PROFILAKTIKA INSPEKTORINING AXOLI O‘RTASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT FAOLIYATINI TAKOLMILLASHTIRISH

Аннотация

Aholining  huquqiy  madaniyati  va  ongini  oshirish,  shaxsning  hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati va mol mulkini turli tajovuzlardan himoya qilishda markaziy militsiya tayanch punktlarining o‘rni muhim ahamiyatga egadir. Fuqarolarning  tinchligi  va  osoyishtaligini,  ularning  xavfsizligini ta’minlashda  ichki  ishlar  organlarining  quyi  tizimi  hisoblangan  ya’ni, militsiya tayanch punktlarida xizmat faoliyatini olib boruvchi profilaktika inspektorlarining xalqqa yaqinligi va ular doimiy ravishda odamlar orasida bo‘lishi huquqbuzarliklarning oldini olishda o‘z samarasini bermoqda.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
35-37
21

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Mirxalilova, G. ., & Bekmurodov , N. . (2024). PROFILAKTIKA INSPEKTORINING AXOLI O‘RTASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT FAOLIYATINI TAKOLMILLASHTIRISH. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(Maxsus son 12), 35–37. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/62901
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Aholining  huquqiy  madaniyati  va  ongini  oshirish,  shaxsning  hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati va mol mulkini turli tajovuzlardan himoya qilishda markaziy militsiya tayanch punktlarining o‘rni muhim ahamiyatga egadir. Fuqarolarning  tinchligi  va  osoyishtaligini,  ularning  xavfsizligini ta’minlashda  ichki  ishlar  organlarining  quyi  tizimi  hisoblangan  ya’ni, militsiya tayanch punktlarida xizmat faoliyatini olib boruvchi profilaktika inspektorlarining xalqqa yaqinligi va ular doimiy ravishda odamlar orasida bo‘lishi huquqbuzarliklarning oldini olishda o‘z samarasini bermoqda.


background image

35

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING AXOLI O‘RTASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT

FAOLIYATINI TAKOLMILLASHTIRISH

Mirxalilova Gulnoza Ilxomjon qizi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘qituvchisi, yu.f.b.f.d., kapitan

Bekmurodov Nizombek Erkin o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

https://doi.org/10.5281/zenodo.14550690

Aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni,

qadr-qimmati va mol mulkini turli tajovuzlardan himoya qilishda markaziy militsiya tayanch
punktlarining o‘rni muhim ahamiyatga egadir. Fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini,
ularning xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlarining quyi tizimi hisoblangan ya’ni,
militsiya tayanch punktlarida xizmat faoliyatini olib boruvchi profilaktika inspektorlarining
xalqqa yaqinligi va ular doimiy ravishda odamlar orasida bo‘lishi huquqbuzarliklarning oldini
olishda o‘z samarasini bermoqda.

Umumiy profilaktik faoliyat1–huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi

hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish,
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-
sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha faoliyati hisoblanadi.Ichki ishlar organlarining
umumiy profilaktik faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari mazmuni bo‘yicha iqtisodiy,
siyosiy, mafkuraviy, demografik, huquqiy, tashkiliy-boshqaruv, ma’naviy-ma’rifiy va
boshqalardan iborat.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida «Jaholatga

qarshi ma’rifat» ezgu g‘oyasi asosida har bir mahalla kesimida diniy-ekstremistik xususiyatga
ega bo‘lgan huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va
bartaraf etishga, birinchi navbatda, ekstremistik oqim mafkurasi ta’siri ostiga tushib qolgan
shaxslarni tuzatishga alohida e’tibor qaratish kabi ustuvor yo‘nalishlari ijrosini ta’minlashda
profilaktika inspektorlarining huququbuzarliklarning umumiy profilaktikasi doirasida
faoliyatini tashkil etilishi muhum ahamiyatga ega. Davlat, uning tegishli organlari jamiyatda
tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun, eng muhimi, insonning muqaddas huquqi –
yashash huquqini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish uchun tashkil etilgani shubhasiz.

Profilaktika xizmatlarining umumiy profilaktik faoliyati jamiyatga zid g‘ayriijtimoiy

hodisa va jarayonlarning, turli voqea, hodisa va holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish,
ta’sir etish, kuchsizlantirish va oldini olishga qaratilgan keng qamrovli ijtimoiy-huquqiy
vositalar orqali amalga oshiriladigan faoliyatidir.

O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunida

huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

–shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniymanfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
–jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni

mustahkamlash;

–huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-

sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;

–huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan,

huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish
joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;–


background image

36

jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;

–huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok

etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta’minlash va
ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.

Profilaktika inspektori huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi doirasida aholi

o‘rtasida huquqiy targ‘ibot borasidagi ishlarini bevosita militsiya tayanch punktlari negizida
amalga oshiradi. Darhaqiqat, militsiya tayanch puktlari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini
o‘tkazadigan, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishni samarali tashkil etadigan
maskan bo‘lishligi, shuningdek yoshlar o‘rtasida tashkiliy-tarbiyaviy, ommaviy-sport
ishlarini rivojlantirishni ta’minlashga xizmat qiladi.Hususan, huquqbuzarliklar umumiy
profilaktikasining ob’ekti –keng jamoatchilikdir. Hususan, mahalla aholisi, mehnat
jamoalari (korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari), voyaga yetmaganlar jamoasi (maktab,
kollej vava akademik litseylar), yoshlar jamoasi va boshqalar. Umumiy profilaktik
tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida barchaga bir hil ravishda yetkazib berilishi bilan
ajralib turadi. Ilmiy adabiyotlarda huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasining ikkita
yo‘nalishi mavjudligi ko‘rsatilgan, birinchidan, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va
ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar
tashkil qiladi. Ushbu tadbirlarning xususiyati shundaki, ular bevosita profilaktik samara
bermaydi. Shunga qaramay, ushbu usullarning huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatining
pirovard maksadlariga erishishdagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rmaslik xato bo‘ladi. Chunki bu
jarayonda hududdagi yoki ma’lum bir guruhlar o‘rtasidagi muammolar, nizolar va
huquqbuzarliklarning umumiy ko‘rinishi tahlil etiladi; ikkinchidan, huquqbuzarliklar
profilaktikasining chora-tadbirlari to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirish kiradi3, masalan
fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ma’ruzalar o‘qish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini
tashkil etish va amalga oshirish kabilarProfilaktika(katta) inspektorlari huquqbuzarliklarning
umumiy profilaktikasi doirasida o‘zining ma’muriy hududida aholining huquqiy madaniyatini
yuksaltirishga yo‘naltirilgan uchrashuvlarni tashkil etishning asosiy usullari sifatida keng
jamoatchilik o‘rtasida (mahallalarda, o‘quv yurtlarida, korxona, muassasa, tashkilotlarda)
suhbatlar va mutaxassislar ishtirokida uchrashuvlar uyushtirish, turli mavzularda ma’ruzalar
o‘qish, aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, voyaga yetmaganlar
huquqbuzarligini oldini olish maqsadida turlisport musobaqalarini tashkil etish, yoshlar
tashkilotlari bilan birgalikda televiktorinalar o‘tkazish, ommaviy axborot vositalaridan
foydalanib aholiga alohida jinoyatlarning salbiy oqibatlari borasida tushuntirish ishlarini olib
borish, shuningdek fuqarolarning ma’naviy va axloqiy hamda huquqiy tarbiyalashga
qaratilgan boshqa turdagi tadbirlarni amalga oshirish kabilarni keltirib o‘tishimiz mumkin.
Shu sababli bugungi kunda huquqiy tarhibot ishlarini amalga oshirishda faol ijtimoiy
tarmoqlardagi rasmiy hamda akauntlardan foydalanish, xar bir davlat tashkilot va
muassasalar ham o‘zlarining kuzatuvchiga yega bo‘lgan rasmiy sahifalarini yuritib borishlari,
ularning ommalashuviga ko‘proq e’tibor qparatishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasinig Yangi taxrirdagi Konstitutsiyasi 2023-yil

2.

Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun 2016-yil 16-sentyabr


background image

37

3.

Huquqbuzarliklarprofilaktikasi to‘g‘risidagi qonun 2014-yil 14 may

4.

2021-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini

ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.
5.

2022-yil 18-may kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi to‘g‘risida”gi

qonuni

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasinig Yangi taxrirdagi Konstitutsiyasi 2023-yil

Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun 2016-yil 16-sentyabr

Huquqbuzarliklarprofilaktikasi to‘g‘risidagi qonun 2014-yil 14 may

-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.

-yil 18-may kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi to‘g‘risida”gi qonuni