KVANTITATIVLIKNING TURLI TIZIMLI TILLARDAGI LINGVOMADANIY TASVIRI

Annotasiya

Ushbu maqolada kvantitativlik tushunchasining turli madaniyatlardagi lingvokulturologik talqini tahlil qilingan. Raqam va sonlarning diniy, ramziy va ijtimoiy jihatlari asosida madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar ko‘rib chiqilgan. Xususan, turli xalqlarning an’analari va diniy qarashlarida uch raqami muhim ahamiyatga ega ekanligi misollar yordamida yoritilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
61-64
18

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Karimova , S. . (2024). KVANTITATIVLIKNING TURLI TIZIMLI TILLARDAGI LINGVOMADANIY TASVIRI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(14), 61–64. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62881
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada kvantitativlik tushunchasining turli madaniyatlardagi lingvokulturologik talqini tahlil qilingan. Raqam va sonlarning diniy, ramziy va ijtimoiy jihatlari asosida madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar ko‘rib chiqilgan. Xususan, turli xalqlarning an’analari va diniy qarashlarida uch raqami muhim ahamiyatga ega ekanligi misollar yordamida yoritilgan.


background image

61

KVANTITATIVLIKNING TURLI TIZIMLI TILLARDAGI LINGVOMADANIY

TASVIRI

Karimova Shaxloza Boyquzi qizi

Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14498817

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kvantitativlik tushunchasining turli madaniyatlardagi

lingvokulturologik talqini tahlil qilingan. Raqam va sonlarning diniy, ramziy va ijtimoiy
jihatlari asosida madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar ko‘rib chiqilgan. Xususan,
turli xalqlarning an’analari va diniy qarashlarida uch raqami muhim ahamiyatga ega ekanligi
misollar yordamida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

kvantitativlik, lingvokulturologiya, raqamlar, madaniy talqin, uch soni.

Аннотация:

В статье анализируется лингвокультурологическая интерпретация

понятия количественности в разных культурах. Рассматриваются религиозные,
символические и социальные аспекты чисел, их роль в культурных традициях. Особое
внимание уделяется значению числа три в обычаях и верованиях различных народов.

Ключевые слова:

количественность, лингвокультурология, числа, культурная

интерпретация, число три.

Annotation:

The article analyzes the linguocultural interpretation of the concept of

quantitativeness in different cultures. Religious, symbolic, and social aspects of numbers are
explored, highlighting their role in cultural traditions. Special attention is given to the
significance of the number three in the customs and beliefs of various nations.

Keywords:

quantitativeness, linguocultural studies, numbers, cultural interpretation,

number three.


Kvantitativlik tushunchasi, ya’ni miqdoriy yondashuv turli madaniyatlarda har xil

talqinlanishi mumkin. Bu tushuncha matematika, fizika, iqtisodiyot kabi fanlarda aniq
miqdoriy ma’lumotlarga tayangan holda tushunilsa, boshqa sohalarda, jumladan,
madaniyatshunoslikda yoki ijtimoiy fanlarda, uning ma’nosi kengayishi mumkin.

Masalan, Gʻarb madaniyatlarida kvantitativlik tushunchasi aniqlik va muayyanlikka

urg‘u beradi. Chunonchi, tadqiqotlarda aniq statistika va ma’lumotlarni yigʻish keng tarqalgan.
Bu yerda kvantitativ metodlar ilmiy bilimlarni aniq va obyektiv qilib koʻrsatishga qaratilgan.

Ayni paytda, boshqa madaniyatlarda, masalan, sharq madaniyatida kvantitativlikka

koʻproq metaforik yoki falsafiy ma’nolar berilishi mumkin. Misol uchun, xitoy falsafasida
raqamlar va miqdoriy ma’lumotlar tafsirlash ma’naviy va ramziy oʻlchovlarga ega boʻlishi
mumkin.

Har bir madaniyat oʻzining oʻziga xos yondashuvlari va tushunchalari asosida

kvantitativlikni talqin qiladi va bu turli sohalarda turlicha amaliy qoʻllanilishiga olib keladi.

Qadimdan insoniyat uchun til va madaniyat uygʻunlashib, tilda madaniyatning yoki

aksincha, madaniyatning tilda aks etishini kuzatish mumkin. Tilshunoslikning
lingvokulturologiya bo‘limi har bir xalqning madaniyatini, tilda namoyon bo‘lish hodisalarini
o‘rganib, unda madaniyatning namoyon bo‘lish vositalari haqida bahs yuritadi.

Lingvokulturologiya – bu til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqliklarni o‘rganuvchi fan

sohasi. Ushbu soha tilning madaniyatdagi o‘rni va uning ijtimoiy hayotdagi roli, shuningdek,
madaniy kontekstlarda tilning qanday ishlatilishini o‘rganadi.


background image

62

Lingvokulturologiya, tilshunoslik bilan madaniyatshunoslikni birlashtirgan holda, tilning

madaniy aspektlarini va madaniyatning tilshunoslikka ta‘sirini chuqur tahlil qiladi. Ushbu
soha, til va madaniyatning o‘zaro ta’sirini, tildagi metaforalar, frazeologizmlar va boshqa til
birliklarining madaniy ma’nolarini o‘rganish orqali ham tilni, ham madaniyatni yanada
yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

Lingvokulturologiya tilning madaniy birliklarini madaniyatning qismi sifatida o‘rganadi.

Bu ko‘proq olamning milliy lisoniy mazarasini hosil qilishga o‘xshaydi. Bunda til millat
mentalitetining ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘ladi [5,8].

Kvantitativlikning lingvomadaniy xususiyatlarini va turli madaniyatlardagi talqini

masalasi ancha qiziqarli va yangi tadqiqot obyektlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, kvantitativlikning lingkulturologik jihatlarini tahlil qilishda, avvalo,

kvantitativlikning asosiy ifoda vositalaridan hisoblangan sonlar va leksik vositalar, frazeologik
birliklar orqali kvantitativlikning turli madaniyatlardagi talqiniga e’tibor qaratish lozim, deb
hisoblaymiz.

Kvantitativlikning turli madaniyatlardagi ifodalanishini tahlil qilar ekanmiz, madaniyat

bilan bog‘langan va aks etadigan eng keng tarqalgan vosita bu raqam-sonlar, deb hisoblaymiz.
Sababi, raqam va sonlarning shakli turli madaniyatlarda deyarli o‘xshash bo‘lsa ham ifoda
maqsadlari borasida turli xalqlarda turlicha qarashlar mavjud. Raqamlar bilan bog‘liq bo‘lgan
holatlar va uning turli millatlarda turlicha talqinini uchratamiz. Madaniyatlararo
mutanosibliklar va o‘xshashliklar ham talaygina. Shunday talqinlardan biri bu raqamlarning
ilohiylashtirilishi hisoblanadi.

Ilohiylashtirishda asosiy manba bu diniy qarashlardir. Diniy bilimlardan kelib chiqqan

holda, xalqlarning raqamlarini ilohiylashtirish holati yuzaga kelgan, deb hisoblaymiz. Bora-
bora xalqlarda raqamlar bilan bog‘liq bo‘lgan irimlar ham paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, deb
o‘ylaymiz.

Bundan tashqari, raqamlarning ramziy ifodalari ham mavjud. Turli madaniyat

vakillarining nutqi ko‘p uchraydigan yoki ular tomonidan yaratilgan asarlardagi raqamlar
orqali qandaydir ramziy ma’nolarni bilib olish mumkin bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, bizningcha raqam yoki sonlar orqali kvantitativlikning turli

madaniyatlardagi talqinini ko‘rar ekanmiz, uni asosiy uch qismga bo‘lib o‘rganilishi lozim, deb
o‘ylaymiz:

1) diniy asosga ega bo‘lgan;
2) ramziy holatlarda;
3) ijtimoiy vaziyatlarda ifodalanishi.
Diniy asosga ega bo‘lgan holatlarda ifodalanishida bir nechta raqamlarning xalqlar

hayotida tutgan o‘rni va sabablarini misollar yordamida ko‘rib chiqmoqchimiz.

Diniy asosga ega bo‘lgan va uning natijasida ko‘plab madaniyatlarda turli urf-odatlar,

marosimlar va biror bir ish harakatning natijasini shu ilohiy raqamga bog‘lash kabi holatlarda
ko‘p uchraydigani bu –

uch

. Bu son bilan bog‘liq bir qancha madaniy holatlar, tushunchalar

mavjud.

Bu raqamning turlicha talqini borasida ko‘plab misollar topiladi. “3 kunlik” konteksti

turli madaniyatlarda eng ommalashgan tushunchalardan sanaladi.

Bu ibora turli madaniyatlarda keng tarqalgan bo‘lib, ijtimoiy, diniy va milliy

qarashlardan kelib chiqqan holda, ma’no anglatadi.


background image

63

Diniy jihatdan islom dini mamlakatlari madaniyatlarida 3 kun konteksti haqida bir

qancha holatlar mavjud.

Zulhijja oyining 3 kuni 11, 12 va 13-kunlari “tashriq kunlar” deb atalib, hayit kunidan

keying 3 kun nazarda tutiladi. Bu kunda Allohni ko‘p zikr qilish, tasbeh aytish tavsiya etiladi.

Nafl, ramazon ro‘zalaridan tashqari har oyning uch kuni ro‘za tushishlikdir va u sunnat

amallardan hisoblanadi.

Habibim (ya’ni Rasululloh) menga har oyning uch kunida ro‘za tutishni, ikki rak’at duha

namozini o‘qishni va uxlashdan oldin vitr namozini ado etishni vasiyat qildilar (I.Buxoriy, Sahih
al-bukhari).

Ijtimoiy amallardan sanalgan mehmonlarni uch kun davomida izzat qilishlik, ularga

xizmat qilishlik amallari ko‘p uchraydi.

Kim Allohga va oxirat kuniga ishonadigan bo‘lsa, mehmonini yaxshi kutib olsin: uch kun

davomida yaxshi kutib olish majburiyatdir

(I.Muslim, Sahih Muslim).

Ko‘rinib turibdiki, 3 kunning ahamiyati katta bo‘lib, diniy bilimlar asosida

madaniyatimizga kirib kelgan va milliy marosim, ijtimoiy amallarni bajarishda ahamiyatli
hisoblana boshlagan. Ushbu misol orqali o‘zbek milliy urf-odatlari tasvirlangan bo‘lib, to‘y
marosimlarining, asosan, uch kun davomida nishonlanishi nazarda tutilgan.

Boshqa madaniyat vakillarining hayotlarida uch kunning ahamiyatli jihatlari ko‘plab

topiladi.

Xristian dini vakillarida Iso Masihning xochga qadalgandan so‘ng, uchinchi kuni tirilishi

haqidagi e’tiqod mavjud. Shu sababli ham ijtimoiy amal va marosimlarda uch kunning
ahamiyati sezilarli sanaladi.

He was buried, that he was raised on the third day according to the Scriptures/U ko‘milgan

va Muqaddas Yozuvlarga binoan, uchinchi kuni tirilgan

(Bible/Bibliya).

Xristian dini vakillari uch sonidan qo‘rqadilar. Ularning e’tiqodida Iso uchinchi sanada

o‘ldirilgan degan qarash ham mavjud. Shuningdek, ota, o‘g‘il, muqaddas ruh uchligi ham
xristianlar uchun uch soni mazmunini muhimlashtiradi.

Yunon mifologiyasiga ko‘ra, mifologik qahramon Persefona uch kun muddatga yer osti

dunyosida bo‘ladi, keyin yer yuzasiga qaytadi. Bu madaniyat vakillarida mo‘l-ko‘llik, hosilning
o‘sishi kabi ma’nolarni ifodalashda namoyon bo‘ladi.

Yapon madaniyatida ham uch kun bilan bog‘liq diniy amallar mavjud. Unga ko‘ra, bola

tug‘ilgan kundan keyin uchinchi kuni “Miya Mairi” marosimi o‘tkaziladi va ilk bor Shinto
ibodatxonasiga olib boriladi, ibodat qilinadi [2].

Buddizm dini vakillarida Tibet an’analariga ko‘ra, o‘limdan keyingi uch kunlik juda

muhim sanaladi. Ular o‘limdan keyingi uch kun ichida marhum qayta tug‘ilishni istaydi, deb
ishonishadi.

Induizm dini vakillarida

Pinda Dann

marosimi bo‘lib, u inson o‘lgandan keyin uchinchi

kuni o‘tkaziladi. Ruhini tinchlantirish uchun guruchdan taomlar tayyorlash an’ana tusiga
kirgan.

Shuningdek, turli diniy amaliyotlar, to‘y tantanalari uch kun davomida o‘tkazilishi ham

hind an’anasi hisoblanadi [3,99]. Hind madaniyati vakillari turli diniy va milliy marosimlarni,
asosan, toq kunlarda 3-, 5-, 7-kunlarida nishonlash, diniy amallarni bajarish kerak, deb
ishonishadi.

Ba’zi madaniy amaliyotlarni bajarishdagi uch kun tushunchasi madaniyatlararo keng


background image

64

tarqalgan bo‘lib, Afrika madaniyatiga tegishli bo‘lgan an’analarda qarorlar qabul qilish uchun
uch kun kechiktirilishi belgilangan. Ular bu yo‘l bilan to‘g‘ri qarorlash, so‘nggi xulosa hamda
qarorlar qabul qilish va vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi uchun uch kun zarur, deb
hisoblashadi

[1,93].

Yahudiylikda ham yuqoridagi kabi diniy asosga ega bo‘lgan “Sukkot festivali” va “uch

Pilgrimaj festival”larini nishonlashadi. Unda uch kun davomida maxsus marosim va ibodatlar
o‘tkaziladi

[4].

Shunday qilib, lingvokulturologiya doirasida kvantitativlikning turli madaniyatlar va

tillarda qanday ifodalanishini o‘rganish til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashga
imkon beradi hamda ularning bir-biriga ta’sirini yanada aniqroq tushunish uchun zaruriy asos
yaratadi.

References:

1.

Bennet T.W. Traditional African Religions in South African Law. – UCT Press, 2011. –

P.93.
2.

Nelson J.K. Enduring Identities: The Guise of Shinto in Contemporary Japan. – University

of Hawaii Press, 2000.
3.

Singh. Hind Rites and Rituals (Origins and Meanings). Pegion books, 2016. – P.99.

4.

Strassfeld M. The Jewish holidays: A guide and commentary. Harper and Row, 1985.

5.

Маслова В.А. Лингвокультуралогия. Учебное пособие. – М., 2001. – С.8.

Bibliografik manbalar

Bennet T.W. Traditional African Religions in South African Law. – UCT Press, 2011. – P.93.

Nelson J.K. Enduring Identities: The Guise of Shinto in Contemporary Japan. – University of Hawaii Press, 2000.

Singh. Hind Rites and Rituals (Origins and Meanings). Pegion books, 2016. – P.99.

Strassfeld M. The Jewish holidays: A guide and commentary. Harper and Row, 1985.

Маслова В.А. Лингвокультуралогия. Учебное пособие. – М., 2001. – С.8.