135
LUQMON BO‘RIXONNING “LONG” HIKOYASIDA MILLIY RUH IFODASI
Turdiyeva Navruzgul Ro‘ziboy qizi
ToshDO‘TAU tayanch doktoranti
turdiyevanavruzgul@gmail.com, +998902459942
https://doi.org/10.5281/zenodo.15671737
Annotatsiya:
Yozuvchining “Long” hikoyasini tahlil etish orqali unda millat
qadriyatlarining hikoyada ifodalanishi, so‘zning qiymati, o‘zbek xalqining boshiga og‘ir kunlar
kelganda insonlar o‘rtasida kuzatilgam munosabatlar haqida ma’lumotlar beriladi. Hikoya
mavzusi, g‘oyasi va obrazlar tizimi tahlil etiladi. Ijodkorning milliy ruhni asarga singdirish
mahorati tadqiq etiladi.
Kalit so‘zlar:
milliy ruh, mavzu, g‘oya, obraz, long so‘zi, sheva.
Abstract:
By analyzing the writer's story "Long", information is provided about the
expression of national values in the story, the value of the word, and the relationships
observed between people when difficult times come for the Uzbek people. The theme, idea,
and system of images of the story are analyzed. The author's skill in emdiving the national
spirit in the work is studied.
Keywords:
national spirit, theme, idea, image, word long, dialect.
KIRISH
Adabiyot inson uchun, yurt uchun xizmat qilishi kerak bo‘lgani uchun ham milliy ruh
bo‘lishi kerak. Adabiyot orqali millat tarbiyalanadi, ma’naviy ozuqa oladi. Xalq milliy ruh bilan
ozuqlansa, yoshlar vataniga sodiq, saviyali, yuragida his-tuyg‘ulari limmo-lim bo‘lib ulg‘ayadi.
Ijodkor Luqmon Bo‘rixonning ijodi Bir qancha adabiyotshunoslar Q.Yo‘ldoshev, I.Yoqubov,
M.Sadullaeva, B.Shukurova va Y.Turdiyevalar tomonidan o‘rganilgan va nosirning ijodiga
munosabatlar bildirilgan. Shunday bo‘lsa-da, adibning hikoyalaridagi milliy ruh pafosi
yetarlicha tahlil etilgan emas. Asarning milliy ruhi yozuvchining mahorat mezonini
aniqlaydigan asosiy kategoriyadir. Adabiyotshunos olim I.Sulton ham xalqchilik
tushunchasiga alohida diqqat qaratib, shunday ta’rif etadi: “Xalq manfaatlarini u yoki bu
darajada ifoda eta bilgan asar xalqchildir. Bu xalqchilikning bosh kreteriyasidir”. “Har qanday
holda adabiyotning, she’riyatning darajasi ikki mezon – milliy ruh va mahoratga ko‘ra
belgilanar”(N.Jabborov) (1., B. 137). Haqiqatda, badiiy asarning nafisligini badiiylik mezonlari,
umrboqiyligini esa milliy ruh va mavzu ko‘lamining dolzarbligi belgilaydi. N.Jabborov:
“Milliylikdan xoli tuyg‘uning ta’sir kuchi bo‘lmaganidek, milliy ruhdan mosivo tafakkur ham
qanotsiz qushga mengzaydi. Shunga ko‘ra, milliylik - adabiyotning asosiy mezoni. Ta’bir joiz
bo‘lsa, jahon badiiy – estetik tafakkuri ko‘rigida muayyan millat adabiyotini ajratib
ko‘rsatuvchi bosh xususiyat, o‘zgalardan farqini namoyon etadigan asosiy belgi bu – milliy
ruhdir. Adabiyotda milliy ruh ifodasi, bizningcha, quyidagi tamoyillar asosida namoyon
bo‘ladi: 1) millatning asl tabiatini, siyratini aks ettirish; 2) poetik fikr ifodasining milliy
tafakkurga aylanishi; 3) poetik obrazning milliy ifoda orqali suvratlanishi” (2., Oyina.uz), -
deya ta’kidlaydi. Asarlarda obraz, detallar orqali milliy ruhning ifodasi ko‘rinadi. Oilaviy
munosabatlar, shaxslararo munosabatlarda milliy ruhiyatni ko‘rish mumkin. A.Jumamurod
milliy ruh haqida “Muayyan xalq ijodiyotining bo‘y – basti, o‘ziga xosligi belgilovchi bosh
mezon milliy ruhdir. Boshqacha aytganda, u – millat pasporti. Bu “hujjat” asarning
yashovchanligini ta’minlaydi. Xalq xarakter – xususiyatini ochib beradi. Milliy ruh uch jihat –
harakat, holat va nutq uyg‘unligiga bog‘liq. Asarda bular shunchaki bir – birini to‘ldiruvchi
136
vosita emas, birgalikda mazmun tashuvchi g‘oya hamdir. “Asar mana bu mantiqqa qurilsa,
milliy ruh yaraladi” deyishdan muayyan nazariy asos yo‘q. Chunki har bir ijodkor o‘zi
bilganicha yozadi, voqelikni o‘zicha talqin qiladi” ( 2019 – yil. 2-son.), - deya o‘z fikrini bayon
qiladi. Millatni tushunish uchun uning ruhiyatini bilish kerak. “Milliy ruh – millatning ichki
ruhiy holati, kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ma’naviy dunyosi, o‘y fikrlari, maqsad va maslagi
hamda kayfiyatini ifodalovchi tushuncha. Yer yuzidagi har bir millat o‘ziga xos irodasi, his-
tuyg‘u, did, xulq, fe’l-atvordan iborat ma’naviy olamiga ega. Milliy ruh uzoq tarixiy davr
mobaynida shakllanadigan jarayon bo‘lib, u millat taraqiyyotida hayotbaxsh manba bo‘lib
xizmat qiladi. Millat taraqqiyotida ma’naviy va moddiy omillar qanchalik zarur va shart bo‘lsa,
milliy ruh shunchalik ham muhim ahamiyatga ega. Milliy ruhning o‘ziga xos xususiyatlarini
bilish ayni vaqtda jamiyatda mavjud bo‘lgan qator muammolarni hal qilishga, millat ijtimoiy-
siyosiy hayotiy jarayonlarini o‘ziga xosligini aniqlash va ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga
imkon yaratadi”( https://oyina.uz)
ASOSIY QISM:
Luqmon Bo‘rixonning ko‘plab hikoyalarida milliyb ruhning ufurib turganini sezish
mumkin. Shulardan biri “Long” hikoyasidir.Hikoyadagi bosh obraz Safarmurod Oqsoqol o‘zida
milliy xarakter va milliy ruhning ko‘rinishini berolgani va badiiy mahorat jihatidan pishiq
obraz bo‘lgani bilan muallifning yaratgan obrazlari tizimidan farqlidir. Safarmurod oqsoqol
adibning estetik idealidagi qahramon hamdir. U yoshlarga o‘zining donoligi, yurtning hamjihat
bo‘lishi uchun davlatning har bir fuqarosi ma’sulligi ko‘rsatib beradi. Mahalladagi har xil
ig‘vogarlarning ig‘volariga jahl otiga minmasdan tushuntirish ishlarini olib boradi. Keksalarga
xos sabrlilik, oldinni ko‘ra bilishlik qahramonning xarakteridir. Safarmurod oqsoqol qilgan
yaxshiliklarini ommaga oshkor qilishdan uyaladi. “O‘ng qo‘ling berganini, chap qo‘ling
bilmasin” yo‘sinida ish qiladi. Ohiratni o‘ylaydigan, o‘zidan ham oldin kambag‘allarning holiga
achinadigan, qayg‘uradigan millatning otaxonidir. Koronavirus tarqalgandan so‘ng
prezidentning xalqqa qilgan murojaatini eshitgan qahramonimiz kechasi bilan kiprik
qoqmasdan, yurib xalqning ahvoli, long haqida o‘ylab chiqadi. Birovlarning taqdiriga
befarqmasligi bilan ham xalqimiz ajralib turadi. Xalqimizning qon-qoniga qo‘shnining holidan
xabar olish, kambag‘allarga yordam berish, yetimning boshini silash kabi xislatlar singib
ketgan. Safarmurod oqsoqolning ayoli bilan suhbati, ayniqsa, bobo – buvilarning suhbatini
birdan esga soladi. Bu ikki juftlik bir-biriga bovasi-momosi deya murojaat qilishi ham
xalqimizga xos qadriyatlardan sanaladi. Ikkalasining hamjihatlikda ish ko‘rishlari, bir-birlari
haqida qayg‘urishlari kelajak avlod o‘rnak oladigan tarzda yoritilgan. Yurt boshiga og‘ir
kunlarni solgan pandemiyani keltirib chiqargan koronavirusning nomini eslolmay qolgan
Safarmurod oqsoqolga, Toshbibi checha long deya qolishini maslahat beradi. Bu baloning
nomlarini ham tillariga olgisi kelmaydi. “ – Ha, haligi…-oqsoqol chimrildi, chaynaldi, - otingga
o‘t tushkur, shu kasallikning otini hech eslab qololmadim-da.
Toshbibi checha qo‘l siltadi.
-
Eslamang ham, otini aytmang ham.
-
Nega? – ajablandi eri.
-
Qadim-qadimdan udum shu, elga biror dard dorisa, otini aytishmaydi, long oraladi, deb
qo‘yishadi. Chunki otini eshitsa, battar kuchayar ekan” ( ., B.)
Karantinni ham keksalar o‘z tillariga ko‘ra chilla deya nomlaydi. Xalqimizga xos
xususiyatlardan biri qo‘ni-qo‘shni ahvolining og‘ir ekanligini bilsa, darhol yordamga
137
shoshilishdir. Safarmurod oqsoqol ham hamma o‘zining qorni va sog‘lig‘ining g‘amini
yeyotganda, u o‘z lavozimining jonkuyar ijrochisi va haqiqiy donishmand oqsoqollarga xos
yondashuv bilan kenja o‘g‘lining to‘yiga deb yig‘inib-terinib yiqqan ozroq bo‘lsa-da borini
nochor oilalarga yordam berishga sarflaydi. Hukumatning tang ahvolda ekanligidan istehzo
qilib, ulardan yordam so‘rashga ham botinmaydi. Butun xalqni o‘ylab, o‘zining kichik
qishlog‘ini osoyishta saqlab turishga qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. Boriga qanoat
qiladigan Mulla Mirzadek kishilarni o‘z ig‘vogarligi bilan og‘ir vaziyatda ko‘proq haq talab
qilishga undaydi. Xalq ichida nizo chiqarmoqchi bo‘ladi. Oqsoqol esa iloji boricha hukumatni
chalg‘itmaslikni, bunday pandemiya vaziyatida ularga ham qiyinligi uchun oz bo‘lsa-da
vaziyatni yengillatishni istaydi. Hikoyada koronavirusning xalq boshiga qiyin kunlarni
solganini, oqsoqol kasal bo‘lib qolganida, insultni oyoqda o‘tkazganini eshitib, yaxshiyam
virus emasligiga xursand bo‘lganidan ham payqasa bo‘ladi. Og‘ir-musibatli kunlarda
millatimiz o‘zining o‘zligini yo‘qotmadi. Yaxshi axloqli insonlar shunday kunlarda ham millat
taqdirini o‘yladi. Safarmurod oqsoqol obrazi ana shunday insonlarning adabiyotdagi tipik
namunasidir. Hikoyadagi obrazlar quyidagi holat va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
Safarmurod oqsoqol – o‘z lavozimiga ma’suliyatli, xalqparvar, donishmand, axloqli
shaxs.
Toshbibi checha – qadim hikoya va ertaklar koni, oqsoqolga munosib maslahatgo‘y
turmush o‘rtoq, oqila, mehribon ayol.
Mulla Mirza – shukr qiluvchi, qanoatli fuqaro.
Domilla Xurramovich – har narsaga shubha va gumon bilan qaraydigan, ig‘vogar obraz.
Saypi va Ashir – xalqning nochor ahvolda yashaydigan, tirikchilik g‘amida yuradigan
qismining vakili.
Militsiya noziri – oqsoqolga munosib yordamchi.
XULOSA
Xulosa shuki, adibning “Long” hikoyasi millat axloqini, xalqimizning sinovli kunlarda
ham bardoshi butun bo‘lganini, qariyalarning oqilligini, xalq milliy ruhini ko‘rsatib berolgan
hikoyalar sarasiga kiradi. Zamon qanday bo‘lishidan qat’iy nazar sara insonlar hech qachon
o‘z o‘rnini va qadrini yo‘qotmaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Muhiddinova B., Bozorova G. Muhammad Yusuf ijodida milliy ruh ifodasi. International
scientific and theoretical conference. 2022. 20-fevral
2.
Jabborov N. Nekim taqdir bo‘lsa - ul bo‘lur, tahqiq bilgaysen – milliy ruh musavviri
iztiroblari. Maqola. Oyina.uz. 2022.
3.
Jumamurodov A. Milliy ruh – millat hujjati. “Yoshlik” jurnali. 2019 – yil. 2-son.
4.
5.
https://ziyouz.uz
