126
O’ZBEK TILI FE’LLARIDA PRESUPPOZITSIYANING O’RGANILISHI
Azamat Mehmonaliyevich Toshpo‘latov
Qo‘qon davlat pedagogika instituti dotsenti,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.12605288
Annotatsiya:
Ushbu maqola fe’l turkumi doirasida pressupozitsiya hodisasi yuzaga
kelishga doir kuzatishlarga bag‘ishlangan. Bu borada jahon tilshunoslarining ilmiy qarashlari
tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
pragmatika, pressupozitsiya, muloqot atvori, ijtimoiy omil, til birligi
bahosi.
Annotatsiya:
Dannaya statya posvyaщena nablyudeniyam za vozniknoveniem sobыtiya
pressupozitsii v ryadu glagolov. Analiziruyutsya nauchnыe vzglyadы mirovыx yazыkovedov
na etot schet.
Klyuchevыe slova:
pragmatika, pressupozitsii, povedenie obщeniya, sotsialnыy faktor,
otsenka yazыkovoy yedinitsы
Annotation:
This article focuses on observations of the occurence of a pressposition
event within a series of verbs. The scientific views of world linguists on this area are analyzed.
Key words:
Pragmatics, pressposition, communication skill, social factor, language unit
value.
Hozirgi kunda tilshunoslikda propozitsiya xususidagi yagona ta’rif gap semantikasida
ifodalangan ob’ektiv mazmundir.
1
Ma’lumki, propozitsiya turli darajadagi sintaktik struktura
orqali ifodalanadi: gap orqali, oborotlar orqali, hatto sodda gap tarkibidagi ayrim so‘zlar va
grammatik shakllar ham alohida propozitsiya ifodalab, shu sodda gapni semantik
murakkablashtirishi mumkin. Mazkur holatda ayrim so‘z yoki grammatik shakl orqali
ifodalangan propozitsiya o‘zining eng ixcham shakliga ega bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchi
uchun uning tushunarli bo‘lishida presuppozitsiya yordamga keladi. Shuning uchun keyingi
davrlarda gapning presuppozitsiya tomoni lingvistlar diqqatini ko‘proq jalb etmoqda.
2
Shunga
qaramay, presuppozitsiya turlicha talqin qilinadi.
Presuppozitsiya (prezumpsiya) tushunchasi nemis mantiqshunosi G. Frege g‘oyalari
bilan bog‘liq. Uning ta’kidlashicha, presuppozitsiya hukmning tabiiy asosidir. Masalan, “Kepler
bechoralikdan olamdan o‘tdi”, “Kepler bechoralikdan olamdan o‘tmadi” gaplarida “Kepler”
degan odamning yashagani haqidagi hukmga tabiiy asos mavjud. G. Frege fikricha, asosiy
hukm ko‘pincha boshqa yashirin hukm bilan birga keladi. U mavjudlik bildiruvchi ikkinchi
darajali yashirin hukmnigina presuppozitsiya hisoblaydi.
3
1
Ҳакимов М. Ўзбек прагмалингвистикаси асослари.
– Т.: Akademnashr, 2013. – Б. 43.
2
Арутюнова Н. Д. Понятие презумпции в лингвистической семантике / Семантика и информатика.
–
М., 1977. –
№8.; Богданов В. В. Семантико-синтаксическая организация предложения.
–
Л., 1977.
–
С. 135.; Гак В.Г.
Теоретическая грамматика французского языка. Синтаксис.
–
М., 1981.
–
С. 14.; Крейдлин Г.Е. Лексема «даже» /
Семантика и информатика.
–
М., 1975.
–
№6.; Торопова Н. А. К исследованию логических частиц / ВЯ. 1978.
–
№5.; Маҳмудов Н. Прессупозиция ва гап / Ўзбек тили ва адабиёти.
– Т.,
1986.
–
№6.; Нурмонов А. Ўзбек тилида
кўмакчили конструкциялар прессупозицияси / Ўзбек тили ва адабиёти. – Т., 1986.
–
№6 ва бошқалар.
3
Семантика и информатика. – М., 1977.
–
№8.
127
E. Kenin amaliy va mantiqiy presuppozitsiyalarga ajratishni tavsiya etadi. Birinchisi
so‘zlovchining individual bilimi strukturasi, ikkinchisi esa gaplar o‘rtasidagi semantik
munosabatda aks etadi.
4
L. M. Vasilev ma’no komponentlarini ma’lum ma’noga bog‘lanish darajasiga ko‘ra
majburiy va fakultativ (potentsial) ma’no komponentlariga bo‘ladi. Ulardan birinchisi
ma’noning signifikativ (semantik) aspektiga oid va uning til birligi sifatida mavjud bo‘lishi
uchun albatta zarur bo‘lsa, ikkinchisi denotativ aspektga – presuppozitsiya planiga oidligini va
bu komponent faqat nutqda presuppozitsiya anglashilishini ko‘rsatadi.
5
Olimning fikricha, fakultativ komponentlar ma’noning semiotik imkoniyatlarini
kengaytiradi. Masalan,
xabar qildi
konstruktsiyasi ma’nosida xabar qilish usullari
aytmoq,
yozmoq, telefon qilmoq, telegramma bermoq
kabi fe’llar orqali ifodalanishi mumkin bo‘lgan
fakultativ komponentlar mavjud. Yuqoridagi konstruktsiyada xabar qilishning qaysi usulidan
foydalangani faqat presuppozitsiya plani til egalarining til haqidagi amaliy bilimlari orqali
ma’lum bo‘ladi.
Tilshunoslikda “presuppozitsiya” terminining qo‘llanilishi P. Stroson nomi bilan
bog‘langan. U tilda implikatsiyaning alohida turi bor ekanini ko‘rsatadi. Implikatsiyaning
mazkur turi G. Fregening “tabiiy asos”iga juda yaqin talqin etiladi. Har ikki muallif
presuppozitsiyani ham gaplar o‘rtasidagi semantik munosabatdan keltirib chiqaradi. Bu
munosabat “X Y ni taqozo etadi” formulasi orqali ko‘rsatiladi. “Meri xonani tozaladi”
konstruktsiyasida “xonaning iflos ekani” presuppozitsiyasi mavjud. “Meri xonani tozalamadi”
konstruktsiyasida ham shu presuppozitsiya saqlanadi.
6
Hozirgi kunda presuppozitsiyani ma’lum jumla va u ifodalayotgan propozitsiyaning
to‘g‘ri tushunilishiga imkon beradigan so‘zlovchilar o‘rtasidagi “bilishning umumiy fondi”,
“oldindan bilishning jami” sifatida belgilash kengroq tus olmoqda.
7
Shuning uchun tilshunoslikda presuppozitsiya termini ostida muayyan jumla tarkibida
bevosita ifodalanmagan, yashirin holda aks etgan ma’no tushuniladi.
Presuppozitsiya tushunchasi kontekst (ushbu til birligining lingvistik qurshovi) va
vaziyat (ushbu jumlaning ekstralingvistik substrati, yuzaga chiqish shart-sharoiti)
tushunchalarini o‘z ichiga oladi.
8
Masalan,
Bugun instruktorimizni qoldirdim, dada
(A. Qahhor)
jumlasidagi axborot kontekst bilan bog‘liq. Axborot temasi bo‘lgan “
shaxmat
” kontekstdan
ma’lum. Oldingi jumladagi gap shaxmat haqida boradi, shuning uchun yuqoridagi gap
“
instruktorimiz bilan shaxmat o‘ynadim
” presuppozitsiyasiga ega. Kontekstdan tashqarida
presuppozitsiya uchun yo‘l yopiladi.
Kishilarning o‘zi qurshab turgan olam haqidagi universal bilimlari va til haqidagi
ko‘nikmalari natijasida ayrim so‘zlarning leksik ma’nolarida ham presuppozitsiyaga yo‘l
ochilishi mumkin. Masalan,
Men Toshkentdan Samarqandga uchdim
jumlasida “
Samolyotda
keldim
” presuppozitsiyasi mavjud. “
Uchdim
” so‘zining leksik ma’nosi va til haqidagi umumiy
bilish fondi so‘zlovchilar uchun presuppozitsiyaga yo‘l ochadi.
4
Бу ҳақда қаранг: Богданов В. В. Семантико-синтаксическая предложения. – Л., 1977. – С. 135-138.
5
Васильев Л. М. Семантика русского глагола. – М., 1981. – С. 25.
6
Торопова Н. А. К исследовании логических частиц / ВЯ. – М., 1977. – С. 83.
7
Гак В. Г. Теоретическая грамматика французского языка. Синтаксис. – М., 1981. – С. 14.
8
Богданов В. В. Семантико-синтаксическая организация предложения. – Л., 1977. – С. 137.
128
Lingvistik presuppozitsiya mantiqiy presuppozitsiyadan farqli ravishda ma’lum
ifodalanish shakli – moddiy vositasi, tashqi signallariga ega. Masalan,
Karim ham keldi
jumlasida yana boshqa kimdir keldi presuppozitsiyasi anglashiladi. Bu presuppozitsiyaning
moddiy substrati – tashqi signali “ham” yuklamasidir.
Chunki mazkur yuklama presuppozitsiya uchun yo‘l ochadi. Shuningdek, kelish
harakatining yuzaga chiqish vositasi (piyoda, mashinada, otda va boshq.) ham
presuppozitsiya orqali ma’lum bo‘ladi.
O‘zbek tilida presuppozitsiyaning moddiy substrati sifatida xilma-xil vositalar ishtirok
etishi mumkin: 1) leksik vositalarning fakultativ ma’no komponentlari; 2)
hatto, faqat, yolg‘iz,
-gina (-gina emas), ham, tag‘in, yana
yuklamalari; 3)
bo‘lsa, esa
bog‘lovchi vositalari; 4)
tashqari, boshqa, o‘zga (Sendan tashqari Karim ham keldi), bilan, birga (Chiroyli bo‘lish bilan
birga aqlli ham edi), o‘rniga (O‘qish o‘rniga o‘ynaydi)
ko‘makchilari va h.k.
Presuppozitsiya sintaktik konstruktsiyalarning ma’no aspekti bilan uzviy bog‘liq.
V. V. Bogdanov presuppozitsiyaning gap semantikasi aspekti ekanini ta’kidlaydi.
9
N. D.
Arutyunova ham presuppozitsiya “so‘zlovchilarning umumiy bilish fondi”, “ularning oldindan
kelishuvi” sifatida gap semantikasiga kirishini ko‘rsatadi.
10
Keyingi tadqiqotlarda pragmatika
semantikadan ajratilib, presuppozitsiya pragmatika tarkibiga kiritilmoqda.
Tadqiqotchilar presuppozitsiyani turlicha tasniflaydilar. Jumladan, V. G. Gak
presuppozitsiyaning quyidagi turlarini ko‘rsatadi: 1) keng presuppozitsiya; 2) tor
presuppozitsiya; 3) lingvistik presuppozitsiya.
Keng presuppozitsiya ostida kishilarning o‘zini qamrab turgan ob’ektiv reallik haqidagi
universal bilimi tushuniladi. Ob’ektiv borliqdagi har bir predmetning tipik, xarakterli
xususiyati, ma’lum narsaga moslanishi mavjud. Predmetlarning ana shunday xususiyatlarini
tavsiflashda konkret ma’noli so‘z umumiyroq so‘z bilan almashinishi yoki butunlay tushib
qolishi mumkin. Ammo so‘zlovchi va tinglovchi bir-birini to‘g‘ri tushunishi uchun uning tushib
qolishi hech qanday rol o‘ynamaydi. Masalan,
shofyor
haqida gap ketganda, so‘zlovchi va
tinglovchi, eng avvalo, uni mashina haydovchisi deb biladi. Shuning uchun
Shofyor mashinani
tez haydadi
jumlasida
mashina
so‘zi tushib qolsa-da, ma’noga putur yetkazmaydi.
Tor presuppozitsiya ostida esa faqat ma’lum vaziyat doirasidagina ro‘y beradigan
presuppozitsiya tushuniladi. So‘zlovchilarning shu tilni bilish tajribasi natijasida kelib
chiqadigan presuppozitsiya lingvistik presuppozitsiya hisoblanadi.
11
E. V. Paducheva presuppozitsiya (prezumptsiya)ning ikki turini ko‘rsatadi:
1) semantik prezumptsiya – bu yolg‘onligi gapning semantik chalaligiga olib keladigan
semantik komponent; 2) pragmatik prezumptsiya – bu gapning shunday komponentiki,
so‘zlovchi uning normal qo‘llanishida tinglovchi uchun ma’lum deb hisoblaydi.
12
N. A. Toropova ham presuppozitsiyani ikki guruhga bo‘ladi:
1) zidlanuvchi a’zolar presuppozitsiyasi; 2) kutilgan presuppozitsiya.
9
Богданов В. В. Семантико-синтаксическая организация предложения. – Л., 1977. – С. 137.
10
Арутюнова Н. Д. Понятие презумпции в лингвистической семантике / Семантика и информатика. – М., 1977.
–
№8. – С. 85.
11
Гак В. Г. Теоретическая грамматика французского языка. Синтаксис. – М., 1981. – С. 14.
12
Падучева Е. В. О семантике синтаксиса. – М., 1974. – С. 109.
129
Shunday qilib, bugunga qadar presuppozitsiyaning bir belgiga asoslangan, hamma e’tirof
etuvchi aniq tasnifi mavjud emas. Presuppozitsiya tushunchasi assertsiya (tasdiq)
tushunchasi bilan bog‘liq.
N.A.Toropova presuppozitsiya va assertsiya o‘zaro “aniqlik-noaniqlik” belgisiga ko‘ra
farqlanishini ko‘rsatadi. Presuppozitsiya gapning kontekstga xoslangan ma’nosi, assertsiya
esa unga bog‘liq bo‘lmagan ma’nosidir. Masalan, predikat ot
artist
so‘zining presuppozitsiyasi
sub’ektiv semantik belgisiga muvofiq keladi. Qiyoslang:
Bu yerda bir “artist” bor
jumlasidan
mantiqan ikki tasdiq kelib chiqadi: 1) bu yerda bir odam bor; 2) bu odam ustomon
(yolg‘onchi).
Tahlil qilinayotgan gap tarkibidagi ot semantikasi tasniflovchi va xarakterlovchi
belgilarni o‘z ichiga oladi. “Artist” (yolg‘onchi, ustomon ma’nosida) so‘zida “odam”, “yoshi
kattaroq”, “erkak kishi” semalari tasniflovchi belgilar hisoblanadi.
Bu odam artist
jumlasida “
odam
” ma’nosi “
artist
” so‘zining taksonomik belgisida mavjud.
Shuning uchun uning bevosita qo‘llanishi presuppozitiv funktsiya emas, balki assertiv
funktsiya bajaradi.
Bu yerda artist bor
tipidagi mavjudlik bildiruvchi gaplardagi otning barcha semantik
komponentlari butun jumla uchun xarakterlidir. SHunday qilib, tasniflovchi belgilar
ekzistentsional ma’lumot uchun ahamiyatlidir. Uning xarakterlovchi belgilari esa sub’ektga
xarakteristika beruvchi axborot uchun qimmatli.
Presuppozitsiya gapning aktual bo‘linishi bilan ham ma’lum darajada bog‘lanadi.
Ayniqsa, ularning aloqasi sintaktik konstruktsiya tarkibida mantiqiy urg‘u ostidagi fokus
orqali namoyon bo‘ladi.
V. V. Bogdanovning ta’kidlashiga ko‘ra, agar gapda fokus bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida
rema hisoblanadi. Odatdagi sharoitda rema o‘z ichiga bir va bir necha so‘zlarni birlashtirishi
mumkin, fokus esa ularni minimumgacha qisqartiradi. Masalan,
Men qiziq kitoblarni o‘qiyman
jumlasida
qiziq
so‘zi fokus bo‘lsa, u rema, boshqa so‘zlar esa tema hisoblanadi. SHu bilan birga,
fokus doimo presuppozitsiya ta’sir doirasida turadi. Xususan, mantiqiy urg‘u
qiziq
so‘ziga
tushgan yuqoridagi jumladan
boshqa kitoblarni o‘qimayman
presuppozitsiyasi kelib chiqadi.
Aktuallashishning boshqa vositalari: so‘z tartibining o‘zgarishi yordamida aktuallashish,
leksik va grammatik vositalar yordamida aktuallashish va boshqalar ham presuppozitsiya
bilan chambarchas bog‘liq. Bularning hammasi aktual bo‘linishi bilan presuppozitsiya
tushunchalarining bir-biri bilan murakkab aloqasi haqida guvohlik beradi.
Shunga qaramay, aktual bo‘linish va presuppozitsiya shakliy va mazmuniy jihatdan
o‘zaro farqli belgilarga ega.
V. V. Bogdanov fikricha, ularning shakliy farqlari shundan iboratki, presuppozitsiya
uchun minimum ikki predikat ifodaning bo‘linishi, ularning biri ikkinchisi ichida yashirin
holda mavjud bo‘lishi xarakterlidir. Masalan,
Karim uy quryapti
predikat ifodasi ichida
yashirin holda
uy qurilyapti
predikat ifodasi mavjud. Ikkinchi ifoda birinchisining
presuppozitsiyasidir. Aktual bo‘linish komponentlari esa bir predikat ifoda doirasida
ajratiladi.
Ular o‘rtasidagi mazmuniy farq shundan iboratki, aktual bo‘linish ma’lum va yangilarni
jumla tarkibidan ajratishga mo‘ljallangan. Ma’lum shu jumlani oldingi jumlaga bog‘lab, tekst
yasash uchun xizmat qilsa, yangi shu jumla ma’nosini olg‘a siljitadi. Presuppozitsiya esa
130
gapning funktsional tomoni bilan bog‘lanmaydi. Aktual struktura gapning shakliy tomonini
ham qamrab olsa, presuppozitsiya bunday xususiyatga ega emas.
Ma’lumki, so‘zdagi yetakchi morfema – asos. U semantik yadroga ega, leksik ma’no ham
unga bog‘liq va qo‘shimcha morfemalar ikkinchi darajali rol o‘ynaydi. Lekin bu birinchi
qarashda shunday. Professor L. V. Shcherba talabalarga so‘zning nafaqat asosi, balki har bir
qismi ahamiyatli ekanligini tushuntirish uchun quyidagi “jumla”ni havola etadi: “
Glokaya
kuzdra shteko budlanula bokra i kurdyachit bokryonka
” va mana shu g‘ayriodatiy sintaktik
qurilma asosida morfemikaning roli va ahamiyatini tushuntirib beradi.
13
“Jumla”da
“grammatik elementlarni” aktual jihatdan ajratish mumkin, lekin presuppozitsiya mavjud
emas. Demak, gapning aktual bo‘linishi va presuppozitsiya o‘zaro bog‘liq hodisalar bo‘lsa-da,
ammo ular o‘rtasida mazmuniy va shakliy tomondan muhim farqlar bor.
Shu bolani jinim suymaydi. Ko‘rarsan, bir kun senga
pand berib qo‘yadi
.
(S. Ahmad,
“Jimjitlik”) fe’l shaklidagi iboraning kelasi zamonda ifodalanishi orqali
“bolaga ishonch yo‘q”,
ilgari ham pand bergan edi”
kabi presuppozitsion ma’nolar anglashilib turadi.
Xulosa qilib aytganda, fe’l so‘z turkumi o‘zining rang-barang shakllari, cheksiz
pragmastilistik imkoniyatlari, nutqiy vaziyatni o‘zgartira olish xususiyati bilan boshqa so‘z
turkumlaridan ancha ustun ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi va bu holat tadqiqotchilar oldiga
yangi-yangi vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘yaveradi.
References:
1.
Rajapova, M., & Sheraliyeva, N. (2022). Teaching english through fairytales. Scientific
Research Results in Pandemic Conditions (COVID-19), 1 (06), 186-189. Retrieved from.
2.
Rajapova, M., & Sheraliyeva, N. (2022). Teaching english through fairytales. Scientific
Research Results in Pandemic Conditions (COVID19), 1 (06), 186–189.
3.
Nishonova, S. M., Sheraliyeva, N. A. Q., & Satimova, H. K. (2021). THE IMPORTANCE OF
INTERCULTURAL COMMUNICATION IN FOREIGN LANGUAGE LEARNING.
Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
1
(5), 958-965.
4.
Rajapova,
M.,
&
Sheraliyeva,
N.
(2020).
Teaching
english
through
fairytales.
Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-19)
,
1
(06),
186-189.
5.
Ganiyevich, M. T., & Saminovna, M. D. (2023). Factors in The Formation of a Healthy
Lifestyle Among University Students.
Journal of Advanced Zoology
,
44
(5).
6.
Ganievich,
M.
T.
(2023).
STUDYING
PHRASEOLOGY
IN
UNIVERSITIES.
Confrencea
,
12
(12), 122-127.
7.
Mirzaliev, T. G. (2022). The effectiveness of the use of innovative methods in teaching
Russian language and literature.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE &
INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036
,
11
(12), 296-298.
8.
Mirzaliev, T. G. (2023). SCIENTIFIC TEXT AS A SOURCE OF ENRICHMENT OF
PROFESSIONAL SPEECH.
International Bulletin of Applied Science and Technology
,
3
(3), 84-88.
9.
Tajiyeva, F., & Mirzaliyeva, D. (2020, November). HIGH ALTITUDE DISTRIBUTION OF
13
131
ENDEMIC SPECIES OF THE GENUS SCUTELLARIA L. IN THE FLORA OF UZBEKISTAN.
In
Archive of Conferences
(Vol. 9, No. 1, pp. 57-59).
10.
Dilfuza, M. (2023, June). EXPLORING THE BENEFITS OF BILINGUALISM IN EARLY
CHILDHOOD. In
" CANADA" INTERNATİONAL CONFERENCE ON DEVELOPMENTS İN
EDUCATİON, SCİENCESAND HUMANİTİES
(Vol. 9, No. 1).
11.
Ganiyevich, M. T., & Saminovna, M. D. (2023). Factors in The Formation of a Healthy
Lifestyle Among University Students.
Journal of Advanced Zoology
,
44
(5).
12.
Saminovna, M. D., & Solijanovna, M. D. (2021). Integrated Approach to Russian Language
Lessons.
Academicia Globe
,
2
(04), 179-182.
13.
Aliyevna, Y. D. (2023). Translational problems of adjectives from English into Uzbek.
14.
Aliyevna, Y. D., & Omarovna, S. G. (2023). LEXICAL CONVERSION AND ITS
REALIZATION.
Gospodarka i Innowacje.
,
36
, 346-350.
15.
Aliyevna, Y. D. (2023). CATEGORIZATION OF LANGUAGE UNITS.
Gospodarka i
Innowacje.
,
36
, 343-345.
16.
Aliyevna, Y. D. (2023). THE ISSUE OF THE SUBJECT AND ITS RELATION TO SYNTACTICS
AND SEMANTICS.
Gospodarka i Innowacje.
,
36
, 214-217.
