ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA INTIZOMIY TA’SIR CHORALARINI QO‘LLASH SOHASIDAGI AYRIM MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Annotasiya

Intizomiy jazo xodimlarning xizmat intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning mas’uliyatini oshirishga va faoliyat samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Biroq, rus olimi V.A. Obrazsov ta’kidlaganidek, intizomiy javobgarlikni qo‘llashda qonunchilikka qat’iy rioya qilish va xodimlarning huquqlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi[1]. Shuningdek, fikrimizcha intizomiy jazo choralarini qo‘llashda inson huquqlarini himoya qilish hamda xizmat intizomini mustahkamlash o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turish juda zarur hisoblanadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
101-103
22

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Rayimov , S. . (2024). ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA INTIZOMIY TA’SIR CHORALARINI QO‘LLASH SOHASIDAGI AYRIM MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(14), 101–103. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62870
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Intizomiy jazo xodimlarning xizmat intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning mas’uliyatini oshirishga va faoliyat samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Biroq, rus olimi V.A. Obrazsov ta’kidlaganidek, intizomiy javobgarlikni qo‘llashda qonunchilikka qat’iy rioya qilish va xodimlarning huquqlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi[1]. Shuningdek, fikrimizcha intizomiy jazo choralarini qo‘llashda inson huquqlarini himoya qilish hamda xizmat intizomini mustahkamlash o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turish juda zarur hisoblanadi.


background image

101

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA INTIZOMIY TA’SIR

CHORALARINI QO‘LLASH SOHASIDAGI AYRIM MUAMMOLAR

VA ULARNING YECHIMLARI

Rayimov Sherzod Toshtemirovich

Qoraqolpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14540570

Intizomiy jazo

xodimlarning xizmat intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyatga

ega bo‘lib, ularning mas’uliyatini oshirishga va faoliyat samaradorligini yuksaltirishga xizmat
qiladi. Biroq, rus olimi V.A. Obrazsov ta’kidlaganidek, intizomiy javobgarlikni qo‘llashda
qonunchilikka qat’iy rioya qilish va xodimlarning huquqlarini himoya qilish muhim ahamiyat
kasb etadi

1

. Shuningdek, fikrimizcha intizomiy jazo choralarini qo‘llashda inson huquqlarini

himoya qilish hamda xizmat intizomini mustahkamlash o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turish
juda zarur hisoblanadi.

Ichki ishlar organlarida xodimlarga intizomiy ta’sir choralarini qo‘llashni tartibga

soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda ham ayrim bahsli jihatlarni kuzatish mumkin. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-son qaroriga

2

1-Ilova

bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi
kodeksi”ning 34-bandida xodimlarga quyidagi intizomiy jazo choralarining qo‘llanilishi
mumkinligi qayd etilgan:
a)

tanbeh;

b)

hayfsan;

c)

qattiq hayfsan;

d)

lavozim maoshining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima;

e)

maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish;

f)

egallab turgan lavozimidan ozod etish;

g)

gauptvaxtada hibsda ushlab turish;

h)

ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatish”.

Mazkur jazo turlari og‘irlik darajasiga ko‘ra (engilidan og‘iriga qarab) ketma-ketlikda

joylashtirilgan. Biroq bu ierarxiyada bahsli holat yuzaga kelgan. Chunonchi, lavozim
maoshining ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima jazosi aslini olganda huquqiy oqibati
davomiy bo‘lmagan jazo turi bo‘lishi lozim. Sababi, ushbu jazo ijro etilishi bilan jazo o‘talgan
hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan boshqa jazo choralarining esa, huquqiy oqibati muayyan
muddatda davomiydir (ya’ni, huquqiy ta’siri muayyan muddatda amal qiladi).

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining 66-

bandiga muvofiq, buyruq asosida tayinlangan intizomiy jazo tayinlangan vaqtdan boshlab bir
yil o‘tgach bekor qilinadi. Demak yuqorida keltirilgan barcha jazolarning amal qilish muddati
1 yil hisoblanadi.

Bu o‘rinda mantiqan olganda, o‘z maqsadiga erishgan (ijro etib bo‘lingan) jazoning

huquqiy oqibati ham ushbu muddat davomida yo‘qolmaydi. Ya’ni,

lavozim maoshining

1

Образцов В.А. Дисциплинарная ответственность сотрудников органов внутренних дел // Юридический

вестник. – 2018. – № 3. – С. 45–50.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional

tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarori // Elektron manba: https://lex.uz/uz/docs/6364837 (murojaat vaqti:

11.10.2024).


background image

102

50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima

to‘langandan keyin ham xodim jazo muddati

ta’siri ostida bo‘ladi va unga nisbatan yil davomida

rag‘batlantirishlar, choraklik pul mukofotlari

berilmaydi

hamda

xodim yuqori lavozim va unvonga tavsiya etilmaydi

. Qoidagi ko‘ra, ushbu jazo

faqatgina rag‘batlantirish tariqasida muddatidan oldin olib tashlanishi mumkin. Mazkur holat,
bir qilmish uchun bir necha jazoga teng bo‘lgan huquqiy oqibatlarni yuzaga keltirib, tizimda
korrupsion omillarning yuzaga kelishi uchun sharoit yaratmoqda. Qolaversa, o‘z navbatida
xodimlarning xizmatni o‘tashga bo‘lgan munosabati salbiy tomonga o‘zgarishiga sabab
bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

3

78-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etganlik

uchun tayinlangan jarima jazosi ijro etilgan (jarima to‘langan) kundan boshlab, shaxsning
sudlangan muddati tugallangan deb hisoblanadi va sudlanganlik holatining huquqiy oqibatlari
bekor bo‘ladi. Bu o‘rinda taqqoslaydigan bo‘lsak, intizomiy qoidabuzarlik sodir etganlik uchun
qo‘llaniladigan javobgarlik choralari jinoiy qilmishlar uchun tayinlanadigan jazodan yengilroq
bo‘lishi lozimdir.

Shu bois fikrimizcha, lavozim maoshining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima

jazosini intizomiy jazolar tizimida eng yengili deb hisoblash hamda uning huquqiy oqibati
davomiyligini qoida tariqasida mustahkamlab qo‘yish lozim bo‘ladi.

Amaliyot mutaxassislari (ekspertlar) o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari

ham fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi. Xususan, anketa so‘rovida qatnashgan mutaxassislarga

«Sizningcha, lavozim maoshining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima tariqasidagi
intizomiy jazoning huquqiy oqibati boshqa intizomiy jazolardan qanday farqlanadi?»

degan savol

bilan murojaat qilinganda, respondentlarning 74,6 foizi – ushbu jazo chorasining amal qilish
muddati (huquqiy oqibati) boshqa jazolar bilan bir xil; 12,8 foizi – mazkur jazo chorasi
qolganlariga nisbatan yengilroq hisoblanadi; 7,5 foizi – ushbu jazo iqtisodiy jazo ekanligi bilan
boshqalaridan farqlanadi, degan javobni bergan bo‘lsa, yana 5,1 foizi – boshqa fikrlarni
bildirishgan.

Bo‘ o‘rinda Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi

kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritishni maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz: 1) Kodeksning 34-bandida lavozim maoshining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda jarima jazosini eng yengil intizomiy jazo sifatida belgilash; 2) Kodeksning 66-bandini
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirish:

“Lavozim maoshining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi jarima tariqasidagi

intizomiy jazo jarima undirilgan vaqtdan boshlab ijro etilgan hamda xodim intizomiy
jazoga tortilmagan deb hisoblanadi”

.

Intizomiy jazo choralarini qo‘llash borasidagi asosiy muammolardan yana biri bu ularning

amal qilish muddati bilan bog‘liq masala hisoblanadi. Hozirgi holatga ko‘ra, qonunchilikda
nazarda tutilgan barcha intizomiy jazo choralarining amal qilish muddati (jazo chorasining
og‘ir yoki yengilligidan qat’iy nazar) bir xil, ya’ni 1 yil etib belgilangan. Ya’ni, jazo choralarining
og‘irlik darajasiga qarab, ta’sir etish muddatlari belgilab qo‘yilmagan. Biroq qo‘llanilgan
jazolarning rahbarlar tomonidan muddatidan oldin yechish imkoniyatlari mavjud. Biroq
intizomiy jazoni muddatidan ilgari yechish mezonlari (asoslari) Ichki ishlar organlarida

3

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // Elektron manba: https://lex.uz/docs/111453

(murojaat vaqti: 11.10.2024).


background image

103

xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilmagan. Natijada, intizomiy jazo
choralarining yechilish muddati rahbar hamda xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq
bo‘lib qolmoqda. Bu esa, amaliyotda korrupsion omillarni, jumladan xodimlar tomonidan jazoni
muddatidan ilgari yechish yo‘llarini qidirish hollarini yuzaga keltirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, ichki ishlar organlarida 2024-yil

davomida jami qo‘llanilgan intizomiy jazo choralarining 41,8 foizi – tanbeh, 34,6 foizi – hayfsan,
10,2 foizi – qattiq hayfsan, 4,1 foizi – lavozim maoshining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
jarima, 0,07 foizi – maxsus unvonini bir pog‘onaga pasaytirish, 6,02 foizi – egallab turgan
lavozimidan ozod etish, 0,4 foizi – gauptaxtada hibsda ushlab turish, 2,5 foizi – ichki ishlar
organlaridan bo‘shatish tariqasidagi jazolar hisoblanadi. Qo‘llanilgan jazo choralarining
7,2 фоизи – 1 oylik, 8,8 фоизи – 2 oylik, 20,8 фоизи – 3 oylik, 37,8 фоизи – 6 oylik muddatda
yechilgan

4

.

Ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan masalani huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yish

zarurati yuqori bo‘lib qolmoqda. Amaliyot mutaxassislari o‘rtasida o‘tkazilgan anketa
so‘rovlarida xodimlarga

«Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy

jazo choralarini amal qilish muddatidan avval yechish muddatlarini quyidagicha belgilash
haqidagi taklifga qanday munosabatdasiz?: 1) tanbeh – 3 oy; 2) hayfsan – 6 oy; 3) qattiq hayfsan
– 9 oy»

degan savol bilan murojaat qilinganda, ishtirokchilarning aksariyati (94,1 foizi) ushbu

taklifni ma’qullashini bildirgan.

Shu boisdan, fikrimizcha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi

PQ-10-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy
madaniyat va xizmat intizomi Kodeksining 66-bandi ikkinchi jumlasini quyidagi tahrirda bayon
etish maqsadga muvofiqdir:

“Rag‘batlantirish tartibida tanbeh intizomiy jazosi kamida uch oylik, hayfsan – olti

oylik, qattiq hayfsan – to‘qqiz oylik muddat o‘tgach bekor qilinishi mumkin”

.

Mazkur taklifning joriy etilishi:

birinchidan

, rahbarlar hamda xodimlar o‘rtasida ochiqlik

va shaffoflikni ta’minlaydi;

ikkinchidan

, jazo choralarining ketma-ketligi (og‘ir-yengilligi) kabi

ularning amal qilish muddatlari ketma-ketligini ta’minlaydi;

uchinchidan

, yuzaga kelishi

mumkin bo‘lgan korrupsion omillarga barham beradi.

4

O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti ma’lumotlari

asosida berilmoqda.