TURISTIK AGLOMERATSIYALARNI IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Annotasiya

Ushbu maqolada turistik aglomeratsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Turistik aglomeratsiyalarni samarali boshqarish, infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish va mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish orqali turizm sohasining iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda turistik aglomeratsiyalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
128-131
29

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Toshev , N. (2024). TURISTIK AGLOMERATSIYALARNI IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 3(14), 128–131. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/63028
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada turistik aglomeratsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Turistik aglomeratsiyalarni samarali boshqarish, infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish va mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish orqali turizm sohasining iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda turistik aglomeratsiyalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

128

TURISTIK AGLOMERATSIYALARNI IQTISODIY SAMARADORLIGINI

OSHIRISH

Nurbek Toshev Janon o’g’li

Qarshi davlat universiteti Turizm va marketing kafedrasi

mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14437933

Annotatsiya:

Ushbu maqolada turistik aglomeratsiyalarning iqtisodiy samaradorligini

oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Turistik aglomeratsiyalarni samarali boshqarish,
infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish va mintaqalararo
hamkorlikni kengaytirish orqali turizm sohasining iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishning
asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda turistik aglomeratsiyalarning rivojlanishiga
to‘sqinlik qiluvchi omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab
chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Turistik aglomeratsiyalar, iqtisodiy samaradorlik, infratuzilma,

innovatsiyalar, mintaqalararo hamkorlik, turizm rivojlanishi.

Kirish.

Turizm zamonaviy iqtisodiyotning tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan

tarmoqlaridan biri bo‘lib, u mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin
tutadi. So‘nggi yillarda turistik aglomeratsiyalar konsepsiyasi turizmni rivojlantirishning
asosiy vositalaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Turistik aglomeratsiyalar – bu bir-biriga
yaqin joylashgan hududlarda turistik salohiyatni birlashtirish, resurslarni samarali taqsimlash
va turizm xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan mintaqaviy birliklardir. Turistik
aglomeratsiyalarni rivojlantirish orqali nafaqat mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini
ko‘paytirish, balki hududlarning iqtisodiy salohiyatini kuchaytirish, yangi ish o‘rinlarini
yaratish va infratuzilmani modernizatsiya qilish imkoniyatlari yuzaga keladi. Shuningdek, bu
jarayon mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal
qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada turistik aglomeratsiyalarni
boshqarishning zamonaviy usullari, iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun innovatsion
yondashuvlarning ahamiyati, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish masalalari atroflicha
tahlil qilinadi. Bundan tashqari, turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda duch kelinadigan
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham yoritiladi.

Mahalliy hunarmandchilik, madaniy tadbirlar va turistik xizmatlarning rivojlanishi

viloyat iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi.Optimal joylashtirishda yuqoridagi omillar
hisobga olinishi bilan viloyat turizmi tizimli va strategik rivojlanishi mumkin. Mintaqa turistik
aglomeratsiya shaklida rivojlantirilganda, sayyohlar uchun keng ko‘lamli xizmatlar va
imkoniyatlar yaratiladi, bu esa mintaqaga sayyohlar oqimini ko‘paytiradi. Shunday qilib,
mintaqada mavjud tabiiy va madaniy resurslardan samarali foydalanish orqali turistik
salohiyat to‘liq amalga oshiriladi. Bu esa, hududning turistlarga bo‘lgan jozibadorligini
oshiradi, turizmga investitsiyalar oqimini jalb qiladi va mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlash
imkonini beradi. Turistik aglomeratsiyalar barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish uchun
muhim omil hisoblanadi. Bu jarayon atrof-muhitni himoya qilish, resurslardan oqilona
foydalanish va mahalliy aholini iqtisodiy rivojlanish jarayoniga jalb qilish orqali amalga
oshiriladi. Barqaror turizm ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarning uyg‘unligini ta’minlab,
uzoq muddatli rivojlanishni kafolatlaydi. Shu bilan birga, atrof-muhitning ifloslanishini


background image

129

kamaytiradi, mahalliy aholining turizm bilan bog‘liq daromadlarini oshiradi va hududiy
resurslardan samarali va uzoq muddatli foydalanishni ta’minlaydi.

Turistik aglomeratsiyalarni iqtisodiy samaradorlik va o‘sish nazariyasi turli olimlar

tomonidan o'rganilgan. Paul Krugman

,

Nobel mukofoti sovrindori, o'zining "Yangi iqtisodiy

geografiya" (New Economic Geography) nazariyasida iqtisodiy faoliyatning geografik
joylashuvini va o‘sishini tahlil qiladi

1

. U aglomeratsiya jarayonini tushuntiradi va iqtisodiy

faoliyatning muayyan hududlarda to'planishining samaradorlik va o‘sishga qanday ta'sir
qilishini o'rganadi. Krugmanning modeli turizm aglomeratsiyalarini ham o‘rganishda foydali,
chunki u iqtisodiy faoliyatning klasterlashuvi orqali mintaqaviy o'sish va raqobatbardoshlikni
tushuntirishga yordam beradi. Robert Solow

2

1950-yillarda ishlab chiqqan Solow o'sish

modeli iqtisodiy o‘sishni kapital, ishchi kuchi va texnologik rivojlanish omillari bilan bog'laydi.
Solowning iqtisodiy o‘sish modeli turistik aglomeratsiyalar doirasida foydalanilishi mumkin,
chunki bu nazariya resurslar samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va
iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish orqali iqtisodiy faoliyatni qanday rivojlantirish
mumkinligini ko'rsatadi. Ushbu maqolani yozish jarayonida qiyosiy tahlil, matematik tahlil,
tadqiqot usulidan foydalanildi va uning natijalari tadqiqot asosi qilib olinadi. Unda guruhlash,
taqqoslash, sistemali yondashish, analiz va sintez kabi usul va uslublardan foydalanildi.

Mintaqada turistik aglomeratsiyalarni tashkil qilish bosqichlari bir necha muhim

jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichlar mintaqaviy turizmni rivojlantirish uchun
muhim strategik rejalashtirish va resurslarni samarali boshqarishni talab etadi.

Birinchi tahlil qilish va tadqiqot bosqichi bo’lib, mintaqaning tabiiy, madaniy va iqtisodiy

salohiyati o‘rganiladi. Shu jumladan, mavjud sayyohlik joylari, infratuzilma, xizmat ko‘rsatish
darajasi va mahalliy resurslar baholanadi. Bozor tadqiqoti, Sayyohlar ehtiyojlari, afzalliklari
va talablari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilib, potensial turistik oqim va turlari aniqlanadi.
Raqobatbardoshlik tahlil qilinadi, mintaqaning boshqa hududlarga nisbatan raqobatbardosh
jihatlari va kamchiliklari aniqlanadi.

Ikkinchi bosqich, strategik rejalashtirish bosqichi bo’lib, turistik maqsad va

strategiyalarni belgilaydi. Mintaqani qanday turistik maqsadlar uchun rivojlantirish
kerakligini aniqlash (ekoturizm, madaniy turizm, sog‘lomlashtirish turizmi va h.k.). Bunda
uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqiladi. Mintaqaning brendi yaratiladi. Mintaqani
sayyohlar orasida taniqli qilish uchun uni noyob turistik brend sifatida shakllantirish. Bu
brend mintaqaning o‘ziga xos jihatlari va madaniy boyliklarini aks ettirishi kerak. Mintaqaviy
hamkorlikni shakllantirish, hududiy tashkilotlar va mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlik
aloqalarini o‘rnatish va turizm rivojlanishiga hissa qo‘shadigan klasterlar yaratishni ko‘zda
tutadi.

Uchinchi bosqich, infratuzilma va xizmatlar yaratish bosqichi bo’lib, transport va

logistika infratuzilmasini yaxshilaydi. Sayyohlar uchun qulay va xavfsiz transport
yo‘nalishlari, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari yaratiladi. Mintaqaning sayyohlik maskanlari
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni kuchaytirish, mehmonxonalar, restoranlar va ko‘ngilochar
maskanlar qurish, mintaqada zamonaviy talablar asosida turizm xizmatlarini taqdim etuvchi
infratuzilmani yaratish, axborot markazlari va gid xizmatlarini rivojlantirish, Sayyohlarga

1

E.J. Malecki, in

International Encyclopedia of the Social & Behavioral Sciences

, 2001

2

R. Solow

.

A Contribution to the Theory of Economic Growth.

The Quarterly Journal of Economics

, Volume 70, Issue

1, February 1956, Pages 65–94,

https://doi.org/10.2307/1884513


background image

130

kerakli axborotlarni oson topishlari uchun turistik axborot markazlari tashkil qilish uchun,
malakali gidlar xizmatini yo‘lga qo‘yiladi.

Turtinchi bosqich, marketing va reklama bosqichi bo’lib, targ‘ibot kampaniyalari,

raqamli marketing va boshqa reklama kanallari orqali mintaqaning turistik salohiyatini keng
miqyosda targ‘ib qiladi. Mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalar, festivallar va tadbirlarda ishtirok
etish uchun, turistik paketlarni ishlab chiqiladi. Mintaqa bo‘ylab sayohat qilish uchun turistik
paketlarni shakllantiriladi va bu paketlar mehmonxona, transport va ekskursiyalarni o‘z
ichiga oladi. Onlayn platformalarni rivojlantirish orqali, sayyohlar uchun mintaqaning turistik
xizmatlari, ekskursiyalari va tadbirlarini onlayn tarzda buyurtma qilish imkoniyatini
yaratiladi.

Beshinchi bosqich, monitoring va rivojlantirish bosqichi bo’lib, natijalarni tahlil qilish,

mintaqaga kelayotgan sayyohlar soni, ularning qoniqish darajasi, xizmatlar sifatini doimiy
monitoring qilish, tashqi sarmoyalar jalb qilish: Mahalliy va xalqaro sarmoyalarni jalb qilish
uchun moliyaviy manbalar va grantlarni izlash. Xususiy sektor bilan hamkorlikni
mustahkamlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamli texnologiyalar va zamonaviy
turizm xizmatlarini takomillashtirish orqali mintaqani yanada jozibador qilish kabi
mintaqaning turistik aglomeratsiya sifatida shakllanishini ta’minlaydi va bu jarayon
mintaqaviy iqtisodiyotga katta foyda keltiradi, sayyohlar oqimini ko‘paytiradi va mahalliy
aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratadi.

Xulosa.

Turistik aglomeratsiyalarni iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi

xulosalar va takliflar ishlab chiqildi. Turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirish, iqtisodiy
samaradorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini
yaxshilaydi. Infratuzilmaning rivoji va mintaqalararo hamkorlik turizm sohasida barqaror
o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan hisoblanadi. Innovatsion yondashuvlarni tatbiq
etish orqali turistik xizmatlarning sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlash
mumkin. Turistik aglomeratsiyalarni boshqarishning samarali strategiyalarini ishlab chiqish
va ularni amalga oshirish. Hududlarda turistik infratuzilmani modernizatsiya qilish va
zamonaviy xizmatlarni joriy etish. Mintaqalararo va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash
orqali turistik oqimlarni ko‘paytirish. Davlat va xususiy sektor o‘rtasida sheriklik aloqalarini
kengaytirish va investitsiyalarni jalb qilish. Mahalliy aholining turizm sohasidagi faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash va ularga imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga egadir.

References:

1.

Mukhitdinov, H. S., and F. A. Norkobilova. "Prospects for Development of Digital

Economy in Entrepreneurship."

Academic Journal of Digital Economics and Stability

(2021):

27-36.
2.

Nazarova Gulruh Umarjonovna Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich. “FORECASTING

FAMILY HOUSEHOLD THROUGH TREND MODELING”, “Journal of Northeastern University
ISSN:1005-3026” Ст 1074-1083
3.

Madina Bozorova Xudayar Muxitdinov, Farrux Qodirov “THE ROLE AND IMPORTANCE

OF TELEMEDICINE IN THE PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION”.
International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT
2022.


background image

131

4.

Mukhitdinov Kh.S. Econometric Modeling Of Public Service Networks. Psychology and

Education (2020) 57(8): 625-632 ISSN: 00333077
5.

Suyinovich, Muxitdinov Xudoyor, Rakhimov Anvar Norimovich, and Muxitdinov

Shoxjaxon Xudoyorvich. "The forecast for the development of the public services sector." Solid
State Technology 63.6 (2020): 18671-18681.
6.

Mukhitdinov, Shoxijahon Khudoyarogli. "An imitation model of quality utility services to

the population." South Asian Journal of Marketing & Management Research 10.12 (2020): 44-
50.

7.

Юлдошев Дониёр Абдурахмонович Ш.Х.Муқхитдинов. “МИНТАҚА ТУРИЗМИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ОПТИМАЛ ТАРТИБГА СОЛИШ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ”,
ACADEMIC

RESEARCH

IN

MODERN

SCIENCE,

2023/2,

https://doi.org/10.5281/zenodo.7623681

8.

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik

modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb

academic papers collection. 2023/1/1.
10.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси

ҳолатини башоратлаш."

Сервис” илмий-амалий журнал

(2022): 56-59.

11.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF

MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."

Berlin Studies Transnational

Journal of Science and Humanities

2.1.1 Economical sciences (2022).

12.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE

HELP

OF

SOFTWARE

PACKAGES

FOR

MEDICAL

SERVICES

IN

THE

REGIONS."

Conferencea

(2022): 128-130.

Bibliografik manbalar

Mukhitdinov, H. S., and F. A. Norkobilova. "Prospects for Development of Digital Economy in Entrepreneurship." Academic Journal of Digital Economics and Stability (2021): 27-36.

Nazarova Gulruh Umarjonovna Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich. “FORECASTING FAMILY HOUSEHOLD THROUGH TREND MODELING”, “Journal of Northeastern University ISSN:1005-3026” Ст 1074-1083

Madina Bozorova Xudayar Muxitdinov, Farrux Qodirov “THE ROLE AND IMPORTANCE OF TELEMEDICINE IN THE PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION”. International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2022.

Mukhitdinov Kh.S. Econometric Modeling Of Public Service Networks. Psychology and Education (2020) 57(8): 625-632 ISSN: 00333077

Suyinovich, Muxitdinov Xudoyor, Rakhimov Anvar Norimovich, and Muxitdinov Shoxjaxon Xudoyorvich. "The forecast for the development of the public services sector." Solid State Technology 63.6 (2020): 18671-18681.

Mukhitdinov, Shoxijahon Khudoyarogli. "An imitation model of quality utility services to the population." South Asian Journal of Marketing & Management Research 10.12 (2020): 44-50.

Юлдошев Дониёр Абдурахмонович Ш.Х.Муқхитдинов. “МИНТАҚА ТУРИЗМИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ОПТИМАЛ ТАРТИБГА СОЛИШ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ”, ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, 2023/2, https://doi.org/10.5281/zenodo.7623681

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси ҳолатини башоратлаш." Сервис” илмий-амалий журнал (2022): 56-59.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION." Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities 2.1.1 Economical sciences (2022).

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE HELP OF SOFTWARE PACKAGES FOR MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 128-130.