Авторы

  • Axrorjon Ashirboyev
    O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
  • Boyto‘ra Boybo‘tayev
    O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.98049

Ключевые слова:

Yarashuv instituti kechirimlilik bag‘rikenglik jinoyat jinoiy javobgarlikdan ozod qilish zarar.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi tarixida yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining tahlili, mutaxassis olimlarning fikrlari, tarixiy va yuridik adabiyotlar atroflicha, chuqur tahlil qilingan. Shu bilan birgalikda Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodekslaridagi yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutiga doir normalari chuqur tahlil qilingan. Tahlil va tadqiqotlar natijalariga ko‘ra muallifning yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining vujudga kelishi va rivojlanishiga doir nazariy xulosalari shakllantirilgan.


background image

`

134

YARASHUV INSTITUTI- O‘ZBEK XALQIGA XOS QADRIYATDIR

Ashirboyev Axrorjon Tirkash og’li

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi

Boybo‘tayev Boyto‘ra Mamat o‘g‘li

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

3-bosqich 323-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15535695

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi tarixida yarashilganligi

munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining tahlili, mutaxassis olimlarning
fikrlari, tarixiy va yuridik adabiyotlar atroflicha, chuqur tahlil qilingan. Shu bilan birgalikda
Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodekslaridagi yarashilganligi munosabati bilan jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish institutiga doir normalari chuqur tahlil qilingan. Tahlil va
tadqiqotlar natijalariga ko‘ra muallifning yarashilganligi munosabati bilan jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish institutining vujudga kelishi va rivojlanishiga doir nazariy xulosalari
shakllantirilgan.

Kalit so‘zlar

Yarashuv instituti, kechirimlilik, bag‘rikenglik, jinoyat, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish,

zarar.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi

tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-
son qarorining 4-bandida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual
qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual
kodeksining yangi tahrirdagi loyihalarini ishlab chiqish hamda o‘rnatilgan tartibda
muhokamaga kiritish belgilangan

1

.

Sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar pillapoyasida xalqimiz tabiatiga mos

kechirimlilik, bag‘rikenglik tamoyillarining milliy qonunchiligimizda aks ettirilgani, xususan
yarashuv instituti joriy etilgani shaxs huquqlarining ishonchli himoya qilish, sudlanganlik
holatini kamaytirish, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish prinsiplari ko‘proq qo‘llanishi uchun
imkoniyat yaratdi. Holbuki, ushbu zaruratning bugungi kunda ham davlat va xalq manfaatlari
uchun ahamiyatliligini hisobga olganda, yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan
ozod qilish institutini chuqurroq, batafsil o‘rganish va uni takomillashtirish istiqbollarini tahlil
qilish dolzarbdir

2

.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev ta’kidlaganlaridek:

“Barchamizga ayonki, shu vaqtgacha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud idoralarining
asosiy vazifasi aksariyat hollarda odamlarni jazolashdan iborat bo‘lib kelgan. Bu – achchiq
haqiqat. Biz jinoiy jazolarni insonparvarlik nuqtai nazaridan o‘zgartirishga alohida e’tibor

1

Аширбоев А. Т. Ў. Суриштирув ва дастлабки тергов тўхтaтилгaнидaн кейин теpгoв opгaнлapнинг

фaoлиятини тaшкил этиш //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 5. –
С. 263-273.

2

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические исследования

в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.


background image

`

135

qaratamiz”. Mazkur nuqtai nazardan, ayblanayotgan shaxsni javobgarlikdan ozod qilish
qoidasini, uning shartlarini takomillashtirish, qo‘llanish doirasini kengaytirish masalalarini
tarixdan saboq chiqargan holda ko‘rib chiqish talab etiladi. Shu bois yarashilganligi munosabati
bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qoidalarini ilmiy tahlil qilishda avvalo ushbu choraning
rivojlanish bosqichlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi

3

.

Milliy davlatchiligimiz tarixida ajdodlar yaratgan “Avesto” kitobidagi: “Ezgu fikr, ezgu so‘z,

ezgu amal” shiori bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Zero, unda bir hovuch tuproq, bir
qultum suv, bir nafaslik havoning qadri haqidagina emas, balki insonning muqaddasligi haqida
so‘z boradi. Unga ko‘ra “Avesto”da jazo berish “diniy-etnik qoidalarga bo‘ysundirish
maqsadidagi harakat” ma’nosida qo‘llanilib, xatti-harakat uchun to‘lovni anglatgan. Jazo sinab
ko‘rish qoidalar asosida olib borilgan

4

.

Musulmon huquqida ehtiyotsizlikdan qilingan qotillik uchun sotib olish belgilangan

bo‘lib, bunga qo‘shimcha tariqasida bir oy ro‘za tutib berish va bitta musulmon qulni ozod qilish
sharti bo‘lgan. Bu guruhga kiruvchi boshqa jinoyatlar, xususan, tan jarohati uchun ham
javobgarlik qasd, ya’ni tovon prinsipi asosida paydo bo‘lgan. Mazkur qoida “Qur’oni Karim”da
qat’iy tarzda: “qalb uchun qalb, ko‘z uchun ko‘z, quloq uchun quloq, burun uchun burun javob
berishi kerak” lozim ekanligi belgilab qo‘yilgan

5

.

Mazkur tarixiy jarayonlarda jinoyat sodir etgan shaxsga jazo qo‘llamasdan unga sinov

tariqasida imkoniyat berilgan. Shuningdek shariat qoidalariga muvofiq sud (qozi) sodir etilgan
jinoyat natijasida kelib chiqqan oqibatni va ayblanayotgan shaxsni atroflicha o‘rganib chiqib
unga jazo qo‘llamasdan mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan majburiyatlarni yuklagan

.

Sud-huquq tizimini liberallashtirish hamda demokratlashtirish borasida amalga

oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi va yarashuv institutining
joriy etilishi xalqimizning insonparvarlik va kechirimlilik xususiyatini to‘la namoyon qildi.
Xalqimizning tarixiy an’analariga mos tushadigan bag‘rikenglik, kechirimlilik kabi insoniy
qadriyatlarning qonunchilikda mustahkamlanayotganligi shaxs, jamiyat va davlatning qonuniy
manfaatlarini samarali muhofaza qilishga xizmat qilmoqda

6

.

Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish instituti davlatning

jinoiy-huquqiy munosabatlar sohasidagi siyosatida jinoyat sodir etgan shaxsni jazolashni emas,
balki uning tuzalish yo‘liga kirishiga imkon berish va jabrlangan shaxsning buzilgan
huquqlarini tiklash vazifalarini birinchi o‘ringa qo‘yilishiga xizmat qilmoqda. Ushbu institut
nafaqat jinoyat sodir etgan shaxs va jabrlangan shaxsga ma’naviy, iqtisodiy foyda keltiradi,
balki jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi

7

. Mazkur

3

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и

инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.

4

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических

средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S.
– С. 267-277.

5

Усманалиев Н., Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов

ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.

6

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические исследования

в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.

7

Хушвактова Н.А. Мeasures to improve the effectiveness of cooperation with the public in criminal proceedings //

XXXVII International Multidisciplinary Conference «Recent Scientific Investigation». Primedia E-launch LLC, Shawnee,
USA. 2022. – Б. 58-62.


background image

`

136

institutni takomillashtirish, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan sudlangan degan “salbiy
maqomni”ni qo‘llash doirasini jiddiy ravishda qisqartirish imkonini yaratadi

8

.

Sud statistikasi ma’lumotlari hamda yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini

o‘rganish natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi. Mazkur institut jabrlanuvchining huquqlarini
ishonchli himoya qilish, respublikada sudlanganlik holatini kamaytirish, jinoiy javobgarlikdan
ozod qilish institutining kengroq qo‘llanilishiga imkon yaratdi. Mamlakatimizda olib borilgan
keng qamrovli sud-huquq tizimi islohotlari natijalari, statistik ma’lumotlar

9

tahlilining dalolat

berishicha, so‘nggi 20 yilda (2001-2020y.da)

–214739ta jinoyat ishi yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish

qo‘llanilishi sababli tugatilgan;

–231814 nafar shaxs yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod

qilingan.

Shunday qilib, yarashuv instituti mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi

islohotlarning chinakam samarasi hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Toshkent” 2024.

2.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessula kodeksi .

3.

O’zbekiston Respublikasi Jinopyat kodeksi.

4.

O’zbeksiton Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan 249-sonli “Sud

ekspertizasi to’g’risida”gi qonuni.
5.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va

jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari to’g’risida”gi
3723-son qarori.
6.

“Jinoyat ishini yuritishda ekspertiza: mazmuni, axamiyati, tayinlash va o’tkazish asoslari”

uslubiy qo’llanma, O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi 2016- yil. 7.“Qasddan badanga
shikat yetkazish jinoyatlarini tergov qilishda ilgari surilgan versiyalarni tekshirishning ayrim
masalalari” maqola Yesimbetova.B.Y
7.

“Qasddan badanga og’ir yoki o’rtacha og’irlikda tan jarohati yetkazish jinoyatlarini

kvalifikatsiya qilish masalalari ” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 15-mart .
8.

“Badanga tan jarohati etkazish jinoyatlarini tergov qilishdagi ekspertiza va mutaxassislik

bilimlari” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 5-noyabr “Ilm-fan yangiliklari konferensiyasi”
9.

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном

процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
10.

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и

8

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини

кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда
қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.

9

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2001-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yarashilganligi munosabati bilan

jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni qo‘llanilishiga doir statistik ma’lumotlari.


background image

`

137

следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.
11.

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари

//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
12.

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп

моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш,
сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш
методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
13.

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению,

хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели
сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.
14.

Аширбоев А. Т. Ў. Суриштирув ва дастлабки тергов тўхтaтилгaнидaн кейин теpгoв

opгaнлapнинг фaoлиятини тaшкил этиш //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied
Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 263-273.
15.

Усманалиев Н., Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни

кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
16.

Хушвактова Н.А. Ишни судга қадар юритишда жамоатчилик иштирокининг

ретроспектив таҳлили // Society and innovations // Special Issue – 06 (2022) / ISSN 2181-
1415 – Б. 300-308. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp301-308
(12.00.00).
17.

Хушвактова Н.А. Мeasures to improve the effectiveness of cooperation with the public in

criminal proceedings // XXXVII International Multidisciplinary Conference «Recent Scientific
Investigation». Primedia E-launch LLC, Shawnee, USA. 2022. – Б. 58-62.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Toshkent” 2024.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessula kodeksi .

O’zbekiston Respublikasi Jinopyat kodeksi.

O’zbeksiton Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan 249-sonli “Sud ekspertizasi to’g’risida”gi qonuni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari to’g’risida”gi 3723-son qarori.

“Jinoyat ishini yuritishda ekspertiza: mazmuni, axamiyati, tayinlash va o’tkazish asoslari” uslubiy qo’llanma, O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi 2016- yil. 7.“Qasddan badanga shikat yetkazish jinoyatlarini tergov qilishda ilgari surilgan versiyalarni tekshirishning ayrim masalalari” maqola Yesimbetova.B.Y

“Qasddan badanga og’ir yoki o’rtacha og’irlikda tan jarohati yetkazish jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish masalalari ” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 15-mart .

“Badanga tan jarohati etkazish jinoyatlarini tergov qilishdagi ekspertiza va mutaxassislik bilimlari” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 5-noyabr “Ilm-fan yangiliklari konferensiyasi”

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.

Аширбоев А. Т. Ў. Суриштирув ва дастлабки тергов тўхтaтилгaнидaн кейин теpгoв opгaнлapнинг фaoлиятини тaшкил этиш //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 263-273.

Усманалиев Н., Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.

Хушвактова Н.А. Ишни судга қадар юритишда жамоатчилик иштирокининг ретроспектив таҳлили // Society and innovations // Special Issue – 06 (2022) / ISSN 2181-1415 – Б. 300-308. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp301-308 (12.00.00).

Хушвактова Н.А. Мeasures to improve the effectiveness of cooperation with the public in criminal proceedings // XXXVII International Multidisciplinary Conference «Recent Scientific Investigation». Primedia E-launch LLC, Shawnee, USA. 2022. – Б. 58-62.