107
ISHNNI SUDGA QADAR YURITISH DAVRIDA DALILLARNI TO‘PLASHNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Agoyev Shukrullo Safarboyevich
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o‘qituvchisi
Bozorov Samandarxo‘ja ravshan o‘g‘li
O‘zbekiston Respeblikasi IIV Akademiyasi
3-bosqich 325-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15686908
Annotatsiya:
Jinoyat ishlarini yuritishda ishni sudga qadar yuritish bosqichi muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, uning doirasida dalillarni to‘plash, tahlil qilish va baholash jarayonlari
amalga oshiriladi. Ushbu maqolada ishni sudga qadar yuritish davrida dalillarni yig‘ish va
rasmiylashtirish jarayoni, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda zamonaviy texnologiyalar
vositasida elektron dalillarni qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirish masalalari tahlil
qilinadi. Shuningdek, dastlabki tergov jarayonida dalillarni to‘plashda tergovchi, prokuror,
advokat hamda boshqa huquqiy sub’ektlarning roli va vakolatlari tahlil qilinadi. Maqolada
ilmiy va amaliy manbalarga asoslangan holda dalillarni to‘plash usullari, ekspertlik
tekshiruvlarining ahamiyati, guvohlarni so‘roq qilish, jinoyat joyini ko‘zdan kechirish, moddiy
dalillarni aniqlash va ularni protsessual jihatdan rasmiylashtirish masalalari yoritiladi.
Maqola jinoyat ishlari bo‘yicha dalillarni to‘plash va ulardan samarali foydalanishning nazariy
va amaliy jihatlarini yoritishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar
Isbotlash jarayoni, dalillarni to‘plash, tergov harakatlari, hujjatlashtirish, ekspertiza,
guvohlar so‘rog‘i, protsessual normalar, jinoyat ishlari, dalillarni baholash, qonunchilik
me’yorlari, advokat va himoya huquqi, dastlabki surishtiruv.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat
va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 3723-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat
protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari sifatida:
jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish, fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va
davlat manfaatlarining ta’sirchan va va ishonchli muhofaza qilinishini; jinoyat protsessida
shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini
takomillashtirish; jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-tamoyillarini kiritish belgilandi
1
.
Jinoyat-protsessual faoliyatning muhim bosqichlaridan biri ishni sudga qadar yuritish
jarayonidir. Mazkur bosqichda dalillarni to‘plash, tahlil qilish va rasmiylashtirish jinoyatni
fosh etish, aybdor shaxslarni aniqlash va adolatli sud muhokamasini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Jinoyatlarni tez va to‘la ochish, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli
jazo berilishi, aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi
uchun aybdorlarni fosh etish hamda odil sudlov faoliyatini bugungi kunda ishni sudga fadar
yuritish davomida dalillarni protsesual tartibda to‘plash va rasmiylashtirishsiz tasavur etib
bo‘lmaydi. Tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov davrida tergov xarakatlari va boshqa
1
Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув
юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари.
Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
108
protsessual xarakatlar bilan to‘plangan maqlumotlar ishonchli va maqbul dalil manbai sifatida
qaralib jinoyatlarni ochish, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash borasidagi ahamiyati toboro oshib
bormoqda.Jinoyat ishi doirasida jinoyat protsessual kodeksida belgilangan tartibda dalillarni
to‘plash, qayd qilish va tekshirish odil so‘dlovni taminlashga xizmat qiladi
2
. Jinoyat
prossessual kodeksi dadalil tushunchasi mavjud bo‘lib, unga quydagicha ta’rif berilgan “Dalil-
ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning
aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni
surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos
bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi”. Dalillar
olinish manbaasiga ko‘ra, fizikaviy kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra ashyoviy dalil, yozma dalil,
elektron yoki raqamli dalillarga bo‘linadi. Quyida ularning ma’no mazmunini ko’rib chiqamiz:
Ashyoviy dalil
jinoyat yoki fuqarolik ishini to‘g‘ri yuritish uchun ahamiyatli bo‘lgan
narsalar. Amaliyotda «tilsiz guvohlar» deb yuritiladi. Kelib chiqishini, kimga tegishliligini,
ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki turgan joyi o‘zgarganligini, u yoki bu moddalar,
narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin bo‘lgan moddiy belgilarga,
shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va
belgilarga ega bo‘lgan narsa Ashyoviy dalil hisoblanadi (O‘zR JPK, 203-modda); ular ishni
mazmunan hal qilish uchun aniqlash vositasi bo‘lishi mumkin. Ashyoviy dalil o‘z
xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi:
1) jinoyat ob’ekti bo‘lgan Ashyoviy dalil,
2) jinoyat quroli bo‘lgan Ashyoviy dalil
3) jinoyat izlarini o‘zida saqlab qolgan Ashyoviy dalil ;
4) jinoyat orqasida topilgan boylik.
Ashyoviy dalillar hodisa sodir bo‘lgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni ko‘zdan
kechirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert
tekshiruvi uchun namu-nalar olish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, olib
qo‘yish, tintuv o‘tkazish jarayonida olinishi. mumkin. Narsani Ashyoviy dalil deb e’tirof etish
va uni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi — qaror, sud esa —
ajrim chiqaradi, ularda Ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqpash uchun topshirish
masalasi hal qilinishi lozim. Ashyoviy dalillarni saqlash yoki boshqa joyga yuborish uchun
alohida tartib belgilangan. Ashyoviy dalil, ular haqidagi masala sudning qonuniy kuchga
kirgan hukmi, ajrimi bilan yoxud surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ishni tugatish
to‘g‘risidagi qarori b-n hal qilinmaguncha saqlab turiladi. Hukmda, shuningdek jinoyat ishini
tugatish to‘g‘risidagi ajrimda yoki qarorda Ashyoviy dalillar masalasini hal etish qoidalari,
Ashyoviy dalillarni shikastlaganlik yoki yo‘qotganlik uchun javobgarlik (O‘zR JPK, 204—212-
moddalar), A. d. larni talab qilib olish va taqdim etish tartibi va majburiyati, ularni saqlash va
qaytarib berish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yilgan (O‘zR FPK, 80-83-moddalar)
3
.
Yozma dalil - Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan so‘z, raqam, chizma yoki boshqa
shaklda yozilgan va ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash,
2
Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан
фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини
такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.
3
Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2012. Б.24
109
o‘zgartirish, berish uchun mo‘ljallangan hujjat yoki boshqa yozuvlar yozma dalil
hisoblanadi.Tergov harakatining bayonnomasi, sud majlisining bayonnomasi va ularning
ilovalari ham yozma dalil hisoblanadi. Jinoyat protsessual kodeksining 203-moddasida
ko‘rsatilgan alomatlari, belgilari, izlari bo‘lgan hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy va
yozma dalil bo‘lib xizmat qilishi mumkin
4
.
Elektron ma’lumot - elektron ma’lumotlar elektron qurilmalardan va axborot
tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov
beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlardir.
Raqamli dalillar - Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
mavjud bo‘lgan elektron ma’lumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-,
videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmog‘ida saqlanayotgan ma’lumotlar, shuningdek
boshqa elektron ma’lumotlar raqamli dalillardir
5
.
Jinoyat-protsessual qonunchilikka ko‘ra dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish:
gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni so‘roq
qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun ko‘rsatish; ko‘rsatuvni hodisa ro‘y bergan joyda
tekshirish; olib qo‘yish; tintuv; ko‘zdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya
qilish; eksperiment o‘tkazish; ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun namunalar olish;
ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolarni, hujjatlarni va elektron
ma’lumotlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib
boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek
tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan to‘planadi.
Jinoyat ishini yuritish jarayonida dalillarining maqbulligi juda muhim ahamyatga ega.
Sababi Maqbul bo‘lmagan dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmay, ulardan JPK 82 — 84-
moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov
asosiga qo‘yish mumkin emas. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonun
normalarini aniq bajarishdan va unga rioya qilishdan har qanday chekinish, u qanday sababga
ko‘ra yuz berganligidan qat’iy nazar, shu yo‘l bilan olingan dalillarning maqbul emas
(yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi. Buning oldini olish maqsadida qonunchilik tizimimizda
dalillar maqbulligining shartlari keltirib o’tilgan bo’lib surishtiruv va tergov jarayotida ularga
qatiy amal qilish talab etiladi. Ular quyidagilar:
dalil tegishli subyekt tomonidan, ya’ni dalilni olish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual
harakatni o‘tkazishga vakolatli mansabdor shaxs tomonidan olingan bo‘lishi;
faktga oid ma’lumotlar faqat JPK 81-moddasining ikkinchi qismida qayd etilgan
manbalardan olingan bo‘lishi;
dalil uni olish bilan bog‘liq protsessual harakatni o‘tkazishga oid qoidalar va tartibga
rioya etilgan holda olingan bo‘lishi;
dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilishiga doir
qonunning barcha talablariga amal qilingan bo‘lishi shart.
4
Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария
ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги
Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
5
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала
қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
110
Sudlarga tushuntirilsinki, dalillar maqbulligiga taalluqli yuqorida sanab o‘tilgan
shartlardan birortasiga amal etilmasligi dalilning maqbul emas deb topilishiga asos bo‘ladi.
Tergov xarvkatlari orqali-tezkor qidiruv va surishtiruv xaraqatlari yoxud dasilabki
tergov va tergovna qadar tekshiriruv davrida o‘tkazilishi mumkun bo‘lgan tergov xarakatlari
so‘roq kilish, qo‘zdan kechirish, ko‘rsatuvlarni oldindan mustaxkamlab qo‘yish,
yuzlashtirish,tanib olish uchun ko‘rsatish, ko‘rsatuvlarni xodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish,
guvoxlantirish, egzogumatsiya, ekspriment, olib qo‘yish va tintuv, Pochta-telegraf
jo‘natmalarini xatlab qo‘yish, Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib
boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish,taftish,
Ekspertiza tekshirish uchun namunalar olish va ekspertiza tayinlash orqali dalillarni to’plash
mumkin.
Ishni sudga qadar yuritish jarayonida dalillar qonunchilik talablariga muvofiq qonuniy,
ishonchli va aniq bo‘lishi kerak.
Tergov harakatlari orqali – qidiruv, surishtiruv, so‘roq, ekspertiza tayinlash.
Protsessual harakatlar – hujjatlarni so‘rab olish, gumondorni tekshirish, taftish
o‘tkazish.
Zamonaviy texnologiyalar orqali – videokuzatuv, telefon suhbatlarini yozish,
internetdagi ma’lumotlarni tahlil qilish.
Surishtiruv va tergov jarayonida dalillarni to’plash bilan bog’liq yuzaga kelayotgan
muammolarni bartaraf etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, tergov
harakatlarini holisona hamda qonunchilik normalari asosida ta’minlashda surishtiruv va
tergov organlarining mansabdor shaxslari dalillarni baholashda o’zlarinining subyektiv fikr
va qarashlariga ham e’tiborli bo’lishi va ma’sulyat bilan yondashishi talab etiladi
6
.
Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki,
to‘plash paytida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi sababli maqbul emas deb topilgan ayrim
dalillardan isbot qilishda tegishli protsessual harakatlar belgilangan talablarga amal qilgan
holda o‘tkazilgandan so‘ng foydalanilishi mumkin (masalan, tergov yoki sud harakati o‘tkazish
bayonnomalarida ayrim ma’lumotlar yoki bandlarning yo‘qligi, basharti bu kamchilikni
xolislar, ushbu harakatning boshqa ishtirokchilarini, zarur hollarda esa, surishtiruvchi yoki
tergovchini so‘roq qilish orqali bartaraf qilish imkoniyati bo‘lsa va h.k.). Shu bilan birga,
maqbul emas deb topilgan ayrim dalillarni, ularning yuridik tabiatiga ko‘ra, tiklashning
imkoniyati yo‘q (masalan, qonunga muvofiq roziligi olinishi shart bo‘lgan hollarda
jabrlanuvchini, guvohni uning roziligini olmasdan takroran so‘roq qilish, shaxsni yoki narsani
tanib olish uchun takroran ko‘rsatish va h.k.) bo‘lib, bu isbot qiluvchi subyektni muayyan
holatni tasdiqlovchi vosita sifatida mazkur dalilga tayanish huquqidan mahrum etadi.
Elektron ma’lumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan
ma’lumotlardir
7
. Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa
shaxslar elektron ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning ko‘chirma nusxasini elektron jismdan
6
Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган
шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва
психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси.
7
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала
қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
111
elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli.
Tergovga kadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror yoki sud taqdim etilgan elektron ma’lumotlarni mutaxassis ishtirokida
qabul qilib oladi hamda elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan birlamchi elektron jismlarni
ko‘zdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan
elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi. Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan elektron ma’lumotlar, shu jumladan elektron
tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmog‘ida saqlanayotgan
ma’lumotlar, shuningdek boshqa elektron ma’lumotlar raqamli dalillardir. Raqamli dalildan
ko‘chirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan o‘xshashligi saqlansa, yo‘l qo‘yiladi.
Raqamli dalildan ko‘chirma nusxa olishga yo‘l qo‘yilishi o‘zidan mazkur ko‘chirma nusxa
olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan ta’minlanadi.Guvoh, jabrlanuvchi, gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar raqamli dalillarning ko‘chirma
nusxalarini qog‘ozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning
qog‘ozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas. Tergovga kadar tekshiruv,
surishtiruv, tergov va sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan,
elektron ma’lumotlar tarzida shakllantirilgan audio-, videoyozuvlar ham raqamli dalillar
hisoblanadi. Raqamli dalilning ko‘chirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi
8
.
Hozirgi kunda texnologiyalar jinoyat ishlari bo‘yicha dalillarni yig‘ish va saqlashda katta
rol o‘ynaydi. Internetdagi yozishmalar, mobil telefonlardagi ma'lumotlar, elektron pochta
xabarlari va boshqa raqamli izlarni aniqlash va tahlil qilish ko‘p hollarda hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘ladi. Tahlil qilish uchun maxsus dasturlar va asboblar ishlab chiqish zarur.
Jinoyat joylaridagi kuzatuv kameralari orqali video dalillarni yig‘ish va saqlashni kengaytirish,
shu bilan birga, ushbu materiallarning noqonuniy ishlatilishini oldini olish maqsadida
xavfsizlikni kuchaytirish. Biometrik usullar (masalan, yuzni tanish, barmoq izlari, irishlarni
tekshirish) orqali jinoyatlarni aniqlash va dalillarni to‘plashni takomillashtirish. Bu usullar
jinoyatni aniqlashda yuqori samaradorlikni ta'minlaydi. Dalillarni yig‘ishda va tekshirishda
qonuniylikka alohida e'tibor berish kerak
9
. G‘ayriqonuniy usullar bilan yig‘ilgan dalillar sudda
qabul qilinmasligi lozim. Shu sababli, tergovchilar va prokurorlar tomonidan dalillarni
yig‘ishda yangi va modern usullardan foydalanish uchun doimiy ravishda malaka oshirish
kurslari tashkil etish zarur. Xalqaro jinoyat protsessual qonunchiligi va dalil to‘plash
amaliyotiga muvofiq ravishda, O‘zbekiston Respublikasining jinoyat protsessual qonunchiligi
va dalillarni to‘plash jarayonlari takomillashtirilishi kerak. Xalqaro huquqning prinsiplariga
rioya qilish, masalan, inson huquqlari va shaxsiy erkinliklarni hurmat qilish
10
.
Tergovchilarning malakasini oshirish, ularning jinoyat ishlari bo‘yicha bilimlarini yangilab
borish va zamonaviy usullarni o‘rganish, dalil to‘plashda yuqori samaradorlikka erishishga
yordam beradi. Maxsus treninglar, seminarlar va xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini
yaratish. Ko‘plab jinoyat turlari uchun maxsus ekspertiza turlari zarur, masalan,
8
Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал
қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
9
А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти. Эксмерткриминалистик фаолият:
истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон
Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
10
Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим
мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
112
kiberjinoyatlar, moliyaviy jinoyatlar, korrupsiya va boshqalar. Yangi ekspertiza sohalarini
rivojlantirish, shu jumladan, texnik tahlil usullarini, kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertizalarni
takomillashtirish zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги
Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.
Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.
4.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.
5.
Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари
// Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.
Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //
“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.
Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш
йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.
Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга
хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
10.
Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик
жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.
Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг
жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп
моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.
А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда
жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.
А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти.
Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
113
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.
А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган
тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.
А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро
тажриба
ва
ўзбекистон
қонунчилигини
такомиллаштириш
истиқболлари
//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.
Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий
жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.
Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари
билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления
педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.
Н.Қ.Усманалиев.
Протсессуал
муддатларнинг
ҳисоблашда
қўлланилувчи
меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.
Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган
жойни кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в
системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.
Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт
//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.
Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг
ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.
Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик
жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.
Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-
протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.
Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию
общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова //
Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по
материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд.
«Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
26.
Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда
жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.