism, spiritual
purification, homesickness, philosophical symbols.
Bobur Mirzo (1483–1530) o‘zbek adabiyoti va tarixida alohida o‘rin tutgan shaxsdir. U
nafaqat buyuk sarkarda va davlat arbobi, balki iste’dodli shoir sifatida ham tanilgan. Uning
adabiy merosi, ayniqsa, she’riyati, o‘zbek klassik adabiyotining muhim qismidir. Bobur o‘z
ijodiy faoliyatida Alisher Navoiy, Hofiz Sheroziy, Sa’diy va Jomiy an’analarini davom ettirib,
ularni yangi mazmun va shakl bilan boyitgan. Uning she’riyati chuqur ma’no va mazmunga ega
bo‘lib, tarixiy, falsafiy, diniy va ma’naviy qarashlar bilan uyg‘unlashgan.
Boburning eng mashhur adabiy asari – “Boburnoma” bo‘lsa-da, uning she’riyati ham
alohida e’tiborga loyiqdir. Bobur o‘z g‘azallarida insoniy fazilatlar, axloqiy poklik, tavba, vatan
sog‘inchi, muhabbat va dunyoning o‘tkinchiligi kabi mavzularni yoritadi. Shoir o‘z davrining
ijtimoiy va siyosiy holatini ham teran tushungan holda, uni badiiy ifoda etgan. Uning she’rlari
tilining ravonligi, badiiy tasvir vositalarining serqirraligi va falsafiy chuqurligi bilan ajralib
turadi
Charxning men ko‘rmagan javr-u jafosi qoldimu?
Xasta ko‘nglim chekmagan dard-u balosi qoldimu?
Ushbu misrada shoir butun umriga nazar tashlar ekan, undagi o‘zining mashaqatli
keshmishini aks ettirgandek bo‘ladi. Yaqin insonlarining xiyonati, yurtdan ayrilish,
5
sargardonlik, dushmanlar kechgan ayovsiz jang, oilaviy munosabatlarning yaxshi emasligi —
bularning barchasi Boburning nola-yu fig‘on cheklishiga sabab. Misra savol shaklida, diqqat
bilan kuzatgan kitobxon uni shoir o‘ziga berayotganini payqaydi. Bunday ifoda baytning badiiy
jozibasini oshirgan. Javr, jafo, dard, balo singari tanosib san’atini yuzaga chiqaradigan so‘zlarni
o‘qiganimizda esa har biridan ayri hissiyot tuyamiz.
Boburning g‘azallarida tasavvufiy qarashlarning kuchli ekanligi seziladi. U o‘z she’riyatida
dunyoviy va ma’naviy hayotni bir-biriga bog‘laydi, insonning ichki poklanishi va ma’naviy
yuksalishiga alohida urg‘u beradi. Uning tavbaga bag‘ishlangan g‘azallari bu jihatdan alohida
ahamiyatga ega bo‘lib, u erkinlik va poklikka intilish motivlarini ilgari suradi. Bobur may
ichishdan voz kechish, dunyoviy lazzatlardan voz kechib, axloqiy mukammallikka erishish
haqida yozadi.
Bobur o‘z g‘azallarida insonning ma’naviy o‘sishi, ruhiy poklanishi va dunyoviy hayotning
o‘tkinchiligi haqida falsafiy mushohadalar yuritadi. Uning tavbaga bag‘ishlangan she’rlari
axloqiy poklik va insoniy mukammallikka erishish yo‘llarini ko‘rsatadi. U may ichishdan voz
kechish, ma’naviy poklanish va o‘zini o‘zi anglashni targ‘ib qiladi. Bu jihatlar tasavvufiy
g‘oyalarga hamohangdir. Tasavvuf adabiyotida insonning ma’naviy kamol topishi asosiy
tushunchalardan biri bo‘lib, Bobur bu g‘oyani o‘ziga xos tarzda ifodalagan. Shoir uchun ichki
poklanish va gunohlardan voz kechish faqat shaxsiy intilish emas, balki ijtimoiy va axloqiy
jihatdan ham katta ahamiyat kasb etgan.
Tavba qilish o‘zlikni anglash sari yetaklashini quyidagi misralarda gavdalantiradi:
Niyati G‘azv ilakim yorubsan,
O‘lmakingni o‘zungga ko‘rubsan. [Hamidov, 2025:22].
Bu misralarda shoir dunyoning vaqtinchalik ekanini anglash va inson o‘z hayoti davomida
to‘g‘ri yo‘lni topishi kerakligi haqida fikr bildiradi. “Niyati G‘azv” iborasi jihod qilish yoki ichki
kurashni anglatib, bu yerda insonning o‘z nafsiga qarshi kurashi tasvirlanadi. Tavba qilish va
gunohlardan voz kechish orqali inson o‘z hayotini yaxshilashi mumkinligi g‘oyasi shoirning
falsafiy qarashlarini ochib beradi.
Shuningdek, Bobur g‘azallarida uning siyosiy hayoti, janglar va yurtidan uzoqlashganlik
kechinmalari ham aks etgan. Hindistonga kelgach, u o‘z yurtini, xususan, Andijonni sog‘inganini
ko‘p bora she’riyatida ifoda etgan. Ushbu maqolada Boburning g‘azallaridagi poetik jihatlar,
badiiy san’atlar va uning poetik uslubi tahlil qilinadi.
Boburning vatan sog‘inchi bilan bog‘liq she’rlari esa, ayniqsa, diqqatga sazovordir. U
yurtini tark etish, Hindistonda begona yurtda yashash va Andijonning sog‘inchi haqida ko‘plab
g‘azallar yaratgan. Bu she’rlarda u faqat shaxsiy kechinmalarini emas, balki vatandan judo
bo‘lgan har bir insonning dardini ifoda etadi. Shoir tabiat tasvirlari orqali o‘z hissiyotlarini
jonlantirib, o‘quvchiga yetkazadi. Masalan, uning Hindistonda yozilgan g‘azallaridan birida
shunday misralar bor:
Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz anglab o‘zga ranju alam.
Kobul-u xush havosini sogʻinib
Hinddin garm bordingiz ul dam
Koʻrdingiz, topdingiz ekin anda
Bu misralarda shoir Hindistonga borish orqali boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarini, g‘am-
tashvishlarini tasvirlaydi. Shoir uchun Hindiston nafaqat siyosiy faoliyat yuritish joyi, balki
6
g‘urbat va hijron ramzi sifatida ham namoyon bo‘lgan. U yerda turib o‘z vatanining so‘lim
tabiatini, xushhavo shaharlarini sog‘ingan. Aslida hindiston tabiati ham go‘zal go‘shalardan biri
edi, ammo shoir uchun o‘z vatani tuprog‘i qimmatlidir.
Boburning she’riyatida allegorik uslub keng o‘rin olgan bo‘lib, u turli ramz va timsollar
orqali falsafiy fikrlarini ifoda etgan. Uning she’rlari faqat tashqi go‘zallik bilan cheklanmay, balki
ichki ruhiy olamni ham ochib beradi. Shoir inson ruhiyatining turli holatlarini she’riy ifoda
vositalari orqali yoritadi. Misol uchun, uning ko‘plab she’rlarida may va mayxonaga oid
timsollar uchraydi. Biroq Boburning she’riyati faqatgina may ichishga da’vat emas, balki undan
voz kechish va ruhiy kamolot sari intilishga chorlovchi badiiy ifodadir.
Mastam, ey muhtasib, imro‘z zi man dast bidor,
Ehtisobam bikun, on ro‘zi ki yobi hushyor.
Tarjimasi:
Qilma bezovta meni, ey muhtasib, mastman bugun,
Istagancha qil so‘roq topgan kuning hushyor meni.
Mumtoz she’riyatda may detalining o‘rni alohida va may haqiqatan mast qiluvchi chog‘ir
emas, ramziy ma’noda ishqdan sarxush ma’nosida keladi. Bu baytda shoir hisob so‘rovchidan
men sening savollaringga javob beraman, faqat mening xushyor vaqtimda kel, ammo misrani
o‘qib shoirning baribir mening bunday kunim yo‘q, men doim ishqdan mastman degan ma’noni
sezishimiz mumkin. Baytda yashirin ruju san’ati qo‘llangandek, bundan tashqari nido, tazod,
kabi she’riy san’atlarning bejirim ifodasi keltirilgan.
Bobur she’riyati turli badiiy va falsafiy jihatlar bilan boyitilgan bo‘lib, uning poetikasi
chuqur ma’naviy va axloqiy qatlamlarga ega. Shoir o‘z g‘azallarida inson ruhiyati, dunyoqarashi
va hayot mazmunini o‘ziga xos uslubda aks ettirgan . Boburning she’riy merosi nafaqat tarixiy
ahamiyatga ega, balki bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Uning poetik tafakkuri
insoniyatning abadiy qadriyatlari – muhabbat, vatanparvarlik, ma’naviy poklik va kamolotga
erishish yo‘lidagi izlanishlari bilan uyg‘unlashadi.
Boburning vatan sog‘inchi bilan bog‘liq she’rlari esa, ayniqsa, diqqatga sazovordir. U
yurtini tark etish, Hindistonda begona yurtda yashash va Andijonning sog‘inchi haqida ko‘plab
g‘azallar yaratgan. Bu she’rlarda u faqat shaxsiy kechinmalarini emas, balki vatandan judo
bo‘lgan har bir insonning dardini ifoda etadi. Shoir tabiat tasvirlari orqali o‘z hissiyotlarini
jonlantirib, o‘quvchiga yetkazadi. Masalan, uning Hindistonda yozilgan g‘azallaridan birida
shunday misralar bor:
Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz anglab o‘zga ranju alam.
Bu misralarda shoir Hindistonga borish orqali boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarini, g‘am-
tashvishlarini tasvirlaydi. Shoir uchun Hindiston nafaqat siyosiy faoliyat yuritish joyi, balki
g‘urbat va hijron ramzi sifatida ham namoyon bo‘lgan. U yerda turib o‘z vatanining so‘lim
tabiatini, xushhavo shaharlarini sog‘ingan.
Boburning she’riyatida allegorik uslub keng o‘rin olgan bo‘lib, u turli ramz va timsollar
orqali falsafiy fikrlarini ifoda etgan. Uning she’rlari faqat tashqi go‘zallik bilan cheklanmay, balki
ichki ruhiy olamni ham ochib beradi. Shoir inson ruhiyatining turli holatlarini she’riy ifoda
vositalari orqali yoritadi. Misol uchun, uning ko‘plab she’rlarida may va mayxonaga oid
timsollar uchraydi. Biroq Boburning she’riyati faqatgina may ichishga da’vat emas, balki undan
voz kechish va ruhiy kamolot sari intilishga chorlovchi badiiy ifodadir.
7
Boburning poetik g‘oyalari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy muhitini ham aks ettiradi. Uning
she’rlari orqali hukmdorning ichki kechinmalari, vatanparvarlik tuyg‘ulari va insoniy
fazilatlarni sharaflashga bo‘lgan intilishi namoyon bo‘ladi. Bobur nafaqat shoir, balki o‘z xalqi
va yurtiga sadoqatli hukmdor sifatida ham she’riyat orqali o‘z e’tiqodini va hayotiy prinsiplarini
ifoda etgan.
“Boburnoma” - bu nafaqat tarixiy, balki badiiy jihatdan ham noyob adabiy yodgorlik
hisoblanadi. Asarning she’riy qismlari muallifning shaxsiy kechinmalarini, ruhiy holatini va
hayot falsafasini aks ettiruvchi lirik parchalar sifatida alohida o‘rganishga loyiqdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) - buyuk davlat arbobi, harbiy sarkarda va
noyob shoir bo‘lib, uning “Boburnoma” asari o‘zbek va jahon adabiyotining nodir
durdonalaridan hisoblanadi. Asarning she'riy qismlarida Boburning shaxsiy tajribalari, g‘am-
hasratlari, ma’naviy izlanishlari aks etgan.
Shaxsiy kechinmalarning ifodasi.
Birinchi g‘azalda Bobur o‘lim, gunoh va tavba mavzulariga murojaat etadi:
“Niyati G‘azv ilakim yorubsan,
O‘lmakingni o‘zungga ko‘rubsan,”
[Hamidov, 2025:36].
Bu misralarda shoir o‘zining o‘lim haqidagi qayg‘usini bildiradi. U o‘zini o‘limga
tayyorlayotganini, buning orqali gunohlardan tozalanish istagini bildiradi.
“Dur etar jumla ma’nohiidin o‘zin,
Aritur barcha gunohiidin o‘zin,”
[Hamidov, 2025:38].
Bu yerda tavba va poklanish mavzusi kuchli aks etadi. Bobur gunohlardan xalos bo‘lish
uchun ichki kurash olib borayotganini ko‘rish mumkin.
Lirik ruh va falsafiy qarashlar.
Ikkinchi g‘azalda Bobur Hindistonga safar qilgan paytdagi his-tuyg‘ulari ifodalangan:
“
Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz anglab o‘zga ranju alam,”
[Hamidov, 2025:40].
Bu misralarda Hindistonga borish va u yerda duch kelgan alamlar tasvirlanadi. Shoir
vatan sog‘inchi va gurbatdagi ruhiy azob-uqubatlarni bayon etadi.
“Biz dahi o‘lmaduk, bihamdilloh,
Garchi ko‘p ranj ediyu behad g‘am.”
[Hamidov, 2025:41].
Bu bobda Bobur hayotga nisbatan shukronalik hissi va chidamlilik ruhini namoyon etadi.
g‘am va qayg‘uga qaramasdan, u hayotga umid bilan qaraydi.
U ona shahri, Vatani sog‘inchlarini she’rda ifodalar ekan, Hindiston shahanshohi beixtiyor
o‘zining andijonlik g‘aribligiga kitobxon e’tiborini tortadi: Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur
chun joni Boburning, g‘aribingg‘a tarahhum aylagilkim, andijoniydur. Shoirona yurtsevarlik,
vatanfidoyilik Bobur shaxsida shunchalik tantana qiladiki, buyuk imperator Bobur endi
Andijondan yiroqlikni, garchi bu martaba Hindiston taxti bo‘lsa ham, qismatdagi yuz qarolig‘,
deb hisoblaydi: Tole’ yo‘qki jonim‘a balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi.
“Asarda keltirilgan she’riy parchalarning aksariyatida oshiq timsoli gavdalanadi. She’riy
parchalarning ma’lum bir qismi asarda tasvir berilayotgan muayyan bir shaxs qalamiga
maansub bo‘lib, ularning shoirlik iqtidorini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.
“Boburnoma” da keltirlgan she’riy parchalarning aksariyati falsafiy va axloqiy-didaktik
mavzuda bo‘lganligi sababli ularda faylasuf timsoli ham asosiy o‘rinni egallaydi. Muallif o‘z
hayotida, shuningdek, asar personajlari hayotida ro‘y bergan u yoki bu voqea-hodisaga falsafiy
8
va axloqiy-didaktik nuqtayi nazardan baho beradi, shu jihatlardan yondashadi. Muayyan bir
voqea bayonidan so‘ng o‘z davrida mashhur bo‘lgan yoki o‘z ijodiga mansub bo‘lgan falsafiy
mavzudagi axloqiy-didaktik baytni keltiradi. [Hamidov, 2025:18 ].
Xulosa qilib aytganda, Zahiriddin Muhammad Boburning she’riy merosi o‘zbek mumtoz
adabiyotida inson ruhiyati va ichki kechinmalarining badiiy in’ikosini ifodalashda alohida o‘rin
egallaydi. Uning g’azallari va “Boburnoma” dagi lirik parchalarida axloqiy poklik, vatan
sog’inchi hamda hayotning o‘tkinchiligi singari mavzular chuqur falsafiy-estetik mazmun kasb
etadi. Bobur she’riyatida may va ishq timsollari orqali berilgan ramziy maq’nolar tasavvufiy
tafakkur bilan uyg’unlashgan holda, ruhiy poklanish va ma’naviy kamolot g’oyalarini ilgari
suradi. Shoirning shaxsiy hayoti bilan bog’liq kechinmalari siyosiy-tarixiy voqealar badiiy
obrazlari orqali teran ifoda topgan bo‘lib, ular Boburning poetik tafakkuridagi shaxsiy tajriba
va badiiy generalizatsiya jarayonlarini namoyon etadi. Ushbu jihatlar uning poetik merosini
nafaqat adabiy, balki ruhiy-ma’naviy qadriyatlar manbayi sifatida o‘rganish zaruratini
ko‘rsatadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hamidov N. “Boburnoma” dagi she’riyat poetikasi. Samarqand davlat universiteti. 2025. –
B. 18.
2.
Boltaboyev H. XX asr o‘zbek adabiyotshunosligi. –Toshkent: Sharq yulduzi, 1995. –B. 248.
3.
Ruboiy gulshani. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010. –66 b.
4.
Suvonqulov I. Mumtoz adabiyotni o‘rganish mezoni. Muloqot. – Toshkent: Fan, 1995. –245
b.
5.
Бобурнинг фаолияти ва илмий-адабий мероси ҳақида Бобир.
6.
Бобурнома. – Тошкент, 1960; Б.Валихўжаев.
