11
YUZ SKELETI SUYAKLARINING JAROHATLARI BO‘YICHA SUD-TIBBIY
EKSPERTIZANI O‘TKAZISHDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH VA
XATOLIKLARNING OLDINI OLISH
N.B.Namozov
Respublika ilmiy-amaliy sud-tibbiy ekspertiza markazi, Toshkent. O‘zbekiston.
Sh. I. Ruziev
Respublika ilmiy-amaliy sud-tibbiy ekspertiza markazi, Toshkent. O‘zbekiston.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15752108
Annotatsiya:
Yuz skeleti suyaklarining jarohatlari zamonaviy sud-tibbiy ekspertiza
amaliyotida eng dolzarb va murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu turdagi jarohatlar
nafaqat shaxsning tashqi ko‘rinishiga, balki hayotiy muhim funksiyalariga ham jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. Yuz skeleti suyaklarining shikastlanishi ko‘pincha turli mexanik travmalar,
avtohalokatlar, zo‘ravonlik holatlari va baxtsiz hodisalar natijasida yuzaga keladi. Bunday
hollarda sud-tibbiy ekspertlarning asosiy vazifasi — jarohatlarning tabiatini, mexanizmini va
og‘irlik darajasini to‘g‘ri baholashdan iborat.
Kalit so’zlar.
Yuz skeleti, suyaklar, jarohatlar, sud-tibbiy ekspertlar, tashxis,
samarasizliklar, radiologiya, jarohat tahlili, amaliy tavsiyalar.
Dolzarbligi.
Sud-tibbiy ekspertiza jarayonida yuzaga keladigan xatoliklar va
samaradorlikning pastligi ko‘pincha noto‘g‘ri tashxis, yetarlicha chuqur o‘rganilmagan dalillar
yoki zamonaviy diagnostika usullaridan to‘liq foydalanilmaslik bilan bog‘liq bo‘ladi. Natijada,
bu holat adolatli qaror qabul qilinishiga, jabrlanuvchi yoki gumonlanuvchi huquqlarining
to‘liq ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu sababli, yuz skeleti suyaklari jarohatlarini o‘rganishda sud-tibbiy ekspertlar
tomonidan xatoliklarning oldini olish, zamonaviy diagnostika va baholash usullaridan
samarali foydalanish, shuningdek, kasbiy malakani doimiy oshirib borish muhim ahamiyat
kasb etadi. Mazkur mavzuning dolzarbligi sud-tibbiy ekspertiza natijalarining aniqligi va
ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, ekspertlar faoliyatida yuzaga keladigan xatoliklarning
oldini olish zarurati bilan belgilanadi.
Maqsad.
Ushbu tadqiqotning maqsadi, jarohatlangan yuz skeleti suyaklarini o‘rganish
orqali sud-tibbiy ekspertlarga jarohatlar tashxisini aniq belgilashda yordam berish,
shuningdek, faoliyati davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan samarasizliklar va xatoliklarni
oldini olishdir
Materiallar va usullar.
Tadqiqotda 2020-2024 yillarda, bir qator ijtimoiy-sog‘liqni
saqlash muassasalarida o‘tkazilgan bemorlar bilan oʻzaro suhbatlar, tahlil va kuzatishlar
asosida to‘plangan ma'lumotlar ishlatildi. Jarohatlangan bemorlarning tibbiy hujjatlari,
radiologik tekshiruv natijalari va sud-tibbiy ekspert xulosalari o‘rganildi. Umumiy va o‘ziga
xos xususiyatlarni aniqlash uchun statistik tahlil usullari, shuningdek, eksperimental usullar
ham qo‘llanildi..
Natijalar.
Tadqiqot natijalari, yuz skeleti suyaklarining turli jarohatlari juda xilma-xil
ekanligini ko‘rsatdi. Eng ko‘p uchraydigan jarohatlar ichida jag‘ suyaklari, burun suyaklari va
cho‘ntaklar. Sud-tibbiy ekspertlar tomonidan olib borilgan tahlil jarayonlarida ayrim hollarda
xatoliklar kuzatildi, bu esa jarohatlarni dastlabki baholashda muhim rol o'ynashi mumkin.
Shuningdek, etkazilgan zararning darajasi va turli jarohatlarning belgilari to‘g‘risida aniq
tavsiyalar taqdim etildi..
12
Xulosa
Yuz skeleti suyaklarining jarohatlanishlari sud-tibbiy ekspertlar uchun muhim mavzu
bo‘lib, aniq tashxis qo‘yish va zararni baholashda o'zgaruvchanliklarni inobatga olish zarur.
Tadqiqot jarohatlarning aniqlik darajasini oshirish va amaliyotda xatoliklarni kamaytirish
uchun zaruriy tavsiyalarni taqdim etdi. Sud-tibbiy ekspertlar bu tavsiyalar yordamida
jarohatlar holatini to‘g‘ri baholash va tegishli xulosalar chiqarishga ega bo‘lishlari mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaev B.S., Isxakova X.I. Yuz-jag' sohasi jarohatlarining sud tibbiy ekspertizasi. –
Toshkent: Tibbiyot, 2019. – 216 b.
2.
Aliev S.A., Mamarajabov S.E. Yuz sohasi travmatik jarohatlarining diagnostikasi va
davolash tamoyillari // O'zbekiston tibbiyot jurnali. – 2020. – №3. – B. 45-52.
3.
Ahmedov G.Q., Hasanov A.I. Sud tibbiyoti asoslari. – Toshkent: O'zbekiston, 2021. – 384
b.
4.
Baratov U.M. Yonoq suyagi jarohatlarining klinik o'ziga xosliklari // Tibbiyotda yangi
kun. – 2022. – №2(36). – B. 112-118.
5.
Gafurov B.G., Turakulov Y.X. Zamonaviy tibbiyotda yuz-jag' sohasi shikastlanishlarini
baholash // Stomatologiya. – 2021. – №4. – B. 28-35.
6.
Inoyatov A.Sh., Mamatov K.S. Yuz sohasidagi jarohatlarning morfologik xususiyatlari //
Sud tibbiyoti xulosalari. – 2022. – №1. – B. 67-74.
