`
27
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIMIY MARSHRUTINI
TASHKIL ETISH BOSQICHLARI
Xakimova Gulchehra Sayrixonovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti oʻqituvchisi
e-mail: xakimovagulcehra557@gmail.com
Ustamova Nodira Maxmaraimovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi
Qodirova Aziza Nurillayevna
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti
Pedagogika yo'nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15665705
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim-
tarbiya olishlari uchun qilinayotgan ishlar, inklyuziv ta'lim va bu ta'lim to'g'risidagi qabul
qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar, imkoniyati
cheklangan bolalarning ta'limiy marshrutini tashkil etish bosqichlari haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar:
Inklyuziv ta'lim, nogironligi bo'lgan bolalar, imkoniyati cheklangan, nuqson,
kompleks, integratsiya, ta'lim marshruti.
Kirish.
Sharqning mashxur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher
Navoiy, Abdulla Avloniylarning tarbiyaning maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga
ta'limning ta'siri to'g'risidagi qarashlari inklyuziv talim rivojlanishining metodologik bazasi
hisoblanadi. Juda uzoq vaqt davomida maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim
muassasalariga nisbatan maxsus segregatsion ta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya berish
samarali deb hisoblanib kelindi. 1970-1980 yillarga kelib jahon miqyosida insonparvarlik va
kamsitishlarga yo'l qo'ymaslik g'oyasining ilgari surilishi maxsus ehtiyojli bolalarga e'tiborning
yanada yaxshilanishiga olib keldi. Inklyuziv ta'limni tashkil qilish jarayonining asosiy maqsadi
barcha bolalarni ta'lim jarayoniga qamrab olishdir. Imkoniyati cheklangan bola ham barcha
bolalardek bola hisoblanadi va u tan olinishi, hurmatga sazovor bo‘lishiga haqli, shuning uchun
ularni nuqsoni bilan atalishi nomaqbul hisoblanadi. Bola, u qanday holatda va qanday
imkoniyatga ega bo’lishidan qat’iy nazar har doim kattalar yordamiga muhtojdir. Uni ajratish
yoki alohida nom bilan atash insonparvarlik nuqtai nazariga to'g’ri kelmaydi. Agar imkoniyati
cheklangan bolalarga nisbatan «anomal bolalar», «Imkoniyati cheklangan bola bolalar», «ko’r
bolalar», «kar bolalar», «aqli zaif bolalar», «xarakat tayanch a’zolari falajlangan bolalar» va x. k.
tushunchalar ishlatilib kelindi. Ammo ushbu tushunchalar mkoniyati cheklangan bolalarni
huquqlarini poymol qiladi. Ota-onalarga ham salbiy ta’sir etadi.
Asosiy qisim.
Imkoniyati cheklangan bolalar normal rivojlanishdagi bolalar kabi
topshiriq va vazifalarni tezlik bilan mukammal amalga oshira olmasalarda, ammo imkoniyat
darajasida bajara oladilar. Bolaning huquqlarini himoya qilish, ularga ijobiy munosabatda
bo'lish tarbiyalashning muhim usulidir. Shuning uchun ham tahqirlashlarga yo’l qo'ymaslik
kerak, maxsus extiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o‘quvchilarni
yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko‘proq o‘quvchilarni qamraydigan yangi o‘qitish
uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Jamiyatda Imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan
`
28
yanglish fikr va munosabat mavjud. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularga yoshligidan
maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim - tarbiya berilishi bunga sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday munosabatni yo‘qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu
narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o‘xshashlik jihatlarni tezroq anglar
ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim
- tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni Imkoniyati cheklangan bolalarga Imkoniyati cheklangan
bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir.
Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon
miqyosida “inklyuziv” yoki “integratsion” ta’lim atamalari bilan ataladi. “Integratsiya”
atamasini aniqlash maqsadida ushbu tushunchaning ta’rifini bergan. Unda “guruxlar
integratsiyasiga”, “guruxda shaxslararo munosabatlarni tartibga solish” sifatida qaraladi
shuningdek, jamoada faqatgina insonparvrlik munosabatlarni va mazkur guruxda ijobiy
jamoatchilik fikrini yaratilishi bilan integratsiyani amalga tadbiq etish mumkin deb
ta’kidlanadi. Keyingi yillarda imkoniyati cheklangan bolalarni barcha tengdoshlari qatori
umumta’lim tizimida ta’lim olishiga jiddiy etibor berilmoqda va inklyuziv ta’lim matbuot
axborot vositalari orqali ommaga keng targibot qilinmoqda. Bu borada ota-onalar ham
farzandlarini umumta’lim tizimidagi integratsiyalashgan va inklyuziv guruh va sinflarda ta’lim
- tarbiya olishiga o'z istaklarini bildirishmoqda. Nisbatan o‘zlari singari bola ekanliklarini
anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo‘lar edi. Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi
muammolarni hal etish oson kechmaydi.
Ammo bu ta’lim tizimining xafli jihati juda ko‘p ular sirasiga qo‘yidagilar kiradi:
- Inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;
- Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi;
- Kamsitishlarni oldini oladi;
Inklyuziv ta’lim yanada inklyuzivlikka olib keladi. Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyoj uning
jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi xafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi:
- inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o‘z oilasi ,mahallasi va qarindosh-
urug‘lari davrasida bo‘lishga imkon beradi;
- inklyuziv ta’lim barcha uchun, ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator
bo‘lib xizmat qilishi mumkin;
- bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo‘lgan internatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi
xamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to‘sqinlik qiladi;
- uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo‘lgan bola diydasi qattiq bo‘lib o‘sadi.
O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida" gi qonun
qabul qilindi. Bu qonun 2021-yil 16-yanvardan o'z kuchini yo'qotgan bo'lib, bu qonunga
muvofiq 2020-yil 15 oktabrda "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" gi O'RQ-
641 sonli qaror qabul qilingan bo'lib, bu hujjat ko'zi ojizlar uchun mo'ljallangan Brayl alifbesida
ham nashrdan chiqarildi. Prezidentimiz tomonidan2020- yil 13- oktabrda "Alohida ta'lim
ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim - tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora -
tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Bu hujjat Qonun hujjatlari
ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2020- yil 14 - oktabrdan kuchga kirgan. Hujjatga
ko'ra 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi va
2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo'yicha " Yo'l xaritasi" tuzib chiqiladi. Bu konsepsiya
`
29
2 bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, 1- bosqichda ( 2020-2022-yillar) inklyuziv
ta'limni yo'lga qo'yish uchun shart-sharoitlar yaratish, bu bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash,
ijtimoiy, normativ bazani yaratish, jihozlash va zarur o'quv qurollari bilan maktablarni
ta'minlash nazarda tutilgan. 2- bosqichda ( 2023-2025-yillar) inklyuziv ta'lim tizimini
bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy etish, bu bo'yicha chora -
tadbirlarni amalga oshirish kabilar. Inklyuziv ta'lim - bu maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual
imkoniyatlarning xilma - xilligini hisobga olgan holda barcha tahsil oluvchilar uchun ta'lim
muassasalarida ta'lim olish imkoniyatini teng ravishda ta'minlashdir. Ushbu qonun imkoniyati
cheklangan bolalarga tengdoshlari bilan teng ravishda ta'lim olish imkonini beradi. Inklyuziv
ta'lim tizimi bosqichma -bosqich ayrim maktablarda sinov tariqasida yo'lga qo'yiladi va ijobiy
natija va tajribalar keyinchalik respublikaning boshqa hududlaridagi maktablarida tadbiq
etiladi. Mazkur qaror bilan 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni
rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyani amalga oshirish bo'yicha 2020-2021-
yillarga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi. E'tiborli jihati shundaki, 20232025 yillarda
inklyuziv ta'lim tizimi 51 foiz umumta'lim maktablarida joriy qilinishi belgilangan. Ushbu ta'lim
shakliga 40 foiz imkoniyati cheklangan bolalar jalb qilinadi.
Imkoniyati cheklangan bolalar musiqa, rassomchilik, tasviriy san'at, kulolchilik, jismoniy
tarbiya va sport, kompyuter, tikuvchilik hamda boshqa maktabdan tashqari to'garaklar bilan
qamrab olinadi. Shu bilan birga, inklyuziv ta'limda o'qitish usullari takomillashtiriladi hamda
ta'lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Xulosa
. Imkoniyati cheklangan bolalar maktablarida amalga oshirilayotgan ushbu amaliy
qadamlar va kerakli zaruriy chora-tadbirlar natijasida ushbu tizimdagi mavjud muammolar o'z
yechimini topishi hamda jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy-psixologik
holatlariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.Inklyuziv ta'limni amaliyotga joriy etish ustida olib
borilgan tajribalardan shu narsa o'z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan
bolalarni nuqsonini ilk yoshdan o'z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va
maktabga tayyorgarlik ishi o'z vaqtida olibib borilsa abatta ko'zlangan maqsadga erishish
mumkin. Ya'ni inklyuziv ta'limning samarasi yuqori darajada bo'ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Djurayeva, S. (2020). MAXSUS TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGI TEXNOLOGIYALARNING
SAMARADORLIGI. Архив Научных Публикаций JSPI.Nabiyeva, G. A. (2021).
2.
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIM-TARBIYA OLISHLARI. Scientific
progress, 7(5).Zoxiriy, P. H. Z. Q. (2021). INKLYUZIV TA'LIMDA NOGIRON BOLLALARNI
O'QITISH VA TARBIYALASH MUAMMOLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, 1(1).Zoxiriy, P. H. Z. Q. (2021).
3.
INKLYUZIV TA'LIMDA NOGIRON BOLLALARNI O'QITISH VA TARBIYALASH
MUAMMOLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).
4.
O'zbekiston Respublikasining qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari:
`
30
5.
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining
qonuni Toshkent sh., 2020-yil 15-oktabr, O‘RQ-641-son.
6.
" Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish to'g'risida "gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
qarori PQ-4860-sonli qaror (2020-yil 13-may )
7.
Xakimova, Gulchehra. "ZAMONAVIY JAMIYATDA INNOVATSION IQTISODIYOTNI
RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TURIZMINING ROLI." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM
ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
8.
Hakimova, Gulchehra, and Gulandom Raxmatova. "RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI
TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILISHDAGI O'RNI HAMDA YANGI TEXNOGIYALARNI TA'LIM
JARAYONLARI BILAN INTEGRATSIYALASHUVI." Молодые ученые 3.18 (2025): 102-105.
9.
Jabborov Maksud Bahriddinovich; Khakimova Gulchekhra Sayrikhonovnaa; Norova
Dilobar Bakhromovna. “PROBLEMS OF TEACHING AND EDUCATING CHILDREN WITH
DISABILITIES IN INCLUSIVE EDUCATION.” EDUCATION SCIENCE AND INNOVATIVE IDEAS IN
THE WOR. 2.1 (2025): 306-310.