YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘G‘IL BOLA TARBIYASI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA MILLIY TARBIYANI EGALLANISHI

Аннотация

Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida  milliy tarbiyaning egallanishi, qadriyat va an’analarning o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga ijtimoiy mazmunning falsafiy asoslanishi  bo‘yicha  pedagog, psixolog, falsafiy olimlarning ilmiy qarashlari keltirilib, ularga shaxsiy munosabat bildirilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
23-26
17

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xojiqulov, N. . (2025). YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘G‘IL BOLA TARBIYASI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA MILLIY TARBIYANI EGALLANISHI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(3), 23–26. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/69796
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida  milliy tarbiyaning egallanishi, qadriyat va an’analarning o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga ijtimoiy mazmunning falsafiy asoslanishi  bo‘yicha  pedagog, psixolog, falsafiy olimlarning ilmiy qarashlari keltirilib, ularga shaxsiy munosabat bildirilgan.


background image

23

YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘G‘IL BOLA TARBIYASI TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISHDA MILLIY TARBIYANI EGALLANISHI

Xojiqulov Naimjon Raimovich

Fan va texnologiyalar universiteti

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14921344

Annotatsiya.

Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida milliy tarbiyaning egallanishi, qadriyat

va an’analarning o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga
ijtimoiy mazmunning falsafiy asoslanishi bo‘yicha pedagog, psixolog, falsafiy olimlarning ilmiy
qarashlari keltirilib, ularga shaxsiy munosabat bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

milliy tarbiya,

ta’lim va tarbiya uyg‘unligi, ijtimoiy madaniylashuv, o‘g‘il

bola tarbiyasi, pand-nasihat, urf-odatlar, an’analar, aksiologik, falsafiy qarashlar tahlili.

Bolaga tarbiya berishda ko‘plab omillar qatori oiladagi hayot va ijtimoiy munosabatlar

muvozanatini ta’minlash muhim.Tadqiqotchi Sh.Amirxo‘jayevning fikricha, “dunyo ilm-fani
taraqqiyotida oila ma’naviy madaniyatning asosi, shaxs ijtimoiy madaniylashuvining ijobiy
kechishini ta’minlovchi muhit hamda qadriyatlar va an’analarni ifoda etuvchi maskan sifatida
o‘rganiladi. Oilagina jamiyatni konstant holatda saqlab qoladi, oila inson ongida boshqa
qadriyatlar o‘rtasida yetakchi o‘rinni egallab, shaxsiy hayot va ijtimoiy munosabatlar orasidagi
muvozanatni ta’minlaydi. Bugungi sharoitda oila o‘z rivojlanishining qiyin, noaniq davrini
boshdan kechirmoqdaki, bu bir tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri ostida, ikkinchi
tomondan, oilada sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar ta’siri ostida sodir bo‘lmoqda hamda
bunday o‘zgarishlar shaxs, jamiyat va davlat hayotidagi jarayonlarga ta’sir etadi”

1

. “Qolaversa,

ma’naviy yetuk oila – ma’naviy yuksak jamiyat tayanchidir. Oila – urf-odatlar, shajara, an’analar,
axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni farzandlar ongiga singdirish, har bir oila a’zosini kasb-hunar
malakalari bilan qurollantirish ma’naviy barkamollikni tarbiyalashning asosidir”

2

.

Oilaviy tarbiyaviy jarayonida o‘g‘il bola shaxsida yangi sifat va fazilatlar mujassamlashib,

xulqi hamda ko‘rinishida ifodalanadi. Agarda, ijtimoiy rollarni bajarish davomida har bir inson
tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanib, bobo, buvi, ota, ona, aka, opa, qaynona, qaynota, ustoz,
qo‘shni yoki yaqin qarindosh kabi maqyelarda amal qilishini inobatga olsak, bu jarayonga har
bir xalq tarixiy tajribasidan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lishi mumkinki, uni mental
xususiyat deb ko‘rsatish mumkin.

O‘g‘il bola kamolotini ta’minlash teologik, falsafiy, psixologik, etnografik, tibbiy, huquqiy,

antropologik, iqtisodiy, sotsiologik ta’limotlarning asosini tashkil etadi. Mazkur yo‘nalishda
tadqiqotchilar tomonidan talaygina tarixiy manbalar jamlangan, empirik tadqiqotlarning
xulosalari tarzida asarlar yozilgan. Milliy tarbiyaning manfaatini himoyalash maqsadida
komparativ (qiyosiy-tarixiy) metod asosida ularni o‘rganib, tarbiyaviy faoliyatda qo‘llash
mumkin. Bu o‘z navbatida alohida insonning xulq namunasida, ijtimoiy guruh a’zolarining
hamjihatligida (inoqligida, Ibn Xaldunning ta’limotida asabiya

3

) ifodalanib jamiyat hayotining

ma’naviy poydevori ta’minlanadi.

1

Амирхўжаев Ш. Ўзбек оилаларида ижтимоий-маданий жараёнлар трансформацияси. Монография. -

GlobeEdit

,

2022. – 176 б. https://my.globeedit.com/catalog/details//store/gb/book

2

Саидов А.И., Сайдуллаев Ж.Я. Ўзбек оилаларидаги тарбиянинг ижтимоий-психологик ахамияти // Science and

innovation international scientific journal. Volume 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. – Б. 1649-1654.

3

Главный фактор в теории Ибн Халдуна. В кн.: История социальной мысли в Исламе. – Москва: Вече, 2012. - С.

217-228.


background image

24

Oila ijtimoiy mazmuniga ko‘ra, odatda, “uch xil o‘zaro aloqadagi ijtimoiy guruhdan tashkil

topadi. Asosiysi nikoh, nikohning natijasi sifatida er-xotin o‘rtasida yaqin munosabatlarning
qaror topishi va pirovardida farzandlarning paydo bo‘lishi”. Tadqiqotchi G.K.Dumarovaning
fikricha, “Sharq oilasi evolyutsiyasiga e’tibor qaratganda uning o‘ziga xos tadrijiy bosqichlari,
ma’naviy dunyosi, o‘zaro munosabatlar qay darajada bo‘lganligini ko‘rish mumkinligini,
sharqda baynalmilal nikohlar o‘ziga xos tarix va falsafaga egaligini quyidagicha izohlaydi:
birinchidan, hududiy jihatdan chegaradosh millat va elatlar bilan tinch-totuv yashash
maqsadida quda-andachilik yo‘lga qo‘yilganligi; ikkinchidan, turli millat va elatlarning tarixiy
rivoji bir tarzda rivojlangan va kamol topganligi uchun o‘zaro qiz berib, qiz olish qaror
topganligi”

4

.

-

Oiladagi tarbiyaviy faoliyat, murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uni tizimli tarzda olib

borilgandagina quyidagilarni shakllantirishga erishish mumkin:axloqiy meyorlarni turlari,
maishiy va ijtimoiy hayot tarzida amal qiluvchi qoidalarni o‘zlashtirishga;dunyoqarashni
shakllantirib, anglangan hayotiy qadriyatlarni egallash yo‘llarini o‘zlashtirishga; ijtimoiy
faollikka, atrof-muhit va o‘g‘il bolani o‘ziga nisbatan e’tiborli bo‘lishni o‘zlashtirishga; mehr
ko‘rsatish, ijobiy hissiyotlarni namoyon etib, salbiy hissiyotlarni yashirish tarzini egallashni
o‘zlashtirishga; bilim olish va undan foydalanishni o‘zlashtirishga;axborot texnologiyalaridan
vosita sifatida foydalanashni o‘zlashtirishga; diniy, milliy, kasbiy, etnoslararo, ijtimoiy tolerant

5

va intolerant

6

bo‘lishni o‘zlashtirishga;ijtimoiy va kasbiy muloqotga kirishishni

o‘zlashtirishga;hamkorlikda faoliyat yuritishni o‘zlashtirishga; ijtimoiy rollarni egallashni
o‘zlashtirishga; ijtimoiy, kasbiy mas’uliyatni mohiyatini o‘zlashtirishga;funksional savodli
bo‘lib, maqsadni tanlash va unga erishish yo‘llarini o‘zlashtirishga; kasb tanlash, kasbiy muhitga
moslashishni o‘zlashtirish kabilarga.

Tadqiqotchi M.Nazarov o‘g‘il bola tarbiyasida oilaning o‘rnini tadqiq etishda “Oilaviy

tizimlar nazariyasi”dan foydalanish maqsadga muvofiqligini bunda M.Bouen, A.Varga,
S.Minuxin, E.Eydemiller, V.Yustitskis, G.Shoumarov, R.Samarov, V.Karimovalar tomonidan taklif
etilgan va amaliyotda qo‘llash bosqichlari asoslab berilganini qayd etgan”

7

.Professor

J.T.Shermuhammedova “iqtisodiy, demografik va ishlab chiqarish tusidagi vazifalar ichki
oilaviy munosabatlar kompleksini belgilaydi. Quyida keltiriladigan bayonlarda an’anaviy
patriarxal oila, asosan, qishloq joylarda mavjud bo‘lgan o‘zaro munosabatlar asosiy o‘rin
egallaydi. Va ichki oilaviy munosabatlar qanday yo‘lga qo‘yiladi? degan savolga kichik yoshdagi
bolalar oilada kattalarning bo‘ysinuvida bo‘ladilar. Agar birinchi farzand o‘g‘il bo‘lsa, bu narsa
ayniqsa, kuchli namoyon bo‘ladi. Katta aka barcha uka-singillariga g‘amxo‘rlik qiladi, ularni
uydan tashqarida ham muhofaza qiladi. U vazifalarni taqsimlaydi, kichkinalarga topshiriqlar

4

Думарова Г.К. Замонавий ўзбек оилаларида ижтимоий-маданий жараёнлар динамикаси // Eurasian journal of

entrepreneurship and pedagogy. Volume 1, Issue 1, November 2023. – Б. 50-56.

5

Etimologik jihatdan tolerant tushunchasi lotin (tolerare) tilidan olingan bo‘lib, chidamli, bardoshli degan ma’nolarni

anglatadi. Har bir milliy madaniyatda uni ekvivalenti mavjud bo‘lib, o‘zbek tilida sabr tushunchasi tolerant tushunchasiga
ekvivatent hisoblanadi.

6

O‘ziga ijobiy munosabatda bo‘lishning shakllanganligi. Mazkur birinchi navbatda o‘z his-tuyg‘ulari, shaxsiy qadr-

qimmat va sharfni anglaganlikda, salbiy emotsiyalar va hislarni baratarf etish ustida ishlashda o‘z aksini topadi.

7

Назаров М. Оилавий ҳаёт тарзи такомиллашувининг ижтимоий-психологик жиҳатлари // ЎзМУ хабарлари,

2016. – Б. 183-187.


background image

25

beradi”

8

deya o‘zbek oilasidagi o‘g‘il bolalarga bo‘lgan munosabatni ko‘rsatib o‘tgan.

Bizningcha, ham o‘zbek oilasida o‘g‘il farzandga nisbatan oila boshi va avlodlar davomchisi
sifatida qarash dominantligi kuzatiladi. Shu boisdan ham oilada o‘g‘il farzand tug‘ilsa unga
nisbatan alohida yondashuv asosida tarbiyalashga va ma’lum bir sotsiumda mavjud bo‘lgan
meyorlarga qat’iy amal qilishga e’tibor qaratiladi. Agarda barqaror o‘zbek oilasining ijtimoiy
dinamikasiga e’tibor qaratsak, ota-onalar katta farzandiga, katta farzandlar kichiklarga amaliy
yordam ko‘rsatib, aka-ukalik, opa-singillik mehribonchiligini ko‘rsatishini kuzatishimiz
mumkin. Ularni munosabatini ona ta’minlaydiki, Fotimaxon Sulaymon qori qizi “Ayollarga xos
masalalar” asarida farzandlar tarbiyasi xususida bu masalaga e’tibor qaratgan. “Agarda, ona
farzandlariga bir tarzda, ya’ni birini ikkinchisidan ustun qo‘ymasdan munosabatda bo‘lsa,
ularni o‘zaro munosabatida mehr shakllanadi”

9

. Lekin, ayrim oilalarda bu tarzdagi mehribonlik

ko‘rsatish kuzatilmaydi.

Tadqiqotchi M.K.Xaliqova fikricha, o‘zbek oilasida o‘g‘il bolalar oilada “jinsga bog‘liq

ijtimoiy konstruksiyalar ta’sirida rivojlanadi. Masalan, o‘g‘il bolalar ongiga o‘zlarining his-
tuyg‘ularini sezdirmaslik, jismoniy kuchni namoyon etish, harbiy xizmatga tayyorgarlik ko‘rish
singdiriladi. Uy mehnati esa azaldan ayollar zimmasidagi vazifa deb tushuniladi”

10

. Buyuk

Britaniyalik sotsiolog, London universiteti professori Enn Okli (Ann Oakley) tomonidan “Uy
mehnati sotsiologiyasi” asari nashr etilgunga qadar sotsiologiyada uy mehnati sohasini
e’tiborsiz qoldirgan, chunki faqat maosh to‘lanadigan faoliyat mehnat deb hisoblangan

11

.

O‘zbek oilasida o‘g‘il bolalarni tarbiyalashda e’tibor qaratiladigan yana bir jihat ularni “erkak
qilib tarbiyalash”, ya’ni jins tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratiladiki, bu borada ilmiy
izlanish olib borgan tadqiqotchi N.K.Mamanova shunday yozadi: “ O‘g‘il bolalar va erkaklar his-
tuyg‘ularini atrofdagilarga ifoda etishiga shoshilmaydilar, ayniqsa, salbiy hislarini;ko‘pincha
erkaklar jinsi bir do‘stlari bilan ham his-tuyg‘ularni oshkora qilishda vazminlik namoyon
qilishadi;jamiyat tomonidan aynan erkaklar o‘z his-tuyg‘ularini namoyon qilish borasida qattiq
cheklovga uchraydilar (erkaklar yig‘lamaydi va b.)”

12

Demak, o‘g‘il bola tarbiyasida oilaning hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, milliy urf-

odatlar, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti qonuniyatlarini
o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Амирхўжаев

Ш.

Ўзбек

оилаларида

ижтимоий-маданий

жараёнлар

трансформацияси. Монография. -

GlobeEdit

, 2022. – 176 б.

8

Шермухамедова Ж.Т. Оилавий ҳуқуқий муносабатларда конфликт жараёнларини олдини олиш гендер

тенглигини таъминлашнинг асосидир. Оилавий-ҳуқуқий муносабатларда гендер тенглиги. Конференция
материаллари тўплами. – Тошкент: «Mahalla va Oila nashriyoti», 2021. - Б. 25-29. (-212 б.)

9

Фотимахон Сулаймон қори қизи. Аёлларга хос

масалалар. – Тошкент: Мовароуннаҳр, 2003. – Б. 109.

10

Халиқова М.К. XXI асрнинг ижтимоий генезисида гендер парадигмасининг ўрни. Оилавий-ҳуқуқий

муносабатларда гендер тенглиги. Конференция материаллари тўплами. – Тошкент: Mahalla va Oila nashriyoti,
2021. - Б. 51-58. (-212 б.)

11

Окли, Энн. Социология домашнего труда. Оксфорд

(Англия). 1974. ISBN9780631139249.

12

Маманова Н.К. Оилада эр ва хотиннинг тенглигини таъминлашнинг психологик аспектлари. Оилавий-ҳуқуқий

муносабатларда гендер тенглиги. Конференция материаллари тўплами. – Тошкент: Mahalla va Oila nashriyoti,
2021. - Б. 58-62.


background image

26

2.

Думарова Г.К. Замонавий ўзбек оилаларида ижтимоий-маданий жараёнлар

динамикаси // Eurasian journal of entrepreneurship and pedagogy. Volume 1, Issue 1,
November 2023. – Б. 50-56.
3.

Саидов А.И., Сайдуллаев Ж.Я. Ўзбек оилаларидаги тарбиянинг ижтимоий-

психологик ахамияти // Science and innovation international scientific journal. Volume 1
ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. – Б. 1649-1654.
4.

Назаров М. Оилавий ҳаёт тарзи такомиллашувининг ижтимоий-психологик

жиҳатлари // ЎзМУ хабарлари, 2016. – Б. 183-187.
5.

Шермухамедова Ж.Т. Оилавий ҳуқуқий муносабатларда конфликт жараёнларини

олдини олиш гендер тенглигини таъминлашнинг асосидир. Оилавий-ҳуқуқий
муносабатларда гендер тенглиги. Конференция материаллари тўплами. – Тошкент:
«Mahalla va Oila nashriyoti», 2021. - Б. 25-29. (-212 б.)
6.

Фотимахон Сулаймон қори қизи. Аёлларга хос масалалар. – Тошкент:

Мовароуннаҳр, 2003. – Б. 109

Библиографические ссылки

Амирхўжаев Ш. Ўзбек оилаларида ижтимоий-маданий жараёнлар трансформацияси. Монография. - GlobeEdit, 2022. – 176 б.

Думарова Г.К. Замонавий ўзбек оилаларида ижтимоий-маданий жараёнлар динамикаси // Eurasian journal of entrepreneurship and pedagogy. Volume 1, Issue 1, November 2023. – Б. 50-56.

Саидов А.И., Сайдуллаев Ж.Я. Ўзбек оилаларидаги тарбиянинг ижтимоий-психологик ахамияти // Science and innovation international scientific journal. Volume 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. – Б. 1649-1654.

Назаров М. Оилавий ҳаёт тарзи такомиллашувининг ижтимоий-психологик жиҳатлари // ЎзМУ хабарлари, 2016. – Б. 183-187.

Шермухамедова Ж.Т. Оилавий ҳуқуқий муносабатларда конфликт жараёнларини олдини олиш гендер тенглигини таъминлашнинг асосидир. Оилавий-ҳуқуқий муносабатларда гендер тенглиги. Конференция материаллари тўплами. – Тошкент: «Mahalla va Oila nashriyoti», 2021. - Б. 25-29. (-212 б.)

Фотимахон Сулаймон қори қизи. Аёлларга хос масалалар. – Тошкент: Мовароуннаҳр, 2003. – Б. 109