31
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ZAMONAVIY BANK XIZMATLARINI
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Jurayev Zaripjan Yuldashevich
O’zbekiston Sanoat Qurilish aksiyadorlik tijorat banki
Davlat dasturlari va loyihalari bilan ishlash departamenti
katta menedjer
https://doi.org/10.5281/zenodo.14053943
Annotatsiya:
tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda zamonaviy bank xizmatlarini
joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada tijorat banklarida zamonaviy bank
xizmatlarini kengaytirish, bank faoliyatiga zamonaviy bank xizmatlarini ta’siri, mijozlarga
xizmat ko’rsatish usullari, masofaviy bank xizmatlarining rivojlantirish istiqbollari o’rganiladi.
Kalit so’zlar:
masofaviy bank xizmatlari, tijorat banklari, mobil banking, bank-mijoz,
internet-banking, mijoz.
Аннотация:
внедрение современных банковских услуг имеет важное значение в
развитии коммерческих банков. В данной статье рассматривается расширение
современных банковских услуг в коммерческих банках, влияние современных
банковских услуг на банковскую деятельность, методы обслуживания клиентов, а
также перспективы развития дистанционного банковского обслуживания.
Ключевые слова:
дистанционное банковское обслуживание, коммерческие
банки, мобильный банкинг, банк-клиент, интернет-банкинг, клиент.
Abstract:
the introduction of modern banking services is important in the development
of commercial banks. This article examines the expansion of modern banking services in
commercial banks, the impact of modern banking services on banking activities, customer
service methods, and prospects for the development of remote banking services.
Keywords:
remote banking services, commercial banks, mobile banking, bank-client,
internet banking, client.
Tijorat banklari faoliyati mijozlar bilan bog’liq bo’lib, raqobatbardoshlikni oshirish
uchun mijozlarni jalb qilish kerak. Mijozlarning ishonchini oshirish, xizmat turlarini, sifatini,
tezkorlikni oshirish, qulayliklarni yaratish mijozlarni jalb qilish uchun samarali yo’l
hisoblanadi. Shu sababli zamonaviy bank xizmatlari , yangi texnologiyalarga bo’lgan ehtiyoj
o’sib bormoqda. Hozirgi kunda mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida tijorat banklari
turli innovatsion, zamonaviy, masofaviy bank xizmatlarini taklif qilmoqdalar. Bularga misol
qilib Bank-mijoz, internet banking, mobil banking xizmatlarini ko’rsatishimiz mumkin.
Zamonaviy texnologiyani rivojlanishi banklar va bank mijozlari o’rtasidagi masofani sezilarli
darajada kamaytirishi, banklararo raqobatni kuchaytirishi va bank xizmatlarini miqdoriy sa
siaft jihatdan rivojlanishiga hissa qo’shib kelmoqda.
2020 yil 12 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-2025
yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Strategiya Markaziy bank va Moliya vazirligi
tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakat bank tizimining joriy holatini o’rganish
natijalari bo’yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya
sektorini transformatsiya qilish tajribasi hamda moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni
inobatga olgan holda ishlab chiqildi.
32
Masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish turli bank operatsiyalarini masofadan amalga
oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga
tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya. Masofaviy
texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan
ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.
Masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi bank xizmatlari tizimida yangi hajmdagi va yangi
shakldagi turli xizmatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Tijorat banklari tomonidan yaratilgan birinchi masofaviy xizmt turi bu Bank-mijoz, SMM
banking xizmatlari bo’lgan. Bank-mijoz dasturi yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan bo’lib,
mijozlar kompyuterlariga maxsus dastur o’rnatilib, shu dastur orqali o’z hisobraqamlarini
kuzatishlari va amaliyotlarni bajarishlari mumkin bo’lgan. Sms banking xizmati esa jismoniy
shaxslar plastik raqamlaridagi amaliyotni haqida xabar beruvchi xizmat turi hisoblanadi.
Hozirgi kunda Respublikamizdagi barcha tijorat banklarini o’zlarining mobil banking ilovasiga
egadirlar. Mobil banking ilovasi mijozlar uchun ko’p qulayliklarni yaratadi. Bu ilovalar orqali
mijozlar deyarli barcha bank xizmatlaridan masofadan turib foydalanishlari mumkin: pul
o’tkazmalari(mahalliy, xalqaro), omonat ochish, plastik kartaga buyurtma berish, konversiya,
kreditlar olish yana ko’plab xizmatlarni sanab o’tishimiz mumkin.
Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanadiganlar soni ortib bormoqda. 2024-yil
sentyabr oyida bunday xizmat ko‘rsatish kanallaridan foydalanuvchilar soni 48,4 million
kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 23,1 foizga va 5 yil avvalgiga nisbatan 4,7
baravarga ko‘p. Deyarli barchasi jismoniy shaxslar hisoblanadi. Yil davomida ularning soni
23,5 foizga, 5 yil ichida esa 4,8 barobarga oshib, 47 million kishiga yetgan. Masofaviy bank
tizimlaridan foydalanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 2024-yil
sentyabrda 1,4 million nafarni tashkil etgan – ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 9,9
foizga, 5 yil avvalgiga nisbatan esa 2,3 barobarga ko‘p.
Masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardan
foydalanuvchilarning soni 2023-yil 1-noyabr holatiga
№
Bank
Yuridik shaxslar va
yakka tartibdagi
tadbirkorlar
Jismoniy shaxslar
Jami
1
Milliy bank
97 296
1 614 472
1 711 768
2
O‘zbekiston sanoat-qurilish
banki
72 183
5 993 998
6 066 181
3
Agrobank
197 533
5 378 755
5 576 288
4
Ipoteka-bank
164 079
2 793 710
2 957 789
5
Mikrokreditbank
69 436
980 080
1 049 516
6
Xalq banki
117 911
3 904 633
4 022 544
7
Garant bank
6 853
93 383
100 236
8
Biznesni rivojlantirish banki
29 407
256 665
286 072
9
Turonbank
47 590
456 346
503 936
10
Hamkorbank
123 737
1 551 297
1 675 034
33
Hozirgi kunda masofaviy bank xizmatlarni rivojlantirish tijorat banklari faoliyatini
asosini tashkil qiladi. Mobil bank ilovalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, yana boshqa
xizmat turlarini qo’shish kerak bo’ladi. Masofaviy bank xizmatlarini rivojlanishi mijozlarni
idenfikatsiya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Idenfikatsiya jarayonida kelib chiqadigan
muammolarga yechim toppish uchun Ichki ishlar bazasidan integratsiya qilish imkoniyatlarini
yaratib berilsa, mijozlar uchun qiyinchilik tug’dirmaydi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yillik xisobotlari.
2.
Tasheva Nigina Umarovna O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY BANK XIZMATLARINI
RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Международный научный журнал № 17 (100),часть 1
«Научный импульс» Января , 2024
3.
Kadirov Laziz O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ZAMONAVIY BANK XIZMATLARININ
RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
ILM-FAN
VA
INNOVATSIYAILMIY-AMALIY
KONFERENSIYASI
4.
Sherali Sultonov Nuraliyevich, Nodira Soatova Bobokhanovna. Ways of Fund Market
Development in Uzbekistan. Eurasian Scientific Herald.2022 4.
5.
Sherali Sultonov. Directions of state regulation of the stock market. International Journal
of Economic Growth and Environmental. 2021
