Авторы

  • O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Yurisprudensiya (Islom huquqi ) 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.73208

Ключевые слова:

Mahmudxo‘ja Behbudiy jadidchilik xorijiy tillar jaholat maorif milliy go‘ya

Аннотация

Mazkur tezis o‘zbek ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik faoliyatini XXI asr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi. Behbudiyning milliy o‘zlik, ma’rifatparvarlik ilm-fan va xorijiy tillarni o‘rganishdagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va yoshlar uchun muhim yo‘nalishlarni belgilab beradi. Maqola ushbu g‘oyalarni hozirgi zamon kontekstida tahlil qilib, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, maqolada Behbudiyning merosi yoshlar ongida milliy o‘zlikni shakllantirish, jaholatga qarshi kurashish va taraqqiyotga intilish kabi vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan.


background image

136

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY G‘OYALARI XXI ASR YOSHLARI ONGI VA

TAFAKKURIDAGI AHAMIYATI

Yodgorova Zebo Nurbek qizi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,

Yurisprudensiya (Islom huquqi ) 2-bosqich talabasi

e-mail; zeboyodorova77@gail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15068094

Annotatsiya:

Mazkur tezis o‘zbek ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik

faoliyatini XXI asr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi. Behbudiyning milliy o‘zlik, ma’rifatparvarlik
ilm-fan va xorijiy tillarni o‘rganishdagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan va yoshlar uchun muhim yo‘nalishlarni belgilab beradi. Maqola ushbu g‘oyalarni
hozirgi zamon kontekstida tahlil qilib, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yoritiladi.
Shuningdek, maqolada Behbudiyning merosi yoshlar ongida milliy o‘zlikni shakllantirish,
jaholatga qarshi kurashish va taraqqiyotga intilish kabi vazifalarni amalga oshirishda muhim
ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik, xorijiy tillar, jaholat, maorif, milliy

go‘ya

Abstract:

This article analyzes the Jadid activities of the Uzbek enlightener Mahmudkhoja

Behbudi from a 21st-century perspective. Behbudi's views on national identity, enlightenment,
science, and the study of foreign languages remain relevant today and define important
directions for young people. The article examines these ideas in the context of modernity and
highlights their role in youth education. Additionally, it demonstrates that Behbudi's legacy is
crucial in accomplishing tasks such as shaping national identity in the minds of young people,
combating ignorance, and striving for progress.

Key words:

Mahmudkhoja Behbudi, jaded, foreign languages, ignorance, education,

national idea.

KIRISH

O‘zbek jadidchiligining yorqin namoyondasi, ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy

o‘zining qisqa, ammo sermahsul hayoti davomida o‘zbek xalqining kelajagi uchun kurashdi.
Uning ta’lim, madaniyat va milliy o‘zlikni anglash masalalariga qilgan xizmatlari beqiyosdir.
Bugungi kunda, globalizatsiya va axborot texnologiyalari asrida, Behbudiyning g‘oyalari
yoshlar uchun yangicha ahamiyat kasb etmoqda. XIX asrda ildiz otib ulgurgan jadidchilik
g‘oyalari XX asr boshlarida Turkistonda muntazam amaliy harakatga aylanganiga tarix guvoh.
Mahmudxo‘ja Behbudiy ham jadid namoyondasi sifatida XX asr boshida tarix sahnasiga
chiqqanligi haqiqatdir. Adabiyotshunos A.Aliyev yozganidek, “Behbudiy haqida gap ketganda
jadidlarni, jadidlar haqida gap ketganda Behbudiyni chetlab o‘tib bo‘lmaydi”. Sharqshunos
L.Azizzodaga murojaat qiladigan bo‘lsak quyidagi fikrlarga duch kelamiz: “Turkistonning
uyg‘onish davrini uch qismga – maorif, matbuot va jamiyatga bo‘lib tekshira boshlasak, bu
harakatlarning boshida Behbudiy turganini ko‘ramiz”. Ushbu fikrlar orqali ham Behbudiyning
millat taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos ekanligiga guvoh bo‘lamiz.

ASOSIY QISM

Har bir mamlakatda islohot va madaniyat yuksalishi, uning taraqqiy etishi shu mamlakat

yoshlarining ilmi, shijoati, ma’naviy salohiyatiga bog‘liqdir. Behbudiy ijodida yoshlarga
murojaat shaklida bir nechta fikrlari o‘rin olgandir. Uning har millat, birinchi o‘rinda ta’lim


background image

137

tizimining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan maktabni zamonga moslab isloh etib,
ko‘paytirmaguncha taraqqiyot yo‘liga kirib rivojlana olmasligi haqida fikrlari hozirgi kunda
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Zero, ta’lim – har qanday mamlakatning eng muhim asosidir.
U holda taraqqiyot, iqtisodiy yuksalish, ijtimoiy barqarorlik va innovatsiyalar haqida gap
bo‘lishi mumkin emas. Mamlakatlarning rivojlanganligining asosi ta’limga alohida e’tibor
berishi, uni zamonaviylashtirishi va jamiyatning barcha qatlamlari uchun ochiq qilishidadir.
Behbudiy madaniyatdan mahrum bo‘lishning, ta’lim bilan qurollanmagan millatning ahvoli
nima bo‘lishi haqida ham so‘z yuritgan. Bunday millat dunyoda rohat va saodat yuzini
ko‘rolmay, “muborazai hayot” maydonida mag‘lub bo‘lib, oyoqlar ostida ezilishini, o‘zgalar
asiriga aylanib milliylik, o‘zlikni unutish va qo‘ldan boy berish kabi oqibatlarni ko‘rsatib o‘tgan.

Har qanday millatning yuksalishi va davlatning rivojlanishi bevosita uning zamon bilan

hamnafas bo‘lishiga, ya’ni dunyodagi o‘zgarishlar, yangiliklar va taraqqiyot jarayonlaridan
xabardor bo‘lishiga bog‘liq . Tarixga nazar tashlasak, rivojlangan davlatlar doimo zamonaviy
milimlarni egallash, texnologik yangiliklarga moslashish va dunyo hamjamiyati bilan
hamqadam bo‘lish orqali muvaffaqiyatga erishganini ko‘ramiz. XXI asrdagi bu fikrlar bir asr
oldin ham dolzarb, bajarilishi muhim amallardan bo‘lgan. O‘tgan asrda paydo bo‘lgan
jadidchilik g‘oyalari va harakatining asosiy mahsullaridan biri – yangi usuldagi maktab-maorif
tizimining vujudga kelishidir. Ushbu usuldagi maktablarning maqsadi diniy bilimlar bilan birga
dunyoviy bilimlarni targ‘ib qilish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, shuningdek, faqat
ilm berish bilan cheklanmay, balki yosh avlod qalbida milliy o‘zlik, vatanparvarlik va
taraqqiyotga intilish ruhini uyg‘otish maqsadini ham ko‘zlagan. O‘sha paytda ko‘plab sohalarda
milliy kadrlarning yo‘qligi, jamiyatning og‘ir ahvolini ko‘rsatib bergan. Xalqning huquqlarini
himoya qiladigan, uning ehtiyojlarini davlatga olib chiqadigan demokratik tomondan aslida
xalq vakili bo‘lishi kerak bo‘lgan Davlat Dumasida Turkiston aholisining nafiga harakat
qiladigan vakil yo‘qligi, insonlarni davolaydigan xalq ichidan chiqqan shifokor, imorat qilish
uchun, uning loyihasini tuzadigan injener, buxgalteriya hisobini yuritadigan hisobchi
o‘zimizdan topilmaganligi ilmga befarq bo‘lmagan jadidlarni chuqur o‘ylantirib, ularni xalq
orasida keng targ‘ib qilishga undadi.

Behbudiy o‘zining “Yoshlarga murojaat” maqolasida yoshlarni ilm olishga, kasb-hunar

o‘rganishga va jamiyatga foydali inson bo‘lishga chaqirgan. Globallashuv zamonida yashar
ekanmiz, milliyligimizga putur yetkazuvchi “ommaviy madaniyat”, milliy madaniyatga to‘g‘ri
kelmaydigan har xil yot g‘oyalar soniyalar ichida kirib kelmoqda. Bunday g‘oyalarga qarshi
immunitetni shakllantirish, jaholatga qarshi kurashish har bir insonning asosiy vazifasi va
burchidir. Shuningdek, Behbudiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir. O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar
halokatdan qutqara oladigan yagona kuch – ma’rifatdir”. Ma’rifatli, ilmli yoshlari bo‘lgan davlat
qurol-yarog‘ga ega bo‘lgan har qanday kuchli davlatdan ham kuchlidir . Behbudiy bu kabi
masalalarda qayta-qayta xalqqa murojaat qiladi, ulardan ma’rifat yo‘lida harakat qilishni,
birlashishni talab qiladi. Zero, bir millatning ravnaqi va mustahkamligi uning moddiy qudratida
emas, balki xalqining ma’naviy yetukligi va ilm-fan bilan qurollanganligida namoyon bo‘ladi.
Behbudiyning fikricha, yoshlar qalbida ilmga, ma’rifatga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish – bu
kelajakni yorqin qilish yo‘lidagi eng muhim qadamdir. Shu sababli, har bir yosh avlodni ilm
olishga, zamonaviy fan va texnologiyalarni egallashga, o‘z millatining madaniyati va tarixini


background image

138

chuqur undash lozim. Faqat ana shundagina biz Behbudiy orzu qilgan taraqqiy topgan,
ma’rifatli jamiyatni barpo eta olamiz.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida xalqning ilm olish,

taraqqiy etish o‘rniga turli marosimlarga berilib ketib, asosiy burchni unutib qo‘yayotganligi
qoralanadi. Odamlardan ortda qolmay deb, to‘y va aza kabi marosimlarga haddan tashqari pul
sarflab, qarzga botishi, yoinki ota-bobosidan qolgan mulk va yerini sotib faqirlikka duchor
bo‘lishi eng ayanchli holatdir. “Bir do‘konchi, bir gilkor, bir faqirhol, bir kosib uchun bu to‘y va
ta’ziyalar o‘limdan qattiqdirki, buning uchun bechora har kun o‘lur. Har kun o‘lgan bilanda
qutulmas. O‘zidan so‘ng ahlu ayoliga bu yo‘qsillik va bu musibatni meros qo‘yar” – deb yozadi
Behbudiy yuqoridagi maqolasida. Ushbu fikrlar hozirda yoshlar uchun ham muhim eslatmadir.
Chunki, bugungi kunda ham ko‘plab yoshlar, oilalar jamiyatning bosimi va an’anaviy qarashlar
ta’sirida marosimlarga ortiqcha mablag‘ sarflashga majbur bo‘lmoqda. Ba’zi marosimlar
insonning shaxsiy hayotidagi muhim voqelar bo‘lsa-da, ularni ortiqcha isrofgarchilik va
dabdabadan holi holda, ma’naviy qadriyatlarni ustuvor qo‘ygan holda o‘tkazish eng to‘g‘ri
yo‘ldir. Shunday ekan biz yoshlar Behbudiy ta’kidlagan ogohlantirishlarga quloq tutib, o‘z
hayotimizda oqilona qarorlar qabul qilishimiz, investitsiyani ta’lim, ilm-fanga kiritishimiz
zarur.

XULOSA

Mahmudxo‘ja Behbudiyning merosi o‘zbek xalqining ma’naviy boyligi bo‘lib, uning

g‘oyalari XXI asr yoshlari uchun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Behbudiyning ta’lim, milliy
taraqqiyot va tilga oid qarashlari jamiyatimiz oldida turgan muammolarni hal qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bilim, eng katta
meros – yaxshi tarbiya” degan hikmatli so‘zlar har bir yosh uchun hayotiy dastur bo‘lishi lozim.
Behbudiy har bir mavzuni, har bir masalani Turkiston xalqining taqdiri hamda kelajagi bilan
bog‘laydi. Mutafakkirning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida zamonaviy, dunyoviy ilm-fan masalasi
markaziy o‘rinda turadi va uning bu boradagi qarashlarini o‘rganish yoshlar uchun katta
imkoniyat eshiklarini ochadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Rahmatova D. Jadidlar yoqqan chiroq. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2023. – 110 b.

2.

J.Yaxshilikov, N. Ubaydullayeva. Jadidchilik va Behbudiy, 2004

3.

Mahmudxo‘ja Behbudiy . Tanlangan asarlar. – J:I. – Toshkent: Akademnashr, 2018

4.

Mahmudxo‘ja Behbudiy . Tanlangan asarlar. – J: II. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

Библиографические ссылки

Rahmatova D. Jadidlar yoqqan chiroq. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2023. – 110 b.

J.Yaxshilikov, N. Ubaydullayeva. Jadidchilik va Behbudiy, 2004

Mahmudxo‘ja Behbudiy . Tanlangan asarlar. – J:I. – Toshkent: Akademnashr, 2018

Mahmudxo‘ja Behbudiy . Tanlangan asarlar. – J: II. – Toshkent: Akademnashr, 2018.