157
O’QITUVCHINING MULOQOT ASOSIDA SINF JAMOASINI BOSHQARISHI
Abdrazakova Gulzar
Nukus shahar, 38 maktab psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15682158
Sinf o‘qituvchisi har bir o‘quvchining individual, psixologik va fiziologik xususiyatlarini
hisobga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etishga erishadi. O‘qituvchilar o‘quvchilarni
o‘zlarini qiziqtigan sohalarda puxta ta'lim olishlari uchun g‘amxo‘rlik qilishi, berilgan
vazifalarni izchil bajarishi, bir-birlariga javobgarlik va sadoqat hissi va o‘zaro yordam, u
qo‘shimcha darslar olish, dars berish yo‘nalishini ham yuritadi. Mana, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari bilan dars o‘qituvchilari o‘rtasida uyg‘un aloqani yaratish. Shuni ham ta‘kidlash
mumkinki, sinf rahbari ish sohasi bilan shug'ullanadi. Qisqacha aytganda, sinf rahbari
o‘quvchilarga savodxonlik, odob-axloq qoidalarini takomillashtirish to‘g‘risida ham ma‘lumot
beradi, takomillashtirish choralari belgilanishi kerak. O‘qituvchi maktabdagi ta‘lim-tarbiya
jarayonining asosiy tashkilotchisi. O‘quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi asosan
o‘qituvchiga, uning kasbiga, iymon-e‘tiqodiga bog`liq bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchilar
tarbiyasiga oid pеdagogik ishlar maxsus uyushqoqlik hamda muayyan malaka va
ko‘nikmalarnigina emas, balki pеdagoglik qobiliyatlari darajasiga taalluqli bir qancha psixik
xususiyatlarning ham mavjud bo‘lishini talab etadi.
Pedagogik mahorat bo‘lajak o‘qituvchilarda yosh avlod ta‘lim-tarbiyasi uchun mas‘uliyat
hissini shakllantiradi. O‗qituvchi bunday murakkab vazifalarni amalga oshiruvchi, davlat va
jamiyatning ishonchli vakilidir. O‘quvchilar jamoasini birlashtiruvchi sinfda ta‘lim-tarbiyaviy
jarayonni tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchining bilimi, pedagogik mahorati va
psixologik xususiyatlari ochiq namoyon bo‘ladi. Avvalo, o‘qituvchi va o'quvchilar orasida
o‘zaro hamkorlik va bir-birlariga nisbatan ishonch tuyg‗ulari bo'lishi hamda o‗qituvchi o‘z
kasbiy bilimlaridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta egallagan bo'lishi lozim. Zero,
sinf jamoasini boshqarish - pedagogik jamoa, ota-onalar oldida o‘qituvchining obro'-e‘tibori
qay darajada ekanligini korsatuvchi mezon. Pedagog va psixolog olimlaming ko‘p yillik ilmiy
izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan holda o'qituvchilarning rahbar
sifatida sinf jamoasini boshqarishiniqo'llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi:
-
Avtoritar uslubda faoliyat ко‟rsatuvchi о „qituvchilar.
-
Demokratik uslubda faoliyat ко‟rsatuvchi о „qituvchilar.
-
Liberal uslubda faoliyat ко „rsatuvchi о „qituvchilar.
Avtoritar
uslubda faoliyat olib boradigan o'qituvchi ish faoliyati va xarakterida quyidagi
xususiyatlar mujassamlashgan bo'ladi:
-
o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo'nalishlarini belgilaydi;
-
o‘zi o'quvchilarga ko'rsatmalar va buyruqlar beradi;
-
ta‘lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o'z zimmasiga oladi;
-
o‘quvchilarning unga so'zsiz bo‘ysunishini da‘vo qiladi;
-
qattiq intizom asosida ish olib boradi;
-
topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi;
-
gap qavtargan, fikr bildirgan o'quvchini yoqtirmaydi;
-
aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo'pol; o‘quvchilarga biror
muammoni to'liq tushuntirmasdan talab qiladi.
158
Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi o'qituvch ―Mening aytganim
aytgan, deganim degan‖ shakhdagi prinsip asosida pedagogik faoliyat olib boradi.
Demokratik
uslub asosida faoliyat olib boradigan o'qituvchining bosh shiori
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko'nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan
iborat. O‘qituvchining muloqoti barchasi demokratik talablar asosida quriladi. Zero,
«Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib
tarbiyalanadi» Ushbu uslubni mukammal egallagan o‗qituvchi o‗z pedagogik faoliyati va
xarakterida quyidagi xususiyatlani mujassamlashtiradi:
-
pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib ta‘lim-tarbiyaviy
ishlarni tashkil etadi;
-
sinf jamoasining tashabbusini ma‘qullaydi, rivojlantiradi, o‗quvchilarning erkin fikr
bildirishlariga imkoniyat yaratadi;
-
muloqot jarayonida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida
qo'llaydi;
-
muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala
Liberal uslub
asosida faoliyat olib boruvchi o'qituvchi xususiyatlariga sho‗rolar zamonidan
qolgan ta‘lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan.
o‗qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:
-
tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;
-
sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi;
-
ta‘lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;
-
o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi;
o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi, o‘z pedagogik
faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‗ladi. Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‗zgargan
sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq-atvori,
pedagogi va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan munosabati,
pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘zlashtirish saviyasi ham
o‘zgarmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat Toshkent «iqtisod-moliya» 2011
2.
Tursunow J. Pedagogika. Aşgabat – 2011
