34
IV-VIII ASRLARDA XORAZMDA IJTIMOIY HAYOT (ARXEOLOGIK ASHYOLAR
VA MANBALAR ASOSIDA)
Matyakubova Shahodat Xamidjanovna
Urganch Ranch texnologiya universiteti
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi Tarix fani o‘qituvchisi
tel: 97 527 52 00
e-mail: matyaqubovashaxodat@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14929759
Annotatsiya.
Xorazmdan topilgan kumush idishlarning birida echki boshli odam aks
ettirilgan. U otashkadaga qandaydir o‘simlik olib borayotgan vaqti tasvirlangan. Bunday
tasvirlar Xorazm vohasida qadimgi davrlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan tasvir bo‘lib, bu
qadimgi davr insonlar dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lgan mistik g‘oyaning qolig‘i deb
ko‘rsatishadi. Maqolada IV-VIII asrlarda Xorazmda ijtimoiy hayot arxeologik ashyolar va
manbalar asosida yoritildi.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy hayot, arxeologik ashyolar, zardushtiylik, To‘qqal’a, Mizdaxkon,
terrakota haykallari.
SOCIAL LIFE IN KHOREZM IN THE 4TH-8TH CENTURIES (BASED ON
ARCHAEOLOGICAL ITEMS AND SOURCES)
Matyakubova Shahodat Khamidjanovna
Urgench Ranch Technological University
Teacher of History, Department of “Social Sciences”
tel: 97 527 52 00
e-mail: matyaqubovashaxodat@gmail.com
Annotation.
One of the silver vessels found in Khorezm depicts a man with a goat's head.
He is depicted carrying some kind of plant to a bonfire. Such images have been used in the
Khorezm oasis since ancient times, and are considered to be a remnant of a mystical idea
associated with the worldview of people of this ancient era. The article sheds light on social life
in Khorezm in the 4th-8th centuries based on archaeological items and sources.
Keywords:
social life, archaeological artifacts, Zoroastrian, Toqqal'a, Mizdakhkon,
terracotta sculptures.
ОБЩЕСТВЕННАЯ ЖИЗНЬ В ХОРЕЗМЕ IV-VIII ВВ. (ПО
АРХЕОЛОГИЧЕСКИМ ОБЪЕКТАМ И ИСТОЧНИКАМ)
Матякубова Шаходат Хамиджановна
Ургенчский технологический университет
Учитель истории, кафедра Общественных наук
телефон: 97 527 52 00
электронная почта: matyaqubovashaxodat@gmail.com
Аннотация.
На одном из серебряных сосудов, найденных в Хорезме, изображен
человек с головой козла. Он изображен несущим к костру какое-то растение. Подобные
изображения использовались в Хорезмском оазисе с древнейших времен и считаются
пережитком мистической идеи, связанной с мировоззрением людей этой древней эпохи.
В статье на основе археологических артефактов и источников рассматривается
общественная жизнь Хорезма в IV-VIII вв.
Ключевые слова:
общественная жизнь, археологические артефакты, зороастризм,
35
Токкала, Миздахкон, терракотовые скульптуры.
IV-VI asrlarda Xorazm davlati iqtisodiyotida va madaniy hayotida ham o‘zgarishlar
kuzatiladi. IV asrdan ostodonlarning tashqi ko‘rinishida ham o‘zgarishlar kuzatiladi.
Antropomorf ostodonlar ishlab chiqilmagan, ular loydan quticha shaklida ishlangan. VII-VIII
asrdan alebastrdan tayyorlana boshlagan
1
.
Antropomorf terrakota haykallari bu davrda ishlab chiqilmagan. Terrakota haykalchalar
mil. avv. IV- milodiy II asrlargacha bo‘lgan davrda ko‘plab ishlab chiqilgan. Ilk o‘rta asrlardan
bunday haykalchalarning ishlab chiqilmaganligini Xorazmliklarning diniy qarashlarida
o‘zgarishlar bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Tuproqqal’a yodgorligi tushkunlikka uchragandan
keyin, bu yerga kelib joylashgan aholi, tadqiqotchilar fikricha, cho‘l hududlarida yashagan aholi
bo‘lishi mumkin. Bu aholidan loydan ishlangan butlar saqlanib qolgan. Bu aholini butparast deb
hisoblaganlar
2
.
Aholi o‘rtasida zardushtiylik bilan bog‘liq ma’budlarga e’tiqod davom etgan. Buni
Ayozqal’a 2 va “nomsiz qo‘rg‘on” deb atalgan qo‘rg‘ondagi diniy marosim bilan bog‘liq xonadagi
otashka oldida qanday ma’bud tasviri bo‘lganligi aniqlangan. Olov shunga bag‘ishlab yoqilgan
bo‘lishi mumkin degan g‘oyani ilgari surganlar.
Xorazmdan topilgan kumush idishlarning birida echki boshli odam aks ettirilgan. U
otashkadaga qandaydir o‘simlik olib borayotgan vaqti tasvirlangan. Bunday tasvirlar Xorazm
vohasida qadimgi davrlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan tasvir bo‘lib, bu qadimgi davr
insonlar dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lgan mistik g‘oyaning qolig‘i deb ko‘rsatishadi. Shunday
tasvirlar, ya’ni echkibosh va qushboshli mahluqotlarning tasvirlari Tuproqqal’a yodgorligi
devoriy suratida va II-III asrlarga oid Ko‘xna-Uaz yodgorligidan topilgan loydan ishlangan
tarelkada aks ettirilgan
3
. Yu.A.Rapoport VII-VIII asrlarda xorazmliklarda milodiy I asrda
mavjud bo‘lgan mistik dunyoqarash elementlari saqlanib qolganligini ko‘rsatib bergan.
S.P.Tolstov echkiboshli mavjudodda Siyovushni ko‘radi, uning ta’kidlashicha, Suyovush
e’tiqodi qishloq ho‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lib, u tabiatning tirilishi va o‘limi bog‘liq holda unga
e’tiqod qilishgan. Shu bilan birga ajdodlar e’tiqodi bilan turli marosimlar ham mavjud bo‘lgan.
Tadqiqotchilar fikricha, bunday e’tiqod So‘g‘d va Chochda ham mavjud bo‘lib, u xitoy yozma
manbalarida yozib qoldirilgan
4
.
To‘qqal’a va Mizdaxkonning nekropolidan VII-VIII asrlarga oid rasmlar va xorazm
yozuvlari bo‘lgan ostodonlar topilgan. Bu ostodonlardagi turli rasm va yozuvlar orqali ham
o‘sha davrdagi aholining urf- odat va dafn marosimlarini aniqlash mumkin.To‘qqal’adan
topilgan ostodonlardan birida qizil va qora rang bilan yig‘i marosimi tasvirlangan. Bu marosim
keng eshikli qandaydir bino fonida aks ettirilgan. Yig‘i marosimiga yig‘ilgan odamlar yuzlari
tirnab, qulog‘ining suprasini kesishmoqda
5
. Huddi shunday tasvir Panjikent devoriy suratlarida
ham aks ettirilgan. Bu esa, O‘rta Osiyodagi ilk o‘rta asrlardagi davlatlarda deyarli bir xil urf odat
va marosimlar tarqalganligi ko‘rsatadi. Mizdaxkondan topilgan ostodondagi rasmda dafn
marosimining yana bir qismi aks etgan bo‘lishi mumkin. Unda oyog‘li alebastrdan ishlangan
1
Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98.
2
Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98.
3
Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.99.
4
Толстов С.П. Древний Хорезм. -С. 177
5
Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.101.
36
kutichaning to‘rt tomonida odamlar
tasvirlangan. Tadqiqotchilarning fikricha,
xorazmliklarning diniy dunyoqarashida olovga e’tiqod muhim o‘rinda turgan. Lekin o‘rta
asrlarda diniy e’tiqodida budparastlik yangi kirib kelgan g‘oya bo‘lgan. VII-VIII asrlardagi antik
davrdagi terrakotalardan farq qiladigan haykalchalar paydo bo‘lgan. Bular Oltoy va Qozog‘iston
cho‘llaridagi turk balballariga o‘xshash qilib ishlangan. Shunday balbal Shohsanam qal’adan
topilgan. U pishilmagan loydan ishlanib, alebastr bilan qoplangan va rasmi chizilgan
6
. Uning
tasviri Tuproqqal’adan va boshqa qishloq joylardan topilgan haykalchalardan farq qiladi.
Ularda turk balbal tasviri ta’siri kam seziladi. Katta Qirqqiz qal’adan topilgan terrakotada yuz
tuzilishi turklarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Bu Xorazm vohasida yagona nusxadir. Bu
topilmalarning o‘zi o‘sha davrda Xorazm vohasida boshqa xalqlarning diniy qarashlari kirib
kelgani va u mahalliy e’tiqod bilan aralashgan bo‘lishi ehtimoli bor. Lekin shunday bo‘lsada,
mahalliy diniy e’tiqod asosiy o‘rinda turgan.
VIII asrda hunarmandchilik va savdo-sotiq pasayib ketgan. Shu darvda hukmronlik qilgan
Shaushafar va Abdullohlar tomonidan zarb qilingan tangalarning og‘irligi va sifati pasayib
ketgan. Ko‘plab aholining qirg‘in qilinishi natijasida qishloqlar, shaharlar huvullab qolgan.
Sug‘orish tarmoqlari qarovsiz qolib ketganligi sababli, dehqonchilikda ham rivojlanish
kuzatilmagan. Arablarning Xorazmda hukmronligi o‘rnatilgandan keyin ham aholining ularga
qarshi harakatlari to‘xtamagan. At -Tabariyda berilgan ma’lumotga ko‘ra, 728 yilda Kerderda
arablarga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lgan
7
.
Xorazmning arablar tomonidan bosib olinishi davlatining mustaqil siyosiy faoliyatiga
chek qo‘ygan. Davlat arablarga tobe bo‘lib, jamiyatning mafkuraviy hayotiga, tiliga, diniga ham
katta ta’sir ko‘rsatgan. Arablar tomonidan Xorazm davlatining bosib olinishi jarayoni Oliy o‘quv
yurtlari uchun nashr qilingan o‘quv qo‘llanma va darsliklarda bayon qilingan. Ularda bu
voqealar turlicha bayon qilinganligi va tahlili ham turlicha bo‘lganligi sababli, bu jarayonni
asosan At – Tabariyning asaridan foydalanishni lozim topdik.
At-Tabariy asarida arablar tomonidan Xorazmning bosib olinishi xijriy 93 yilda (711/712
yy.) sodir bo‘lgan deb ko‘rsatilgan. Kutayba ibn Muslim Xorazmga yurishidan oldin u yerda
siyosiy vaziyat keskinlashgan, o‘zaro kurashlar ketayotgan edi. Xorazmshohga qarshi g‘alayon
ko‘targan ukasi Xurzod (Xurrazad)ga qarshi yetarli kuchga ega emas edi. Bu voeqalar jarayoni
at-Tabariyda quyidagicha berilgan: “Xorazmshoh kuchsiz edi va uning ukasi Xurrazad undan
kichik bo‘lsa ham o‘zi hoxlagancha ish olib borar, o‘zini shohdan yuqori tutar edi. Bir kuni
shohning yaqinlaridan birida qimmatbaho narsa kanizak, ot yoki narsa borligini eshitib, uni
olishga o‘z odamini yuboradi. U o‘ziga yoqqan har bir narsani kuch bilan o‘zlashtirib olgan. O‘zi
hohlagan ishini amalga oshirgan, hohlagan kishini qamata ham olgan. Unga hech kim, hatto
shoh ham qarshilik ko‘rsata olmagan. Bu haqda shohga axborot berilsa, unga qarshi turish
uchun menda yetarli kuch yo‘q deb javob bergan. Nihoyat ukasiga qarshi turish uchun, unga
saboq berib qo‘yish uchun Qutaybaga murojaat qilgan. Qutaybaga yuborilgan elchilar bilan
shaharlarning uchta oltin kalitini ham bergan va unga ukasini, shohga qarshi turganlarni
topshirish shartini qo‘ygan. Bu xat haqidagi hech kimni ogohlantirmagan. Xorazmshohning
elchilari Qutayba oldiga qishning oxirida yetib borishgan. Bu davrda Qutayba harbiy yurishga
tayyorlanayotgan payt bo‘lgan. Qutayba xatni olib, Xorazmshohga qoniqarli javob xatini
6
O`sha joyda.
7
История ат-Табари. -С.217.
37
yo‘llagan. O‘zi esa, xuddi So‘g‘dga yurishga borayotganday ko‘rsatib, ovoza qilgan. Marvda o‘z
o‘rniga o‘rinbosari Sabit va mavla Muslimni tayinlab, o‘zi yurishga otlandi”
8
.
Xorazmshoh Chag‘on o‘z hukmronligini mustahkamlash va ukasi, uning tarafdorlariga
qarshi kurashish uchun yashirincha arablar bilan bitim tuzgan. Ularni Xorazmga yordamga
chaqirgan. Qutayba ibn Muslim Xorazmda kechayotgan siyosiy g‘alayonlardan va Xurzodning
harbiy qudratidan xabardor bo‘lgan. Shu sababda u Xorazmga yurishidan oldin xiyla ishlangan.
Sug‘dga yurishini e’lon qilib, o‘zi esa Xorazmga yurish boshlagan.
At-Tabariyning yozib qoldirishi bo‘yicha, Qutaybaning So‘g‘dga yurishini eshitgan Xurzod
(Xurrazad) “ o‘zining shohlari, olimlari va dehqonlarini yig‘ib, gapirdi:- Qutayba So‘g‘dga
yurishni rejalashtiribdi, bizlarga yurish qilmas ekan. Shuning uchun kelinglar bu bahor
hayotdan bahra olamiz!” deb, o‘zlarini bosqindan himoya qilinganday his qilib, ichishni va
hayotdan bahramand bo‘lishni boshladilar”.
9
Xorazmliklar Qutayba o‘z qo‘shinlari bilan Xazoraspga yetib kelmaguncha payqamadilar.
Qutayba daryo oldida to‘xtagandan keyin, Xorazmshoh Chag‘on o‘z tarafdorlariga qarab, “Sizlar
nima deb o‘ylaysizlar, kurashamizmi”, deb so‘ragan. Ular Qutayba bilan jang qilish kerakligini
aytishgan. Lekin Xorazmshoh Chag‘on: - “Men bunday deb o‘ylamayman. Biz unga nisbatan
kuchsizmiz, u bizdan qo‘ra kuchli va jasurroq. Mening fikrimcha, unga biror narsa berib, undan
qutilsak bo‘ladi. Bu yilcha uni shunday chalg‘itamiz, keyingi yili ko‘ramiz” deb javob bergan.
Xorazmshohning tarafdorlari ularning fikrlari u bilan to‘g‘ri kelmasligini aytishgan. Shunday
keyin Xorazmshoh daryo ortida joylashgan al-Fil shahriga ketgan.
Xorazm davlati arablarga rasman qaram bo‘lgan, ularga asosan, boj to‘lab turilgan va
talab qilingan vaqtda harbiy jangchilarni yuborilgan. Aslida Xorazm shaharlari shohlari o‘zi
mustaqil faoliyat olib borgan. Bu davlatning kumush tanga zarb qilganligi asoslaydi. Xorazmda
kumush qazib olinmaganligi uchun bu zarb qilingan kumush tanganing sifati past bo‘lgan.
Arablar hukmronligi davrida Xorazm ikki qismga ajratilgan. Janubiy Xorazmda afrig‘iylar
sulolasi hukmronlik qilgan bo‘lsa, shimoliy Xorazmda arablarning noibi hukmron bo‘lgan. Ular
arab halifaligiga alohida xiroj to‘lab turganlar. Janubiy Xorazmning markaziy shahri Kat
hisoblangan. Bu shahar haqida ba’zi bir arab va xitoy manbalarida ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Ularda Xorazmshohlarning nomlari qayd qilingan. Xitoy manbasida Xitoyga yuborilgan elchilar
haqida ma’lumot saqlanib qolgan. Arablar hukmronligi o‘rnatilgan keyingi davr, ya’ni VIII
asrning ikkinchi yarmi va IX asrning boshlari haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan.
References:
1.
Бобоёров Ғ. Илк ўрта асрларда Хоразм воҳасидаги сиёсий ҳолат// Хоразм тарихи
замонавий тадқиқотларда. Масъул муҳаррир: т.ф.д., проф. Д.Алимова. –Тошкент-Урганч,
2018. – С.50.
2.
Джуманиязова Ф. Почему Беруни не упомянул эфталитов в своем труде “Индия”?//
Туркестанский сборник 1 (2022). Новейшие исследования по истории и истории
культуры Туркестана. Lambert Academic Publishing. –С. 21-28.
3.
История ат-Табари. -С.217.
4.
Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and historical analysis. Phd thesis
8
История ат-Табари. -С. 98.
9
История ат-Табари. -С. 98.
38
submitted to the Department of History and Cultural Studies of the Free University. – Berlin,
2010. – Р. 203.
5.
Курбанов А. Политическая история эфталитов. SWIATOWIT. TOM V (XLVI). FASC. A.
2003. – С.66.
6.
Материалы по истории туркмен и Туркмении. Том I. VII-XV вв. Арабские и
персидские источники. Под ред. С.Л. Волина, А.А. Ромаскевича и А.Ю. Якубовского. –
Москва –Ленинград, 1939. – С. 216.
7.
Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.101.
8.
Ртвеладзе Э. В. История и нумизматика Чача. – С. 96.
9.
Togan Z.V. Umumi Türk Tarihine Giriş. İstanbul, 1981. – S. 60.
10.
Толстов С.П. Древный Хорезм, 1948. –С. 277.
11.
Топрак-Кала-Дворец. – С. 17.
12.
Веселовский Н. Очерки историко-географических сведений о Хивинском ханстве.
– Спб . 1887. – С.13.
