Авторы

  • Axrorjon Ashirboyev
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi cabinet boshlig’i.
  • Muhammadali Aliqulov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.97871

Ключевые слова:

Tergov harakati ko'zdan kechirish xolis tergovchi ko'zdan kechirish asoslari statik bosqichi.

Аннотация

Muallif ushbu maqolada tergov harakatining bir turi boʻlgan, koʻzdan kechirish tergov xarakati tushunchasi, oʻtkazish asoslari, prosessual tartibi, kriminalistik-taktik usullari va alohida turdagi jinoyatlar sodir etilganda oʻtkazish tartibi xorijiy davlatlarda qanday ekanligi haqida soʻz yuritilishini koʻrishingiz mumkin.


background image

148

KO’ZDAN KECHIRISH TERGOV XARAKATINI O’TKAZISHNI

TAKOMILLASHTIRISH BUYICHA CHET EL TAJRIBASI

Ashirboyev Axrorjon Tirkash o’g’li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi cabinet boshlig’i.

Aliqulov Muhammadali Umarali o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15535518

Annotatsiya

Muallif ushbu maqolada tergov harakatining bir turi boʻlgan, koʻzdan kechirish tergov

xarakati tushunchasi, oʻtkazish asoslari, prosessual tartibi, kriminalistik-taktik usullari va
alohida turdagi jinoyatlar sodir etilganda oʻtkazish tartibi xorijiy davlatlarda qanday ekanligi
haqida soʻz yuritilishini koʻrishingiz mumkin.

Kalit so’zlar

Tergov harakati, ko'zdan kechirish, xolis, tergovchi, ko'zdan kechirish asoslari, statik

bosqichi.

Annotation

In this graduation qualification work, inspection is a type of investigative action, the

concept of inspection of the scene of the incident, its basis, procedural order, criminalistic-
tactical methods, and the procedure for investigation in the case of specific types of crimes are
discussed. Also, as well as recommended solutions to them.


Xorijiy davlatlarda o‘zning milliy qonunchiligi asosida sudga qadar ish yuritishda tergov

xarakatlarni, jumladan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish o‘tkazish tartibiga oid
qoidalarni o‘ziga xos tarzda belgilab qo‘yilgan. Xorijiy davlatlar qonunchiligida hodisa sodir
bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga oid qoidalar mazmuni, ularning yutuq va kamchiliklarini
o‘zaro qiyosiy o‘rganish orqali ularni o‘tkazishning protsessual tartibga solib turuvchi milliy
qonunchiligimizning qoidalarini takomillashtirish borasida ijobiy natijalarga erishish
imkoniyati tug‘iladi. Shu maqsadda ayrim xorijiy davlatlari qonunchiligiga ko‘ra hodisa sodir
bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishni protsessual tartibi va kriminalistik taktikasini tartibga
solinishini qiyosiy jihatdan qarab chiqamiz. Avvalo, mamlakatmizning jinoyat-protsessual
qonunchilik tizimiga o‘xshash bo‘lgan MDH davlatlarining qonunlarini tahlil qilib chiqamiz.

Tadqiqot ishi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi, AQSH, Rossiya Federatsiyasi va Litva

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Turkmaniston, Ukraina, Moldova, Turkmaniston, Tojikiston,
va davlatlarining jinoyat-protsessual qonunchiligi tahlil qilib chiqildi. Mazkur davlatlarning
jinoyat-protsessual qonunchiligida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga oid
umumetirof etilgan xalqaro standartlarning aks ettirilganligining tahlili shuni ko‘rsatdiki,
ularning barchasi ham mazkur davlatlar qonunchiligida o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga
mazkur davlatlarning jinoyat-protsessual qonunchiligida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirish bilan bog‘liq ijobiy qoidalar bizning milliy protsessual tartibi, kriminalistik
taktikasida o‘z aksini topmaganligi ham tahlillar natijasida namoyon bo‘lmoqda.

Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasida Jamoat xavfsizligi organlari tomonidan jinoyat

ishlarini joyida tekshirishning tartibi va qoidalari boʻyicha nizomi mavjud boʻlib, agarda birir
shaxsning ushbu hujjat bilan tanishib chiqish xohshi boʻlsa , istalgan vaqtda ushbu qoʻllanma


background image

149

bilan tanishib chiqishi mumkin, ochiq tartibda ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan. Mazkur
qoʻllanma Xitoy Xalq Respublikasining Jinoyat-prsessual qonunining tegishli qoidalariga
muvofiq tuzilgan. Xuddi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy
xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat
soliq qoʻmitasining 2018-yil 01 mart kunida qabul qilingan “Hodisa sodir boʻlgan joy holatini
oʻzgartirish, dalillarni yoʻqotish yoki yoʻq qilishning oldini olishga qaratilgan birinchi
navbatdagi chora-tadbirlarni koʻrish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
Qaroriga oʻxshashdir. Lekin, mazkur yagona boʻlgan qaror davlatimizdagi faoliyat yurituvchi
huquqni muhofaza qiluvchi va ularning bilim yurtida mavjud xolos, boshqa qiziquvchilar
tomonidan izlanganda topish bir qancha qiyinchiliklarga olib keladi.

Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi organlari tomonidan jinoyat ishlarini joyida

tekshirishning tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi nizomda qoʻzdan kechipish prosessual
harakatiga quyidagicha ta’rif berilgan.

Jinoyat joyini koʻzdan kechirish – bu tergovchilarning jinoyat sodir etilgan joylarni,

ob’ektlarni, shaxslarni va murdalarni koʻzdan kechirish va tekshirish uchun ilmiy va texnologik
vositalardan foydalaniladigan tergov faoliyatidir.

Hududiy quyi boʻlimlar (tuman) darajasidagi jamoat xavfsizligi organi oʻz

yurisduksiyasidagi barcha jinoyat ishlarini hodisa joyida tekshirish uchun javobgan boʻladi.
Vaziyat ogʻir boʻlgan va joyida boʻlgan murakkab ishlar boʻyicha yuqori turuvchi davlat
xavfsizlik organlari zarur deb topgan hollarda joylarda koʻzdan kechirishni bevosita oʻzlari
amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, yuqori darajada turuvchi jamoat xavfsizligi organi quyi darajadagi jamoat

xavfsizligi organi tomonidan jinoyat sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishda kerakli texnik
vositalar bilan ta’minlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual qonunchiligida yoki qonunosti hujjatlarida

hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishda zarur boʻlgan texnik vositalar bilan ta’minlash
aniq koʻrsatilmagan.

Voqea joyini qoʻriqlash uchun mavjud boʻlgan xalq polisyasi ishning oʻziga xos holatiga

koʻra, qoʻriqlash chegaralarini belgilaydi, ogohlantiruvchi chiziqlar va e’lonlar taxtalarini
oʻrnatadi, voqea jloyiga boshqa shaxslarning kirishini taqiqlaydi.

Hodisa joyini qoʻriqlash uchun mas’ul boʻlgan xalq polisiya xodimi jarohatlangan

qutqarish va va ashyoviy dalillarnihimoya qilish kabi favqulotda vaziyatlardan tashqari hodisa
sodir boʻlgpan joyga kirmasligi voqea joyidagi izlarga, narsa va murdalarga tegmasligi kerak.
Favqulotda vaziyatlari bartaraf etishda imkon qadar voqea joyidagi izdar, narsalar va
jismlarning shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilishi lozim.

Bu tartib bizlarda ham mavjud, lekin hodisa sodir boʻlgan joyga birinchi boʻlib yitib borgan

huquqni muhofaza qiluvchi xodimning shart boʻlmagan holatlarda hodisa sodir boʻlgan joyga
kirmasligi, ishgning oʻziga xos xususiyatlariga koʻra, voqea joyini qoʻriqlash, chegaralarini
belgilash, ogohlantiruvchi chiziqlar va e’lonlar taxtalarini oʻrnatish kabi tartib joriy qilinmagan.
Bizning normativ-huquqiy hujjatlarimizda faqat umumiy tartibda hodisa sodir boʻlgan joyni
qoʻriqlash belgilanmagan.

Hodisa sodir boʻlgan joyni tekshirish davomida tergov-tezkor guruhi a’zolari shu guruh

rabaring topshiriqlariga boʻysunishi, oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilishlari va oʻzini
madaniyatli tutishlari lozim.


background image

150

Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishga jalb qilingan xodimlar xizmat siriga amal

qilishlari, holat bilan bogʻliq ma’lumotlarni ishga aloqador boʻlmagan shaxslarga oshkor
qilmasliklari va ruxsatsiz ommaviy axborot vositalari intervyularini qabul qilmasligi kerak.

Shuningdek, Rossiya Federasiyasining Jinoyat-prosessual qonunchiligini oʻrnatish

davomida ham Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual qonunchiligiga oʻxshash va
yana bir qator ijobiy tomonlari oʻrganilgan. Ya’ni, Rossiya Federasiyasi Jinoyat-prosessual
kodeksining 176-moddasida voqea sodir boʻlgan joyni, erni, turar joyni, boshqa binolarni
ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish jinoyat izlarini aniqlash, jinoyat ishi uchun ahamiyatli
boʻlgan boshqa holatlarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Voqea sodir boʻlgan joyni,
hujjatlarni va ashyolarni koʻzdan kechirish qoʻzgʻatilgunga qadar amalga oshiriladi.

Rossiya Federasiyasining Jinoyat-prosessual kodeksining 177-moddasida quyidagicha

tartibda belgilangan, ya’ni, koʻzdan kechirish davomida aniqlangan va olib qoʻyilgan hamma
narsa koʻzdan kechirish tergov harakatida ishtirok etayotgan shaxslarga koʻrsatilishi
shartligini, turar joyni koʻzdan kechirish faqat unda yashovchi shaxslarning roziligi bilan yoki
sud qarori asosida amalga oshiriladi. Turar joyda yashovchi shaxslar koʻzdan kechirishga
e’tiroz bildirgan taqdirda, tergovchi Jinoyat-prosessual kodeksining 165-moddasiga muvofiq
koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisida sudga iltimonoma kiritilishi, tashkilot binolarini
koʻzdan kechirish tegishli tashkilot ma’muriyati vakili ishtirokida amalga oshirilishi va agar
uning koʻzdan kechirish jarayonida ta’minlashning iloji boʻlmasa, koʻzdan kechirish
bayonnomasiga bu haqida tegishli tartibda koʻrsatish lozimligi koʻrsatilgan.

Koʻzdan kechirish tergov harakatini rasmiylashtirish bayonnomasida tergovchining

barcha harakatlari, shuningdek koʻzdan kechirish davomida aniqlangan barcha narsa koʻzdan
kechirish oʻtkazilgan tartibda hamda aniqlangan barcha narsalarni koʻzdan kechirish
oʻtkazilgan tartibda hamda aniqlangan holat kuzatilgan shaklda bayon qilinadi. Bayonnomada
koʻzdan kechirish chogʻida olib qoʻyilgan barcha ashyolar roʻyhatga olinadi va tavsiflanadi.

Bayonnomalarda shuningdek, koʻrik yoki ekspertiza qaysi vaqtda, qanday ob-havoda va

qanday yoritishda oʻtkazilganligi, qanday texnik vositalardan foydalanilganligi va qanday
natijalar olinganligi, qaerdan, qanday narsalar olib qoʻyilganligi va muhrlanganligi, voqea joyida
aniqlangan murda yoki ashyolar koʻzdan kechirilganidan soʻng qaerga yuborilganligi yoki
jinoyat ishiga tegishli tartibda qoʻshilganligi koʻrsatilgan.

Rossiya Federasiyasining Jinoyat-prosessual kodeksining 170-moddasida tergov

harakatlarida xolislarning ishtiroki quyidagi tartibda belgilangan, ya’ni, Rossiya
Federasiyasining Jinoyat-prosessual kodeksining 182-moddasi (tintuv oʻtkazish asoslari va
tartibi), 183-moddasining (olib qoʻyish asoslari va tartibi) birinchi va uchinchi qismlarida, 184-
moddasi (shaxsiy tintuv) va 193-moddasida (tanib olish uchun koʻrsatish) nazarda tutilgan
hollarda tergov harakatlari oʻtkazilganligini tasdiqlash uchun kamida ikki nafar xolislar
ishtirokida amalga oshirilishi, lekin ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasnodir

1

.

Shuningdek, tadqiqot davomida ogʻir va ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan

joyni koʻzdan kechirishni huquqiy tashkiliy takomillashtirishni Turkiya Respublikasining

1

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини

кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда
қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.


background image

151

jinoyat-prosessual qonunligi normalari asosida ham oʻrganildi

2

. Ya’ni, jinoyat joyini tekshirish

– bu jinoyatni tergov qilish bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilgan joylarda sabab-oqibat
munosabatlarini ochib beradigan dalillarni qidirish, topish va olib qoʻyish yoki himoya qilish
uchun polisiya tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy va texnik tadqiqot jarayoni, hamda voqea sodir
boʻlgan joyda oʻz xizmat vazifasi yuzasidan huquqni muhovaza qiluvchi organ xodimi bularning
amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan yoki oʻz vakolatlari doirasida koʻrilgan choralarga zid
harakat qilayotgan shaxslarni birinchi navbatda ogʻzaki ogohlantiradi, bajarilgan taqdirda ish
yuritish tugagunga qadar kuch ishlatib, voqea joyida boʻlishinii taqiqlaydi

3

.

Haqiqat fosh etilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida jinoyat dalillarni yoʻq qilgan, yashirgan,

oʻzgartirgan yoki buzgan shaxs olti oydan besh yilgacha ooʻodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.

Agar ushbu jinoyat davlat mansabdor shaxsi tomonidan oʻz xizmat vazifasini bajarish

munosabati bilan sodir etilgan boʻlsa, tayinlangan jazo ikki baravarga oshiriladi

4

.

Voqea joyini koʻzdan kechirish, kuzatish va baholashning eng muhim maqsadi,

“jabrlanuvchi – voqea joyi – jinoyatchi” oʻrtasidagi uchburchakni oʻrnatadigan ashyoviy
dalillarni oshkor etishdan iborat. Ushbu dinamik mintaqadagi munosabatlarni saqlash jinoyat
tahliliga ta’sir qiladi. Buning uchun quyidagi harakatlar bajarilishi kerak: jinoyat joyini himoya
qilish, jinoyat joyini tekshirish, laboratoriya tekshiruvlari, arxiv (yozuv) ma’lumotlari, tergov
ma’lumotlari, hamda har qanday jinoyatda bu tvrtib-qoidalarni sogʻlom tarzda bajarish
jinoyatning nima ekanligini va jinoyatchi kimligini ochib beradi. Ularni bir butun holga keltirish
jinoyat tahlili deb ataladi

5

.

Jinoyat tergovini muvaffaqiyatli yakunlashda texnik jarayon hisoblangan voqea joyini

koʻzdan kechirish katta ahamiyatga ega. Jinoyatning asosiy tayanchlaridan biri boʻlgan ashyoviy
dalillarni topishga qaratilgan voqea joyini koʻzdan kechirish ishlari muvaffaqiyatli oʻtkazishi
uchun ekspertiza mutaxassislar tomonidan tizimli ravishda, ma’lum qoidalar doirasida olib
borilishi kerak

6

.

Voqea joyini koʻzdan kechirish uchun ma’sul shaxslar boshqa jamoalarga qaraganda

ushbu masalalarda koʻproq ixtisoslashgan texnik xodimlardir. Ular yaxshi oʻqitilishi va zarur
jihozlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ular qaysi turdagir hodisalarda ashyoviy dalil boʻlishi
mumkinligini, tergov va arxiv tadqiqoti qaerda va qanday oʻtkazilishini, dalilar laboratoriyaga
yuborilganda qaysi masalalarni tekshirish talab qilinishi bilishi kerak

7

.

Ayrim hollarda jinoyat sodir etilgan joyda ashyoviy dalillarni topa olmaganlik, ya’ni

himoyalanmaganlik, shikastlangan yoki yoʻqolganligi kabi sabalarga koʻra jinoyat sodir etilishi
bilan boshlangan sud jarayoni koʻzlangan natijaga olib kelmasligi, etarlicha dalillar va notoʻgʻri

2

Murodov B., Bo'taev M. Jinoyat protsessida begunoh shaxslarni reabilitatsiya qilish asoslarini tahlil qilish // Jamiyat va

innovatsiya. – 2020. – V. 1. – No 1. – B. 166-176.

3

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические

исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.

4

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и

инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.

5

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество

и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.

6

Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadisiz noqonuniy

ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.

7

Аширбоев А. Т. Ў. Суриштирув ва дастлабки тергов тўхтaтилгaнидaн кейин теpгoв opгaнлapнинг фaoлиятини

тaшкил этиш //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 263-273.


background image

152

talqinlar tufayli haqiqiy jinoyatchilarning ozod etilishi yoki begunoh odamlarning sudlanishi
kabi salbiy xuquqiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Huquqiy tartibda oʻta salbiy ta’sir
koʻrsatuvchi bunday holatlarga duch kelmaslik uchun jinoyat sodir boʻlgan joyni muayyan
qoidalar doirasida tizimli ravishda koʻzdan kechirish, ashyoviy dalillarni topish muhim
ahamiyat kasb etadi

8

.

Voqea sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish va dalillarni toʻplashdan soʻng, eng muhim

qadamlardan biri dalillarni voqeani yoritishga yordam beradigan tarzda tekshirishdir. Turkiya
Respublikasida ushbu ekspertizalrni amalga oshiradigan va sud-tibbiyot ekspertizasi va
ekspert xulosalarini beradigan muassasalar tuzilgan. Bu laboratoriyalar: polisiya organi va sud
boʻlinmalari tomonidan dastlabki tergov va sud bosqichlarida yuborilgan xulosalarni coʻrov
yuborgan boʻlinmalarga hisobat shaklida taqdim etadi. Bular:

-Tibbiyot bilan bogʻliq:sud-tibbiyot instituti va tegishli universitetlar;
-jinoiy tergovni olib boruvchi jinoiy laboratoriyalar (polisiya va jandarmeriya);
-voqea joyini tekshirish uchun mahaliy boʻlinmalar laboratoriyasi va arxiv;
-polisiya boʻlinmalari (foto-film, ma’lumotlarni qayta ishlash, bomba tekshiruvlari va

laboratoriyalar)

9

.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Toshkent” 2024.

2.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessula kodeksi .

3.

O’zbekiston Respublikasi Jinopyat kodeksi.

4.

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном

процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
5.

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и

следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.
6.

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари

//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
7.

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп

моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш,
сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш
методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
8.

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению,

хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели
сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.
9.

Murodov B., Bo'taev M. Jinoyat protsessida begunoh shaxslarni reabilitatsiya qilish

asoslarini tahlil qilish // Jamiyat va innovatsiya. – 2020. – V. 1. – No 1. – B. 166-176.

8

Хушвактова Н.А. Мeasures to improve the effectiveness of cooperation with the public in criminal proceedings //

XXXVII International Multidisciplinary Conference «Recent Scientific Investigation». Primedia E-launch LLC,
Shawnee, USA. 2022. – Б. 58-62.

9

Усманалиев Н. Процессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари

//problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.


background image

153

10.

Murodov, B. “Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da’vo muddati o‘tganligi

munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish”. O‘zbekiston qonun hujjatlari sharhi 3
(2016): 47-50.
11.

Murodov, B. (2016). Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da'vo muddati o'tganligi

munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish. O‘zbekiston qonunchiligiga sharh , (3),
47-50.
12.

Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni

sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va
innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
13.

Аширбоев А. Т. Ў. Суриштирув ва дастлабки тергов тўхтaтилгaнидaн кейин теpгoв

opгaнлapнинг фaoлиятини тaшкил этиш //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied
Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 263-273.
14.

Хушвактова Н.А. Мeasures to improve the effectiveness of cooperation with the public in

criminal proceedings // XXXVII International Multidisciplinary Conference «Recent Scientific
Investigation». Primedia E-launch LLC, Shawnee, USA. 2022. – Б. 58-62.
15.

Усманалиев

Н.

Процессуал

муддатларнинг

ҳисоблашда

қўлланилувчи

меъзонларнинг айрим жиҳатлари //problems and solutions of scientific and innovative
research. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Toshkent” 2024.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessula kodeksi .

O’zbekiston Respublikasi Jinopyat kodeksi.

Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.

Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.

Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.

Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.

Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.

Murodov B., Bo'taev M. Jinoyat protsessida begunoh shaxslarni reabilitatsiya qilish asoslarini tahlil qilish // Jamiyat va innovatsiya. – 2020. – V. 1. – No 1. – B. 166-176.

Murodov, B. “Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da’vo muddati o‘tganligi munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish”. O‘zbekiston qonun hujjatlari sharhi 3 (2016): 47-50.

Murodov, B. (2016). Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da'vo muddati o'tganligi munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish. O‘zbekiston qonunchiligiga sharh , (3), 47-50.

Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.

Аширбоев А. Т. Ў. Суриштирув ва дастлабки тергов тўхтaтилгaнидaн кейин теpгoв opгaнлapнинг фaoлиятини тaшкил этиш //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 263-273.

Хушвактова Н.А. Мeasures to improve the effectiveness of cooperation with the public in criminal proceedings // XXXVII International Multidisciplinary Conference «Recent Scientific Investigation». Primedia E-launch LLC, Shawnee, USA. 2022. – Б. 58-62.

Усманалиев Н. Процессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари //problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.